Sport inshootlarini qurish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0352-17-son)
16.11.2017
Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari va meʼyorlari, gigiyena normativlari
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Sport inshootlariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilar organizmi uchun eng qulay sharoitlarni taʼminlashga, ularning ish qobiliyatini oshirish, salomatligini yaxshilash va jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashishga qaratilgan.
1.2. Sport inshooti — sport musobaqalari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlari va yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, belgilangan meʼyor va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq turdagi maxsus inshoot. Sport inshootlarining qabul qilingan atamalari 1-ilovada keltirilgan.
1.3. Sport inshootlari
1.3.1. Sport inshootlarining xonalari asosiy (A guruhi) va yordamchi xonalar hamda inshootlarga (B guruhi) boʻlinadi. Tomoshabinlar uchun inshootlar (V guruhi) alohida ajratiladi.
1.3.1.1. Asosiy inshootlar bevosita jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun moʻljallangan.
1.3.1.2. Yordamchi inshootlar:
shugʻullanuvchilar va musobaqa ishtirokchilariga xizmat koʻrsatish uchun (kiyim almashtirish xonalari, dush xonalari, uqalash xonalari, hammomlar, hakamlar xonalari va boshqalar);
sport inshootini ishlatishni taʼminlash uchun (maʼmuriy, xoʻjalik, muhandislik-texnik xizmatlar).
1.3.1.3. Tomoshabinlar uchun moʻljallangan inshootlarga tribunalar, pavilyonlar, foyeler, bufetlar, hojatxonalar va boshqalar kiradi.
1.3.1.4. Sport inshootlari tarkibiga kiritilgan yotoqxona yoki mehmonxonalarning sigʻimi va toifasi loyihalash topshirigʻi bilan belgilanadi. Sanitariya uzeli (hojatxona, qoʻl yuvgich, dush) boʻlgan 2 xonali seksiya tipidagi yotoqxonalarni qurish tavsiya etiladi. Sportchilarni joylashtirish uchun yashash xonalari har bir kishiga kamida 6 m2 maydonga ega boʻlishi kerak, bunda bir xonada koʻpi bilan 2 nafar sportchi joylashishi mumkin; oʻtib yuriladigan yotoq xonalarini tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ovqatlanish zali boʻlgan oshxonada yashovchilarning kamida 50 foizi uchun oʻtirish joylari tashkil etiladi.
1.4. Sport inshootlarining tasnifi (2-ilova)
1.4.1. Sport inshootlarini joylashtirishga taʼsir koʻrsatuvchi mahalliy sharoitlar quyidagilarga boʻlinadi:
tabiiy (iqlimiy, geologik);
madaniy (sport anʼanalari);
iqtisodiy shart-sharoitlar (iqtisodiy maqsadga muvofiqlik).
Tabiiy sharoitlar suv, togʻ, qishki sport turlari uchun inshootlarni rivojlantirishga imkon beradi. Sport anʼanalari ot sporti, velosiped sporti, yangi sport turlari inshootlarini rivojlantiradi. Iqtisodiy shart-sharoitlar olimpiya obyektlari, yirik sport majmualarini qurishga imkon yaratadi.
Mahalliy sharoitlarga bogʻliq boʻlmagan inshootlar — sport zallari, havzalar va tekis sport maydonchalaridan iborat.
1.4.2. Sport inshootlari quyidagicha tasniflanadi:
Qurilish turiga koʻra ikki guruhga boʻlinadi: ochiq va yopiq sport inshootlari.
Shaharsozlik xususiyatiga koʻra:
umumshahar sport inshootlari;
tumanlararo sport inshootlari;
tuman sport inshootlari;
mikrorayon sport inshootlari
Turar-joy hududlarida sport xizmati koʻrsatish tizimini tashkil etishga koʻra inshootlar quyidagicha boʻlinadi:
kundalik foydalanish uchun;
davriy foydalanish uchun.
Foydalanish xususiyatiga koʻra sport inshootlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
koʻp maqsadli;
ixtisoslashtirilgan;
xalqaro darajadagi inshootlar.
Asosiy maqsadiga koʻra:
oʻquv-mashgʻulot inshootlari;
asosan musobaqalar oʻtkazish uchun moʻljallangan namoyish-sport inshootlari;
jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish inshootlari;
bolalar sport inshootlari;
nogironlar va aholining kam harakatlanuvchi boshqa guruhlari uchun moʻljallangan maxsus sport inshootlari.
1.4.3. Ochiq inshootlar quyidagicha boʻlinadi:
hajmiy va tekis;
yozgi va qishki.
1.4.4. Yopiq sport inshootlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
tomoshabinlar oʻrindiqlarisiz sport zallari va sport binolari;
sport saroylari;
yopiq stadionlar;
yopiq tennis kortlari;
manejlar;
yopiq havzalar;
muzli maydonchalar;
otish tirlari.
1.4.5 Jismoniy tarbiya va sport zallari:
sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va akrobatika uchun;
badminton, tennis, stol tennisi oʻyinlari uchun sport zali;
yakka kurash turlari (boks, kurash, ogʻir atletika) uchun;
umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun;
trenajyor tayyorgarligi;
jismoniy tarbiya va sport koʻngilochar tadbirlari;
yopiq inshootlardagi yengil atletika;
sport oʻyinlari (futbol, mini-futbol, gandbol, basketbol, voleybol);
konkida tez yugurish;
shaybali xokkey;
figurali uchish;
short-trek;
kerling;
toʻpli xokkey;
ommaviy konkida uchish va tez yugurish.
2. QOʻLLANISH SOHASI
2.1. Ushbu Sanitariya qoidalari va normalari (bundan keyin Qoidalar deb yuritiladi)
tomoshabinlar uchun oʻrindiqli (oʻrindiqsiz ham) yopiq va ochiq sport, sport-tomosha va sport-namoyish binolari, inshootlari va xonalarini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari oʻtkaziladigan boshqa joylarni (bundan keyin va ushbu Qoidalar nomida sport inshootlari deb yuritiladi) qurishga va ulardan foydalanishga oid sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
2.2. Ushbu Qoidalar talablarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va yakka tartibda mehnat faoliyatini olib boruvchi shaxslar bajarishlari shart.
2.3. Ushbu Qoidalar yangi ochilayotgan va foydalanilayotgan sport inshootlariga ham teng darajada tatbiq etiladi.
3. UMUMIY TALABLAR
3.1. Ushbu Qoidalar sport inshootlarida zaruriy sanitariya-gigiyena holatiga rioya etilishini taʼminlash maqsadida joriy etilmoqda.
3.2. Hudud, barcha xonalar, mashgʻulotlar oʻtkaziladigan joylar va inventarlarning tegishli sanitariya-gigiyena holatini taʼminlash masʼuliyati sport inshootlari maʼmuriyati hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar zimmasiga yuklatiladi.
3.3. Sport inshooti hududi toza saqlanishi va ushbu Qoidalar talablariga toʻliq muvofiq boʻlishi shart.
3.4. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ushbu Qoidalarni bilishlari va bajarishlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari lozim.
3.5. Har bir sport inshootida ichki tartib-qoidalar mavjud boʻlishi shart. Ichki tartib-qoidalarda sport inshootining ish vaqti, shamollatish va nam tozalash tartibi, hamda umumiy tozalash oʻtkaziladigan kun aniq koʻrsatilishi kerak.
3.6. Sport bazalarida zarur dori vositalari va bogʻlov materiallari bilan taʼminlangan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish postlari tashkil etilishi lozim. Sport bazalari faoliyat koʻrsatayotgan davrda tibbiyot xodimlarining navbatchilik xizmati oʻrnatilishi shart.
3.7. Sport inshootlarining tibbiyot xodimlari shugʻullanuvchilarning sogʻligʻini nazorat qiladi, birinchi yordam koʻrsatadi va obyektning sanitariya holatini tekshirib turadi.
3.8. Jismoniy tarbiya va sport inshootlari Oʻz DSt 950-2011 “Ichimlik suvi” talablariga javob beradigan sifatli suv bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Barcha inshootlar ichimlik suvi favvoralari bilan jihozlanishi lozim.
4. JISMONIY SOGʻLOMLASHTIRISH HUDUDLARI VA INSHOOTLARIGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
4. Jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari uchun hudud quyidagilarni hisobga olgan holda tanlanadi:
iqlim sharoitlari;
joyning relyefi (tekislik yoki tepalik) va tuproq xususiyatlari;
suv havzalari va ichimlik suvi mavjudligi;
landshaftning goʻzalligi, yashil maydonlar va havo tozaligi darajasi;
havo harorati, yogʻingarchilik, shamol yoʻnalishi va quyosh radiatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
aholining ijtimoiy ehtiyoji, tarkibi va soni;
xizmat koʻrsatish doirasi;
yoʻlga ketadigan vaqt;
mashgʻulotning davomiyligi.
Rekreatsiya zonasi va boshqa obyektlar orasidagi sanitariya masofasi kamida 1000 metrni tashkil etishi lozim. Hududni sanitariya jihatidan obodonlashtirish chora-tadbirlari koʻzda tutilishi, transport vositalari uchun maxsus toʻxtash joylari jihozlanishi kerak.
4.1. Oʻrmon bogʻlari va plyajlar qisqa muddatli dam olish uchun jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish maskanlari hisoblanadi.
4.1.1. Oʻrmon bogʻi — bu muayyan landshaft-rejaviy tuzilishga ega boʻlgan, aholining erkin dam olishi uchun moʻljallangan obodonlashtirilgan oʻrmon (daraxtzor). Uning hududida faol (choʻmilish, sport va xalq oʻyinlari) va sust dam olish (shaxmat, kitob oʻqish) uchun maydonchalar ajratiladi.
Faol va sust dam olish zonalari orasidagi masofa kamida 280 — 300 metr boʻlishi kerak.
4.1.2. Daryo plyajlari uchun bir dam oluvchiga toʻgʻri keladigan hudud meʼyori 8 kvadrat metrni tashkil etadi. Plyaj suv havzasining sanitariya holati, oqim yoʻnalishi va toifasini hisobga olgan holda joylashtiriladi.
plyajlar obodonlashtirilishi va quyidagi qismlarga boʻlinishi lozim:
xizmat koʻrsatish zonasi (kirish joyi, kiyim almashtirish xonalari, kafelar, bufetlar, tibbiy yordam punktlari, jihozlarni ijaraga berish punkti);
dam olish zonasi (solariylar va aerariylar bilan plyajning bogʻ va qirgʻoq qismlari);
sport zonasi (oʻyin maydonlari bilan);
bolalar zonasi;
choʻmilish zonasi.
4.2. Shaharlar va qishloq aholi punktlari uchun jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish zonalari va inshootlari 1 va 2-jadvallarga muvofiq rejalashtiriladi.
1-jadval
Shaharlar va shahar tipidagi aholi punktlari uchun jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish zonalari va inshootlari
2-jadval
Qishloq aholi punktlari uchun jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish zonalari va inshootlari
4.3. Ochiq tekislikdagi sport inshootlari tarkibiga quyidagilar kirishi kerak:
kompleks maydoncha, toʻsiqlarni yengib oʻtish yoʻlagi, “salomatlik soʻqmogʻi”
14 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun kompleks maydonchaning minimal oʻlchamlari: maydoni 250 m2, uzunligi 200 m, shu jumladan kengligi 2 m boʻlgan kamida 60 m toʻgʻri qism.
salomatlik soʻqmogʻining kengligi 1,5 m, uzunligi kamida 800 m boʻlishi lozim;
toʻsiqlar yoʻlagi (14 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun) uzunligi 70 m, kengligi 7 — 14 m boʻlishi kerak. Yoʻlakning toʻgʻri chiziq boʻylab emas, balki siniq chiziq boʻylab joylashishiga yoʻl qoʻyiladi.
4.4. Togʻdan ommaviy uchish uchun changʻi bazalari shahar atrofi hududida joylashtirilishi kerak. Ularning oʻtkazuvchanlik qobiliyati bir smenada 1 changʻichiga 100 m2 tayyorlangan yonbagʻir hisobidan belgilanadi. Trassalarning qiyaligi 20° dan oshmasligi kerak. Koʻtarish qurilmalarini oʻrnatish zarur.
4.5. Unifikatsiyalashgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmuasini qurishda dam olish zonasi, sauna, fotariy, trenajyorlar zonasi, kiyim almashtirish xonasi, shugʻullanuvchilar uchun sanitariya tuguni nazarda tutiladi:
sogʻlomlashtiruvchi suzish;
ritmik, badiiy va atletik gimnastika;
sport oʻyinlari (voleybol, basketbol, badminton, tennis, gandbol, stol tennisi va mini-futbol) bilan shugʻullanuvchilar uchun.
5. SPORT INSHOOTLARINI LOYIHALASH VA QURISHGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
5.1. Sport inshootlarini joylashtirish.
5.2.1. Sport inshootlarini shaharlar hududida yoki shahar atrofidagi bogʻlar, istirohat bogʻlari yoki koʻkalamzorlar yaqinidagi hududlarda joylashtirish koʻzda tutiladi. Dastlab tuproq tarkibi, yer osti suvlari sathi va shamollar yoʻnalishini sinchkovlik bilan tahlil qilish shart hisoblanadi.
5.2.2. Umumiy maydoni 150 m2 dan oshmaydigan sport inshootlarini turar joy binolarining yertoʻla va tsinokol qavatlarida joylashtirish mumkin. Sport inshootiga kirish yoʻli yashovchilar kiradigan yoʻldan alohida boʻlishi lozim.
5.2.3. Sport inshootlari aholi yashaydigan hududlarda, dam olish maskanlarida va boshqa yer uchastkalarida joylashtirilganda, jamoat transporti bekatlaridan qulay kirish va yetib kelish yoʻllari bilan taʼminlanishi kerak.
5.3. Uchastka tekis yuzaga ega boʻlib, yer usti suvlarining oqib ketishini taʼminlaydigan qiyaliklarga ega boʻlishi, quruq va yaxshi shamollatilishi lozim. Uchastkada yer osti suvlarining sathi hududning tekislangan yuza belgisidan kamida 0,7 m pastda, havza mavjud boʻlgan hollarda esa — havza vannalari konstruksiyasining eng past joylashgan qismidan 1,5 m pastda boʻlishi kerak.
5.4. Koʻkalamzorlashtirish maydoni.
5.4.1. Sport inshooti yer uchastkasining umumiy koʻkalamzorlashtirish maydoni uchastka maydonining kamida 30 foizini tashkil etishi shart.
5.4.2. Ochiq sport inshootlari majmualari yer uchastkasi perimetri boʻylab kengligi kamida 10 metr, alohida sport maydonchalari perimetri boʻylab esa kamida 3 metr boʻlgan shamol va changdan himoyalovchi daraxt va butalar qatorlari koʻzda tutilishi lozim.
