Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarning ayrim lavozimlari uchun mehnatga haq toʻlash shartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (3859-son)
25.06.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3859]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-son “Ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarning ayrim lavozimlari uchun mehnatga haq toʻlash shartlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor M. OLLOYOROV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-iyun,
1-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2026-yil 25-may
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2026-yil 18-may
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2026-yil 17-iyundagi 1-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarning ayrim lavozimlari uchun
MEHNATGA HAQ TOʻLASH SHARTLARI
Izoh:
* 1 va 2-boʻlimlarda belgilangan guruhlar va razryadlar:
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari, Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda tibbiyot sohasida mutaxassislikka ega boʻlmagan shaxslar rahbarlikka tayinlanishi munosabati bilan bosh vrach shtat birligi oʻrniga kiritiladigan direktor shtat birligi uchun ham qoʻllaniladi;
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari, Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari, Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar direktor (bosh vrach)larining tibbiyot ishlari boʻyicha oʻrinbosarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
** Ustama belgilangan shaxslarning ish stajini hisoblashda ularning mehnat daftarchasi, shu jumladan elektron mehnat daftarchasida koʻrsatilgan davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat faoliyati amalga oshirilgan barcha davrlardagi umumiy ish staji inobatga olinadi.
Agar qonunchilik hujjatlarida xodimlarning lavozimlari boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari mazkur razryadlardan yuqori belgilangan boʻlsa, ish haqi va ustama mehnatga haq toʻlashning yuqoriroq razryadlari va miqdorlari boʻyicha toʻlanadi.
