Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida (3500-1-son)
17.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 17-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3500-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-son “Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 7-fevraldagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3500, 2024-yil 7-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2024-y., 10/24/3500/0197-son) bilan tasdiqlangan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir E. ADILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 11-iyun,
21-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2026-yil 5-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 11-iyundagi 21-son buyrugʻiga ILOVA
Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. 4-band quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlarida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish.”.
2. 2-ilova mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishga ILOVA
“Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi kuzatuv kengashi
TARKIBI
Izoh: Kuzatuv kengashining aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki ularning vazifalarini bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.”.