5.4.3. Parklar, xiyobonlar va bogʻlarda sport inshootlarini joylashtirish chogʻida koʻkalamzorlashtirish foizi meʼyorlanmaydi.
Koʻkalamzorlashtirish uchun yuqori darajada chang ushlab qolish xususiyatiga ega boʻlgan daraxt va buta turlari (barglilardan eman, zarang, chinor va hokazo) tavsiya etiladi.
5.5. Yoʻllar va piyodalar yoʻlaklari.
5.5.1. Yopiq inshootlar va sport majmualarining yer uchastkalarida joylashgan barcha inshootlarga kirish yoʻllari va piyodalar yoʻlaklarini koʻzda tutish zarur.
5.5.2. Kirish yoʻllari takomillashtirilgan yengil yoki kapital qoplamaga ega boʻlishi kerak. Piyodalar yoʻlagi qoplamasining turi meʼyorlanmagan. Tomoshabinlarning sport inshooti hududi boʻylab harakatlanish yoʻllarining kengligi har 500 tomoshabinga 1 metr hisobidan belgilanishi lozim.
5.6. Tomoshabinlar uchun moʻljallangan ochiq sport inshootlari va tribunalar sportchilarning (sport kiyimidagi) harakatlanish yoʻllari tomoshabinlarning harakatlanish yoʻllari bilan kesishmasligini taʼminlash maqsadida joylashtirilishi kerak.
5.7. Sport inshootining konstruksiyasi. Sport inshootlarining konstruktiv yechimlari iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
5.7.1. Sport-namoyish va sport-tomosha inshootlarini universal tarzda — bir necha sport turlari boʻyicha musobaqalarni yoki turli madaniy-tomosha va ommaviy tadbirlarni navbatma-navbat oʻtkazish uchun moslashuvchan arena bilan loyihalash lozim.
5.7.2. Oʻquv-mashgʻulot tadbirlari uchun moʻljallangan sport inshootlari bitta sport turi yoki oʻxshash sport turlari guruhi uchun loyihalanadi.
5.7.3. Mashgʻulot zallari va yordamchi xonalarni alohida pavilyonlarda joylashtirish kerak, bunda ular toʻliq shamollatilishini taʼminlash muhim.
5.7.4. Kuchli quyosh nuridan himoyalanish uchun deraza tirqishlarini soyalaydigan daraxtlar oʻtqazish, shuningdek, ayniqsa gʻarbga qaragan tomonda soyabon va jalyuzalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
5.8. Sport zallari uchun paluba tipidagi yogʻoch pollar qoʻllaniladi. Ular tekis, sirpanmaydigan, egiluvchan va yoriqsiz boʻlishi shart.
5.8.1. Devorlarni boʻyash uchun och ranglar tavsiya etiladi: sargʻish, kremsimon, shaftoli rangi va boshqalar. Devorlarni boʻyashda ikki xil rangdan foydalanish mumkin. Bunda devorlarning oqligi oʻrtachadan biroz yuqori (qaytarish koeffitsiyenti 40 — 50% oraligʻida) boʻlishi kerak.
5.9. Sport inshootlarining joylashuvi (1-rasm).
5.9.1. Toʻgʻridan-toʻgʻri tushuvchi quyosh nurlarining koʻzni qamashtiruvchi taʼsiri inobatga olinadi. Sport oʻyinlari maydonchalari va maydonlari (gorodki oʻyini uchun maydonchalardan tashqari), shuningdek, stadionning sport yadrosi boʻylama oʻqlari shimol-janub yoʻnalishida, ruxsat etilgan ogʻish 20° dan oshmaydigan tarzda joylashtiriladi.
5.9.2. Tekis ochiq oʻyin maydonchalari.
Gorodki oʻyini uchun maydonchalar (devori bilan) shimol, shimoli-sharq yoki sharq tomonga qaratiladi.
Tomoshabinlar oʻtiradigan joylar shimol yoki sharq tomonga yoʻnaltirilishi lozim.
Koʻp qavatli binolar qurilgan hududlarda oʻyin maydonchalarini binolarning sharq tomonida joylashtirish va ularni ekvatorial yoʻnalishda qurishga eʼtibor qaratish tavsiya etiladi. Bunday holatda, quyosh kechqurun ham, kunduzi ham oʻyinchilarga xalaqit bermaydi.
Yadro itqitish, disk, bolgʻa, nayza, granata va toʻp uloqtirish joylari ham shimol, shimoli-sharq yoki sharq tomonga qaratilishi zarur.
5.9.3. Sport inshootlari tarkibida bir turdagi sport oʻyinlari uchun bir nechta maydoncha yoki maydon mavjud boʻlsa, ushbu maydonchalar yoki maydonlarning boʻylama oʻqlari uchdan bir qismigacha sharq-gʻarb yoʻnalishida joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
5.9.4. Asosiy yopiq sport inshootlarini (A) yoʻnaltirishda uning issiqlik taʼsiri hisobga olinadi va bu taʼsir joyning geografik kengligiga qarab baholanadi. Yorugʻlik tushiradigan teshiklarning gʻarb tomonga qaratilishi noqulay boʻlib, xonalarning haddan tashqari qizib ketishiga olib keladi.
5.10. Sport inshootining turiga qarab, unda zarur xonalar toʻplami boʻlishi kerak. Sportchilar, tomoshabinlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun alohida xonalar toʻplami nazarda tutiladi. Xonalarning tarkibi, oʻlchamlari va joylashuvi sportchilar hamda tomoshabinlar oqimlarining bir-biriga toʻqnash kelmasdan harakat qilish tartibiga mos boʻlishi lozim. Bu ayniqsa suzish havzalari uchun juda muhimdir.
5.11. Zal akustikasi eshitish va koʻrish nuqsoni boʻlgan nogironlar uchun muhim ahamiyatga ega. Eshitish nuqsonli nogironlarga qisqa reverberatsiya davrlari (500 Gs darajadan 2,5 soniya yuqori) va zaldagi past shovqin darajasi (ventilyatsiya va zarba shovqinining tovush izolyatsiyasi) bilan akustik rejim zarur. Zallarning hajmi texnologik talablarga koʻra minimal darajada boʻlishi lozim. Imkon bor joylarda perforatsiyalangan yoki qatlamli akustik shiftni oʻrnatish maqsadga muvofiq.
5.11.1. Aylana shaklli (gumbazli, qubba shaklli,arkali) qoplamali zallarda, tovush energiyasining toʻplanishi va tovush fokuslanishini oldini olish uchun egrilik radiusi xona balandligidan kamida ikki baravar katta boʻlishi shart.
5.11.2. Tomoshabinlar oʻrindiqlarisiz zal xonalarida, qoplama shaklidan qatʼi nazar, xona uzunligining uning balandligiga nisbati 5 va undan kam boʻlsa, akustik qurilmalar oʻrnatilmasligi mumkin.
5.11.3. Sport zallarida 500 — 2000 Gs chastotalardagi reverberatsiya vaqti 3-ilovaga muvofiq belgilangan chegara doirasida boʻlishi kerak. Tavsiya etiladi: zonaning oʻrtacha koʻrsatkichlari, lekin ruxsat etilgan eng yuqori chegaradan oshmasligi lozim. 500 Gs dan past chastotalarda reverberatsiya vaqtini 15 — 20% ga oshirishga ruxsat etiladi.
5.12. Texnik xonalar tarkibi loyihalashtirish topshirigʻi bilan belgilanadi yoki inshootlarning muhandislik jihozlanishi va ularning maydonini hisoblashning amaldagi meʼyorlarini hisobga olgan holda loyihada koʻrsatiladi.
5.13. Qurilishi tugallangan sport inshootlarini foydalanishga qabul qilish faqat zarur laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilganidan soʻng amalga oshiriladi.
6. SPORT INSHOOTLARIDAN FOYDALANISHGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
6.1. Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari oʻtkaziladigan joylarda oʻrnatilgan barcha sport anjomlari soz holatda boʻlishi va ishonchli tarzda mahkamlanishi shart.
6.2. Sport inshootlarining pollari yoriqsiz, tekis, gorizontal, sirpanmaydigan va boʻyalgan yuzaga ega boʻlishi kerak; koʻzni qamashtiruvchi taʼsir koʻrsatadigan yorqin nur qaytaruvchi yuzaga ega boʻlmasligi lozim.
6.3. Ochiq maydondagi inshootlar va hududlarni sugʻorish, shuningdek mavsumiy muzli maydonchalar yaratish uchun texnik suv taʼminoti manbalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
6.4. Sport inshootlarining xoʻjalik-maishiy va texnologik ehtiyojlarini taʼminlash uchun issiq suv taʼminoti nazarda tutilishi lozim.
Xoʻjalik-maishiy ehtiyojlar uchun issiq suv quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Oʻz Dst 950-2011 “Ichimlik suvi”. Issiq suv dushxonalarga, tibbiyot punktlariga, massaj va maishiy xonalarga, murabbiylar va instruktorlar xonalariga, basseynlardagi laboratoriyalarga hamda texnik topshiriqqa muvofiq boshqa xonalarga yetkazib berilishi kerak.
6.5. Xonalarni tozalash.
Xonalarni tozalash joriy va umumiy tozalash turida amalga oshirilishi lozim. Sport inshootini tozalash ishlarini bajaruvchi texnik xodimlar zarur tozalash jihozlari (shvabra, latta, eski mato, changyutgich), yuvish vositalari (sovun, soda va hokazo) hamda dezinfeksiyalovchi moddalar toʻplami bilan taʼminlanishi kerak.
6.5.1. Sport inshootlari xonalarini har kunlik tozalash ish kuni boshida va oxirida, shuningdek mashgʻulotlar orasidagi tanaffuslarda oʻtkazilishi lozim. Mashgʻulotlar orasidagi tanaffuslar kamida 10 daqiqa davom etishi kerak.
Kundalik tozalash chogʻida hojatxona, dush, kiyinish xonalari hamda foydalanilayotgan sport anjomlari dezinfeksiya qilinishi shart.
6.5.2. Tozalash va dezinfeksiya jadvali sport inshooti maʼmuriyati tomonidan tasdiqlanadi.
6.5.3. Umumiy tozalash va undan keyingi dezinfeksiya oyiga kamida bir marta oʻtkaziladi. Bu jarayon quyidagilarni oʻz ichiga oladi: pol, devor panellari, eshiklar, markaziy isitish radiatorlari, sport uskunalari va jihozlarini yuvish; deraza oynalarini artish; kuygan lampalarni almashtirib, sunʼiy yoritish chiroqlarini tozalash; gimnastika toʻshaklari va kurash gilamlari gʻiloflarini yuvish hamda zararsizlantirish (zarur hollarda hasharotlarga qarshi ishlov berish va kemiruvchilarni yoʻqotish). Boks ringi va kurash gilami qoplamasini kuniga bir necha bor nam latta bilan artish, changyutgich bilan tozalash va haftasiga 1-2 marta 0,5% kir yuvish kukuni qoʻshilgan 3% li vodorod peroksid eritmasi bilan artish lozim.
6.5.4. Pollar, deraza tokchalari, markaziy isitish radiatorlari har kuni yuvish vositalari qoʻshilgan suv bilan yuviladi. Moyli boʻyoq bilan boʻyalgan deraza romlari, eshiklar va devorlar esa umumiy tozalash paytida yuviladi.
6.5.5. Gilamlar va polga toʻshalgan matolarni har kuni mashgʻulotlar tugagandan soʻng changyutgichlar yordamida tozalash lozim.
6.5.6. Mashgʻulotlar davomida foydalaniladigan sport anjomlari kuniga kamida ikki marta yuvish va dezinfeksiyalash vositalari qoʻllanilgan nam latta bilan artilishi kerak. Mavjud gʻiloflar esa ifloslanish darajasiga qarab tozalanishi lozim.
6.5.7. Tozalash va dezinfeksiya oʻtkazishda yuvish hamda dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanish zarur.
6.5.8. Tozalash anjomlari, yuvish va dezinfeksiyalash vositalarini saqlash uchun tokchalar va stellajlar bilan jihozlangan omborxona boʻlishi kerak. Barcha tozalash anjomlari belgilovchi rangli belgilarga ega boʻlishi shart.
6.6. Himoya moslamalari.
Boks, qilichbozlik, xokkey, futbol, konkida yugurish, figurali uchish, gimnastika, motopoyga, ogʻir atletika kabi koʻpgina sport turlarida qoʻllaniladigan himoya vositalari shaxsiy himoya vositalari hisoblanadi. Himoya moslamasining har bir turi har safar ishlatilgandan soʻng tegishli majburiy gigiyenik ishlovdan oʻtkazilishi shart.
6.7. Isitish va shamollatish tizimlari.
Isitish, shamollatish va havoni konditsiyalash tizimlari gigiyena meʼyorlariga muvofiq xonalardagi mikroiqlim va havo muhiti koʻrsatkichlarini taʼminlashi kerak.
6.7.1. Havo haroratini nazorat qilish maqsadida barcha isitiladigan xonalar termometrlar bilan jihozlanishi shart. Harorat zalning oʻziga xos xususiyatlariga koʻra gigiyenik meʼyorlarga va mikroiqlim parametrlariga mos kelishi lozim. Har bir zal uchun bu koʻrsatkichlar 4 va 5-ilovalarda keltirilgan.
6.7.2. Sport inshootlarini qurishda isitish tizimi havoning hisoblangan haroratiga asosan loyihalanadi. Sport inshootlari uchun hisoblangan harorat tomoshabinlarning boʻlish ehtimolidan kelib chiqib farqlanadi.
6.7.3. Tomoshabinlar uchun joylar mavjud boʻlmagan holatlarda sport zallari uchun havoning hisoblangan harorati 15 °C, yopiq muzlik maydonlari uchun 14 °C, yopiq tirlarning oʻt ochish zonasi uchun 18 °C, suzish havzalari zallari uchun (tomoshabinlar uchun joylar mavjudligidan qatʼi nazar) havzadagi suv haroratidan 1-2 °C yuqori boʻlishi kerak.
Kiyinish-yechinish xonalari va dush xonalari, shuningdek, kiyinish-yechinish xonalariga tutash sanitariya tugunlari uchun hisoblangan harorat 25 °C ga teng. Jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish inshootlaridagi harorat 18 °C dan past boʻlmasligi lozim.
6.7.4. Sport inshootlarida markaziy isitish tizimi (suv, bugʻ yoki havo) qoʻllaniladi.
Sport inshootlarining har qanday isitish tizimi quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi shart:
1) tashqi havo haroratining har qanday oʻzgarishida isitiladigan xonada zarur boʻlgan bir xil haroratni taʼminlash (harorat farqi derazalardan qarama-qarshi devorgacha gorizontal yoʻnalishda 2 °C dan, vertikal yoʻnalishda esa har bir metrda 2,5 °C dan oshmasligi kerak);
2) isitish tizimining ishlashi natijasida xona havosining sifati yomonlashmasligi lozim.
