“274-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud bunday vosita yoki moddalarni isteʼmol qilishga jalb etish”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1151-son) · Sana: 11.06.2026 · Amalda
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni” degan soʻzlar “Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “maktabgacha taʼlim tashkilotlari, oʻquv yurtlari hududida va talabalarning” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining dispozitsiyasidagi “Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop yoki” degan soʻzlar “Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 271, 273, 275 — 2768-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash joylarida;
g) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
23) 275-modda nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
