Qurilish uchun yirik masshtablardagi maxsus topografik planlar (1.02.19-09-son)
01.01.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Instruksiya
1. QOʻLLANILISH DOIRASI
“Qurilish uchun yirik masshtablardagi maxsus topografik planlar”ni asosiy nizomlari SHNK 1.02.07-09 “Qurilish uchun injenerlik qidiruvlar. Asosiy nizomlar”, SHNK 1.02.08-09 “Qurilish uchun injenerlik-geodezik qidiruvlar”. Umumiy talablar. Qoidalar toʻplami. Majburiy nizom va talabalarini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqildi, u maxsus yirik masshtabli topografik planlar yaratishda qoʻyiladigan umumiy texnik talablar va qoidalar, ayrim ish turlarini tarkibini belgilaydi va quyidagilar uchun xizmat qiladi:
qurilish loyihasini tayyorlash va inshootlar loyihasini joyga koʻchirish;
obyektlarni qurish, foydalanish, qayta qurish va tugatish jarayonlarida bajariladigan injenerlik-geodezik qidiruvlarda;
turli shakllardagi koʻchmas mulk obyektlarini roʻyxatga olish va texnik baholash tizimini shakllantirishni taʼminlash.
Ushbu hujjat Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish uchun muhandislik izlanish ishlarini olib boruvchi yuridik shaxslar tomonidan qoʻllanishi belgilangan.
2. FOYDALANILGAN MEʼYORIY HUJJATLAR
1. KMK 1.02.07-97 “Qurilish uchun injenerlik qidiruvlar”.
2. SHNK 1.02.08-09 “Qurilish uchun injenerlik qidiruvlar. Asosiy nizomlar”.
3. GKKINP 02-067-03 “Instruksiya po topograficheskoy sʼyomke v masshtabax 1:5000, 1:2000, 1:1000, 1:500”.
4. “Instruksiya po sʼyomke i sostavleniyu planov podzemnix kommunikatsiy”, izd.1978 g.
5. KMK 1.01.01-09 “Qurilishda meʼyoriy hujjatlar tizimi. Asosiy nizomlar”.
6. KMK 1.01.03-96 “Sistema normativnix dokumentov v stroitelstve. Pravila izlojeniya i oformleniya normativnix dokumentov”.
7. “Uslovnie znaki dlya topograficheskoy karti masshtaba 1:10000”, izd.1977 g.
8. “Uslovnie znaki dlya topograficheskix planov masshtabov 1:5000, 1:2000, 1:1000, 1:500 “, izd. 1989 g.
9. “Rukovodstvo po topograficheskim sʼyomkam v masshtabax 1:5000 — 1:500. Fototeodolitnaya sʼyomka”, izd. 1977 g.
10. SHNK 1.02.08-09 “Qurilish uchun injenerlik-geodezik qidiruvlar. Umumiy talabalar. Qoidalar toʻplami”.
11. SHNK 1.02.17-09 “Tayanch geodezik tarmoqlar. Qoidalar toʻplami”.
12. SHNK 1.02.18-09 “Syemka geodezik tarmogʻi. Qoidalar toʻplami.
13. SHNK 1.02.20-09 “Masshtablari 1:5000, 1:2000, 1:1000, 1:500 Injenerlik-topografik planlarni yangilash. Qoidalar toʻplami”.
14. SHNK 1.02.21-09 “Qurilish uchun topografik karta va planlarni tuzish va koʻpaytirish. Qoidalar toʻplami”.
15. “Instruksiya po fotogrammetricheskim rabotam pri sozdanii topograficheskix kart i planov”. Izd.1974 g.
16. GKKINP — 17-079-05 “Instruksiya po razvitiyu sʼyomochnogo obosnovaniya i sʼyomke situatsii i relyefa s primeneniyem globalnix navigatsionnix sputnikovix sistem GLONASS i GPS”.
17. GKKINP 05-046-02 “Obshiye trebovaniya k sozdaniyu sifrovix topograficheskix kart”.
18. “Klassifikator topograficheskoy informatsii (informatsiya, otobrajayemaya na kartax i planax masshtabov 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000, 1:10000) “ izd.1986 g.
19. GKKINP 07-73903 “Instruksiya ob oxrane geodezicheskix punktov”.
20. Polojeniye ob oxrannix zonax i oxrane geodezicheskix punktov na territorii Respubliki Uzbekistan, utverjdennoye Postanovleniyem Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 16.02.1998 g. № 69.
21. GKKINP 17-065-03 “Instruksiya o poryadke kontrolya i priyomki geodezicheskix, topograficheskix i kartograficheskix rabot”.
22. PTB-88 “Pravila po texnike bezopasnosti na topografo-geodezicheskix rabotax”.
3. UMUMIY HOLATLAR VA TALABLAR.
3.1. Umumiy holatlar 1:5000, 1:2000, 1:1000, 1:500 va 1:200 masshtablardagi topografik planlarni tuzish boʻyicha umumiy texnik talabalar, ushbu masshtablardagi topografik sʼyomkalarni turli metodlarda bajarishni texnik koʻrsatmalari va texnologiyasini, shu jumladan zamonaviy oʻlchash asboblarini qoʻllagan holda, hamda bu planlar ahamiyati va mazmunini aniqlashni oʻz ichiga oladi.
3.2. Joyning topografik sʼyomkasini bajarish natijalari, yaʼni topografik plan grafik koʻrinishda (qogʻoz asosda) yoki joyni raqamli modeli koʻrinishida berilishi mumkin. Raqamli topografik planlar (RTP) zaruriyati boʻlganda qogʻozda kartografik tasvirda berilishi mumkin. Topografik planlar chizma asosi uchun kam deformatsiyalanadigan shaffof plastik materiallar yoki yuqori sifatli chizmachilik qogʻoz olinadi.
3.3. RTP yaratish kartalashtiriladigan hudud tasvirini raqamli koʻrinishda olish imkonini beradigan, tegishli dastur bilan taʼminlangan raqamli fotogrammetrik stansiyalarni qoʻllash bilan amalga oshiriladi. Raqamli topografik planlarni yaratish uchun joyni boshlangʻich topografik-geodezik maʼlumotini 3.6 bandda koʻrsatilgan metodlarda, hamda [3], [16, 17] koʻrsatilgan talablarga asosan kartografik tasvirni raqamli shaklga keltirish (vektorizatsiyalash) usuli ham qoʻllanadi.
3.4. Topografik planlarda [7] va [8]larda koʻzda tutilgan shartli belgilarda joyni barcha obyekt va konturlari, relyef elementlari tasvirlanishi kerak.
3.5. Masshtablari 1:5000, 1:2000, 1:1000, 1:500, 1:200 boʻlgan topografik planlar topografik sʼyomkalar usulida, hamda [3], [4] talablariga asosan yirikroq masshtablardagi topografik sʼyomkalar (1:500 va 1:200 masshtablar bundan mustasno) materiallari boʻyicha tuzish usulida yaratiladi.
3.6. Topografik planlarni yaratish topografik sʼyomkalarni quyidagi usullaridan birida amalga oshiriladi:
a) stereofotogrammetrik;
b) yer usti fototopografik (fototeodolit, kombinatsiyalangan);
v) taxeometrik;
g) menzulaviy;
d) sunʼiy yoʻldosh orqali.
3.7. Stereofoto topografik sʼyomka — aerosuratlar yoki kosmik suratlar (keyingi oʻrinlarda — suratlar) boʻyicha tuzilgan joy stereomodelini fotogrammetrik tarmoqlarni ishlab chiqish va tenglash boʻyicha dasturlar majmuasini qoʻllab oʻlchashlar orqali fotogrammetrik asboblarda bajariladigan fototopografik sʼyomkadir.
Suratlarni fotogrammetrik ishlab chiqish ikki usulda bajariladi: analogli (optik-mexanik) va raqamli.
Optik-mexanik usul fotometrik modelni raqamli koʻrinishda qurishni taʼminlash uchun raqamli fotogrammetrik asbob va tegishli dastur taʼminoti boʻlmagan taqdirda qoʻllanadi.
Topografik planlarni stereofototopografik usulda yaratishda [3], [4] va tegishli SHNQ talablariga rioya qilinishi kerak.
3.8. Fototopografik sʼyomka — fotogrammetrik suratlar va ularni fotogrammetrik ishlab chiqish yoʻli bilan bajariladigan topografik sʼyomka.
Fototopografik sʼyomkalarga yer usti fototeodolit sʼyomkasi va yer usti topografik (kombinatsiyalashgan) sʼyomkalar kiradi.
