“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-220-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Milliy qonunchilikning nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlariga oid Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiqlashtirilishi hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (2089-V-son)
18.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 13-mayda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Milliy qonunchilikning nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlariga oid Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiqlashtirilishi hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-220-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-may,
2089-V-son
