Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (317-son)
22.06.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 22-iyun,
317-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻkdumaloq neftgazkondensati konini, Mingbuloq neft konini oʻzlashtirishni, Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi neftni qayta ishlash zavodining hamda Gazli — Nukus gaz quvuri qurilishini tezlashtirish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-avgustdagi 389-son qarorining 6-bandi beshinchi xatboshisidagi “temir yoʻl obyektlari” soʻzlari “temir yoʻl transporti obyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. TYDK — bu temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari, ularning geografik joylashuvi, yerni, ularning chegaralari, ajratilgan mintaqa, muhofaza zonalari, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi”;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Mavjud boʻlgan va foydalanishga qabul qilingan temir yoʻllar, ajratilgan mintaqa, muhofaza zonalari, temir yoʻl stansiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻl transporti infratuzilmalarining boshqa obyektlari TYDK obyektlari hisoblanadi”;
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. TYDK respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan”;
g) 7-bandning ikkinchi xatboshisi, 8 — 11 va 13, 20, 21-bandlar, 25-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 26-banddagi tegishli kelishikdagi “temir yoʻl” soʻzlari “temir yoʻl transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 15-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati Korporativ munosabatlar departamentining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — TYDKB);
Infratuzilma operatori va umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
e) 18 va 19-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Infratuzilma operatori va umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalari:
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy oʻzgarishlar, ularning atrof muhitga taʼsiri, ekologik-iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va tizimlashtiradi;
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari kadastr daftarlarini yuritadi, maʼlumotlar bazasini toʻldiradi va ularni tizimlashtirish va temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritish uchun TYDKBga beradi;
temir yoʻl transporti infratuzilmasining yangi obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlarini toʻplaydi.
19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining egalari (foydalanuvchilari) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining TYDKBga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek, ular holatining joriy oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart”;
j) 22-bandda:
birinchi xatboshi “Temir yoʻl” soʻzlaridan keyin “transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 23-bandda:
birinchi xatboshidagi “temir yoʻllarning” soʻzlari “temir yoʻl transporti infratuzilmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “Temir yoʻl” soʻzlaridan keyin “transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
i) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qoʻyilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar boʻyicha tasniflanishini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi TYDKBni yuritish boʻyicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotlarini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axboroti infratuzilma operatorining (umumiy foydalaniladigan temir yoʻl transporti korxonasining) elektron kadastr daftariga kiritiladi va TYDKning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi”;
k) Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish
SXEMASI
Izoh. Strelkalar bilan kadastr axborotining harakat yoʻnalishlari koʻrsatilgan.
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimida va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari egalari/foydalanuvchilari temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalariga taqdim etadilar.
2. Infratuzilma operatorining, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalarining kadastr boʻlinmalari ushbu obyektlarning egalari va foydalanuvchilaridan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydilar, oʻz hududlari doirasida temir yoʻl obyektlari boʻyicha axborotni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ munosabatlar departamentining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimiga (TYDKB) taqdim etadilar.
3. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ munosabatlar departamentining TYDKB davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotni oladi.
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ munosabatlar departamentining TYDKB temir yoʻl obyekti TYDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi DKYATning maʼlumotlar bazasiga beradi.
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ aloqalar departamentining TYDKB soʻrov boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining DKYAT maʼlumotlar bazasidan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha axborot olishi mumkin.
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Korporativ munosabatlar departamentining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha zarur axborotni umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalari kadastr boʻlinmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʻl transporti xodimlari intizomi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 17-yanvardagi 8-son qarorida:
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni 36-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:”;
b) ilovada:
1 — 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Temir yoʻl transporti Oʻzbekiston Respublikasining transport tizimiga kiradi hamda umumiy foydalanishdagi hamda umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transportidan iborat boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslarning temir yoʻlda tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan.
Poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini, tashiladigan bagaj, yuk bagaji, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining saqlanishini, shuningdek, yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi vaziyatlarning oldini olish maqsadida temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlari xodimlaridan ishda uygʻunlik, yuksak uyushqoqlik va mehnat majburiyatlarini benuqson bajarish talab etiladi.
Temir yoʻl transportida intizomning buzilishi odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, poyezdlar harakati va manyovr ishlarining xavfsizligiga, tashiladigan bagaj, yuk bagaji, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining saqlanishiga xavf tugʻdiradi, shuningdek, shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga olib keladi.
2. Ushbu Nizom mehnat qonunchiligiga asoslanib, temir yoʻl transporti xodimlari tomonidan intizomga rioya qilishning alohida shartlarini va bunday shartlar buzilgan taqdirda, intizomiy jazo qoʻllash tartibini belgilaydi.
3. Ushbu Nizom umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transporti xodimlariga tatbiq etiladi. Poyezdlar harakati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlaydigan temir yoʻl transporti xodimlari lavozimlarining, shuningdek, mehnat shartnomasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilmasdan bekor qilinadigan xodimlar toifalarining roʻyxati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi tashkiloti yoki xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan Ichki mehnat tartibi qoidalarida, jamoa shartnomasida belgilanadi.
4. Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi ular tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib, qoidalar va normalarga rioya qilishdan, temir yoʻl transporti korxonalari va tashkilotlari rahbarlarining (keyingi oʻrinlarda — rahbarlar) buyruqlari (farmoyishlari), shuningdek, mehnat shartnomalarida (kontraktlarda) va lavozim yoʻriqnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan iborat.
5. Temir yoʻl transporti xodimlari quyidagilarga majburdir:
a) temir yoʻl transportining barqaror va samarali ishlashini, temir yoʻl transporti infratuzilmasining yaxlitligi va uzluksiz ishlashini, tashishlar xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlash, poyezdlar harakati jadvallariga rioya qilish, harakatdagi temir yoʻl tarkibining bekor turib qolishini qisqartirish, ilgʻor texnologiyalarni va menejmentning zamonaviy usullarini keng joriy etish;
b) temir yoʻl transporti obyektlarini, shuningdek, temir yoʻl transportining asbob-uskunalari, materiallari va texnik vositalarini asrash, tashilayotgan bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining saqlanishini taʼminlash, ularning talon-toroj qilinishi, yoʻqotilishi va yaroqsiz holga kelib qolishining oldini olish va barham berish choralarini koʻrish;
v) temir yoʻl transportidan xavfsiz foydalanish, yongʻin va ekologik xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish;
g) yoʻlovchilar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, ularga xizmat koʻrsatishning yuksak madaniyatini taʼminlash, temir yoʻl transportida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish;
d) ushbu Nizom talablarini bilish va bajarish”;
6-bandning “a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor bergan holda oʻziga boʻysunuvchilar ishini toʻgʻri tashkil etish, buyruqlarni (farmoyishlar) aniq berish, ularning aniq va oʻz vaqtida bajarishni tekshirish, ilgʻor texnologiyalar va boshqaruvning zamonaviy usullari keng joriy etilishini taʼminlash;
b) temir yoʻl transporti infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishining yaxlitligi va uzluksizligini, temir yoʻl transportining barqaror va samarali ishlashini, tashishlar xavfsizligini, koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishni, tejamkorlik rejimiga rioya qilinishini taʼminlash, moliyaviy intizomga va shartnoma majburiyatlarini bajarish, moddiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, tashiladigan bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari saqlanishi, shuningdek, ularning yoʻqotilishi, yaroqsiz holga kelishi va talon-toroj qilinishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish”;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Temir yoʻl transporti xodimlari mehnat majburiyatlarini namunali bajargani, ish sifati yaxshilangani, mehnat unumdorligini oshirgani, novatorlik, tashabbus koʻrsatganligi, tashiladigan yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari saqlanishi taʼminlanganligi, ishonib topshirilgan boshqa mol-mulkka ehtiyot bilan munosabatda boʻlgani, temir yoʻl transportida uzoq vaqt va nuqsonsiz ishlagani uchun ragʻbatlantiriladilar”;
13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgani uchun ish beruvchi unga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash huquqiga ega”;
14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “korxona, muassasa va tashkilotning” soʻzlari “temir yoʻl transporti korxonasi va tashkilotining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgani uchun unga nisbatan intizomiy jazolarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:”;
beshinchi xatboshidagi “monyovr” soʻzi “manyovr” soʻzi bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “amaldagi qonunchilikka” soʻzlari “qonunchilik hujjatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Xodimning mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzilishi roʻyxati tegishli temir yoʻl transporti korxona, tashkilotning Ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilanadi.