Fototeodolit sʼyomka universal asbobda yer usti fotosuratlarni fotogrammetrik ishlab chiqish va joy modelini tuzish metodida bajariladi. Yer usti fototeodolit sʼyomkasi mustaqil ravishda, hamda stereofototopografik sʼyomka bilan qoʻshib bajarilishi mumkin.
Yer usti topografik (kombinatsiyalashgan) sʼyomka transformatsiyalangan aerofotosuratlar va kosmik suratlardan tayyorlangan fotoplanlarda bajariladi. Fototopografik sʼyomkalarni bajarishda [3], [9], [14] va tegishli SHNQ talablariga rioya qilish kerak.
3.9. Taxeometrik sʼyomka elektron taxeometrlar yoki optik teodolitlar bilan teodolit yoʻli nuqtalaridan turib piket nuqtalarni olish orqali amalga oshiriladi. Bunda imkoni boricha elektron taxeometrlarni sunʼiy yoʻldosh priyemniklariga qoʻshib ishlatishga eʼtibor berilishi kerak.
Taxeometrik sʼyomka uncha katta boʻlmagan yer uchastkalarida qoʻllanadi.
Taxeometrik sʼyomkalarini bajarishda [2], [3] va tegishli SHNQ talablariga rioya qilinishi kerak.
3.10. Topografik planlarni yaratish uchun aerofotosʼyomka uchishlarini bajarish yoki kosmik suratlarni sotib olish iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq boʻlmagan vaqtda menzuloviy sʼyomka qoʻllanadi.
Menzulaviy sʼyomka menzulaviy yoʻl nuqtalarida turib kipregel bilan piket nuqtalarni olish orqali amalga oshiriladi.
3.11.Sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlari (GPS va GLONASS) ni qoʻllab bajariladigan topografik sʼyomka oʻzlashtirilmagan hududlar yoki kam aholi hududlarda, obyektlar chegaralarida va boshlangʻich geodezik tayanch punktlar atrofida sunʼiy yoʻldosh signallarini oʻtishiga toʻsiqlar boʻlmagan hollarda qoʻllanadi.
Kam aholi yashaydigan va oʻzlashtirilgan hududlarda sunʼiy yoʻldoshlar usulini qoʻllab tafsilot va relyefni sʼyomka qilish topografik sʼyomkani boshqa usullari bilan birga qoʻshib bajarilishi mumkin. Bunda sunʼiy yoʻldosh orqali sʼyomkani bajarish hududni ochiq joylarida, imorat va baland daraxtlar bilan band qisimlarda esa topografik sʼyomkani boshqa usulini qoʻllab bajariladi.
Shahar, kichik shaharchalar va katta aholi yashash punktlarida tafsilotlar va relyefni sʼyomka qilishda sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimidan foydalanish taqiqlanadi.
Sunʼiy yoʻldosh usulini qoʻllab tafsilot va relyefni sʼyomka qilishda [3], [16] va tegishli SHNQ talablariga rioya qilish zarur.
3.12. Temir va avtomobil yoʻllar, magistral kanal va magistral truboprovodlarni qidiruvlarida topografik planlarni, odatda, aerofotosʼyomka materiallaridan stereofotogrammetrik usulda tuzish lozim.
Yer usti topografik sʼyomka, agarda aerofoto sʼyomkani bajarish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmasa yoki aerofototopografik usul zaruriy aniqlikni taʼminlay olmasa, qoʻllanadi.
3.13. Masshtablari 1:5000, 1:2000, 1:1000, va 1:500 boʻlgan topografik planlar uchun relyef kesimi balandligi quyidagi 1-jadval maʼlumotlariga asosan belgilanadi
Izoh: 1:5000-1:500 masshtablardagi sʼyomkalarda relyef kesim balandligini 0,25m olishga ruxsat etiladi. Bunday kesim balandligini tanlaganligi qidiruv ishlari dasturida asoslanishi kerak.
Masshtabi 1:200 topografik planlarda tafsilotlar siyrak boʻlgan joylarda relyef kesim balandligi 0,25m olinadi va gorizontallar bilan tasvirlanadi. Qurilgan hududlar va sanoat korxonalari joylashgan zonalarda relyefni faqat balandliklari koʻrsatib beriladi.
3.14. Relyef kesimi balandligi 0,25 qabul qilingan topografik sʼyomkalar buyurtmachini koʻrsatmasiga asosan kamdan-kam holatlarda, relyef tekislangan va ogʻish burchagi 2◦dan kam boʻlgan maydonlarda bajarilishi mumkin. Bunday kesim balandlikni qabul qilinishi zaruriyati geodezik ishlarni bajarish dasturida asoslanishi zarur.
3.15. Asosiy kesimda gorizontallar bilan tasvirlanmaydigan relyefni xarakterli kichik elementlari qoʻshimcha (yarim) gorizontallar bilan tasvirlanishi mumkin. Plandagi asosiy gorizontallar orasidagi masofa 2,5 sm dan ortiq boʻlganda yarim gorizontallar oʻtkazish lozim.
3.16. Topografik planlar zich konturli, yer osti kommunikatsiyalari va turli yer usti truboprovodlar tarmogʻi zich boʻlgan holatlarda alohida, elementlar boʻyicha, oʻzaro ustma-ust tutashadigan ikki yoki uchta varaqlarda tuziladi.
3.17. Topografik planlar 1942-y. davlat koordinatalar sistemasi va 1977-y. Boltiq balandliklar sistemasida, hamda davlat koordinatalar va balandliklar sistemalariga oʻtish parametrlari belgilangan mahalliy sistemalarda yaratiladi.
3.18. Shaharlar, sanoat komplekslari hududlari, amaldagi togʻ konlari va neft chiqarish sanoat korxonalarida yangi bajariladigan topografik sʼyomkalar, odatda, oldin qabul qilingan koordinatalar va balandliklar sistemalarida bajariladi.
3.19. Topografik sʼyomka uchun u yoki bu koordinatalar va balandliklar sistemasini qabul qilish masalalari texnik loyiha (dastur)da alohida qayd qilinadi va davlat geodezik nazorat inspeksiyasi bilan kelishiladi.
3.20. Shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar va qishloq aholi yashash punktlarida, xamda maydoni 20 km2 gacha boʻlgan joy uchastkalarida topografik planlarni yaratishda, odatda, 1:5000 masshtabdagi plan varaqlari oʻlchamlari 40x40 sm va 50x50 sm 1:2000, 1:1000, 1:500 masshtablardagi planlar varaqlari ramkalarini kvadratlarga boʻlish qabul qilinadi. Bunda varaqlarga boʻlishni asosi qilib 1:5000 masshtabdagi varaq qabul qilinadi va u arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Bunday varaqda 4 ta 1:2000 masshtabdagi varaqlar joylashadi va ulardan har biri 1:5000 masshtab varaq nomeriga kirilcha bosh harflardan (A, B, V, G) birini qoʻshib yozib belgilanadi, masalan: 4-V (1-ilova, 2-rasm). Masshtabi 1:2000 varaqda 4 ta 1:1000 masshtabli varaqlar joylashadi va ular rimcha raqamlar (I, II, III, va IV) bilan belgilanadi. Xuddi shunday 1:2000 varaqda 16 ta 1:500 masshtabli varaqlar joylashadi va ular arabcha raqamlar bilan (1, 2, 3, 4,...16) belgilanadi.
Masshtablari 1:1000 va 1:500 boʻlgan varaqlar nomenklaturasi 1:2000 masshtabli varaq nomenklaturasi va 1:1000 masshtabli varaqqa tegishli rimcha raqam yoki 1:500 masshtab varagʻiga tegishli arabcha raqamdan tashkil topadi, masalan: 4-V-II yoki 1:500 masshtab uchun 4-V-6 (1-ilova, 2-rasmlar).
Masshtabi 1:200 topografik planning nomenklaturasi 1:1000 masshtab varagʻining nomenklaturasiga asoslanadi, yaʼni bunday varaq 25 ta varaqqa boʻlinib arabcha raqamlar bilan (1, 2, 3, 4,...25) belgilanadi, masalan: 4-V-II-16 (1-ilova, 3-rasm).
Shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar va qishloq aholi punktlari sʼyomkalarini bajarishda toʻgʻri burchakli varaqlarga boʻlish ularni rivojlanish istiqbolini hisobga olib bajariladi. Bunda ular hududlarida varaqlarga boʻlish belgilangan boʻlsa, oldin qabul qilingan varaqlarga boʻlish saqlab qolinadi.
