“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (3053-2-son)
15.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3053-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Turizm qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-iyun,
370-son
Turizm qoʻmitasi raisi A. AQQULOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-may,
09-mh-son
Soliq qoʻmitasi raisi F. PULATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 19-may,
2026-09-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2026-yil 28-aprel
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 17-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 5-iyundagi 370-son, Soliq qoʻmitasining 2026-yil 19-maydagi 2026-09-son va Turizm qoʻmitasining 2026-yil 30-maydagi 09-mx-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 12-iyuldagi 110, 2018-60 va 4-qq-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3053, 2018-yil 13-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2018-y., 10/18/3053/1696-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 3338, 2021-yil 30-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 198-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 17-fevraldagi 3-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 11-fevraldagi 2022-05-son hamda Turizm va sport vazirligining 2022-yil 8-fevraldagi 11-MN-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari boʻyicha kamaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3053-1, 2022-yil 11-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2022-y., 10/22/3053-1/0211-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 17-mh-son “Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 3830, 2026-yil 6-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3830/0465-son) 2-bandi.