Yetarli darajada isitish taʼminlash uchun har 30 — 60 m2 xona maydoniga kamida 1 m2 isitish asboblari yuzasi toʻgʻri kelishi lozim.
6.8. Xonadagi havo tozaligini saqlash uchun uch karralik havo almashinuvi zarur. Turli xonalarda havo almashinuvi darajasi 5-ilovaga muvofiq belgilanadi.
6.8.1. Shugʻullanuvchilar joylashgan hududlarda havoning harakatlanish tezligi quyidagicha boʻlishi kerak:
0,3 m/s — kurash, stol tennisi va yopiq muzlik sport zallarida;
0,5 m/s — boshqa barcha sport zallarida.
6.8.2. Sport zallarining derazalarida shamollatish maqsadida framugalarni ochish uchun moslamalar oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Havo kirishini taʼminlovchi framugalar maydoni pol maydonining kamida 1/50 qismini tashkil etishi lozim. Tabiiy shamollatish faqat 0,5 — 1,5 karralik havo almashinuvini taʼminlay oladi. Uch karralik almashinuvni taʼminlash uchun mexanik harakatlantirgichli sunʼiy kiritish-soʻrish ventilyatsiyasi zarur boʻlib, u mashgʻulotlar tanaffusi paytida (qishda berilayotgan havoni isitgan holda) ishga tushiriladi.
Sport zalidagi kiritish va chiqarish teshiklarini qarama-qarshi yon devorlarga joylashtirish eng maqbul hisoblanadi.
6.8.3. Sport zallarida odatda kiritish ustunlik qiladigan kiritish-chiqarish ventilyatsiyasi oʻrnatiladi. Dushxona va hojatxonalarda esa faqat 10 karralik havo almashinuvini taʼminlaydigan soʻrish ventilyatsiyasi boʻlishi shart. Asosiy va yordamchi xonalar uchun ventilyatsiya alohida tashkil etiladi.
6.8.4. Sport zallarida havoning nisbiy namligi 30 — 60% oraligʻida boʻlishi talab etiladi.
6.9. Sport inshootlarini yoritishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar.
Sport zallarining devorlari va shiftlari och ranglarga boʻyaladi. Devorlar va eshiklar silliq boʻlishi va nam bilan tozalash imkoniyatini taʼminlashi lozim.
6.9.1. Sport zallari, tayyorgarlik mashgʻulotlari zallari, basseynlardagi hovuz zallari, sunʼiy muzli yopiq konkili maydonlar, shifokor xonalari, xizmat xonalari, changʻi poygalari trassalari finish chizigʻidagi, togʻ changʻi trassalari start va finish joylaridagi pavilyonlar toʻgʻridan-toʻgʻri tabiiy yorugʻlikka ega boʻlishi shart.
Yopiq tirlarning oʻt ochish zonalari, qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar omborxonalarini tabiiy yoritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sport-tomosha zallari va tomoshabinlar uchun tribunalari boʻlgan yopiq muz maydonlarida tabiiy yoritish koʻzda tutilmaydi.
6.9.2. Yengil atletika va sport oʻyinlari oʻtkaziladigan zallarda yorugʻlik tushadigan joylarning yuqoridan joylashtirilishi tabiiy yorugʻlikning bir xil taqsimlanishini taʼminlashi kerak.
Sport zallari toʻgʻridan-toʻgʻri tabiiy yorugʻlikka ega boʻlishi shart. Yorugʻlik tuynuklarining hisobiy maydoni xona poli maydonining foizi hisobida 6-ilovaga muvofiq aniqlanadi. Kegelban va bilyard xonalarida tabiiy yorugʻlik boʻlishi majburiy emas.
6.9.3. Zalning uzunasiga joylashgan devorlaridan birida yon tomondan yoritish koʻzda tutiladi, bunda yorugʻlik tuynuklarining pastki qismi poldan kamida 2 metr balandlikda joylashtirilishi lozim.
Talab qilingan yoritilganlik darajasini taʼminlash uchun (zalning kengligi va balandligiga qarab) zalning boshqa devorlariga deraza oʻrnatish mumkin (yorugʻlik tushirilgan joyning pastki qismini poldan kamida 4,5 m balandlikda joylashtirish sharti bilan). Shuningdek, yuqoridan yoritish yoki yon tomondan yuqori bilan birgalikda yoritishga ruxsat beriladi. Yuqoridan yoritish uchun moʻljallangan yorugʻlik oʻtkazgichlar faqat zal xonasi polining yon tomondan yoritilmaydigan qismi ustida joylashtiriladi.
6.9.4. Sport oʻyinlari oʻtkaziladigan zallarning yon devorlariga yorugʻlik tushiradigan teshiklar oʻrnatish taqiqlanadi. Ikki va undan ortiq tomonida yorugʻlik tushiradigan teshiklari mavjud zallarda asosiy (poldan 2 m balandlikda joylashgan) yorugʻlik tushiradigan teshiklar janubiy hududlarda shimolga qaratilgan boʻlishi shart.
6.9.5. A guruhidagi sport inshootlarida tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti (TYK) 1% dan kam boʻlmasligi kerak.
6.9.6. Yorugʻlik tushiradigan teshiklarni gorizont tomonlari boʻylab joylashtirish.
bir tomonlama yoritilganda (<45°) shimoli-sharq tomonga qaratilishi lozim. Ikki va undan ortiq tomonida yorugʻlik tushiradigan teshiklari mavjud zallarda asosiy (poldan 2 m balandlikda joylashgan) yorugʻlik tushiradigan teshiklar shimolga qaragan boʻlishi kerak.
6.9.7. Yorugʻlik tushiradigan teshiklarni majburan boshqa yoʻnalishga qaratishga toʻgʻri kelganda, quyosh nurlarining koʻzni qamashtiruvchi va issiqlik taʼsiridan himoyalanish uchun teshiklarni toʻldirish maqsadida yorugʻlik tarqatuvchi materiallardan foydalanish yoki odatda, tashqi quyoshdan himoyalovchi qurilmalar (ekranlar, soyabonlar, jalyuzilar, vertikal koʻkalamzorlashtirish tizimlari) oʻrnatishni koʻzda tutish zarur.
Yorugʻlik oʻtkazuvchi tirqishlarni toʻldirish uchun yorugʻlik tarqatuvchi shaffof materiallar sifatida organik shisha, shisha bloklari va shisha profilidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
6.9.8. Ochiq sport inshootlarini sunʼiy yoritish uchun gaz-razryadli lampalardan foydalanish tavsiya etiladi. Sport oʻyinlari uchun yassi inshootlarda yorugʻlik pulsatsiyasining maksimal ruxsat etilgan koeffitsiyenti 15%, tennis va xokkey uchun 10%, yengil atletika, konkida yugurish va figurali uchish uchun 20% ni tashkil etadi. Yoritilganlik darajasi past boʻlganda, choʻgʻlanma lampalardan foydalanish mumkin.
6.9.9. Yopiq sport inshootlarini sunʼiy yoritish uchun lyuminessent va yorugʻlik diodli lampalardan foydalanish tavsiya etiladi. Sport zallari uchun havorang va oq nurlanish spektriga ega lampalar tavsiya qilinadi.
Stroboskopik effektni bartaraf etish uchun lampalarni ikki yoki uch lampali sxema boʻyicha ulash va nosoz lampalarni oʻz vaqtida almashtirish lozim.
6.9.10. Sport inshootlarida yoritilganlik gorizontal va vertikal tekisliklarda (toʻp yoki sportchining harakati) aniqlanadi. Sport zallarining yoritilganlik meʼyori 7-ilovada keltirilgan.
6.9.11. Suzish havzalarida tayyorgarlik mashgʻulotlari uchun moʻljallangan zal va maydonchalarning minimal gorizontal yoritilganligi zal poli va maydoncha yuzasida mos ravishda 150 va 50 lyuksni tashkil etadi. Sport arenalarining eng kam yoritilganligi 1000 lyuks, tribunalarniki esa 500 lyuks deb belgilangan.
6.9.12. Sport oʻyinlari uchun ochiq tekislik inshootlarida (shaharchalar va stol tennisidan tashqari) yuqoridan-yon tomonlama yoritish koʻzda tutiladi. Bunday hollarda yoritish moslamalari yerdan kamida 10 metr balandlikda oʻrnatilishi lozim.
3-jadval
Yuqoridan yoritishda chiroqlarning osilish balandligi
Yuqoridan yoritishda chiroqlar 30° dan kam boʻlmagan himoya burchagi bilan oʻrnatiladi. Sport oʻyinlari oʻtkaziladigan maydon va maydonchalardagi yoritilganlik 8-ilovada belgilangan meʼyorlarga mos boʻlishi shart.
6.9.13. Toʻp zarbalaridan himoyalanish moslamalari bilan sport zallarining derazalari va sunʼiy yoritish manbalari taʼminlanishi lozim.
6.10. Sport zallaridagi shovqinning maksimal darajasi mashgʻulotlar oʻtkazilayotganda 82 dBA dan, musobaqalar vaqtida esa 110 dBA dan oshmasligi kerak.
6.11. Rangga boʻlgan talablar.
Sport inshootining rangli bezatilishi estetik qoniqish hissini uygʻotishi, sportchining asab-ruhiy holatini va uning ish qobiliyatini yaxshilashi lozim.
Devor va shiftlarning boʻyoqlari toʻp zarblariga chidamli boʻlishi, xonani nam usulda tozalashni oson amalga oshirish imkonini berishi kerak.
Devorlarni boʻyashda ikki xil rangdan foydalanish mumkin. Bunda qaytarish koeffitsiyenti 40 — 50% oraligʻida boʻlishi lozim. Zalda qoʻllaniladigan ranglar uygʻunligi bir tomondan xotirjamlikni, ikkinchi tomondan faoliyatni faollashtirishni taʼminlashi zarur.
6.11.1. Zallarning rang yechimi. Bunda qaytarish koeffitsiyenti 40 — 50% oraligʻida boʻlishi kerak.
Hayajonlantiruvchi qizil va toʻq sariq ranglarni faqat shugʻullanuvchilar qisqa muddat (10 daqiqagacha) boʻladigan joylarda (harakat faolligini oshiruvchi maxsus trenajyorlarda) qoʻllash lozim.
Nogironlikning turli xillari rangni idrok etishning uzoq muddatli toʻliq yoki qisman yoʻqolishi bilan kechishi mumkin.
Rang qisman koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan nogironlar va karlar uchun moʻljal olish va axborot tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
6.11.2. Zallarda yorugʻlik sifatiga bogʻliq boʻlmagan toza, kontrast ranglarni qoʻllash zarur: pol — havorang (sariq), devorlar — sariq (havorang). Trenajyor zallari va xonalari uchun polni yashil (qizil-jigarrang), devorlarni esa qizil-jigarrang (yashil) rangga boʻyash mumkin.
6.11.3. Sport inshootlarini rangli bezashda ularning vazifasi, sport turi, inshootning oʻlchamlari va shakli, joylashuvi, iqlimi, sport anjomlarining fonga nisbatan optimal kontrastligi, shuningdek, jihozlarning vazifasi hisobga olinishi kerak: toʻplar — sariq, qizil; trenajyorlar — koʻk, yashil; sport terapiyasi zallari: pol — yashil (qizil), devorlar — qizil (yashil).
6.11.4. Zallardagi koʻrsatkichlar, belgilar va boshqa moʻljallar uchun havorang, qora, yashil, qizilning oq bilan yoki sariqning qora bilan uygʻunligi tavsiya etiladi. Zarur boʻlganda, ingichka qora chiziq bilan (masalan, pol-devor, devor-eshik, deraza, oyna va hokazo) bir katta yuzadan boshqasiga oʻtish taʼkidlanadi.
6.11.5. Oʻyin maydonlari, koʻchma jihozlar maydonini chegaralash, hovuz chetini ajratib koʻrsatish, shuningdek, xonalarning muhim funksional elementlari va sport anjomlari qismlarini (masalan, kirish va chiqish joylari, tramplin markazi, yugurish yoʻlagi, harakatlanuvchi predmetlarning tayanch dastlari, batut markazi, pol belgilari va moslamalarga koʻrsatkichlar) aniq koʻrsatish uchun ogohlantiruvchi rangli belgilar va yoʻnaltiruvchilar oʻrnatiladi.
Axborot belgilarida fon rangidan foydalanish misollari:
qizil — toʻxtash. Favqulodda toʻxtatish uskunasi, taqiq;
sariq — xavf (radiatsiya; kimyoviy moddalar; xavfli oʻtish joyi; toʻsiq);
yashil — oʻtish joyi. Favqulodda chiqish yoʻli. Birinchi yordam koʻrsatish joyi;
koʻk — axborot belgilari (telefon-avtomat, hojatxonalar va shunga oʻxshash joylarni koʻrsatish);
yashil maydondagi oq chiziq — evakuatsiya yoʻlini belgilash.
6.12. Sport zallarining pollari yuvilganda shakli oʻzgarmasligi va mashgʻulotlar boshlanishiga quruq hamda toza boʻlishi shart.
6.13. Sport inshootlarining asosiy xonalari bir smenada bir martalik oʻtkazish qobiliyatini taʼminlashi va meʼyoriy talablarga javob beradigan, bir kishiga toʻgʻri keladigan tegishli maydonga ega boʻlishi kerak. Ixtisoslashtirilgan sport zallarining oʻlchamlari sport turlari boʻyicha musobaqalar qoidalarida keltirilgan va ruxsat etilgan chegaralar hamda yugurish maydonlarini hisobga olgan holda sport maydonchasi oʻlchamlariga mos keladi. Sport inshootlarining sport turlari boʻyicha minimal oʻtkazish qobiliyati 9, 10, 11, 12-ilovalarda keltirilgan.
Zallarning oʻlchamlari katta boʻlganda ularning oʻtkazish qobiliyati ortadi.
Jismoniy tarbiya va sport inshootlarining bir vaqtning oʻzida sigʻimi hisoblanayotganda tegishli maydonchalar (arenalar)ning oʻtkazish qobiliyati, shuningdek, tribunalar mavjud boʻlsa, tomoshabinlar soni hisobga olinadi.
6.14. Bir martalik oʻtkazish qobiliyatiga qarab yordamchi xonalar va ulardagi sanitariya-gigiyena qurilmalari hisoblab chiqiladi.
Yordamchi xonalar tarkibiga quyidagi guruhlar kiradi:
garderobli vestibyul;
shugʻullanuvchilar uchun yechinish xonasi, dush va hojatxona bloklari;
inventar saqlash xonalari;
murabbiylar va maʼmuriyat xonalari;
tibbiyot punktlari;
uslubiy kabinetlar;
xodimlar uchun maishiy xonalar;
reabilitatsiya xonalari va dam olish xonalari;
ustaxonalar;
ijaraga berish punktlari.