3.21. Maydoni 20 km2 dan ortiq joy uchastkalari 1:5000 va 1:2000 masshtabli topografik planlarini varaqlarga boʻlishda, odatda, 1:100000 masshtabli varaq qabul qilinib u 256 ta 1:5000 masshtabli varaqlarga boʻlinadi, oʻz navbatida 1:5000 masshtabli varaq 9 ta 1:2000 masshtabli varaqlarga boʻlinadi.
Masshtabi 1:5000 varaq nomenklaturasi 1:100000 masshtabli varaq nomenklaturasi va 1:5000 masshtabli varaqni qavs ichiga olib yozilgan nomeridan tashkil topadi. Masalan: K-42-54-(164) (1-ilova, 4-rasm).
Masshtabi 1:2000 plan varaqining nomenklaturasi 1:5000 masshtabli plan varaqining nomenklaturasi va 9 ta kirilcha alifboning mayda harflari (a, b, v, g, d, e, j, z, i) ni biridan tashkil topadi, masalan: K-42-54-(164-j).
Topografik planlar uchun yuqorida kestirilgan varaqlarga boʻlishda ramkalar oʻlchovlari qoʻyidagi 2-jadvalda beriladi.
Topografik planlarda toʻgʻri burchakli koordinatalar turining chiziqlari 10 sm dan oʻtkaziladi.
3.22. Meliorativ qurilish uchun maydoni 20 km2 dan katta boʻlgan, shakli murakkab uchastkalarda, topografik planlar uchun, odatda, topografik-geodezik ishlarni bajarishni texnik loyihasi (dasturi) bilan belgilanadigan toʻgʻriburchakli varaqlarga boʻlish qabul qilinadi.
3.23.Topografik planlar uchun aniq shakl va chegaralarga ega joy predmet va tafsilotlarini yaqin joylashgan sʼyomka geodezik asosi nuqtalariga nisbatan planli oʻrnining oʻrtacha xatosi plan masshtabida 0,5 mm, togʻli va oʻrmon hududlarda esa 0,7 mm dan oshmasligi kerak.
Koʻp qavatli qurilish bilan band hududlarda oʻzaro yaqin konturlar (katta inshootlar, binolar va h.k.) nuqtalarini bir biriga nisbatan planli chekli xatosi topografik planlar uchun plan masshtabida 0,4mm dan oshmasligi kerak.
Masshtabi 1:200 boʻlgan topografik sʼyomka jarayonida sʼyomka asosining yaqin boʻlgan nuqtalariga nisbatan aniq koʻrinayotgan jismlar va joy konturlarining planli oʻrnidagi oʻrtacha xatolar plan masshtabida 0,6 mm dan oshmasligi kerak. Koordinatalari aniqlangan joy nuqtalari va bir-biridan 20m gacha masofada joylashgan kapital bino (inshoot)lar burchaklarini oʻzaro planli oʻrnidagi xatolar plan masshtabida 0,5 mm dan oshmasligi kerak.
3.24. Relyefni sʼyomka qilishni oʻrtacha xatosi yaqin joylashgan sʼyomka geodezik asosi nuqtasiga nisbatan balandlik boʻyicha topografik planlarda quyidagilardan oshmasligi kerak:
a) joyni qiyalik burchagi 2° gacha boʻlganda qabul qilingan relyef kesimi balandligini 1/4 hissasidan;
b) joyning qiyalik burchagi 2° dan 6° gacha boʻlganda 1:5000 va 1:2000 masshtablardagi topografik planlar uchun va 10◦ gacha 1:1000 va 1:500 masshtablardagi topografik planlar uchun qabul qilingan relyef kesimi balandligini 1/3 hissasini;
v) masshtablari 1:5000 va 1:2000 topografik planlarda relyef kesimi balandligi 0,5m boʻlganda, uni 1/3 hissasi.
Oʻrmon hududlarida yuqorida koʻrsatilgan xatoliklar cheki 1,5 marotabaga oshadi.
Qiyalik burchagi 6° ortiq boʻlgan uchastkalar hududida 1:5000 va 1:2000 masshtablardagi topografik planlar uchun va qiyaligi 10° ortiq 1:1000 va 1:500 masshtablardagi topografik planlar uchun gorizontallar soni qiyaliklarni sinish joylarida aniqlangan balandliklar ayirmalariga toʻgʻri kelishi kerak, bunda relyef xarakterli nuqtalarida aniqlangan balandliklar oʻrtacha xatosi qabul qilingan relyef kesimi balandligini 1/3 hissasidan oshmasligi kerak.
Relyef kesimi balandligi 0,25 m teng 1:200 masshtabdagi topografik sʼyomkani bajarishda relyef xarakterli nuqtalari balandliklarini aniqlashni oʻrtacha xatosi relyef kesimi balandligini 1/3 oshmasligi (8sm) kerak.
Relyef kesimi balandligi 0,5 m boʻlganda esa bunday oʻrtacha xatolik 15 sm dan oshmasligi kerak.
3.25. Plan aniqligini joyda nazorat oʻlchashlar bajarib predmet va konturlarni aniqlangan planli va balandlik qiymatlarini ularni plan boʻyicha aniqlangan qiymatlari orasidagi farqlar boʻyicha baholanadi.
Chekli farqlar yoʻl qoʻyiladigan oʻrtacha xatolar 3.23 va 3.24 bandlarda keltirilgan qiymatlarni ikkilanganidan oshmasligi kerak, bunda oshganlarini soni nazorat oʻlchashlarni umumiy sonini 10% oshmasligi kerak. Nazorat oʻlchashlarni ayrim natijalari ikkilangan oʻrtacha xato qiymatidan oshishi mumkin, bunda ularning soni nazorat oʻlchashlarni 5% dan oshmasligi kerak. Bu natijalar oʻrtacha xatoni hisoblashda hisobga olinadi.
3.26. Topografik planlarni yaratishda geodezik asos boʻlib quyidagilar xizmat qiladi:
a) davlat geodezik tarmoqlari:
astronomik-geodezik tarmoq;
sunʼiy yoʻldosh geodeziq tarmogʻi (SYGT-O, SYGT-1);
triangulyatsiya va poligonometriya 1, 2, 3 va 4 sinflari;
I, II, III va IV nivelirlash sinflari;
b) tayanch geodezik tarmoqlar (zichlash geodezik tarmoqlari):
4 sinf, 1 va 2 razryad triangulyatsiya;
4 sinf, 1 va 2 razryad poligonometriya;
4 sinf, 1 va 2 razryad trilateratsiya;
4 sinf, 1 va 2 razryad zichlash sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmogʻi;
texnik nivelirlash;
v) sʼyomka geodezik tarmogʻi:
planli, balandlik va planli — balandlik sʼyomka tarmoqlari yoki alohida punktlar (nuqtalar), hamda fotogrammetrik zichlash nuqtalari.
3.27. Tafsilot va relyefni sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimini qoʻllab topografik sʼyomkasini bajarishda sʼyomkani balandlik asosi sifatida balandliklari sunʼiy yoʻldosh geodezik kuzatishlari yordamida, hamda har qanday nivelirlash sinfida va texnik nivelirlashda [10], [11] tegishli bandlariga asosan aniqlangan tayanch va sʼyomka geodezik tarmoqlari punktlari foydalanishi zarur.
3.28. Tayanch geodezik tarmoqlarni qurish uchun davlat geodezik va nivelir tarmoqlari punktlarining zichligi quyidagilargacha keltirilishi kerak:
a) 1:5000 masshtabdagi topografik sʼyomka bajariladigan hududlarda 20 — 30 km2 bittagacha triangulyatsiya yoki poligonometriya punkti va 10 — 15 km2 ga bittagacha nivelirlash reperi;
b) 1:2000 va undan yirikroq masshtablardagi topografik sʼyomka bajariladigan hududlarda 5 — 15 km2 ga bittagacha triangulyatsiya yoki poligonometriya punkti va 5 — 7 km2 ga bittagacha nivelirlash reperi.
Shahar, kichik shaharchalar, aholi yashash punktlarining qurilgan hududlarida va qurilishga moʻljallangan hududlarda davlat geodezik tarmogʻi punktlarining zichligi 5 km2 ga bittadan kam boʻlmasligi kerak.
3.29. Tayanch geodezik tarmoqlarning zichligi sʼyomka masshtabidan, relyef kesimi balandligidan, hamda geodezik, marksheyderlik, melioratsiya va yer tuzish ishlari va boshqa ishlarni taʼminlash zaruriyatidan, shuningdek qidiruvlar va qurilish hamda inshootlarni, yer osti kommunikatsiyalarni va boshqalarni foydalanish maqsadlarida bajariladigan geodezik ishlardan kelib chiqib, aniqlanadi va u topografik sʼyomkani bajarish texnik loyihasi (dasturi) da koʻrsatilgan boʻladi.