Rahbarning mehnat majburiyatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilgani uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini toʻxtatishga rozilik berish toʻgʻrisidagi taqdimnomasini kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda maʼlum qiladi”;
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi buyrugʻi sabablari koʻrsatilgan holda buyruq qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida xodimga imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi, bunda xodimning ishda boʻlmagan vaqti hisobga olinmaydi. Xodim oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi haqidagi buyruq bilan tanishib, imzolashni rad etgan taqdirda, ushbu holatda hozir boʻlgan guvohlar — tegishli temir yoʻl transporti korxonasi, tashkiloti xodimlari tomonidan imzolangan dalolatnoma tuziladi. Bunday holda xodim buyruq bilan tanishgan hisoblanadi”;
20 va 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Intizomiy jazoning qoʻllanishi intizomiy qilmish, aybli harakat (harakatsizlik) sodir etgan xodimni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod qilmaydi.
21. Intizomiy jazo ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. Intizomiy jazolar masalalari boʻyicha xodimlarning mehnat nizolari qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar va sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Xodim mehnat nizosi hal etilishi uchun oʻz tanloviga koʻra mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ish beruvchining temir yoʻl transporti xodimiga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanishi toʻgʻrisidagi buyrugʻi ustidan shikoyat qilish intizomiy jazoning ijro etilishini toʻxtatmaydi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilishga” soʻzlari “Suvdan maxsus foydalanishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI”;
3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan tabiiy va yerosti suvlaridan foydalanish taqiqlanadi.
4. Ruxsatnoma berish jarayonini amalga oshirishda:
a) yer usti tabiiy suv obyektlaridan suv olishda — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan;
b) yer osti, mineral va termal suvlarni olishda — Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli organlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining hududiy organlari bilan oʻzlarining idoraviy mansubligiga qarashli ruxsatnomani kelishgan holda tayyorlaydi va beradi”;
19-bandning birinchi xatboshisidagi “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish” soʻzlari “Suvdan maxsus foydalanish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning ilova belgisi va nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish
SXEMASI”;
2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
3a-ilovaning ilova belgisi va nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3a-ILOVA
Sanoat, kommunal, transport va boshqa noqishloq xoʻjaligi maqsadlarida suv obyektlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
ROʻYXATI”;
3b-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3b-ILOVA”;
3v-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3v-ILOVA”;
3g-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3g-ILOVA”;
3d-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3d-ILOVA”;
3e-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3e-ILOVA”;
3j-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3j-ILOVA”;
3z-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3z-ILOVA”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilariga (paxta va gʻalla bundan mustasno) soliqning salbiy farq summasi uch kun muddatda avtomatlashtirilgan tarzda ushbu Nizomga 12-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi (qaytariladi)”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 32-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻz faoliyatini kichik tadbirkorlik subyektidan oʻrta yoki yirik toifaga, oʻrta tadbirkorlik subyektidan yirik toifaga yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga — tegishli toifaga oʻtgan sanadan eʼtiboran bir yil davomida. Bunda mazkur tartib tadbirkorlik subyektlarining faoliyati davomida bir marotaba qoʻllanadi. Ushbu xatboshining qoidalari tegishli toifaga oʻtganidan keyin qayta tashkil etilgan subyektning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) nisbatan tatbiq etilmaydi”;
sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi 12-ilova bilan toʻldirilsin:
“Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan summani soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
SXEMASI
6. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-noyabrdagi 748-son qarorida:
a) 1-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi)” soʻzlari “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “6” va “2025” raqamlari tegishlicha “7” va “2026” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ekologiya vazirligi” soʻzlari “Ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Ekologiya vazirligi” soʻzlari “Ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari “Ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 5-bandda:
birinchi, toʻrtinchi, oltinchi va sakkizinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “Ekologiya vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Ekologiya qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari “ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 7 va 10-bandlardagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri” soʻzlari “ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 11-ilovada:
a) 5-pozitsiya uchinchi ustunining “b” kichik bandidagi “harakatlanuvchi tarkibning” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
“a”, “b” va “z” kichik bandlardagi “temir yoʻl transportining harakatlanuvchi tarkibi” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “temir yoʻl harakatlanuvchi tarkibi” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “harakatlanuvchi tarkibni” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik banddagi “harakatlanuvchi tarkibning” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) harakatdagi temir yoʻl tarkibning xizmat muddati uzaytirilgani toʻgʻrisidagi zarur hujjatlarning, yangi sotib olingan harakatdagi temir yoʻl tarkibi uchun sertifikatlarning, umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarning texnik pasporti hamda umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlda xizmat koʻrsatish, harakatni tashkil etish va manyovr ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarning mavjud boʻlishi”;
“z” kichik banddagi “temir yoʻl transportining harakatlanuvchi” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 12-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “harakatlanuvchi tarkib” soʻzlari “harakatdagi temir yoʻl tarkibi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 537-son qarori bilan tasdiqlangan Foydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentda:
a) 2-band va 3-bandning birinchi xatboshisidagi “idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllarida” soʻzlari “umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar — yukni joʻnatuvchilarga (joʻnatuvchilarga) va yukni oluvchilarga (oluvchilarga) shartnoma shartlari asosida xizmat koʻrsatish yoki egalik qiluvchining oʻz ehtiyojlari uchun texnologik ishlarni bajarishga moʻljallangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga bevosita yoki boshqa temir yoʻl shoxobcha yoʻllari orqali tutashadigan shoxobcha temir yoʻllar, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashmaydigan temir yoʻllar”;
yigirma oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatli tashkilotga va uning boʻlinmalariga tegishli boʻlgan, poyezdlarni oʻtkazish, qabul qilish va joʻnatish, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish hamda berish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli operatsiyalarni, manyovr ishlarini bajarish uchun ochiq boʻlgan, ajratilgan mintaqa doirasida peregonlar, temir yoʻl stansiyalari, razyezdlar, quvib oʻtish punktlari joylashgan temir yoʻllar”;
v) 9-bandning “ch” kichik bandidagi “idoralarga qarashli temir yoʻl shoxobcha yoʻllari” soʻzlari “umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandda:
uchinchi xatboshi “chakana savdo tarmoqlarida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“chakana savdo tarmoqlari — mahsulotlarni bevosita yakuniy isteʼmolchiga shaxsiy foydalanish uchun sotish maqsadida tashkil etilgan markazlashtirilgan boshqaruv, yagona logistika, assortiment va marketing tizimiga ega boʻlgan doʻkonlar, savdo nuqtalari va elektron savdo maydonchalari majmuasi;
elektron savdo maydonchasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi”;
