“191-modda. Korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va baholash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1155-son) · Sana: 22.06.2026 · Amalda
Davlat organlari va tashkilotlari oʻzining korrupsiyaga oid xavf-xatar darajasi yuqori boʻlgan vazifalari hamda funksiyalarini aniqlaydi, korrupsiyaga oid xavf-xatar yuqori boʻlgan lavozimlar roʻyxatini shakllantiradi va korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni bartaraf etish boʻyicha aniq va tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqadi, shuningdek aniqlangan xavf-xatarlarni minimallashtirish maqsadida majburiy ravishda korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash ishlarini amalga oshirishda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