3.30. Tayanch geodezik tarmoqni zichlash, odatda, umumdan ayrimga oʻtish, yaʼni yuqori sinf (razryad) dan past sinf (razryadga) oʻtish prinsipda amalga oshiriladi. Bunda imkoni boricha hozirgi zamon elektron va raqamli asboblar, GNSS tizimi, kompyuterlardan foydalanishni koʻzda tutib bitta sinfdan tashkil topuvchi tarmoqlarni loyihalashga intilish zarur.
Bitta sinfdan iborat tarmoqlarni qurishda ularning zichligi tomonlar uzunligini kamaytirish bilan erishiladi.
Yirik masshtabli topografik sʼyomkalarni bajarish uchun tayanch geodezik tarmoqni qurishda boshlangʻich punktlar boʻlib, odatda, faqat davlat geodezik tarmoqlari punktlari xizmat qiladi (3.26 punkt).
3.31. Shahar, kichik shaharchalar, qishloq aholi yashash punktlarda va sanoat qurilish maydonchalarida tayanch geodezik tarmoqlarini rivojlantirish bilan punktlar zichligi (shu jumladan davlat geodezik tarmoqlari punktlari) quyidagi darajaga keltirilishi lozim:
a) qurilgan uchastkalarda 1 km2 ga 4 tadan kam boʻlmagan triangulyatsiya yoki poligonometriya punktlari;
b) qurilmagan hududlarda 1 km2 ga bitta triangulyatsiya yoki poligonometriya punkti.
Aholi yashash punktlaridan tashqarida 1:5000 masshtabdagi topografik sʼyomka uchun geodezik asos punktlarining zichligi 7 — 10 km2 ga 1 tadan kam boʻlmasligi, 1:2000 masshtabdagi sʼyomka uchun esa — 2 km2 ga bittagacha yetkazilishi kerak.
3.32. Tayanch geodezik tarmoqni qurish sunʼiy yoʻldosh geodezik priyomniklarini qoʻllab, elektron taxeometrlar va optik geodezik asboblarni qullab amalga oshirilishi mumkin.
Tayanch geodezik tarmoqlarni rivojlantirish ishlari [11] koʻrsatilgan talabalarga rioya qilinib bajariladi.
3.33. Geodezik asos zichligini yanada oshirish yirik masshtabli topografik sʼyomkani bajarishni bevosita taʼminlovchi sʼyomka geodezik tarmogʻini rivojlantirish bilan amalga oshiriladi.
3.34. Juda kam holatlarda, agarda maydoni 1 km2 ga teng uchastkada yoki uni 5 km masofagacha yaqin atrofida davlat geodezik tarmogʻi punkti boʻlmasa, bunda yaqin vaqt orasida ushbu uchastkada topografik sʼyomka bajarilishi koʻzda tutilmagan boʻlsa, topografik sʼyomkani mustaqil sʼyomka asosini qurib unda bajarishga ruxsat etiladi.
Mustaqil sʼyomka tarmogʻi magnit azimuti boʻyicha oriyentirlanadi.
Shahar, shaharchalar va katta qishloq aholi yashash punktlarida topografik sʼyomkani mustaqil sʼyomka asosida bajarishga ruxsat etilmaydi.
Mustaqil sʼyomka asosida topografik sʼyomkani bajarish texnik loyiha (dastur) da koʻrsatib oʻtiladi.
3.35. Sʼyomka geodezik tarmoqlarini rivojlantirishda boshlangʻich punktlar boʻlib, odatda, faqat davlat geodezik tarmoqlari va tayanch geodezik tarmoqlari punktlari xizmat qiladi. Sʼyomka geodezik tarmogʻini rivojlantirish ishlari [12] talablari asosida bajariladi.
3.36. Topografik sʼyomka geodezik asosini rivojlantirishda oʻrnatilgan geodezik belgilar [19], [20] talablariga binoan saqlash uchun topshiriladi.
3.37. Har bir topografik plan maxsus formulyarga ega boʻlishi kerak, unda hamma asosiy maʼlumotlar qabul qilingan texnologik chizma va sʼyomka aniqligi yozib koʻrsatiladi, shuningdek unda qabul qilingan koordinatalar va balandliklar sistemalari koʻrsatiladi (2-ilova qaralsin).
3.38. Yirik masshtabli topografik sʼyomkalarda bajarilgan ishlar nazorati va ularni qabul qilish ishlari [21] da koʻrsatilgan talablar asosida amalga oshiriladi va belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi.
3.39. Topografik planlarni koʻpaytirishga tayyorlash va koʻpaytirish [14] da koʻrsatilgan talablar asosida bajariladi.
3.40. Topografik sʼyomkani bajarish ishlarini boshlashdan avval ishlar texnik loyihasi (dasturi) tuziladi. Ishlar bajarilib boʻlgandan soʻng texnik hisobot tuziladi. Texnik hisobot dasturi 4-ilovada berilgan.
3.41. Yirik masshtabli topografik sʼyomkalarni bajarish bilan shugʻullanadigan shaxslar joy sharoitiga qarab va ishlarni bajarishda qoʻllanadigan texnik va transport vositalaridan kelib chiqib dala topografik — geodezik ishlarida [12] talablariga binoan texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari kerak .
4. TOPOGRAFIK PLANLAR VAZIFALARI
4.1.Masshtabi 1:5000 topografik planlar quyidagi maqsadlarda qoʻllanadi:
a) yirik, katta va oʻrtacha shaharlar bosh planlari va birinchi navbatdagi qurilish loyihalarini ishlab chiqish uchun;
b) hududi 1000 gektardan katta boʻlgan sanoat maydonlarini planirovkasi loyihasini tuzish uchun;
v) yirik shahar bosh planini ishlab chiqishda murakkab transport yoʻllari tarmoqlanishi loyihasini tuzish uchun;
g) yirik, katta va oʻrtacha shaharlar tizimida yashash binolari va sanoat maydonchalarini joylashtirish chizmasini, koʻzdan kechirish (obzor) planlari, injenerlik inshootlar va injenerlik tadbirlar loyihasini tuzish uchun;
d) shahar atrofi zonasini planirovkasida murakkab tugunlar loyihasini tuzish uchun;
e) sanoat va qazilmalar ishlab chiqarish korxonalarini texnik loyihasini ishlab chiqish uchun;
j) shaharsozlik kadastri uchun;
z) texnik loyihalarni tuzish uchun:
butun melioratsiyalanadigan massiv (maydoni 15 km2 kam uchastka)ni yer usti sugʻorishda;
butun melioratsiyalanadigan massiv (maydoni 15 km2 teng uchastka) va namunaviy uchastkalarni (melioratsiyalanadigan massiv maydoni 15 km2 va undan ortiq) yomgʻirlatib sugʻorishda;
barcha tabiiy sharoitlarda boshqariladigan suv olish qurilmalarini; suv yuzi maydoni 0,5 dan 3,0 km2 gacha boʻlgan suv omborlarini;
yopiq yer osti suvlari bilan botqoqlangan, mikrorelyefga ega, oʻtish sharoiti oʻrta va qiyin joylarda ochiq kanallar (zovurlar) bilan zax qochirish namunaviy uchastkalarini;
i) tabiati murakkab sharoitlarda ochiq kanal bilan zax qochiriladigan massiv ishchi chizmalarini tuzish uchun:
qurilish materiallari maydonchalari (planlar ishchi chizma uchun ham foydalanadi);
koʻpriklar, qurilish materiallari karyerlari;
k) joy relyefi murakkab boʻlgan sharoitlarda, katta aholi yashash punktlariga kirib kelishda va tafsilotlari murakkab boʻlgan boshqa joylarda avtomobil yoʻllarini kameral trassalash uchun;
l) havodan (yer usti) oʻtuvchi elektr uzatish chizigʻi trassasini murakkab inshootlar bilan kesishishi va yaqinlashuvi joylarida loyihalash uchun;
m) tekislik va kichik togʻ daryolarida gidrouzellarni loyihalash va qurish uchun;
n) qurilgan hududlarda, mevali bogʻlar bilan band joylarda suv ombori loyiha chegarasini joyda aniqlash uchun;
o) texnik loyiha bosqichida temir va avtomobil yoʻllarni loyihalash (togʻli hududlarda yoʻnalishlarni tanlash, tekis va tepali joylarda qabul qilingan yoʻnalish boʻyicha);
p) magistral kanallarni (suv oʻtkazuvchi, energiya ishlab chiquvchi) eni 1-2 km joy polosasidan notekis va tepali joylarda yoki aholi zich joylarda loyihalash va qurishni texnik loyihalash bosqichida.