Dush kabinalari gubkalar uchun ilgaklar, sovun uchun tokchalar, sovuq va issiq suv aralashtirgichlar bilan jihozlangan va sanitariya-texnik jihatdan soz holatda boʻlishi shart.
6.14.1. Basseynlarning yechinish xonalarida — bir vaqtda shugʻullanuvchi uch kishiga 1 ta dush setka boʻlishi kerak.
6.14.2. Ayollar yechinish xonasi qoshidagi hojatxonalar meʼyori — bir smenada shugʻullanuvchi 30 kishiga 1 ta hojatxona, erkaklarniki esa — bir smenada shugʻullanuvchi 50 kishiga 1 ta hojatxona va 1 ta pissuar boʻlishi lozim. Hojatxonalar balandligi 1,8 metr boʻlgan toʻsiqlar va eshik bilan chegaralangan boʻlishi kerak.
6.15. Sport inshootiga xizmat koʻrsatish va undan foydalanish xonalarining oʻlchamlari ularning oʻtkazish qobiliyatiga bogʻliq. Har bir oʻringa vestibyulning 0,15 m2 maydoni, kiyinish xonasining 1 m2 maydoni, murabbiylar uchun xonalarning 2,5 m2 maydoni toʻgʻri kelishi lozim.
6.16. Tomoshabinlar uchun joylar yugurish yoʻlagi va xavfsizlik zonalaridan tashqarida joylashtirilishi lozim. Oʻrindiqlarning birinchi qatori oldida balandligi 0,8 metr boʻlgan toʻsiq oʻrnatiladi; har bir oʻrindiqning kengligi kamida 45 santimetr, qatorlar orasidagi yoʻlakning kengligi esa 80 — 85 santimetr boʻlishi kerak. Tribuna ustki qismi va yon tomonlari boʻylab balandligi kamida 1,2 metr boʻlgan toʻsiqlar bilan jihozlanishi lozim.
7. SPORT JIHOZLARI VA USKUNALARIGA QOʻYILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
7.1. Uskunalar va sport jihozlari mazkur sport turi boʻyicha mashgʻulotlar va musobaqalar qoidalariga muvofiq boʻlishi hamda ulardan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlashi shart.
7.2. Sport zallarida faqat mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan jihozlargina joylashtirilishi kerak.
7.3. Maʼmuriyat sport jihozlarini mahkamlash uchun texnologik qurilmalar, himoya vositalari va xavfsizlik moslamalarining holati ustidan oʻz vaqtida nazoratni tashkil etadi. Sport jihozlari yonida ruxsat etilgan chegaraviy yuklamalar haqida yozuvlar boʻlishi lozim. Sport jihozlari va himoya vositalarini mahkamlash uchun qurilmalarning soni, turi va oʻrnatish joylari ushbu qurilmalarning joylashuv chizmasiga hamda xavfsiz oʻrnatish va foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalardagi chizmalarga mos kelishi kerak.
7.4. Har yili uskunalar va jihozlar pasportlashtiriladi. Har bir mashgʻulotdan oldin sport jihozlari va himoya vositalarini joriy koʻzdan kechirishni murabbiy amalga oshiradi.
7.5. Kurash zallarida zarur boʻlgan yumshoq gilam devorlardan 2 metr masofada joylashtirilishi lozim. Bunday masofani tashkil etish imkoni boʻlmaganda, devorlar 1,5 metr balandlikkacha gilamlar bilan qoplanishi shart. Gilamning ustiga qavilgan yopinchiq (paxta koʻrpa, kigiz va hokazo) yopiladi, uning ustidan esa pishiq va yumshoq mato (chit, bayka, flanel kabi) qattiq tortilib, chetlari mahkamlanadi. Bu qoplama qoʻpol choklarsiz boʻlishi kerak. Qoplama ifloslanishiga qarab yuviladi va oyiga kamida 3-4 marta dezinfeksiya qilinadi. Uning ostidagi gilam har oyda changdan tozalanishi shart.
7.6. Mashgʻulot qoplari, tulumlar, manekenlar va koʻchma sport anjomlari kuniga kamida 1-2 marta nam latta bilan artilishi, sport anjomlarining metall qismlari esa quruq latta bilan tozalanishi lozim.
7.7. Ring burchaklaridagi arqonlar tortiladigan metall tortqichlar yechiladigan gʻiloflardagi yumshoq yostiqchalar bilan qoplanishi kerak. Ringning ikkala burchagi yonida toza suvli idish va tufdon oʻrnatilishi shart. Ring yaqinida poyabzal tagcharmini ishqalash uchun kanifol solingan yassi qutilar joylashtiriladi. Chang hosil boʻlishining oldini olish maqsadida brezentga kanifol sepish qatʼiyan man etiladi.
Ringning yumshoq toʻshamasi har oyda ikki marta changyutgich yordamida tozalanishi yoki yechib olinib, qoqib tashlanishi lozim. Brezent qoplama ham changdan tozalanishi, ifloslanganda yuvilishi va har kuni nam latta bilan artilishi kerak.
Boks ringi va kurash gilamining qoplamasi kuniga bir necha marta nam latta bilan artiladi va changyutgich bilan tozalanadi.
7.8. Sakrashda qoʻllaniladigan toʻshaklar polda sirpanib ketmasligi uchun juda yengil boʻlmasligi lozim; ularning yuzi ham sirpanchiq boʻlmasligi, toʻshakning ichki qismi tekis boʻlishi va changdan oson tozalanadigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
Toʻshaklar zalda vertikal holatda osib qoʻyilgan holda saqlanishi va haftada kamida bir marta changyutgichlar yordamida changdan tozalanishi yoki ochiq havoda qoqib tozalanishi lozim. Charm toʻshaklardan tashqari, barcha toʻshaklar yechib olinadigan matoli gʻiloflarga ega boʻlishi kerak, ular ifloslanganda, lekin haftada kamida bir marta yuvilishi shart.
7.9. Sportchilar qoʻllari uchun ishlatiladigan magneziya faqat qopqoqli qutilarda saqlanishi kerak.
7.10. Himoya moslamalari sportning koʻpgina turlarida (boks, qilichbozlik, xokkey, futbol, figurali uchish, gimnastika va boshqalarda) qoʻllaniladi.
shaxsiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
elastik trikotajdan tayyorlangan toʻpiq, tizza va tirsak himoyalagichlari boʻgʻimlar va paylarni ortiqcha yuklamalardan saqlaydi;
bilak-kaft boʻgʻimlari uchun moʻljallangan tirgaklar (charm bilaguzuklar) shtanga bilan mashq bajarishda paylarning choʻzilishidan himoya qiladi;
gimnastikachilarda turnik va halqalarda ishlash paytida qoʻl terisining shikastlanishini oldini olish uchun kaft qoplamalari (qoʻlqoplar);
ogʻir atletikachilar ogʻirlikni koʻtarish va kuchanishda bandajlar va himoya chanoqlaridan foydalanadilar;
yengil shlem xokkeychilarning boshini himoya qiladi;
velosipedchilar va motopoygachilar veloshlemlar va shlem-kaskalardan foydalanadilar;
bokschilar chov, yuz, qosh va quloq, qoʻl hamda lablar shikastlanishining oldini olish uchun maxsus bandaj, maxsus niqob, qoʻlqop va tishqoplagich (kapa) taqadilar.
Barcha shaxsiy himoya vositalari har bir sportchida toza saqlanishi, ishlatilgandan soʻng puxta tozalanishi — sovun bilan yuvilishi yoki artilishi (dezinfeksiyalovchi moddalar, atir yoki spirt bilan) lozim.
7.12. Ijaraga beriladigan konkili poyabzal quruq va toza, konkilari esa oʻtkir qilib charxlangan boʻlishi shart.
8. OCHIQ SPORT MAYDONCHALI INSHOOTLAR
8.1. Oʻyin maydonchalarining va musobaqalar (mashgʻulotlar) oʻtkaziladigan joylarning oʻlchamlari hamda belgilari, oʻyin maydonlari va musobaqalar oʻtkaziladigan joylarning xavfsizlik zonalari parametrlari tegishli turdagi musobaqalarni oʻtkazish qoidalari bilan belgilanadi va shu sababli texnologik talablar sifatida majburiy hisoblanadi.
8.2. Yozgi sport turlari uchun moʻljallangan ochiq sport inshootlarida kiyim qoʻyish xonalari, ayollar va erkaklar uchun alohida yechinish xonalari, dushxonalar, hojatxonalar, maʼmuriy-xoʻjalik xonalari (murabbiy, shifokor va boshqalarning xonalari), tomoshabinlar uchun joylar boʻlishi shart. Aholi punktining ochiq maydonlarida ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishda biotualetlardan foydalanish zarur.
8.3. Ochiq sport inshootlarining maxsus qoplamasi.
Tekis, sirpanchiq boʻlmagan, changlanmaydigan va shikastlanishga olib kelishi mumkin boʻlgan mexanik qoʻshimchalarsiz boʻlishi kerak. Oʻt qoplami (sport maydonchasi) past, qalin, sovuqqa chidamli, koʻp yurishga va tez-tez oʻrishga bardoshli, shuningdek, qurgʻoqchilik va yomgʻirli ob-havoga chidamli boʻlishi, muntazam ravishda oʻrilishi, sugʻorilishi va tozalanishi lozim.
8.4. Yengil atletika zonasi yugurish yoʻlaklari, sakrash, uloqtirish va yadro itqitish sektorlarini oʻz ichiga olishi kerak. Yengil atletika yugurish yoʻlakchasining drenajli asosi, elastik, changlanmaydigan va atmosfera yogʻinlariga chidamli ustki qoplami boʻlishi shart.
8.5. Sakrash chuqurlari toza qum bilan toʻldirilishi kerak. Sakrishdan oldin qum yumshatilishi va tekislanishi lozim. Chuqurlarning chetlari (old tomonidan tashqari) yer sathida yumshoq toʻldirilgan rezina yoki brezent bilan qoplanadi.
8.6. Snaryadlarni uloqtirish shugʻullanuvchilar yoki tomoshabinlarga snaryad tegib ketish ehtimolini istisno qiluvchi ehtiyot choralariga rioya qilgan holda oʻtkazilishi kerak.
8.7. Figurali uchish, shayba va koptok bilan xokkey hamda tezkor konki uchish uchun katoklar yopiq muz saroylarida yoki yozgi mavsumda boshqa sport turlari uchun moʻljallangan ochiq sport inshootlarida joylashtirilishi mumkin. Ommaviy uchish va oʻrganish uchun katoklar istirohat bogʻlari, bogʻlar va xiyobonlarda, turar-joy mavzelari hududida joylashtirilishi mumkin. Katoklarda quyidagilar nazarda tutiladi: prokat xonalari,garderoblar, yechinish xonalari (isitgichlar), hojatxonalar, dam olish joylari. Yozgi vaqtda boshqa sport turlari uchun. Ommaviy uchish uchun gʻaltakmolalar va oʻquv mashgʻulotlari istirohat bogʻlari, bogʻlar va xiyobonlarda, turar joy mavzelari hududida joylashtirilishi mumkin. Gʻaltakmolalarda quyidagilar nazarda tutiladi: prokat xonalari, garderoblar, yechinish xonalari (grelkalar), hojatxonalar, dam olish joylari.
Konkida uchish, changʻida yurish, xokkey va konkida sportcha yugurish musobaqalari harorat minus 25 °C dan yuqori boʻlgandagina oʻtkazilishi mumkin.
8.8. Oʻyin maydonchalari.
8.8.1. Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan ochiq tekislikdagi sport inshootlarining rejaviy oʻlchamlari va ularning oʻtkazuvchanlik qobiliyati, shuningdek, shugʻullanuvchilar uchun yordamchi xonalar maydonini aniqlash 11 va 12-ilovalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
8.8.2. Koʻp qavatli binolar joylashgan hududlarda oʻyin maydonchalarini binolarning sharqiy tomonida joylashtirish va ularni ekvatorial yoʻnalishda joylashtirilishi tavsiya etiladi. Tomoshabinlar uchun joylar shimolga yoki sharqqa qaratilgan boʻlishi kerak. Maydonchada tomoshabinlar uchun joylar mavjud boʻlsa, ular oʻyin maydoni chegaralaridan kamida 2 metr uzoqlikda joylashtirilishi shart.
8.8.3. Basketbol maydoni toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi shchitli oʻyin maydonidan iborat boʻladi. Maydon oʻlchami 24x13 metrdan 28x15 metrgacha boʻlib, yon va old chiziqlar bilan chegaralanadi. Shchitlar ustunlarga mahkam oʻrnatilishi kerak, bunda ustunlar har qanday konstruktiv yechimga ega boʻlishi mumkin. Shchitlar oʻyin maydoni ichkarisiga 1,2 metr chiqib turishini taʼminlash zarur.
8.8.4. Voleybol maydonchasi 18x9 metr oʻlchamli toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi oʻyin maydonidan iborat boʻlib, yon va toʻr chiziqlari bilan chegaralangan. Maydoncha uzunligi 9,5 metr va kengligi 1 metr boʻlgan toʻr bilan jihozlanadi, bu toʻr ikki ustun orasidagi trosga tortiladi. Ustunlar doiraviy kesimli, har qanday pishiq va qattiq materialdan yasalgan boʻlishi lozim. Ular doimiy yoki olinuvchi boʻlishi mumkin. Ustunlar konstruksiyasi toʻrni kerakli balandlikka oʻrnatish imkonini berishi shart.
8.8.5. Gandbol maydonchasi 40x20 metr oʻlchamli toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi oʻyin maydonidan iborat boʻlib, yon va toʻr chiziqlari bilan chegaralangan. Maydonda oʻyin maydoni burchaklaridan teng masofada, toʻr chiziqlarining tashqi chetiga zich qilib ikkita darvoza oʻrnatiladi. Darvozalar doimiy yoki koʻchma boʻlishi mumkin, lekin mustahkam oʻrnatilgan va koʻndalang chiziqlar bilan qarama-qarshi ranglarga boʻyalgan boʻlishi kerak (har bir chiziqning uzunligi 0,2 metr).
8.8.6. Gorodki oʻyini uchun maydoncha. Oʻyin maydoni uzunligi 26 metrdan 30 metrgacha va kengligi 13 metrdan 15 metrgacha boʻlgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻladi (maqbul oʻlchami 30x15 metr). Unda belgilangan “shaharlar” va “shahar atroflari” hamda “konlar” va “yarim konlar” mavjud. “Shaharlar” va “shahar atroflari” boʻyoq va yogʻoch plankalar bilan belgilanadi.
