“Shaxsga doir maʼlumotlar almashinuvi sohasidagi maʼmuriy masalalar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Bitimni (2020-yil 18-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-225-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2104-V-son)
19.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 13-mayda kiritilgan “Shaxsga doir maʼlumotlar almashinuvi sohasidagi maʼmuriy masalalar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Bitimni (2020-yil 18-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-225-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
2104-V-son