4.2. Masshtabi 1:5000 topografik planlar maydaroq masshtablaridagi topografik kartalarni tuzish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
4.3. Masshtabi 1:2000 topografik planlar quyidagi maqsadlarda qoʻllanadi:
a) shaharlar, kichik shaharchalar va qishloq aholi yashash punktlari bosh planlarini ishlab chiqish uchun;
b) batafsil planirovka va qurilish eskizlari loyihalarini tuzish uchun;
v) bosh planni ishlab chiqish bosqichida shahar sanoat zonasi planirovkasi loyihasini va shaharlarda transport yoʻllarini murakkab boʻlinishi joylari loyihasini tuzish uchun;
g) issiqlik elektrostansiyalari, suv olish va gidrotexnik inshootlari, toʻsuv dambalarini qabul qilingan asosiy variantini texnik loyihasini tuzish uchun;
d) quyidagi texnik loyihalarni tuzish uchun:
melioratsiyalanadigan obyektlar maydoni 15 km2 va undan ortiq boʻlganda yer usti sugʻorish usulida sugʻorishni (melioratsiyalanadigan umumiy maydonni namunaviy uchastkalari 10 — 12% band etadi);
namunaviy uchastkalarni vertikal tekislash (tayyorlangan yuzani tomonlari 20x20 m kvadratlar boʻyicha nivelirlash);
uzunligi 300 m dan ortiq toʻgʻonlar, dyukerlar, shlyuzlar va boshqalarni qurishni;
tor joylardan oʻtuvchi kanallar, bosimli truboprovodlar trassasini oʻtkazish;
suv yuzasi maydoni 0,52 km gacha boʻlgan suv omborlarni qurish, kanal sifatida foydalanishga moʻljallangan daryolar oʻzani uchastkalari uchun;
e) ishchi chizmalarni tuzish uchun:
yopiq drenaj orqali zax qochirish; tomonlari 20x20 m boʻlgan kvadratlarni nivelirlash orqali sugʻoriladigan yerlarni vertikal tekislashga;
gidrotexnik inshootlar, yordamchi ishlab chiqarish binolari va turar joylar qurilishiga zarur maydonchalarni;
“kanal-polosani” qurish; relyef sharoiti yoki geologik sharoiti oʻta murakkab (qiyalik, kichik tepachalardan iborat relyef, surilish uchastkalari) boʻlgan kanal oʻqi yoqalab 100 m dan 400 m gacha hududlarda va kanal truboprovod koʻrinishida ankerli tayanchlarda oʻtkaziladigan uchastkalarda;
egilishi kichik (100 — 150 m) boʻlgan egri-bugri daryolardagi suv qabul qiluvchi qurilmalarni.
j) temir va avtomobillar yoʻllarni, tekis va tepali joylarda ishchi chizmalarini loyihalash uchun;
z) temiryoʻl uzelini qayta qurishni bosh planini ishlab chiqish uchun;
i) truboprovodlar, nasos va kompressor stansiyalari, chiziqli obyektlar va taʼmirlash bazalari, yirik daryolardan oʻtish koʻpriklari, podstansiyalarga murakkab kirib kelish, murakkab kesib oʻtishlar, transport va boshqa magistrallar yer polotnosini yakka tartibdagi loyihasi tuzilgan joylarda ishchi chizmalarini tuzish (chiziqli inshootlarni qurish) uchun.
4.4. Masshtabi 1:1000 topografik planlar quyidagi maqsadlarga foydalanadi:
a) qurilmagan hudud yoki bir qavatli binolar qurilishi hududida qurilishni texnik loyihalari va ishchi chizmalarini tuzish uchun;
b) vertikal tekislash va koʻkalamzorlashtirish hududlari loyihalarini tuzish uchun;
v) amalda boʻlgan yer osti kommunikatsiyalari va inshootlar planlarini tuzish, bino va inshootlarni qurilish uchastkasiga bogʻlash uchun;
g) beton toʻgʻonlar, GES binolari, shlyuzlar kameralari, toʻgʻonlarni qoyalarga qoʻshilish uchastkalari ishchi chizmalarini tuzish uchun;
d) amaldagi temir yoʻl stansiyalarini qayta qurish loyihasini va yangi temir yoʻl stansiyalari va uzellari ishchi chizmalarini ishlab chiqish uchun;
e) murakkab injenerlik qidiruvlar uchun:
beton poydevordagi bosimli truboprovodlar; 2 ga dan ortiq maydondagi gidrotexnik inshootlarni (akveduk, dyukerlar, nasos stansiyalari);
alohida qurilmalar ostidagi maydonchalarni (taʼmirlash ustaxonalari, omborxonalar bazasi va boshqalar);
filtratsiya maydonlari, chiqindi suvlar va zich qurilgan aholi yashash punktlarida issiqlik taʼminoti;
z) togʻ konlari va boyitish korxonalarini loyihalash va qurishda ishchi chizmalarni ishlab chiqish uchun.
4.5. Masshtabi 1:500 topografik planlarni qoʻllash maqsadlari:
a) qurilish uchastkasini ijroviy, bosh planini va yer osti kommunikatsiyalari zich joylashgan koʻp qavatli kapital imorat qurishni ishchi chizmalarini, sanoat korxonalarini vertikal tekislash loyihasini tuzish uchun, yer osti kommunikatsiyalari va inshootlar planini tuzish, bino va inshootlarni shaharni qurilgan hududlarida qurilish uchastkasiga bogʻlash;
b) toʻgʻonlar, sutka davomida tartibga keltiriladigan havzalar bosh uzeli, tenglashtirish shaxtlari, bosimli truboprovodlar, GES binolari, tonnellar portali, shaxtalarga kirish shtreklari (arkali va derevatsiyali GES).
4.6. Masshtabi 1:500 topografik sʼyomkalarni bajarish zaruriyati texnik loyiha (dastur)da asoslanish kerak.
4.7. Masshtablari 1:1000 va 1:500 topografik planlar yer osti kommunikatsiyalarini roʻyxatga olishni asosiy plani hisoblanadi va ularni planli va balandlik oʻrnini aniq tasvirlash bilan birga ularni texnik tavsiflarini ham koʻrsatishi kerak.
4.8. Masshtabi 1:200 topografik planlarni koʻllash maqsadlari:
a) sanoat korxonalari, turar joy va sotsial-madaniy ahamiyatidagi obyektlarni batafsil planirovkasi, qurish va qayta qurish loyihalarini tuzish uchun;
b) qurilish uchastkasi ijroviy bosh planini, zich joylashgan injenerlik kommunikatsiyali koʻp qavatli kapital qurilish ishchi chizmalarini tuzish uchun;
v) yer osti injenerlik kommunikatsiyalari loyihasini tuzish uchun;
g) yer osti injenerlik kommunikatsiyalari planlarini tuzish va shahar qurilgan hududida bino va inshootlarni qurilish uchastkasiga bogʻlash uchun.
4.9. Topografik planlar masshtabi 4.1 — 4.8 bandlarda va [3] 4.1. jadvalida koʻrsatilgan ularni vazifalariga qarab belgilanadi.
Bunda aholi yashash punktlarining topografik sʼyomkalari kartalashtiriladigan hududni tipiga qarab ikki xil masshtablarda bajarilishi koʻzda tutiladi:
a) 1:2000-1:500 masshtablar koʻp qavatli binolar quriladigan hudud yoki yirik shahar hududi (I tip);
b) 1:5000 — 1:1000 masshtablar bir qavatli binolar quriladigan hudud yoki qurilish bilan band boʻlmagan hudud (II tip).
4.10. Buyurtmachini qushimcha talabiga binoan topografik sʼyomkalar, 4.8 koʻrsatmalarini hisobga olmagan holda, boshqa masshtablarda ham bajarilishi mumkin, bu haqda texnik loyiha (loyiha)da koʻrsatib oʻtilishi lozim.
5. TOPOGRAFIK PLANLAR MAZMUNI.
5.1. Korxonalar, bino va inshootlarni loyihalashga moʻljallangan muhandislik-topografik planlar mazmuni 5-ilovada keltirilgan.