8.8.7. Tennis maydonchasi (kort) juft oʻyinlar uchun 23,77x10,97 metr oʻlchamli va yakka oʻyinlar uchun 23,77x8,23 metr oʻlchamli toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi maydondan iborat. Maydon yon va orqa chiziqlar, shuningdek, uning tashqi perimetri boʻylab joylashgan erkin yoʻlaklar — yugurish yoʻlaklari bilan chegaralangan. Maydonning oʻrtasida koʻndalang toʻr oʻrnatilgan.
8.8.8. Ommaviy mustaqil jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari uchun maydonchalarni alohida yordamchi xonalar qurilishisiz joylashtirish mumkin. Bunda plyaj yoki dam olish zonasi tashrif buyuruvchilari uchun moʻljallangan bufetlar va sanitariya-gigiyena moslamalaridan (hojatxonalar, dush kabinalari, kiyim almashtirish xonalari) foydalanish tavsiya etiladi.
8.8.9. Darvozali sport oʻyinlari (regbi, futbol, maysa ustida xokkey va boshqalar) uchun maydonlar boʻylama oʻqlari shimol-janub yoʻnalishida joylashtirilishi lozim. Har qanday tomonga 20° gacha ogʻishga yoʻl qoʻyiladi. Beysbol maydonini gʻarbdan sharqqa qaratib joylashtirish kerak.
Sport inshootlari tarkibida bir turdagi bir nechta sport maydonlari mavjud boʻlsa, ushbu maydonlarning koʻpi bilan uchdan bir qismini sharq-gʻarb yoʻnalishida joylashtirish mumkin.
8.8.9.1. Futbol maydoni tekis maydoncha boʻlib, uning atrofi har qanday buyumlardan xoli boʻlgan xavfsizlik zonasi bilan oʻralgan boʻladi.
Futbol maydoni toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlib, yon va darvoza chiziqlari bilan chegaralangan. Uning eni 60 — 75 metr, uzunligi 90 — 110 metr boʻlishi lozim (eng maqbul oʻlchami 68x105 metr). Futbolchilar mashgʻulotlari uchun majmuada turli oʻlchamdagi alohida maydonlar boʻlishi kerak, ularning ayrimlari oʻtsiz qoplamali boʻlishi mumkin. Oʻyin maydonidan tashqarida hech qanday narsalar qoʻyilmaydigan zonalar (darvoza va yon chiziqlarga parallel boʻlgan yoʻlaklar) koʻzda tutiladi; darvoza chiziqlari ortidagi zona kengligi 4 — 8 metr, yon chiziqlar boʻylab esa 2 — 4 metr boʻladi. Yonma-yon uzun tomonlari bilan joylashgan oʻyin maydonlari orasidagi masofa kamida 2 metr boʻlishi mumkin.
8.8.9.2. Plyaj voleyboli va plyaj futboli — qumda oʻtkaziladigan oʻyinlar. Plyaj futboli maydoni qatʼiy belgilangan oʻlchamlarga ega emas. Odatda 20x30 metrdan (plyaj sporti uchun) 30x40 metrgacha (musobaqalar uchun) boʻladi. Voleybol uchun xavfsizlik zonasini qoʻshib hisoblaganda kamida 15x26 metrli maydon zarur. Tomoshabinlar va toʻsiqlar qumli maydonlardan tashqarida joylashtiriladi.
8.8.9.3. Oʻlchamlari 99,4x61 metr boʻlgan chim ustidagi xokkey maydoni 7,5 santimetr enlikdagi oq chiziqlar bilan belgilanadi. Darvozalar old chiziqning oʻrtasiga oʻrnatiladi. Darvozaning eni 3,66 metr, balandligi 2,14 metr.
8.8.9.4. Beysbol — ichki va tashqi maydonlardan iborat boʻlgan maydonda oʻtkaziladi. 27,44x27,44 m oʻlchamli ichki maydon toʻrtta baza orasida joylashgan maydoncha hisoblanadi. 114,5x114,5 m li tashqi maydon ichki maydonga tutashgan va uning ikki chizigʻining davomi bilan chegaralangan maydonchadan iborat. Toʻpni oʻyinga kirituvchi oʻyinchi — pitcherning maydoni oq rezinadan yasalgan, 60x15 sm oʻlchamli toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi plastinkadir. U odatda balandroq joyga oʻrnatiladi. Tashqi maydon 5 m kenglikdagi (odatda qattiq tuproqli) tutash yoʻlak bilan chegaralangan boʻlib, bu yoʻlak xavfsizlik zonasi vazifasini bajaradi.
8.8.9.5. Regbi maydoni oʻlchamlari 120x72 m boʻlib, darvoza chiziqlari hisob maydoniga tegishli, yon chiziqlar va burchak bayroqlari ustunlari hisob maydoni oʻlchamiga kirmaydi. Darvoza old chiziqqa oʻrnatiladi. Darvoza vertikal ustunlarining ichki qirralari orasidagi masofa 5,65 m, yer yuzasidan toʻsinning yuqori qirrasigacha boʻlgan balandlik esa 3 m.
Regbi maydonlarining tuzilishi futbol maydonlariniki kabi boʻladi (gazonli — NV-2, gazsiz optimal aralashmadan — NV-1, sunʼiy oʻt qoplamali — V-1). Regbini oddiy futbol maydonida ham oʻynash mumkin.
8.8.9.6. Ochiq havoda futbol va yengil atletika ular uchun umumiy boʻlgan yagona inshoot — futbol-yengil atletika sport majmuasi (sport arenasi)da birlashtiriladi.
Sport yadrosida ham futbol, ham yengil atletika boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish mumkin. Sport yadrosining bir yoki bir nechta tomoni boʻylab tomoshabinlar uchun tribuna qurilganda esa musobaqalar ham oʻtkazilishi mumkin. Yengil atletika va futbolning barcha turlari uchun joylarning tarkibi va oʻlchamlari xalqaro musobaqalar talablariga muvofiq, tegishli xavfsizlik zonalari mavjudligini hisobga olgan holda belgilangan.
8.8.9.7. Sport yadrosi tarkibidagi yengil atletika uchun joylarning joylashuvi va oʻlchamlari mahalliy sharoit va shugʻullanuvchilarning sport malakasi darajasiga qarab 12-ilovada keltirilgan.
Yugurish va sportcha yurish joylari toʻgʻri va aylanma yugurish yoʻlaklaridan iborat.
Alohida yoʻlaklar boʻylab oʻtkaziladigan 400 m gacha masofaga yugurish uchun (shuningdek, xuddi shu uzunlikdagi bosqichlar bilan estafetalar uchun) har bir alohida yoʻlakning kengligi 1,22 m qilib belgilangan.
Toʻgʻri va aylanma yugurish yoʻlaklari uchun 6 — 8 ta alohida yoʻlakka moʻljallangan kenglik eng maqbul hisoblanadi. Istisno tariqasida, kichik masshtabdagi inshootlarda 4-5 ta alohida yoʻlak kengligini qabul qilishga ruxsat etiladi.
Kichik masshtabdagi inshootlarda (maktablar, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari va hokazo) kichikroq uzunlikdagi (200, 300 yoki 333,33 m) aylanma yugurish yoʻlagini koʻzda tutish tavsiya etiladi.
Toʻgʻri yugurish yoʻlakchasi (110 m gacha boʻlgan masofada yugurish uchun) yugurish uchun moʻljallangan masofadan 15 — 20 m uzunroq boʻladi (startdan oldin 3 — 5 m boʻsh joy va marradan keyin 12 — 15 m). Barcha masofalarga toʻgʻri chiziq boʻylab yugurish imkonini beradigan 125 — 130 m uzunlik eng maqbul hisoblanadi. Tor joylarda 60, 80 yoki 100 m masofalarga moʻljallangan toʻgʻri yugurish yoʻlaklarini loyihalashga ruxsat etiladi.
8.8.9.8. Sakrash joyi ikkita asosiy qismdan iborat: yugurib kelish uchun yoʻlka (sektor) va qoʻnish uchun joy (chuqurcha). Asosiy oʻlchamlar musobaqa qoidalari talablariga mos keladi va sportchilarning malakasi, jinsi va yoshidan qatʼi nazar, ham musobaqalarni oʻtkazish, ham mashgʻulotlar uchun eng maqbul hisoblanadi.
A. Uzunlikka sakrash joyi. Yugurish yoʻlagining oxirida itarilish uchun gʻoʻla oʻrnatiladi, u yugurish yoʻlagining yuzasi bilan bir tekisda joylashtiriladi. Qoʻnish chuqurchasidan gʻoʻlagacha boʻlgan masofa sakrovchilar malakasiga va sakrash turiga (uzunlikka yoki uch hatlab) bogʻliq boʻlib, har bir alohida holatda foydalanish jarayonida aniqlanadi.
Qoʻnish chuquri 0,5 m chuqurlikda boʻlishi va toʻrt tomondan bortlar bilan oʻralgan boʻlishi lozim. Uchta bortning yuqori qismi (yumshoq qoplamali) chuqur atrofidagi sath bilan bir xil darajada boʻlishi, oldingi bort (yugurish yoʻlagiga yaqin) esa yugurish yoʻlagi sathidan kamida 0,03 m pastroq joylashgan boʻlishi kerak. Chuqur qum bilan toʻldiriladi. Namlangan va yumshatilgan qum sathi yugurish yoʻlakchasi sathi bilan bir xil darajada boʻlishi shart.
B. Balandlikka sakrash joyi. Qoʻnish joyi doimiy yoki koʻchma (olib qoʻyiladigan, tashiladigan) boʻlishi mumkin. U toʻrtta bortga ega. Yon va orqa bortlari yumshoq qoplamali boʻlishi lozim. Old bort boʻylab (yugurib kelish sektoriga qaragan va yugurib kelish sektori yuzasi bilan bir xil sathda joylashgan) uning tashqi tomonidan u bilan bir xil darajada uzunligi 4,5 m va eni 0,05 m boʻlgan planka oʻrnatiladi. Chuqurni toʻldirish uchun yumshoq sintetik materiallar tavsiya etiladi. Sakrash uchun ustunlar (koʻchma yoki doimiy) old bort bilan bir tekislikda vertikal holatda oʻrnatiladi.
D. Langarchoʻp bilan sakrash joyi. Langarchoʻp bilan sakrashda qoʻnish joyining yuqori sathi yugurib kelish yoʻlagi sathidan kamida 0,8 m baland boʻlishi lozim. Langarchoʻp bilan sakrashda qoʻnish uchun doimiy oʻrnatiladigan joy yoki yigʻma-ajraladigan konstruksiya koʻzda tutilishi kerak. Qoʻnish joyining old tomoni boʻylab, yugurib kelish yoʻlkasi yuzasi bilan bir tekislikda uzunligi 3,5 — 4 m va kengligi 0,1 m boʻlgan planka yerga oʻrnatiladi; plankaga yaqin joyda langarchoʻpni tirash uchun quti koʻmiladi.
8.8.9.9. Uloqtirish (itarish) joylari ikki asosiy qismdan iborat: disk, bolgʻa va yadro uloqtirish uchun halqa bilan chegaralangan doira joylashgan maydoncha yoki yugurib kelish va nayza uloqtirish uchun yoʻlakcha (bulardan uloqtirish yoki itarish amalga oshiriladi) hamda snaryadlar tushadigan sektor yoki yoʻlak. Optimal oʻlchamlar har qanday musobaqa qoidalariga va har qanday toifadagi hamda jinsdagi sportchilarning mashgʻulot sharoitlariga mos keladi.
8.8.10. Ochiq jismoniy tarbiya-sport maydonchalari va inshootlari, sport maydonchalari, sport-sogʻlomlashtirish bogʻlari maydonchalari, sport yoʻlaklari, velosiped yoʻlaklari, rolikdromlar, “salomatlik soʻqmoqlari” 3 guruhga boʻlinadi:
1. Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport-koʻngilochar mashgʻulotlar uchun inshootlar (aholining barcha guruhlariga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan);
2. Ommaviy sport mashgʻulotlari uchun inshootlar (meʼyoriy rejalashtirish parametrlariga ega boʻlgan, ammo yuqori darajadagi musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallanmagan inshootlar);
3. Noanʼanaviy va ekstremal sportning eng oddiy turlari uchun inshootlar (odatda, yoshlar va oʻsmirlar orasida tomoshabopligi va qulayligi tufayli juda mashhur boʻlgan lapta, golf va shu kabilar).
Ommaviy sport sharoitida bir nechta turli xil sport faoliyatlarini ommaviy tarzda amalga oshirish imkonini beradigan kompleks turdagi maydonchalar va maydonlar yaratish maqsadga muvofiqdir.
8.8.11. Maktabgacha va kichik yoshdagi bolalar uchun jismoniy tarbiya va oʻyin maydonchalari. 13, 14, 15-ilovalar.
8.8.11.1. Bolalar maydonchalarining oʻyin jihozlari (turli xil elementlar va moslamalar) sertifikatlangan boʻlishi, sanitariya-gigiyena meʼyorlari, bolaning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga javob berishi, texnik foydalanishda qulay va estetik jihatdan jozibador boʻlishi kerak.
8.8.11.2. Oʻyin jihozlari materiali va unga ishlov berishga qoʻyiladigan talablar quyidagicha:
yogʻoch jihozlar chirish, qurib qolish, yonib ketish va sinishning oldini oladigan maxsus ishlov berilgan qattiq yogʻochdan yasalgan boʻlishi kerak; silliqlangan, oʻtkir burchaklari yumaloqlangan boʻlishi lozim;
metall asosan jihozlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari uchun qoʻllanilishi, ishonchli birikmalarga va tegishli ishlovga (namlikka chidamli boʻyoq, korroziyaga qarshi qoplama) ega boʻlishi kerak; jarohatlamaydigan, zanglamaydigan, sovuqqa chidamli metalloplastikdan foydalanish tavsiya etiladi;
uskunalarning beton va temir-beton elementlari markasi kamida 300, sovuqqa chidamliligi 150 dan yuqori boʻlgan betondan tayyorlanib, silliq yuzaga ega boʻlishi shart;
plastmassa va polimerlardan yasalgan uskunalar silliq yuzali, yorqin va toza rang gammasiga ega boʻlib, iqlim taʼsirida oʻchmasligi lozim.
oʻyin jihozlarining tuzilishi oʻtkir burchaklardan holi boʻlishi;
tutqichlari bola qoʻli bilan toʻliq qamrab olinadigan boʻlishi kerak; ichki boʻshliq chuqurligi 2 metrdan ortiq boʻlgan oʻyin jihozlari majmualarida bolalarga tezkor yordam koʻrsatish uchun diametri kamida 500 millimetrli (kamida ikkita) kirish teshiklarini nazarda tutish lozim.
Bolalar oʻyin maydonchalarida jihozlarni joylashtirish chogʻida 14 va 15-ilovalarga muvofiq minimal xavfsizlik masofalariga rioya qilish zarur.
