Skandinaviya mamlakatlari bilan hamkorlikni faollashtirish toʻgʻrisida (484-son)
23.11.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Skandinaviya mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Skandinaviya mamlakatlari bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tadbirlar rejasiga ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
* Ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirlarning rejada belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi ikki tomonlama aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirish, shartnomaviy-huquqiy baza yaratish, shuningdek oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish maqsadida 1999-yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi ekspert guruhini Skandinaviya mamlakatlariga yuborsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-noyabr,
484-son