5.2. Yirik masshtabli topografik planlarda yetarli aniqlikda, ishonchli va batafsil darajada qoʻyidagilar koʻrsatiladi:
a) koordinatalar boʻyicha tushirilgan va joyda oʻrni mahkamlangan yoʻldosh geodezik tarmoqlari, triangulyatsiya, poligonometriya punktlari, nivelir belgilari va sʼyomka asosi punktlari. Bunda 1:5000 masshtabdagi topografik planlarda devoriy reper va markalar koʻrsatilmasligi mumkin;
b) turar joy va noturar joy binolar, ularni vazifasi, qurilgan materiali (yongʻinga chidamlilar uchun) va qavatlar sonini koʻrsatib; plan masshtabida tasvirlanadigan bino va inshootlar, ular konturi boʻyicha va sokoli gabaritlari boʻyicha; bunda binolarni boʻrtiq va ichiga kirgan joylari, agarda ular oʻlchamlari planda 0,5 mm va undan ortiq boʻlsa, koʻrsatiladi;
v) sanoat aholiyatidagi obyektlar — zavod, fabrika, elektr stansiyalari, shaxtalar karyerlar va boshqalar majmualari;
burgʻulash va foydalanuvchi quduqlar, neft va gaz vishkalari, sisternalar, yer usti truboprovodlar, yuqori va past kuchlanuvchi elektr uzatish chiziqlari, quduqlar va yer osti kommunikatsiyalari tarmoqlari;
kommunal xoʻjalik obyektlari, bunda:
masshtabi 1:5000 topografik planlarda (aholi yashash hududlaridan tashqari) truboprovodlardan faqat neft quvurlari, gaz quvurlari va vodoprovodlar albatta tasvirlanishi kerak;
masshtablari 1:2000 — 1:500 topografik planlarda yer osti truboprovodlari va yer sirtida yotqizilganlari koʻrsatiladi, agarda ularni tegishli masshtabdagi ijroviy sʼyomkasi boʻlsa yoki yer osti kommunikatsiyalarini sʼyomka qilishga maxsus koʻrsatma berilgan boʻlsa;
g) barcha turdagi temir, shosse va grunt yoʻllar va ulardagi inshootlar — koʻpriklar, tonnellar, kechiklar, yoʻl oʻtkazgich koʻpriklar va boshqalar;
d) gidrografiya-daryolar, qoʻllar, suv omborlari, suv bosgan maydonlar va boshqalar. Sohil chiziqlari sʼyomka bajarish vaqtidagi holati yoki yoz fasli holati boʻyicha tushiriladi;
e) gidrotexnik va suv transporti obyektlari — kanallar, ariqlar, suv eltgichlar va suv taqsimlovchi qurilmalar, toʻgʻonlar, pristanlar, prichallar, shlyuzlar, navigatsiya belgilari;
j) suv taʼminoti obyektlari — quduqlar, kolonkalar, rezervuarlar, tindirgichlar, tabiiy manbalar va boshqalar;
z) joy relyefi, gorizontallarni qoʻllab, relyef xarakterili nuqtalarining balandligi va jarlar, qoyalar, chuqurlar, sochilmalar, koʻchkilar, muzliklar va boshqalar shartli belgilari. Mikrorelyef shakllari joy xarakterli nuqtalari balandliklari boʻyicha yarim gorizontallar yoki qoʻshimcha gorizontallar bilan tasvirlanadi;
i) yogʻoch, buta va oʻt oʻsimliklar, madaniy oʻsimliklar (bogʻ, tokzor, oʻtloqlar va boshqalar), yakka daraxtlar va butalar. Masshtablari 1:1000 va 1:500 topografik planlarni yaratishda qoʻshimcha talablarga koʻra har bir daraxt planga asboblar bilan oʻlchash yordamida tushirilib uning turi shartli belgi bilan koʻrsatiladi (har bir daraxt sʼyomkasi);
k) gruntlar va yer sirtining mikroshakli: qumlar, toshqotishmalar, taqirlar, loyli, mayda toshli yaxlit toshli va boshqa sirtlar, botqoqlar va shoʻrxoklar;
l) chegaralar — siyosiy-maʼmuriy, yerdan foydalanish va qoʻriqxonalar, turli toʻsiqlar. Tumanlar va shahar yerlari chegaralari chegaralar burilish nuqtalarining koordinatalari boʻyicha yoki mavjud idoraviy kartografik materiallar boʻyicha tushiriladi.
Topografik planlarda aholi yashash punktlari, koʻchalar, temir yoʻl stansiyalari, pristanlar, oʻrmonlar, qumliklar, shoʻrxoklar, choʻqqilar, dovonlar, vodiylar, soyliklar, jarlar va boshqa geografik obyektlar nomlari joylashtirildi.
5.3. Topografik planlar mazmunini ishlab chiqish jarayonida va topografik planlarda nomlarni yozish shaklini belgilashda [8] matn qismidan va geografik nomlarni berish qoidalari va lugʻatlardan foydalanish zarur boʻladi.
6. TOPOGRAFIK-GEODEZIK ISHLARNI LOYIHALASH VA TOPOGRAFIK-GEODEZIK MATERIALLARNI YIGʻISH
6.1. Topografik planlarni yaratish boʻyicha ishlarni loyihalash natijasida loyihalanayotgan ishlarni bajarishni mazmuni, texnologiyasi, hajmi, smeta bahosi va texnik shartlarini aniqlovchi texnik loyiha (dastur) tuziladi.
Texnik loyiha (dastur) tuzishga texnik topshiriq asos boʻladi.
6.2. Texnik loyiha (dastur) tomonidan topografik planlarni yaratishdagi amaldagi yoʻriqnomalar talabini qondiradigan zarur ishlar majmuasini bajarish koʻzda tutiladi.
6.3. Topografik planlarni yaratish boʻyicha asosiy ishlar turini loyihalash obyektda ilgari bajarilgan ishlarni hisobga olib oldingi yillarda bajarilgan topografik-geodezik va aerofotosʼyomka ishlari materiallarini yigʻish va tahlil qilish asosida bajariladi.
6.4. Materiallarni yigʻish va tahlil qilish davomida qoʻyidagilar aniqlanadi:
a) ilgari bajarilgan ishlar materiallarini mavjudligi va bajarilgan yillari, ularning sifati va hozirgi kun talablariga javob berishi, yoʻriqnomalarga toʻgʻri kelishi;
b) foydalanishga yaroqli ishlar va ishlarni bajarishda foydalanib boʻlmaydiganlari.
Materiallarni yigʻish va tahlil qilishni yakuniy natijalarni boʻlib quyidagi hujjatlar hisoblanadi:
a) tushuntirish matni;
b) yagona koordinatalar va balandliklar sistemalarida tuzilgan geodezik punktlar koordinatalari va balandliklari koʻchirmalari;
v) oʻtgan ish yillaridagi geodezik punktlarni joylashish chizmasi;
g) ilgari bajarilgan topografik sʼyomkalarni karta chizmasi, unda sʼyomkani bajarish metodini, masshtabini, relyef kesimi balandligini, yilini va ijrochi tashkilot nomini koʻrsatib.
6.5. Obyektda ilgari bajarilgan topografik-geodezik va aerofotosʼyomka ishlari haqidagi maʼlumot va materiallar belgilangan tartibda davlat geodezik nazorat Inspeksiyasidan, Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish Davlat qoʻmitasining boshqarmalari (boʻlimlari)da va geodezik, topografik, kartografik va aerosʼyomka materiallariga ega tashkilot va muassasalardan olinishi mumkin.
6.6. Loyihalash jarayonida 4.9 band talablariga asosan topografik sʼyomkalar masshtablari belgilanadi.
6.7. Relyef kesimi balandligini tanlashda [3] ni 4.2 jadvali qoʻllanishi kerak.
6.8. Yirik masshtabli topografik sʼyomkalar uchun tayanch geodezik tarmoqlarni loyihalash [2], [3] va [11] larda belgilangan talabalarga asosan amalga oshiriladi.
6.9. Yirik masshtabli topografik sʼyomkalar uchun sʼyomka geodezik tarmoqlarni loyihalash [2], [3] va [12] da belgilangan talabalarga rioya qilib bajariladi.
6.10. Texnik loyihani (dasturni) matni, grafik va smeta qismlari [9] talabalariga muvofiq tuziladi.
6.11. Yirik masshtabli topografik sʼyomkalarni bajarish texnik loyihasi (dasturi)ni roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan tartibda davlat geodezik nazorat Inspeksiyasida bajariladi.
7. INJENERLIK KOMMUNIKATSIYALAR SYEMKASIGA UMUMIY TALABLAR
7.1. Suyuqlik va gazni tashish, energiya va maʼlumotlarni uzatishga moʻljallangan yer usti va yer osti chiziqli inshootlar injenerlik inshootlarga kiradi.
Injenerlik kommunikatsiyalar yirik masshtabli topografik planlar mazmunining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi.
Yer osti kommunikatsiyalarini sʼyomka qilishda [2], [3], [4] va tegishli SHNK talabalariga rioya qilish kerak.
7.2. Topografik planlarda yer usta va yer osti kommunikatsiyalarining elementlari [4] va [10] talablariga asosan tasvirlanishi kerak.