b) 6-bandda:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshi “chakana savdo tarmogʻida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 11-bandning yettinchi xatboshisi “chakana savdo tarmogʻida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 2-ilovaning oʻninchi pozitsiyasi “chakana savdo tarmogʻida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) 2a-ilovaning yigirmanchi pozitsiyasi “chakana savdo tarmogʻida” soʻzlaridan keyin “yoki elektron savdo maydonchalarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan Muntazam avtobus yoʻnalishida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 33-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda brutto-shartnomada budjet mablagʻlari hisobidan nazarda tutilgan mablagʻlarning 35 foizi tashuvchilarning yoqilgʻi-energetika xarajatlarini qoplash uchun tegishli har oyning 5-sanasiga qadar (keyingi oʻrinda — avans mablagʻlari) moliyalashtiriladi. Tashuvchilar yoqilgʻi-energetika mahsulotlarini yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan avans mablagʻlari kelib tushgan kunning oʻzida yoqilgʻi-energetika mahsulotlarini xarid qilish uchun oldindan toʻlovlarni amalga oshiradi”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) yoʻlovchilar va tashrif buyuruvchilarning qoʻl yuki va bagajini koʻzdan kechirish, ularning temir yoʻl vokzallarida (stansiyalarida) boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bagaj — yoʻlovchiga tegishli boʻlgan, bagaj vagonida tashish uchun yoʻl hujjati (chipta) boʻyicha qabul qilinadigan buyumlar”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qoʻl yuki — yoʻlovchining vazn va oʻlchovlar boʻyicha cheklovlar mavjud boʻlgan, oʻzi bilan yoʻlovchilar vagonida toʻlovsiz olib yuradigan shaxsiy buyumlari”;
b) 3-bandning “v” kichik bandidagi “yoʻlovchilar tashish poyezdlari” soʻzlari “yoʻlovchi poyezdlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandning “v” kichik bandi, 36-bandning “i” kichik bandidagi “yoʻlovchilar tashish poyezdlarida” soʻzlari “yoʻlovchi poyezdlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) ilovada:
nomidagi “yoʻlovchilar tashish poyezdlarida” soʻzlari “yoʻlovchi poyezdlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Yoʻlovchilar tashish poyezdlarida” soʻzlari “Yoʻlovchi poyezdlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-sentabrdagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida:
oltinchi xatboshidagi “hamda harakat tarkibini mustaqil boshqarish huquqini beradi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“metropoliten, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti korxonalari va oʻzining umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllariga ega yuridik shaxslar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiradi”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son qarorida:
a) 2-bandning “b” kichik bandi birinchi — uchinchi xatboshilari, 3-bandning ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 1-ilovada:
9-bandda:
yettinchi xatboshi “temir yoʻl tarkibi hamda” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma beradi”;
10-bandda:
1-kichik bandning “v” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlariga ega boʻlgan yoki ulardan foydalanuvchi xoʻjalik boshqaruvi hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida temir yoʻl transporti sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar, ularning boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — temir yoʻl transporti subyektlari) tomonidan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda, metropolitenda va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarida temir yoʻl transporti sohasidagi yuk va yoʻlovchilar tashish, harakat xavfsizligini taʼminlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi”;
uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “infratuzilmasi” soʻzi “temir yoʻl transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-kichik bandning birinchi — beshinchi xatboshilaridagi “infratuzilmasi” soʻzi “temir yoʻl transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 7-kichik band bilan toʻldirilsin:
“7) tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqarish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berish sohasida:
belgilangan tartibga tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma beradi”;
12-bandning “v” kichik bandi ikkinchi va oʻninchi xatboshilaridagi “infratuzilmasi” soʻzi “temir yoʻl transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
nomi va 1-band “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ariza beruvchi — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti hamda oʻz faoliyatini umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti tizimiga kirmaydigan umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarda amalga oshiruvchi, guvohnoma olish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etuvchi harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining egasi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazish harakatlari — harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, roʻyxatdan qayta oʻtkazish va ularni roʻyxatdan chiqarish, shuningdek, texnik koʻrikdan oʻtkazish, ularga guvohnoma berish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) maʼlumotlarni kiritish va yagona reyestrini yuritish”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“harakatdagi temir yoʻl tarkibi — lokomotivlar, tortish lokomotivining yuk, bagaj, yoʻlovchi tashish vagonlari va motorvagonli harakatdagi tarkib, shuningdek, tashishlarning amalga oshirilishini va temir yoʻl transportining faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan boshqa transport vositalari”;
sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“temir yoʻl transporti infratuzilmasi — texnologik majmua boʻlib, ushbu majmua faoliyatini taʼminlovchi temir yoʻllarni, temir yoʻl stansiyalarini, elektr taʼminoti qurilmalarini, aloqa tarmoqlarini, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlarini, axborot majmualarini, harakatni boshqarish tizimini, binolar, inshootlar, qurilmalar, jihozlar va uskunalarni oʻz ichiga oladi;
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyekti — temir yoʻl transporti infratuzilmasi quyi tizimlarining tarkibiy qismi yoki uning quyi tizimlarining tarkibiy qismlari toʻplami;
temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining egasi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlariga, jumladan, transport ishlarini bajarish va temir yoʻl transporti xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq qurilmalar, bino va inshootlar hamda boshqa obyektlarga egalik qiluvchi, jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkor) yoki yuridik shaxs;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini modernizatsiya qilish — harakatdagi mavjud temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini uning tarkibiy qismlarini yanada takomillashganlariga almashtirish orqali texnik-iqtisodiy tavsiflarni yaxshilashga qaratilgan ishlar majmui”;
oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish — harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini doimiy hisobga olish, harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma berish hamda yagona reyestrni shakllantirish;
harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish — tegishli huquqiy asoslar boʻlganda, harakatdagi temir yoʻl tarkibi hamda temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtgani toʻgʻrisidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasidagi vakolatli tashkilotga va uning boʻlinmalariga tegishli boʻlgan, poyezdlarni oʻtkazish, qabul qilish va joʻnatish, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish hamda berish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tegishli operatsiyalarni, manyovr ishlarini bajarish uchun ochiq boʻlgan, ajratilgan mintaqa doirasida peregonlar, temir yoʻl stansiyalari, razyezdlar, quvib oʻtish punktlari joylashgan temir yoʻllar;
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar — yukni joʻnatuvchilarga (joʻnatuvchilarga) va yukni oluvchilarga (oluvchilarga) shartnoma shartlari asosida xizmat koʻrsatish yoki egalik qiluvchining oʻz ehtiyojlari uchun texnologik ishlarni bajarishga moʻljallangan umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga bevosita yoki boshqa temir yoʻl shoxobcha yoʻllari orqali tutashadigan shoxobcha temir yoʻllar, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarga tutashmaydigan temir yoʻllar”;
3-banddagi “infratuzilmasi” soʻzi “temir yoʻl transporti infratuzilmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “temir yoʻl shoxobcha yoʻllarini” soʻzlari “umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovada:
ilova belgisi “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Harakatdagi temir yoʻl tarkibi va temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
2-ilovada:
ilova belgisi “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3-ilovaning ilova belgisi “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-ilovada:
ilova belgisi “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5-ilovada:
ilova belgisi “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
nomidagi “Tortuvchi harakatdagi tarkibning (lokomotivlar, motorvagon harakatdagi tarkibi)” soʻzlari “Tortish harakatdagi temir yoʻl tarkibining (lokomotivlar, motorvagonli harakatdagi tarkib)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Yuk va yoʻlovchi vagonlar roʻyxati” boʻlimining jadvalidagi “Joylashgan bekat” soʻzlari “Joylashgan temir yoʻl stansiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-ilovada:
ilova belgisi “temir yoʻl tarkibi va” soʻzlaridan keyin “temir yoʻl transporti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari
ROʻYXATI
* Har bir temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim undiriladi.