Ushbu masofalar doirasidagi maydoncha hududida boshqa turdagi oʻyin jihozlari, oʻrindiqlar, axlat qutilari, chegaralovchi toshlar va qattiq qoplamalar, shuningdek, daraxtlarning shoxlari, tanasi va ildizlarini joylashtirish man etiladi.
8.8.11.3. Bolalar jismoniy tarbiya-oʻyin inshootlari maydonini yosh toifalari boʻyicha hududlarga ajratib, 1 yoshdan 4 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun alohida joy ajratish lozim.
Katta maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun maydonchalarni shartli ravishda murakkablashtirilgan oʻyin qurilmalari yordamida 5 — 7, 8 — 10 va 11-12 yosh zonalariga boʻlish mumkin. Oʻyin maydonchasining hududi bir bola uchun zarur boʻlgan minimal maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadi: 1 — 4 yoshda — 5 — 7 m2, 5 — 7 yoshda — 7 — 10 m2, 8 — 10 yoshda — 10 — 12 m2. Oʻyinlar uchun maydoncha hududi bir bola uchun zarur boʻlgan minimal maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadi: 1 — 4 yosh — 5 — 7 m2; 5 — 7 yoshda — 7 — 10 m2;
8.8.11.4. Bolalarning faol dam olishi va ochiq havoda uzoq vaqt boʻlishi uchun moʻljallangan kompleks oʻyin maydonchalari asosan quyidagi zonalardan tashkil topadi:
jismoniy tarbiya va oʻyin qurilmalari;
suv va qum bilan oʻyinlar;
sport oʻyinlari.
Majmuaga quyidagi zonalar qoʻshilishi mumkin: yoʻl harakati qoidalarini oʻrganish uchun; turli xil oʻsimliklar va hayvonlar uchun qafaslar boʻlgan tabiat burchaklari; mavzuli (“teatr”, “sirk”, qurilish konstruktorlari, turli tarixiy davrlardagi turar-joylarni taqlid qiluvchi inshootlar: qalʼalar, vigvamlar, gʻorlar va boshqalar), biroq bu toʻplam instruktorning majburiy ishtirokini va inventarni saqlash uchun omborxonalarni talab qiladi.
Yirik supermarketlar va boshqa ommaviy tashrif buyuriladigan inshootlar yonida bolalarning velosiped, rolikli konki va skeytbordlarda uchishlari uchun asfaltlangan maydonchalar yoki veloyoʻlakchalar qurish tavsiya etiladi.
8.8.11.5. Soddalashtirilgan turdagi maydonchalar kvartal ichidagi maydonchalar sifatida shakllantirilishi lozim.
Yashash joylaridan piyodalar uchun eng yaqin masofadagi inshootlar. Kichkintoylarni oʻrgatish va oʻsmirlarni rolikda uchishga moʻljallangan maydoncha tavsiya etiladi. Bu radiusi 5 m gacha boʻlgan, imkon qadar doira shaklidagi, beton, gʻisht yoki tuproqdan yasalgan yumaloq toʻsiq bilan oʻralgan kichik asfalt maydonchadir. Toʻsiq ustida bolalar (0,4 m balandlikda) va kattalar (0,45 m balandlikda) dam olishi uchun yogʻoch toʻshama oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Dam olish mashgʻulotlari va roliklarda ommaviy uchish uchun ochiq maydonchaning oʻlchamlari va tuzilishi belgilanmagan. Biroq, uning sirpanish maydoni kamida 300 m2 boʻlishi va doira yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlishi tavsiya etiladi, bu esa “aylanma” yugurish imkonini beradi.
8.8.11.6. Figurali uchish va roliklarda raqslar (badiiy uchish) xalqaro musobaqalar qoidalariga koʻra kamida 20×40 m oʻlchamli toʻgʻri toʻrtburchakli maydonchalarda oʻtkaziladi. (Figurali uchish uchun 25×50 m, raqs uchun esa — optimal oʻlchami 30×60 m boʻlgan maydoncha tavsiya etiladi).
Rolikli xokkey uchun xalqaro standart maydon oʻlchamlari:
roliklarda 20×40 m, lekin kamida 17×34 m boʻlishi kerak. Rolikli konkida balandlikka sakrash uchun maydon 24×4 m boʻlishi lozim. Yugurish yoʻlagining uzunligi 20 m. Planka ustunlari orasidagi masofa — 2 m;
Skeytbordlarda uchish turli xil koʻtarilish va egilishlarga ega boʻlgan har qanday erkin ochiq maydonda amalga oshiriladi. Skeyt maydonchasini qurish uchun zarur boʻlgan hudud kamida 15×15 m2 (225 m2) boʻlishi kerak.
8.8.11.7. Mashgʻulot maydoni (kvartal ichidagi yoki sport majmuasi tarkibidagi) rolikodrom yoki skeytborddrom maxsus mashgʻulot elementlari (botiq yoki ikki tomonlama botiq yuzalar, tik panduslar va hokazo), novlar, hovuzchalar, shuningdek, temir-beton, poliester, shisha tolali beton va yogʻochdan yasalgan turli rampalar bilan jihozlanadi. Bularni maydonchalarga oʻrnatish mumkin. Yugurish yoʻlaklari, novlar va tepaliklar asfalt-betondan qurilishi mumkin.
8.8.11.8. Yuzasida maxsus metall mahkamlagichlari boʻlgan sunʼiy qoya devorli ochiq turdagi skalodrom. Qoyaning shakli va mahkamlagich elementlarni oʻrnatish tartibi shugʻullanuvchi alpinistlarning tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanishi lozim.
8.8.11.9. “Salomatlik soʻqmoqlari” tekis yoki tabiiy relefda (soʻqmoqlar va oʻrmon yoʻllarida) sunʼiy va tabiiy toʻsiqlar (ariqlar, tepaliklar) bilan, shuningdek, shahar bogʻlari va oʻrmon bogʻlarida, sport majmualarida va mikrorayonlarda quriladi. Trassa uzunligi 0,9 dan 3 km gacha, kengligi kamida 1,5 m boʻlishi qabul qilingan. Trassa 120 — 150 m gacha boʻlgan alohida qismlarga boʻlinib, har bir qismda turli xil mashqlar bajariladi: yugurish, yurish, toʻsiqlardan sakrash, gimnastika harakatlari, qoʻllarga kuch berish va boshqalar.
8.8.11.10. Velosiped yoʻllari tekis yoki tabiiy relefda (soʻqmoqlarda), shuningdek, shahar bogʻlari, oʻrmon bogʻlari va sport majmualarida quriladi. Velosiped yoʻlkalari sogʻlomlashtiruvchi sayrlar, sekin yugurish, tezkor mashgʻulot yugurishi va boshqalar uchun moʻljallangan. Universal foydalanish uchun yoʻlkalarga asfalt qoplanadi.
8.9. Nogironlar foydalana oladigan ochiq tekis inshootlar.
Nogironlar uchun maxsus yaratilgan sport turlari mavjud. Koʻrish qobiliyati cheklangan nogironlar uchun sport oʻyinlari: torbol, golbol, rollingbol.
Nogironlar uchun quyidagi oʻlchamdagi maydonchalar tavsiya etiladi: 68x105 m, 27x45 m, 27x15 m, 5x25 m.
Yengil atletika turlari roʻyxati:
Doira boʻylab va toʻgʻri chiziq boʻylab turli masofalarga yugurish;
Uloqtirish va itarish (yadro, disk, nayza);
Aravachada poyga;
Uzunlikka va balandlikka sakrash.
8.9.1. Nogironlarning yengil atletika bilan shugʻullanishlari uchun ochiq inshootlar murakkab tadbirlarni talab qilmaydi. Yugurish yoʻlagiga kamida ikki joyda gorizontal kirish imkoniyati va kiyinish xonalariga tekis (zinapoyalarsiz pandus orqali) kirish taʼminlanishi lozim. Tribuna va terrasalarda tomoshabinlar orasida nogironlar boʻlsa, nogironlar aravachalari sigʻadigan keng maydonchalar zarur.
Nogironlar musobaqa qiluvchi yengil atletika turlari roʻyxati 26-ilovada keltirilgan.
8.9.2. Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi, tovushga qarab moʻljal oluvchilar uchun inshootlarni tashqi shovqin va aks-sadodan himoya qilish juda muhim. Buning uchun akustik devorlar oʻrnatish, maydonchalarni oʻrab olish va yashil oʻsimliklardan foydalanishni koʻzda tutish maqsadga muvofiqdir. Perimetr boʻylab moʻljal olish uchun kengligi 2 metr va balandligi 0,15 — 0,25 metr boʻlgan ikki nishabli yoʻlak quriladi. Bu yoʻlak yugurish yoʻlagi yoki oʻyin maydoni (maysazor) qoplamasidan material jihatidan farq qilishi lozim: maysazor — tuproq, maysazor — sunʼiy material. Yugurish yoʻlagining burilishlarini material, faktura va qoplama rangini (qattiq — yumshoq, silliq — gʻadir-budir, qavariq yoki botiq plitalar bilan) oʻzgartirish orqali belgilash kerak. Bunday oʻzgarishlar burilish boshlanishidan kamida 2,4 metr oldin boʻlishi lozim.
8.9.3. Koʻrish qobiliyati cheklangan shaxslar uchun uzunlikka sakrash joyining oʻlchamlari 5 — 8 metr x 9-10 metr boʻlishi kerak. Yugurib kelish yoʻlagining uzunligi 25 metr, kengligi 1,5 — 3 metr, har ikki tomonda moʻljal olish yoʻlaklari 1,2 — 2 metr boʻlishi lozim. Yoʻnaltirish uchun chuqur chetidan 4 metr masofada fakturali chiziq quriladi: 2,7 metr — ogohlantirish zonasi, 0,8 metr — depsinish zonasi, 0,5 metr — yumshoq qoplama. Qoʻnish chuqurining orqasida akustik moʻljal — tovushli mayoq oʻrnatiladi.
8.9.4. Balandlikka sakrashni bajarish uchun yugurib kelish zonasini fakturali yuza bilan ajratish tavsiya etiladi. Planka yoki matoli toʻsiqlar rangli va kontrastli boʻlishi kerak, moʻljal olish uchun plankaga roʻmolcha osib qoʻyish mumkin. Qoʻnish yostigʻining qalinligi 0,5-0,6 metr boʻlishi lozim.
8.9.5. Yoritgichlar nogironlar aravachasidagi shaxsning koʻz balandligida joylashishi, bir tekis va yetarli darajada yorugʻ boʻlishi kerak (koʻrish qobiliyati qisman yoʻqolgan kishilar uchun hisobga olingan holda). Koʻrsatkichlar aniq va yaxshi yoritilgan boʻlishi lozim. Yoʻlak chetlari, chorrahalar va panduslarni hisobga olish, yordamchi xonalardan va avtoturargohlardan qulay kirish yoʻllarini taʼminlash zarur.
8.10. Sport maydonchalaridagi jihozlar yorqin ranglarga boʻyalishi va atrofdagi muhit bilan keskin farq qiladigan tarzda joylashtirilishi kerak.
8.11. Ochiq sport maydonchalari quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
sportchilar uchun yordamchi xonalar (erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida maishiy xonalar, maʼmuriy-xoʻjalik xonalari, shuningdek murabbiy va shifokor xonalari hamda boshqalar) va tomoshabinlar uchun (erkaklar va ayollar uchun alohida-alohida hojatxonalar va boshqa xonalar).
9. YORDAMCHI XONALAR
9.1. Kiyinish-yechinish va sanitariya-gigiyena xonalari.
Yordamchi xonalarning tarkibi va maydonlari (16-, 17-, 18-ilovalar) loyihalash topshirigʻida quyidagilarni hisobga olgan holda aniqlanishi mumkin:
a) jismoniy tarbiya-sport maydonchalari va inshootlarining bir vaqtdagi oʻtkazish qobiliyati;
b) yordamchi xonalar maydonlarining tarkibi va hisoblash koʻrsatkichlariga qoʻyiladigan talablar;
v) tomoshabinlar uchun jami oʻrinlar soni.
Jismoniy tarbiya va sport inshootining maqsadi va mashgʻulot turlariga qarab, kiyinish-yechinish xonalarining uch turi farqlanadi:
xizmat koʻrsatiladigan garderobda kundalik kiyimlar saqlanadigan umumiy kiyinish-yechinish xonalari (erkaklar va ayollar uchun alohida). Bular jamoaviy sport oʻyinlaridan tashqari barcha sport turlari bilan shugʻullanuvchi sportchilar uchun moʻljallangan;
kiyim-kechaklar kiyinish-yechinish xonalarining oʻzida (yopiq shkaflarda) saqlanadigan umumiy kiyinish-yechinish xonalari (erkaklar va ayollar uchun alohida);
kiyim-kechaklar kiyinish-yechinish xonalarida saqlanadigan jamoaviy (jamoa-guruh) kiyinish-yechinish xonalari. Bular sport oʻyinlari boʻyicha erkaklar va ayollar jamoalari yoki jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish guruhlari uchun moʻljallangan.
Shugʻullanuvchilarning kiyimlarini almashtirish, kundalik kiyimlarini saqlash va shaxsiy gigiyena xonalari zarur mebellar (oʻtirish uchun skameykalar, kiyimlar uchun shkaflar, ilgichlar), sanitariya-texnika jihozlari va moslamalari (dush setkalari, hojatxonalar, qoʻl yuvgichlar, oyoq yuvgichlar) bilan jihozlanadi. 19-, 20-, 21-ilovalar.
9.2. Boshqa xonalar.
Yordamchi xonalarga quyidagilar ham kiradi:
kirish guruhi xonalari (garderob, vestibyul, vestibyul hojatxonalari);
ovqatlanish xonalari;
instruktorlik xonalari;
uslubiy maqsadlardagi xonalar;
tibbiy maqsadlardagi xonalar;
qoʻshimcha xizmat koʻrsatish xonalari (oʻyin, klub xonalari, madaniy-dam olish va maishiy xizmat koʻrsatish xonalari);
maʼmuriy-xoʻjalik va xodimlarga maishiy xizmat koʻrsatish xonalari;
texnik xonalar.
Yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xonalarning tarkibi va hisob-kitob koʻrsatkichlari 20-ilovada keltirilgan.
9.2.1. Sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish inshootlarida shugʻullanuvchilar uchun bufetlar ovqat isitish imkoniyatiga ega boʻlgan statsionar tarzda, tomoshabinlar uchun esa statsionar yoki koʻchma (olib kelinadigan) tarzda loyihalanishi lozim.
Quyidagi hollarda bufetlar koʻzda tutilmaydi: mikrorayonlar va turar joy tumanlari inshootlarida, shuningdek inshootning oʻtkazish qobiliyati bir smenada 48 kishidan kam boʻlganda va tomoshabinlar oʻrinlari soni 500 tadan kam boʻlganda.
