Mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida (620-son)
30.12.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq hamda Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini, shu jumladan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlashda qatnashuvchi korxonalar sonini koʻpaytirish yoʻli bilan, yanada maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qaroriga va 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 82-modda) 3-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-dekabr,
620-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-dekabrdagi 620-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son hamda 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 13-avgustdagi 391-son qaroriga ilovada:
a) 3-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamentiga” soʻzlari “Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “(parametrlariga)” soʻzi chiqarib tashlansin;
v) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish Maxsus komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan Maxsus komissiya protokoli asosida amalga oshiriladi”.
