591-modda. Ish tashlashni tugatish
Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1150-son) · Sana: 11.06.2026 · Amalda
Ish tashlash quyidagi hollarda tugatiladi:
jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan oʻzaro yozma kelishuvga erishilganda;
ish beruvchi tomonidan ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan kelishmovchiliklar bartaraf etilganda;
sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noqonuniy deb topilganda;
ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan koʻprogʻining roziligi bilan ish tashlashdan voz kechilganida.
Xodimlar ish tashlash tugatilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay mehnat shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarini davom ettirishi zarur.