Tomoshabinlar uchun bufetlar tribunaning eng uzoq joyidan 150 metrdan ortiq boʻlmagan masofada joylashishi kerak. Sport inshootlaridagi tomoshabinlar bufetlari xonalarining tarkibi va maydonlari 18-ilovada keltirilgan.
9.2.2. Tibbiy-tiklash maqsadlaridagi xonalarning mavjudligi, tarkibi va soni mahalliy sharoitlarga yoki mashgʻulot turlari va aholiga sogʻlomlashtirish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha inshootlardan foydalanish dasturiga qarab, obyekt buyurtmachisi tomonidan belgilanadi.
9.2.3. Ochiq sport maydonchalarida shugʻullanuvchilar uchun yordamchi xonalari boʻlgan binolarni eng uzoqdagi maydonchadan (maydondan) 300 metrdan ortiq boʻlmagan masofada joylashtirish lozim.
9.2.4. Mavsumiy ochiq muzli maydonlarda shugʻullanuvchilar uchun yechinish xonalari, odatda, birinchi qavatda joylashtirilishi lozim. Agar zaruriyat tugʻilsa, ularni boshqa qavatlarda joylashtirish mumkin, bunda maydon bilan bogʻlovchi pandusning qiyaligi 1:10 dan oshmasligi shart.
9.2.5. Ochiq sport inshootlarida tomoshabinlar uchun sanitariya tugunlari tribunadagi eng uzoq nuqtadan 150 metrdan ortiq boʻlmagan masofada joylashtirilishi kerak.
Ochiq sport inshootlari yonida tomoshabinlar tribunalari mavjud boʻlsa, 100 nafar ayolga bitta hojatxona, 330 nafar erkakka bitta hojatxona va 5 ta pissuar hisobidan hojatxonalar loyihalashtirilishi lozim. Sport inshootlari xonalarida sanitariya jihozlarini joylashtirish va ularning miqdoriy meʼyorlari 20-ilovaga, tomoshabinlar uchun hojatxonalarda esa 21-ilovaga muvofiq belgilansin.
10. SPORT ZALLARI
10. Alohida sport turlariga (yengil atletika zallaridan tashqari) moʻljallangan sport zallarining qurilish oʻlchamlari va sigʻimi, shuningdek, universal koʻrgazmali zallarda ushbu sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish uchun sport maydonlarining oʻlchamlari va sigʻimi 22, 23-ilovalarga muvofiq qabul qilinishi kerak.
10.1. Kichik aholi punktlari va qishloq joylarida aholining sport mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun maktab oʻquvchilarining jismoniy tarbiya darslari bilan navbatma-navbat foydalaniladigan, oʻlchamlari 24x12 metr, balandligi 6 metr va 30x15 metr, balandligi 7 metr boʻlgan, bir smenada mos ravishda 25 va 40 kishiga moʻljallangan universal zallarni koʻzda tutishga ruxsat etiladi.
10.2. Ogʻir va yengil atletika, sport gimnastikasi hamda futbol uchun moʻljallangan sport zallarini birinchi qavatda joylashtirish lozim.
10.3. Yengil atletika zallarining oʻlchamlari aylana boʻylab va toʻgʻri chiziq boʻyicha yugurish yoʻlaklarining belgilangan parametrlari hamda yengil atletikaning alohida turlari uchun ajratilgan joylar soniga qarab aniqlanishi kerak.
Zallarning balandligi (chiqib turuvchi konstruksiyalarning pastki qismigacha) tomoshabinlar uchun doimiy tribunali zallarda kamida 9 metr, oʻquv-mashgʻulot zallari uchun esa 9 metr boʻlishi lozim.
10.3.1. Yengil atletikaning ayrim turlari uchun maydonchalar oʻlchamlarini 25 foizga kattalashtirish kerak. Aylana boʻylab yugurish yoʻlagining hisobiy uzunligi 160 metrdan kam va 200 metrdan koʻp boʻlmasligi (maqbul holat), toʻgʻri chiziq boʻyicha esa 75 metrdan kam boʻlmasligi, yoʻlaklar soni kamida 6 ta boʻlishi lozim. Respublika miqyosidan past darajadagi musobaqalar uchun quyidagilarga ruxsat etiladi: toʻgʻri chiziq boʻyicha yugurish uchun alohida yoʻlaklar sonini toʻrttagacha kamaytirish;
10.3.2. Faqat oʻquv-mashgʻulot ishlari uchun moʻljallangan zallarda toʻgʻri chiziq boʻyicha va aylana boʻylab yugurish uchun alohida yoʻlaklar soni ikkitagacha kamaytirilishi mumkin, bunda zalning balandligi kamida 4 metr boʻlishi shart.
Aylana yugurish yoʻlagining burilishlar qismida butun uzunligi boʻylab qiyaligi eng tik joyida 10 darajadan kam va 18 darajadan koʻp boʻlmagan virajlar quriladi.
Sport-namoyish zallarida balandlik tribuna uchun hisoblangan balandlikka muvofiq belgilanadi.
10.4. Yengil atletika zalida uzunlikka va uch hatlab sakrash sektorlarida yerga qoʻnish uchun qumli chuqur (tegishli jihozlar bilan) koʻzda tutilishi lozim. Sport gimnastikasi zallarining polida gimnastika anjomlarining yonida yumshoq toʻldirgichli qoʻnish chuqurlari boʻlishi kerak.
Sport gimnastikasi va sport oʻyinlari uchun moʻljallangan universal zallarda, shuningdek sport gimnastikasi zalini birinchi qavatdan tashqarida majburiy joylashtirishda gimnastika anjomlari uchun chuqurlar nazarda tutilmaydi.
10.5. Yengil atletika, futbol yoki boshqa sport turlari uchun uch va undan ortiq zallari boʻlgan sport binolarida oʻlchami 12x6 m, balandligi 3 m boʻlgan yakka tartibdagi kuch tayyorgarligi uchun xona koʻzda tutilishi zarur. Sport binolarida zallar soni uchtadan kam boʻlganda xona oʻlchamini 9x4,5 m, balandligi 3 m gacha kichraytirish mumkin.
10.6. Sport-namoyish va sport-tomosha binolarida (yengil atletika zali boʻlgan binolardan tashqari) musobaqalar oldidan badan qizdirish va sport oʻyinlari boʻyicha oʻquv-mashgʻulot mashgʻulotlari uchun oʻlchami 30x18 m, balandligi 8 m boʻlgan zal (yechinish xonasi, dush va hojatxona bilan) boʻlishi kerak. Butunittifoq miqyosidagi va undan yuqori darajadagi sport oʻyinlari (futboldan tashqari) musobaqalari uchun zalning oʻlchami 42x24 m gacha kengaytiriladi.
10.7. Sport zallari binolari qurilishning qizil chizigʻidan kamida 6 m uzoqlikda joylashtirilishi lozim.
10.8. Sport oʻyinlari va yengil atletika zallari alohida joylarda joylashtirilganda, ularga tegishli ochiq sport inshootlarini (maydonchalar, maydonlar va boshqalar) qoʻshib qurish mumkin. Bu inshootlar zallarda va maydonchalarda shugʻullanuvchilarga xizmat koʻrsatadigan yordamchi xonalar bilan taʼminlanishi kerak. Bunday holda, zal va maydonchalarning oʻtkazish qobiliyati birlashtirilishi lozim.
10.9. Yordamchi xonalarning oʻlchamlari, bir vaqtdagi oʻtkazish qobiliyati, tarkibi va maydoni; sport inshootlari xonalarida sanitariya jihozlarining joylashuvi va ularning soni meʼyorlari jadvallar asosida belgilanishi kerak.
10.10. Trenajyorlar maxsus trenajyor zallarida yoki muayyan sport turiga moslashtirilgan holda istalgan sport zalida oʻrnatilishi mumkin. Barcha sport jihozlari soz holatda boʻlishi shart. Zallarning havo sifati kiritish-soʻrish ventilyatsiyasi orqali taʼminlanadi. Mikroiqlim koʻrsatkichlari gigiyenik meʼyorlarga mos kelishi lozim.
10.11. Aerobika zallari tuzilishi va foydalanish jihatidan gimnastika zallariga oʻxshash boʻlishi kerak, ammo bu sport turi bilan shugʻullanish uchun sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan maydon (har bir kishi uchun kamida 6 kv.m) talab etiladi. Aerobika va uning stepaerobika, rokaerobika, brokaerobika, bitaerobika kabi turlarining oʻziga xos xususiyati musiqa joʻrligida oʻtkazilishidir.
10.12. Basketbol va voleybol zallarining poli taxtadan yasalgan va sirpanchiq boʻlmasligi kerak.sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan maydon (kamida 6 kv.m.) Aerobika mashgʻulotlarining oʻziga xos xususiyatlari va uning stepaerobika, rokayerobika, brokaerobika, bitaero-bika musiqa joʻrligidir.
10.13. Kurash zallari diametri 9 m boʻlgan gilamlar va belgilangan jihozlarga ega: ogʻirlik koʻtarish uchun majmua, gimnastika devori, mashq uskunalari, tibbiy tarozilar va boshqalar. Kurash gilamining ustiga zich qoplama yopilishi, uning ustidan esa yumshoq va pishiq qoplama tortilishi lozim.
10.14. Boks zallari ring, boks qoplari, pnevmatik noklar, mashq uskunalari, dam olish va anjomlarni saqlash joylarini oʻz ichiga oladi.
10.15. Ogʻir atletika zalida ogʻirlik koʻtarish bilan maxsus mashqlar oʻtkazish imkoniyati koʻzda tutiladi. Zallarga maxsus majmua, shuningdek, ogʻir atletika anjomlarini oʻrnatish zarur.
10.16. Uskunalarni (10.10 — 10.15-bandlar) va shaxsiy himoya vositalarini ishlatish hamda saqlash ushbu Qoidalarning 6-bobiga muvofiq boʻlishi shart.
11. YOPIQ TURDAGI SPORT SOGʻLOMLASHTIRISH INSHOOTLARI
11.1. Sport-sogʻlomlashtirish (namoyish va “sport-tomosha”) inshootlarini loyihalashtirishda universal yechimlar zarur — bir nechta sport turlari boʻyicha musobaqalarni yoki turli madaniy-tomosha va jamoat tadbirlarini navbatma-navbat oʻtkazish uchun moslashuvchan arena bilan taʼminlash lozim.
Asosan oʻquv-mashgʻulot jarayonlari uchun moʻljallangan qolgan sport inshootlarini, odatda, sport uskunalarini murakkab oʻzgartirishni talab qilmaydigan bitta sport turi yoki oʻxshash sport turlari guruhi uchun moʻljallab loyihalash kerak.
Kichik aholi punktlarida va qishloq joylarda aholining sport mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun maktab oʻquvchilarining jismoniy tarbiya darslari bilan galma-galdan foydalaniladigan, oʻlchamlari 24x12 m, balandligi 6 m va 30x15 m, balandligi 7 m boʻlgan, bir smenada mos ravishda 25 va 40 kishiga moʻljallangan universal zallarni qurish mumkin.
11.2. Yengil atletika zallarining oʻlchamlari aylana va toʻgʻri chiziq boʻylab yugurish yoʻlaklarining belgilangan parametrlariga hamda yengil atletikaning alohida turlari uchun ajratilgan joylar soniga qarab aniqlanishi lozim.
Tomoshabinlar uchun doimiy tribunalari boʻlgan zallarda balandlik kamida 9 m, oʻquv-mashgʻulot mashgʻulotlari uchun esa 9 m boʻlishi kerak.
Zal faqat oʻquv-mashgʻulot mashgʻulotlari uchun moʻljallangan boʻlsa, toʻgʻri chiziq boʻylab ham, aylana boʻylab ham yugurish uchun alohida yoʻlaklar soni ikkitagacha kamaytirilishi mumkin. Alohida xonada joylashtirilganda (shu jumladan, zalning asosiy qismi bilan yonma-yon va undan faqat ustunlar bilan ajratilgan boʻlsa) bu xonaning balandligi 4 m qilib belgilanishi kerak.
11.3. Ogʻir va yengil atletika, sport gimnastikasi va futbol uchun sport zallari faqat birinchi qavatda joylashtiriladi. Yengil atletika va futbol zallariga, yopiq muz maydonchalariga yuk avtomobillarining kirishini taʼminlash zarur.
11.4. Yengil atletika yoki futbol uchun zali boʻlgan sport binolarida 12x6 m oʻlchamdagi, boshqa sport turlari uchun uch va undan ortiq zali boʻlgan sport binolarida esa yakka tartibdagi kuch tayyorgarligi uchun xona koʻzda tutiladi; kuch tayyorgarligi xonasining oʻlchamlarini 9x4,5 m gacha, balandligini 3 m gacha kichraytirishga ruxsat etiladi.
11.5. Sport-namoyish va sport-tomosha binolarida quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
yengil atletika va futbol zali;
gimnastika zali;
ogʻir atletika zali;
musobaqadan oldin badan qizdirish zali;
Sport oʻyinlari boʻyicha oʻquv-mashgʻulot zali, oʻlchami 30x18 m, balandligi 8 m, yechinish xonalari, dush va hojatxonalar bilan jihozlangan.
sahna, shuningdek madaniy-tomosha va ommaviy tadbirlarni oʻtkazishni taʼminlovchi xonalar va qurilmalar.
muz ustida balet, xokkey, figurali uchish zallari ___________________________________________________________
Sahna maydoni 65x36 m dan kichik boʻlgan zallarda 18x14 m, 65x36 m va undan katta boʻlgan zallarda 24x18 m oʻlchamda boʻladi. Xalqaro miqyosdagi musobaqalar uchun moʻljallangan sport oʻyinlari (futboldan tashqari) zalining oʻlchami 42x24 m boʻlishi kerak.
11.6. Yopiq muzlash inshootlarida muzning erishidan hosil boʻlgan suvni olib ketish uchun kanallar boʻlishi shart. Sport-namoyish va sport-tomosha yopiq muz maydonlarida kanalning kengligi kamida 0,7 m, sigʻimi esa kamida 45 m³ boʻlishi lozim.
11.7. Tir. Tir turini tanlash (ochiq, yarim ochiq, yopiq), shuningdek, undagi oʻq otish joylari soni loyihalash topshirigʻi asosida belgilanadi.
11.7.1. Tirlarning bir smenadagi oʻtkazish qobiliyati belgilangan otish joylarining soni boʻyicha qabul qilinadi. Respublika va undan yuqori miqyosdagi musobaqalar uchun moʻljallangan pnevmatik quroldan otish tirlari faqat yopiq boʻlishi kerak. Nishonlar chizigʻi oʻt ochish chizigʻiga parallel joylashishi, nishonlar esa har bir otish joyiga qarama-qarshi oʻrnatilishi lozim. Otish joylarida oʻt ochish zonasining kengligi oʻq otish galereyasi kengligidan kam boʻlmasligi, nishonlar qismida esa nishonlar chizigʻi uzunligidan kam boʻlmasligi kerak.
