“Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatovning javobi haqida (2106-V-son)
19.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
2106-V-son
