Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3861-son)
26.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3861]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais H. TURAXUJAYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-iyun,
01/17-05/01-son
Kelishildi:
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 1-iyun
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 19-may
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2026-yil 12-iyundagi 01/17-05/01-son qaroriga ILOVA
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, raqobat, reklama, davlat xaridlari va tovar-xom ashyo birjalari faoliyati, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishiga oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavfi mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi “Xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
tekshiruv — tadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini tekshirish uchun kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbiri;
“Xavfni tahlil etish” elektron tizimi — nazorat qiluvchi organlar tomonidan tegishli nazorat sohasi boʻyicha aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash elektron tizimi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
3. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan banklarning axborot tizimlari, dasturiy taʼminotlari va maʼlumotlar bazasi tahlili natijalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 7-ilovalari hamda 9-bandidagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarga (sub-koʻrsatkichlarga) tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Bunda sub-koʻrsatkichlar mavjud boʻlganda har bir asosiy koʻrsatkichning bahosi ushbu koʻrsatkich ostidagi sub-koʻrsatkichlar bahosining yigʻindisidan kelib chiqadi.
9. Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini shakllantirishning davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha talablarga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari koʻrsatkichlari dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari ulgurji va chakana narxini shakllantirishning davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etilmaganligi haqida elektron tizim orqali maʼlumot kelib tushgan har bir kun (sutka) uchun 1 balldan (jami 100 balldan oshmagan holda) hisoblanadi.
Bunda, bir kun (sutka) davomida kelib tushgan maʼlumotlar sonidan qatʼi nazar ushbu kun (sutka) uchun 1 ball hisoblanadi hamda mazkur ballarni hisoblashda kunlarning uzviyligi (ketma-ketligi) talab etilmaydi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida qayd etilgan ballarni hisoblash tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazilganidan yoki kalendar yil yakunidan soʻng qaytadan boshlanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlari tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun mazkur Nizomning 1 — 7-ilovalari hamda 9-bandidagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlarni (sub-koʻrsatkichlarni) “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi.
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur Nizomning 1 — 7-ilovalari hamda 9-bandidagi nazorat sohalarida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar (sub-koʻrsatkichlar) boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
11. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Bunda baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyekti tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlar;
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 80 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlar;
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 60 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlar.
12. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “Xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining vakolatiga kiradigan masalalarni oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
4-bob. Yakuniy qoida
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ustun mavqeni va ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilish borasidagi qonunchilik hujjatlariga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari
koʻrsatkichlari
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Narx koʻrsatkichlarining qonunchilik talablariga muvofiqligiga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari
koʻrsatkichlari
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablarga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari
koʻrsatkichlari
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Birja savdolarida raqobatni cheklashga qarshi talablarga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari
koʻrsatkichlari
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Raqobatga qarshi kelishuvlar va insofsiz raqobatga qarshi talablarga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari
koʻrsatkichlari
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari
koʻrsatkichlari
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida “xavfni tahlil etish” elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga oid huquqbuzarlik sodir etish xavfini baholash jarayonida tadbirkorlik subyekti faoliyatidagi huquqbuzarlik alomatlari
koʻrsatkichlari
