Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son) · Sana: 10.06.2026 · Amalda
Huquq egasi oʻziga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari bilan shaharsozlik renovatsiyasi dasturida ishtirok etishni yoki ishtirok etmaslikni ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Shaharsozlik renovatsiyasi dasturiga kiritilgan renovatsiya loyihalari boʻyicha huquq egalari bilan kelishuv bitimiga erishib boʻlmagan taqdirda, sud tartibida kompensatsiya olish yuzasidan majburiyat yuklatilgan hollardan tashqari, davlat organlari, ularning mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi huquq egasini unga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar yoki noturar joy toifasidagi obyektni shaharsozlik renovatsiyasi dasturiga kiritishga bevosita yoki bilvosita majburlashga haqli emas.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-8261557
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 10-modda. Ixtiyoriylik prinsipi Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1149-son). neolex.uz/uz/laws/law-8269295/10 (lex.uz/docs/-8261557)