Roʻyxatga olinadigan temir yoʻl transporti infratuzilmasi obyektlari soni, uzunligi, ishlab chiqarilgan yoki qurilgan yili, xizmat qilish muddati, turi, foydalanishga topshirilgan sanasi koʻrsatilgan holda taqdim etiladi”;
g) 3-ilovaning 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qarorida:
a) 5-bandning “v” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “suv isteʼmolchisiga” soʻzlari “suvdan foydalanuvchiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “suv isteʼmolchilariga” soʻzlari “suvdan foydalanuvchilariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 6-bandi ikkinchi va yettinchi xatboshilari, 7-bandining uchinchi xatboshisi va 9-bandning sakkizinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “suv isteʼmolchilari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “suvdan foydalanuvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 616-son qarori bilan tasdiqlangan Ajratilgan mintaqa va muhofaza zonalari chegaralarida temir yoʻl transporti yerlarining oʻlchamini belgilash hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ajratilgan mintaqa — temir yoʻllarga tutashgan, temir yoʻllar bilan band boʻlgan yoki bunday yoʻllarni joylashtirish uchun moʻljallangan, shuningdek, temir yoʻl stansiyalarini, suv chiqarish va mustahkamlash qurilmalarini, temir yoʻllar boʻylab himoya chiziqlarini, aloqa liniyalarini, elektr taʼminoti qurilmalarini, harbiy yuklarni ortish va tushirish joylarini, ishlab chiqarishga oid va boshqa binolarni, imoratlar, inshootlar va temir yoʻl transportining boshqa obyektlarini joylashtirish uchun moʻljallangan yer uchastkalari;
muhofaza zonalari — ajratilgan mintaqaga ikki tomondan tutashgan hududlar belgilanadi, temir yoʻl transporti xodimlari, yoʻlovchilar, hayvonlar xavfsizligini, shuningdek, temir yoʻl stansiyalaridan, temir yoʻllardan, elektr taʼminoti va aloqa liniyalaridan foydalanishda xavfsizlikni, temir yoʻl transporti inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlarining, shu jumladan, siljuvchi tuproqli hududlarda va qum uyumlari, yer koʻchishi, yer choʻkishi, suv oqizib ketishi, sel olishi va tabiiy xususiyatdagi boshqa xavfli taʼsirlarga moyil boʻlgan hududlarda joylashgan obyektlarning but saqlanishi, mustahkamligi va bardoshliligini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan hududlar”;
beshinchi xatboshidagi “umumiy foydalanishdagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “obyektlaridan foydalanishni, ularning” soʻzlari “obyektlarining foydalanilishini,” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 18-dekabrdagi 851-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Temir yoʻl” soʻzlari “Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl” soʻzlari bilan almashtirilsin:
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar
ROʻYXATI
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti sohasida bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar
ROʻYXATI
Izoh. Ushbu qarorga 1 va 3-ilovalarga kiritilmagan xizmat turlari bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladi”;
g) 3-ilovada:
nomidagi “Temir yoʻl” soʻzlari “Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-pozitsiyaning “Xizmatlar nomi” ustunidagi “Nogironlar uchun” soʻzlari “Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi uchinchi xatboshisidagi “suv isteʼmolchilari” soʻzlari “suvdan foydalanuvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 7-yanvardagi 11-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 268-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2005-yil 22-sentabrdagi 213-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarori)” 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-son qarori)” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2012-yil 4-iyuldagi 192-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 2-ilovaning 27-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 19-martdagi 82-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi 430-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilovaning 44-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro sifat standartlari va foydalanish xavfsizligiga javob beradigan temir yoʻl mahsulotini ishlab chiqarishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-martdagi 211-son qarori.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 9-oktabrdagi 813-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni)” 2019-yil 21-oktabrdagi 886-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 121-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 310-son qaroriga 4-ilova.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 21 va 52-bandlari.
20. Vazirlar Mahkamasining “Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-apreldagi 174-son qarori.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 10-apreldagi 200-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qarori)” 2021-yil 29-noyabrdagi 721-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 7, 302, 744 va 1018-bandlari.
24. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 27-sentabrdagi 500-son qaroriga 5-ilovaning 4 va 16-bandlari.
26. Vazirlar Mahkamasining “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qaroriga 5-ilovaning 1 va 2-bandlari.
27. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga 11-ilovaning 2-bandi.
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qaroriga 2-ilovaning 58-bandi.
29. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 21-maydagi 325-son qaroriga 3-ilovaning 24-bandi.