11.7.2. Oʻq otish joylari polidan oʻq otish galereyasi shifti (soyaboni)ning chiqib turuvchi konstruksiyalarigacha boʻlgan balandlik quyidagicha boʻlishi lozim:
3,3 m — yirik kalibrli va kichik kalibrli qurollardan otish tirlarida;
2,7 m — pnevmatik quroldan otish tirlarida.
11.7.3. Yopiq va yarim ochiq tirlarning oʻt ochish zonasi balandligi (yarim ochiq tirlarda koʻndalang toʻsiqlarning pastki qismigacha) 2,5 m boʻlishi kerak.
11.7.4. Qurilgan tirlarda (shu jumladan yertoʻla xonalarida joylashtiriladigan) oʻq otish joylarining balandligini 2,4 m gacha, oʻt ochish zonasini esa 2,1 m gacha pasaytirish mumkin.
Oʻq otish joylari polidan oʻq otish galereyasi shifti (soyaboni)ning chiqib turuvchi konstruksiyalarigacha boʻlgan balandlik quyidagicha boʻlishi lozim:
3,3 m — yirik kalibrli va kichik kalibrli qurollardan otish tirlarida;
2,7 m — pnevmatik quroldan otish tirlarida.
11.7.5. Yopiq va yarim ochiq tirlarning oʻt ochish zonasi balandligi (yarim ochiq tirlarda koʻndalang toʻsiqlarning pastki qismigacha) 2,5 m boʻlishi kerak.
11.7.6. Oʻrnatilgan tirlarda (shu jumladan yertoʻla xonalarida joylashtirilgan) oʻq otish joylaridan balandlikni 2,4 metrgacha, oʻt ochish zonasini esa 2,1 metrgacha pasaytirish mumkin.
11.8. Tramplinlar va batutlar.
Batutlarda mashgʻulotlarni tashkil etishda shiftning balandligi kamida 6 metr boʻlishini hisobga olish lozim. Poydevor va xona oʻlchamlari batutning oʻlchamlariga bogʻliq boʻladi.
1-ILOVA
Jismoniy tarbiya va sport inshootlarining nomlari
2-ILOVA
Sport inshootlari tasnifi
A. Jismoniy tarbiya va sport inshootlari funksional vazifasiga koʻra oltita boʻlimga boʻlinadigan yagona tizimdir:
1. — maktabgacha taʼlim muassasalari va oʻquv yurtlari dasturlari boʻyicha mashgʻulotlarni taʼminlovchi;
2. — dam olish vaqtida jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishni taʼminlovchi;
3. — yuqori malakali sportchilarni tayyorlash va musobaqalarni oʻtkazishni taʼminlovchi;
4. — ish vaqti davomida va ishdan keyingi tiklanish jarayonida mashgʻulotlarni taʼminlovchi;
5. — qurolli kuchlarda xizmat qilishga tayyorgarlikni, harbiy xizmat jarayonini va maxsus ish turlarini bajarish uchun jismoniy tayyorgarlik darajasini saqlab turishni taʼminlaydigan;
6. — aholi oʻrtasida davolash-profilaktika ishlarini amalga oshiruvchi (poliklinikalarning davolash jismoniy tarbiya boʻlimlari, sanatoriylar, dam olish uylari, profilaktoriylar inshootlari);
B. Inshootlar IV toifaga boʻlinadi
I-toifa — inshootning oʻlchamlari va jihozlanishi boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari yuqori malakali sportchilarning oʻquv-mashgʻulot ishlarini yoki xalqaro qoidalar asosida musobaqalar (Jahon, Yevropa chempionatlari, Kubok musobaqalari va hokazo) oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Aholi bilan ishlash uchun inshootdan foydalanishning meʼyoriy vaqtining 20 foizi ajratiladi.
II-toifa — inshootning oʻlchamlari va jihozlanishi boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari ommaviy razryadli sportchilarning oʻquv-mashgʻulot ishlarini, shuningdek respublika ichki musobaqalarini (respublika, viloyat, shahar chempionatlarini) oʻtkazishni taʼminlaydi. Aholi bilan ishlash uchun inshootdan foydalanishning meʼyoriy vaqtining 40 foizi ajratilgan.
III-toifa — inshootning oʻlchamlari va jihozlanishi boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari ommaviy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport mashgʻulotlari hamda musobaqalarini oʻtkazishni taʼminlaydi. Aholi bilan ishlash uchun meʼyoriy vaqtning kamida 60 foizi sarflanadi.
IV-toifa — inshootning oʻlchamlari va jihozlanishi boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish imkonini beradi, faqat aholi bilan ishlash uchun moʻljallangan.
Oʻquv-mashgʻulot inshootlari uchun meʼyordan ortiq barcha ish vaqti I — III toifali faqat aholi bilan ishlash uchun ishlatiladi. Imkon boʻlsa, aholi bilan ishlashning meʼyorlangan vaqti koʻpaytiriladi.
Aholi bilan ishlash umumjismoniy tayyorgarlik guruhlari va sport yoʻnalishidagi pullik guruhlar mashgʻulotlarini, maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, maktab oʻquvchilari, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlari talabalarining tashkil etilgan mashgʻulotlarini, sportning turli turlari boʻyicha yakka tartibdagi pullik mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi.
3-ILOVA
Reverberatsiya zonasi chegarasini hisoblash
Reverberatsiya vaqti grafigi
4-ILOVA
Sport inshootlari xonalaridagi haroratning gigiyenik meʼyorlari
5-ILOVA
Xonalardagi havo harorati va havo almashinuvi darajasi hisob-kitobi
* Koʻrsatilgan harorat shugʻullanuvchilar joylashgan hududda boʻlishi kerak.
** Mustaqil energiya manbaidan texnologik uskunalar bilan taʼminlanadi.
*** Bundan tashqari, kamida bir martalik hajmda tabiiy havo kirishi taʼminlanishi kerak.
Izohlar:
1. Sport zallarining havo aylanishi va havo bilan isitish tizimlari, konki maydonlarining isitgichlari va yopiq basseynlar vanna zallari havoni shamollatish yoki konditsiyalash bilan birgalikda qoʻllanilganda, tashqi havo hajmi jadvalda koʻrsatilganidan kam boʻlmasligi kerak.
2. Ventilyatsiya tizimlarini loyihalashda zaldagi tomoshabinlarning hisobiy sonini 100 foiz toʻldirilgan tomoshabinlar oʻrinlari sonidan kelib chiqqan holda qabul qilish lozim.
3. Chekish xonasi sanitariya uzellari bilan birlashtirilganda, sanitariya uzellaridagi havo tortish oʻn baravar qabul qilinishi kerak.
6-ILOVA
Yorugʻlik teshiklari maydonini aniqlash
Izoh — Jadval boʻyicha hisoblangan yorugʻlik tuynuklari maydonini 5% gacha koʻpaytirish mumkin.
Yon yoritish tuynuklarining pastki qismi zal kengligining kamida 1/4 qismini tashkil etadigan balandlikda joylashtirilganda, ularning maydoni 10% ga kamaytirilishi mumkin.
7-ILOVA
Sport zallarining yoritilganlik meʼyorlari
8-ILOVA
Ochiq sport inshootlarining (sport oʻyinlari uchun maydon va maydonchalar) yoritilganlik meʼyorlari
9-ILOVA
Sport turlari boʻyicha oʻtkazish qobiliyati
10-ILOVA
Zallarning oʻtkazuvchanlik qobiliyati
Ilova. Sport oʻyinlari zallarida balandlik oʻyin maydoni chegarasida saqlanishi kerak. Uning tashqarisida maydonchaning umumiy oʻlchamlari doirasida balandlikni bir tekisda, lekin kamida uch metrgacha pasaytirishga ruxsat etiladi.
Ritmik va ayollar sogʻlomlashtirish gimnastikasi, xoreografiya, atletik gimnastika, trenajyor texnikasidan foydalangan holda individual aerobika, sheyping, kurash va sharq yakkakurashlari elementlari bilan shugʻullanish uchun zallarning, trenajyor texnikasi xonalarining, individual kuch tayyorgarligi xonalarining normativ balandligi (6 m) 3,9 m dan turar joy qavati balandligigacha kamaytirilishi mumkin.
11-ILOVA
Oʻyin maydonlarining asosiy xususiyatlari
* Alohida joylashgan maydonlarning oʻlchamlari keltirilgan.
12-ILOVA
Yengil atletika joylarining rejalashtirish oʻlchamlari va oʻtkazish qobiliyati
Izoh. Asosan musobaqalar oʻtkazishga moʻljallangan inshootlarning bir vaqtdagi oʻtkazuvchanlik qobiliyati oʻquv-mashgʻulot mashgʻulotlari uchun hisoblangan qobiliyatdan sezilarli darajada yuqori boʻlishi mumkin. Bunday hollarda hisoblangan oʻtkazuvchanlik qobiliyati mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda loyihalash topshirigʻida belgilanishi lozim.
13-ILOVA
Oʻyin jihozlarini joylashtirish chogʻida minimal xavfsizlik masofalari
14-ILOVA
Bolalarning yoshiga qarab oʻyin va sport jihozlari tarkibi
15-ILOVA
Kompleks maydoncha va uning alohida elementlarining minimal oʻlchamlari
* Mahalliy sharoitlarga (yer uchastkasi konfiguratsiyasi va boshqalar) koʻra, majmuaviy maydoncha elementlari bitta umumiy uchastkada joylashishi yoki turar-joy binolari guruhi egallagan hudud doirasida alohida-alohida joylashtirilishi mumkin.
16-ILOVA
Shugʻullanuvchilar uchun kiyinish-yechinish xonalari. Meʼyorlangan masofalar*
17-ILOVA
Yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xonalarning tarkibi va hisobiy koʻrsatkichlari
* Nogironlar aravachasidagi shaxslarga xizmat koʻrsatish xonalariga qoʻyiladigan talablarni hisobga olmagan holda. Qoʻshimcha xonalar va maydonlar nogironlarga xizmat koʻrsatishning moʻljallangan dasturiga asoslanib va quyida keltirilgan tegishli meʼyoriy koʻrsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari asosida loyihalash topshirigʻi bilan belgilanadi.
18-ILOVA
Sport inshootlaridagi tomoshabinlar uchun bufetlar xonalarining tarkibi va maydonlari
Izohlar: 1. Tarqatish xonasi bir vaqtning oʻzida oziq-ovqat ombori vazifasini ham bajaradi.
2. Yordamchi xonalar maydoni komplektlash joylarini va koʻchma bufetlar uchun omborni oʻz ichiga oladi.
19-ILOVA
Shugʻullanuvchilar uchun kiyinish-yechinish xonalari. Meʼyorlashtiriladigan masofalar
20-ILOVA
Sport inshootlarida sanitariya jihozlarini joylashtirish va ularning miqdoriy meʼyorlari inshootlar (tomoshabinlar hojatxonalaridan tashqari)
21-ILOVA
Tomoshabinlar uchun hojatxonalardagi sanitariya jihozlari soni
Izohlar:
1. Yopiq sport inshootlarida tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar soni 5000 dan ortiq boʻlsa, sanitariya jihozlari soni ekstrapolyatsiya yoʻli bilan aniqlanishi lozim.
2. Tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar sonining oraliq qiymatlarida sanitariya jihozlari soni interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlanadi.
3. Ayollar va erkaklar nisbati, agar mahalliy demografik xususiyatlar boshqacha nisbatni talab qilmasa, 3:7 deb qabul qilinishi kerak.
4. Har bir hojatxonaga kirish va chiqish alohida boʻlib, qarama-qarshi oqimga yoʻl qoʻyilmasligi lozim. Bitta hojatxonada sanitariya jihozlari soni 20 tadan ortiq boʻlsa, har 20 ta jihozga alohida kirish va chiqish koʻzda tutilishi zarur.
22-ILOVA
Sportning alohida turlari uchun moʻljallangan ochiq maydonlardagi sport inshootlari va sport zallarining roʻyxati hamda bir vaqtning oʻzida foydalanish imkoniyati
Izoh
** Ochiq maydonchalar soni beshtadan ortiq boʻlganda (yoki binoda ikkitadan ortiq boʻlganda), hisobiy oʻtkazish qobiliyati har bir ochiq maydonchaga smenada 8 kishini, binoda esa bir shugʻullanuvchiga 80 va 100 kv. m (maydonchaning qabul qilingan oʻlchamlariga qarab) hisobidan belgilanishi lozim.
*** Bunday hollarda hisob-kitob asosida aniqlanadigan zal uzunligini oshirishga ruxsat etiladi.
**** Yengil atletikaning alohida turlari uchun qabul qilingan oʻrinlar soniga qarab, ularning 16-bandda keltirilganidan ikki barobar ortiq oʻtkazish qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
23-ILOVA
Universal sport zallarining qurilish oʻlchamlari va hisobiy bir martalik oʻtkazish qobiliyati
Izohlar:
1. Sport turlarining boshqa uygʻunlashuvi uchun moʻljallangan universal zallarning oʻlchamlari va bir vaqtning oʻzida oʻtkazish qobiliyatini 1-jadvalda keltirilgan maʼlumotlardan kelib chiqqan holda qabul qilish lozim. Inventarlarning oʻlchamlari esa amaldagi “Jihozlar va inventarlar roʻyxati” boʻyicha ushbu sport turlari uchun talab etiladigan jihozlar va inventarlarning tarkibi hamda miqdoriga qarab belgilanadi.
2. Aholisi 5000 kishigacha boʻlgan aholi punktlari uchun sport zallarini 24 × 2 m oʻlchamda loyihalashga ruxsat etiladi. Bu zallarning bir vaqtdagi oʻtkazish qobiliyatini bir smenada 30 — 35 kishi hisobidan qabul qilish lozim.
3. Toʻp bilan oʻynash uchun moʻljallangan, musiqa joʻrligini talab qiladigan boshqa sport turlari (badiiy va sport gimnastikasi kabilar) bilan navbatma-navbat oʻynaladigan universal sport zallarida musiqa asbobi zal tashqarisidagi inventar xonada yoki zal devori bilan bir tekislikda yopiladigan pastroq xonada joylashtirilishi kerak.
24-ILOVA
Nogironlar musobaqa qiladigan yengil atletika turlari roʻyxati
* I — harakatlanishda kreslo-aravachalardan tashqari turli tayanch moslamalaridan foydalanadigan nogironlar;
II — harakatlanishda kreslo-aravachadan foydalanadigan nogironlar.