7.3. Injenerlik kommunikatsiyalar topografik planlarini qoʻshma yoki alohida yaratishga ruxsat etiladi.
7.4. Qoʻshma topografik planlarga injenerlik kommunikatsiyalari elementlari tushiriladi.
Qoʻshma topografik planlar, ularda tasvirlangan injenerlik kommunikatsiyalar elementlari va ular tavsiflari yaxshi oʻqilishi va yaqqol koʻrinishi taʼminlangan hollarda tuziladi.
7.5. Sʼyomka qilinadigan hududda qurilish konturlari va injenerlik kommunikatsiyalari zich boʻlganda alohida topografik planlar tuziladi.
Alohida topografik plan 1:500 masshtabdagi ahamiyati kam tafsilot va obyektlari tushirib qoldirilgan plan dublikatiga birdaniga barcha injenerlik kommunikatsiyalarni tushirib tuziladi.
Masshtabi 1:500 topografik plan dublikatlarida bir nechta varaqli alohida topografik planlar yaratishga yoʻl qoʻyiladi, ularni har birida bitta yoki bir nechta turdagi injenerlik kommunikatsiyalar tushirilishi mumkin.
7.6. Raqamli topografik planlar injenerlik kommunikatsiyalar elementlarini qatlam yoki bir nechta qatlamlar koʻrinishda uz ichiga olishi kerak (sʼyomka qilinadigan hudud tafsilotlarini zichligiga qarab).
7.7. Injenerlik kommunikatsiyalar topografik planlarini tuzishda asosiy kartografik material sifatida maydaroq masshtablardagi topografik karta va planlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7.8. Yer osti kommunikatsiyalari planlarini tuzishda boshlangʻich materiallar boʻlib qoʻyidagilar xizmat qiladi:
ijroviy sʼyomkalar materiallari;
joyda mavjud (oldin yotqizilgan) yer osti kommunikatsiyalari elementlarini topografik sʼyomkasi materiallari.
Injenerlik kommunikatsiyalari topografik planlarini tuzishda qoʻshimcha materiallar sifatida quyidagilardan foydalanishi mumkin:
yer osti va yer usti kommunikatsiyalari va ularni vazifalari roʻyxati;
injenerlik kommunikatsiyalari haqida ulardan foydalanayotgan tashkilotlar, sanoat korxonalari va muassasalar maʼlumotlari.
7.9. Yer osti kommunikatsiyalarini 1:500 masshtabda ochiq xandaqlarda ijroviy topografik sʼyomkalari qurilish jarayonida va uni tugatishda bajariladi.
7.10. Yer osti kommunikatsiyalari va ulardagi inshoatlar planli ijroviy sʼyomkasini bajarishda quyidagilar aniqlanadi:
a) qurilgan hududlarda — tayanch geodezik tarmoqlar va sʼyomka, geodezik tarmoqlari punktlaridan, hamda koordinatalari maʼlum yaqin joylashgan kapital bino va inshoatlar, kvartal burchaklaridan chiqish oʻlchashlar bilan (bu koordinatalar tayanch geodezik tarmoq punktlari va sʼyomka geodezik asosi nuqtalaridan qutbiy usulda aniqlanadi) oʻlchangan masofalar;
b) qurilmagan hududlarda — tayanch geodezik tarmoqlar punktlari va sʼyomka yoʻllari nuqtalaridan oʻlchangan masofalar.
7.11. Yer osti kommunikatsiyalarini ijroviy sʼyomkasini bajarish natijalari boʻyicha quyidagilar taqdim etiladi:
a) teodolit va nivelir yoʻllari chizmalari;
b) yer osti inshootlari sʼyomkasini abrisi;
v) nivelirlash va burchak oʻlchashlar jurnali;
g) koordinatalar va balandliklarni hisoblash vedomosti;
d) ijroviy chizma.
7.12. Topogorafik planlarga yer osti kommunikatsiyalari oldin bajarilgan ijroviy va topografik sʼyomkalar materiallari boʻyicha tushiriladi. Ijroviy sʼyomkalar materiallar va tuzilgan topografik planlar yoʻqolgan boʻlsa va ularni qayta tiklash talab qilinsa yer osti kommunikatsiyalari sʼyomkasi qaytadan bajariladi.
7.13. Yer osti kommunikatsiyalari sʼyomkasida boshlangʻich geodezik asos boʻlib tayanch geodezik tarmoqlar va sʼyomka asosi punktlari xizmat qiladi.
7.14. Yer osti kommunikatsiyalari sʼyomkasida boshlangʻich balandlik asos boʻlib davlat nivelir tarmoqlari va texnik nivelir tarmogʻi punktlari xizmat qiladi.
7.15. Yer osti kommunikatsiyalari elementlarini topografik planlarda sʼyomkasi asosan taxeometrik va teodolit sʼyomkalari usulida bajariladi.
7.16. Joyda mavjud yer osti kommunikatsiyalari sʼyomkasini bajarish dala ishlarini boshlashdan avval oldingi yillarda bajarilgan ishlar boʻyicha kartografik va boshqa materiallarni yigʻish va tahlil qilish amalga oshiriladi. Tahlil natijasida ulardan foydalanish imkoniyati va yer osti kommunikatsiyalari sʼyomkasining hajmi aniqlanadi.
7.17. Joyda mavjud yer osti kommunikatsiyalari sʼyomkasini bajarish boʻyicha ishlar tasdiqlangan texnik topshiriq va texnik loyiha (dastur) boʻlgandagina boshlanadi.
7.18. Joyda mavjud yer osti kommunikatsiyalarini reognossirovkasi (aholi yashash punktlari va sanoat korxonalari hududlarida) tayyorgarlik ishlari va joyda tarmoqlarni topishni oʻz ichiga oladi.
7.19. Ilgari yotqizilgan kommunikatsiyalar quduqlari orasidagi, hamda quduqsiz kommunikatsiyalar yoʻnalish chiziqlari oʻrnini aniqlash qidiruv asboblari — trassa qidirgichlar va quvur kabel qidirgichlar yordamida, bunga imkon boʻlmagan joylarda shurflar kavlash bilan bajariladi.
7.20. Qurilgan hududlarda qidiruv asboblari yordamda aniqlangan yer osti va yer usti kommunikatsiyalarining planli oʻrni sʼyomka asosi nuqtalari va mustahkam konturlardan chiziq kestirma, perpendikulyarlar, qutbiy, stvorlar usullarida aniqlanadi.
7.21. Yer osti kommunikatsiyalari oʻrnini 10 — 30 sm aniqlikda qidirib aniqlash uchun yer osti kommunikatsiyasini qidiruv asboblari yuqori sezgir: trassa qidirgichlar, quduq qidirgichlar va shularga oʻxshashlar qoʻllanadi.
7.22. Sʼyomka asosi nuqtalariga nisbatan yer osti va yer usti kommunikatsiyalari nuqtalari planli oʻrnini aniqlashni oʻrtacha xatosi topografik planda 0.7 mm dan oshmasligi kerak.
7.23. Nazorat oʻlchashlar natijalari boʻyicha injenerlik (yer osti va yer usti) kommunikatsiyalari nuqtalari bilan kapital bino va inshoatlar hamda joyni mustahkam konturlari nuqtalari orasidagi masofalar farqlari oʻrtacha qiymati quyidagilardan oshmasligi kerak (plan masshtabida, mm):
1:200 masshtab uchun 2,5 mm;
1:500 masshtab uchun 1,0 mm;
1:1000 masshtab uchun 0,8 mm;
1:2000 masshtab uchun 0,6 mm.
7.24. Amalda mavjud yer osti kommunikatsiyalarini sʼyomkasi va nivelirlashni bajarish natijasi boʻyicha quyidagilar taqdim etiladi:
a) yer osti kommunikatsiyalarini burchak oʻlchash va nivelirlash jurnallari;
b) yer osti kommunikatsiyalarini tekshirish va bogʻlash abrislari;
v) sʼyomka asosini (teodolit va nivelir yoʻllari) chizmasi;
g) kvartallar, bino — inshootlar, yer osti kommunikatsiyalari burilish burchaklari koordinatalarini hisoblash vedomostlari;
d) masshtablari 1:5000, 1:2000 planlardagi yer osti kommunikatsiyalarini joylashish chizmalari;
e) yer osti kommunikatsiyalari katalogi;
j) bajarilgan ishlar boʻyicha texnik hisobot yoki tushuntirish xati.
7.25. Yer osti kommunikatsiyalari topografik planlari raqamli topografik planlar koʻrinishida yoki chizma qogʻoz asosda tuzuvchining asl nusxasi sifatida rasmiylashtiriladi.
