Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-1152-son) · Sana: 11.06.2026 · Amalda
Sud-ekspertlik tuzilmalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy davlatlarning sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish sohasidagi tegishli organlari va muassasalari bilan ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy-uslubiy axborot almashish, sud ekspertlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik qiladi.
Qonunchilik hujjatlarida xorijiy davlatlarning sud-ekspertlik tuzilmalari hamda ularning sud ekspertlari Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatishi belgilanishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-8265035
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 51-modda. Xalqaro hamkorlik Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-1152-son). neolex.uz/uz/laws/law-8265779/51 (lex.uz/docs/-8265035)