“Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni haqida (SQ-297-V-son)
13.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 2-iyun kuni qabul qilingan “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 23 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining mazkur Konstitutsiyaviy Qonun boʻyicha xulosasida bayon etilgan asoslarga koʻra rad etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga mazkur Qonun boʻyicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzish taklif etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan kelishuv komissiyasi tarkibiga quyidagilar saylansin:
4. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 13-iyun,
SQ-297-V-son