8. QOʻSHNI TOPOGRAFIK PLANLARNI RAMKALARI BOʻYICHA SVODKALAR
8.1. Topografik plan varagʻi mazmunining barcha elementlari unga chegaradosh varaqlarni xuddi shu elementlari bilan ramkalar boʻyicha svodkasi bajariladi, bunda bitta koordinatalar va balandliklar sistemalarida tuzilgan topografik planlar (qoʻshni varaqlardagi bir xil elementlar oʻzaro) tutashishi (toʻgʻri kelishi) kerak.
8.2. Topografik planlar qoʻshni varaqlari chegaralarida bajarilgan svodka toʻgʻriligi nazoratini brigadir (muharrir) amalga oshiradi.
8.3. Qurilmagan va siyrak qurilgan hududlarni 1:5000 va 1:2000 masshtablardagi konturlar topografik svodkasini bajarishdagi xatolik quyidagilardan oshmasligi kerak:
a) 1,0 mm — asosiy konturlar hisoblanuvchi chegaralar, temir, shosse va grunt yoʻllar, koʻchalar, sohil chiziqlari va boshqalar;
b) 1,5 mm — boshqa, yaxshi aniq emas konturlar.
Balandlik boʻyicha farq geodezik asosni yaqin joylashgan nuqtalariga nisbatan relyefni sʼyomka qilish yoʻl qoʻyarli oʻrtacha xatosini ikkilanganidan oshmasligi kerak. Qurilgan hududlarni 1:5000, 1:2000, 1:1000va 1:500 masshtablardagi va qurilmagan hududlarni 1:1000, 1:500 masshtablardagi sʼyomkalari uchun planli va balandlik oʻrinlaridagi barcha yoʻl qoʻyarli xatolar 1,5 marotaba kamayadi.
8.4. Konturlar chegaralari va gorizontallarni oʻzaro tutashmagani (toʻgʻri kelmagani) quyidagicha toʻgʻrilanadi:
a) qurilmagan hududlarda — har bir kontur chegaralaridagi farqni yarim qiymatiga surish yoʻli bilan;
b) qurilgan hududlarda — yaxshi aniq emas konturlar uchun yuqoridagi a) bandiga oʻxshash, aniq konturlar uchun (binolar, tramvay va temir yoʻllar, koʻpriklar, aloqa tarmoqlari va hokazolar) farq joy konturini oriyentirlash toʻgʻriligini hisobga olib va uni oʻlchangan oʻlchamlarini saqlab surish bilan toʻgʻrilanadi.
8.5. Svodka quyidagi tartibda bajariladi:
1) agarda farq yangi plan masshtabida 8.3. bandda koʻrsatilgan chegaralardan oshmasa toʻgʻrilash yangi asl nusxaga kiritiladi;
2) agarda farq chegaradan oshib ketsa qoʻshni plan chegarasi boʻylab asboblar yordamida nazorat oʻlchash bajariladi va yangi ish sifati, hamda imkoni boricha muvofiq kelmaslik sababi aniqlanadi.
Yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan farq aniqlansa yangi sʼyomkani qabul qilish tartibi haqidagi masala boʻlinma rahbariyati tomonidan nazorat natijasi va sʼyomka materiallari boʻyicha yechiladi.
Agarda yangi sʼyomkani sifatli deb qabul qilinsa sʼyomka plansheti chetlarida va formulyarlarda tegishli yozuvlar bajariladi, nazorat materiallari plan papkasida saqlanadi.
Topografik plan ramkasining hamma tomonlari boʻyicha muvofiqlashtirishni toʻgʻriligiga ijrochi javobgardir. Topografik planlarni svodkasi amalga oshirilgan ramkalari uni bajargan topograf va ishlarni bevosita rahbari tomonidan bajarilgan sanani koʻrsatib imzolanadi.
8.6. Shaharlarni topografik sʼyomkalarni bajarishda quyidagilarga eʼtibor berish kerak:
a) shaharni qurilgan qismida joylashgan plan varaqlarida avtomobil yoʻllari yoʻnalishlari yozilmaydi;
b) shaharsozlik chegara chiziqlari ichida qurilmagan katta uchastkalar mavjud boʻlib, shaharni alohida qurilgan qismlari oʻzaro uzoq boʻlib avtomobil yoʻllari bilan tutashgan boʻlsa shahar plani varaqalarida yoʻllar yoʻnalishi sʼyomka chegarasidan boshlab yoʻlni yaqin tugunigacha masofasini koʻrsatib yoziladi.
9. TOPOGRAFIK PLANLARNI TAHRIRLASH
9.1. Topografik sʼyomkalarni barcha bosqichlarida amalga oshirib boriladigan tahrirlash ishlarini maqsadi topografik planlar mazmunini ishonchliligini va toʻlaligini taʼminlash, obyektlar va ular nomlarini geografik toʻgʻri yozilishini, joyni tasvirlash yaqqolligini, hamda sʼyomka hududi planini barcha varaqlarida joy elementlarini bir xil koʻrsatilishini taʼminlashdan iborat.
9.2. Tahrirlash ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi;
1) sʼyomka bajariladigan hududni mavjud materiallari boʻyicha va bevosita joyda dastlabki oʻrganish, tuziladigan planlarda tasvirlanishi majburiy boʻlgan joyni xarakterli xususiyatlarini aniqlash;
2) katografik ahamiyatga ega materiallarni yigʻish va tahlil qilishni oʻz vaqtida taʼminlash, hamda dala ishlari hajmini kamaytirish va deshifrovkalash jarayonini osonlashtirish uchun ulardan foydalanish uslubini aniqlash;
3) deshifrovkalash va relyefni sʼyomkasi (namunalarni tuzish bilan birga)ni bajarish boʻyicha tahrir yozuvi yoki tahririy chizma koʻrinishda koʻrsatmalar ishlab chiqish;
4) topografik planlar mazmuni, shartli belgilarni qoʻllash, deshifrovkalash va relyefni tasvirlash masalalari boʻyicha ijrochilar bilan yoʻriqnoma oʻtkazish;
5) topografik planlarda joylashtiriladigan geografik nomlarni transkripsiyalashni tashkil qilish;
6) tugatilgan deshifrovkalash materiallari va topografik planlar asl nusxasini tahririy koʻrib chiqish; sʼyomka qilinadigan hududni murakkabligiga qarab bu ish toʻla hajmda yoki qisman bajarilishi mumkin.
9.3. Ishlar rahbarlarini (dala partiyalari boshligʻi, kameral ishlar brigadirlari va boshqalar) materiallarni qabul qilganlaridan soʻng planlarni yaratishni barcha bosqichlarida tahrirlash, korrektura olib borilishi lozim.
Tahririy koʻrib chiqish jarayonida planlarda joy elementlarini toʻgʻri tasvirlangani, dala deshifrovkalash materiallari va idoraviy materiallarni, joy obyektlari tavsiflarini aniqlashni, geografik nomlar yozilishini toʻlaligi va toʻgʻriligi, joyni bir tipli elementlari tasvirlarini kelishishini, balandliklar qiymati yozuvi, suv sathlari, shartli belgilar, qoʻshni ramkalar boʻyicha svodkalarni bajarish toʻgʻriligi tekshiriladi.
9.4. Tahririy koʻrib chiqish davomida topografik planlar alohida varaqlari mazmunini ish obyekti chegarasida oʻzaro bogʻlash uchun tahririy chizma tuziladi.
9.5. Tahririy chizmada qoʻyidagilar koʻrsatiladi:
a) nomlar yozuvlari, suv transporti qatnovi, suv oqimi yoʻnalishi va tezligi, suv sathi balandliklari koʻrsatilgan gidrografiya obyektlari;
b) aholi yashash punktlari, tuman hokimligini mavjudligi, temir yoʻl stansiyalari, pristanlar, asosiy koʻchalar nomlari;
v) temir yoʻllar, avtostradalar, shosse va yaxshilangan grunt yoʻllar, shartli belgilarda koʻzda tutilgan ular tavsiflari yozuvi bilan birga;
g) maʼmuriy va tumanlar chegaralari, shahar yerlari chegaralari;
d) tayanchlarda (stolbalarda) oʻtgan yuqori voltli elektr uzatish chiziqlari, ular balandligini;
e) geografik obyektlar nomlari (togʻ, choʻqqi va boshqalar).
1-ILOVA
TOPOGRAFIK PLANLARNI VARAQLARGA BOʻLINISHI
1:5000 — K-42-54-(164)
1:2000 — K-42-54-(164-j)
1-rasm. 1:5000 va 1:2000 masshtablardagi planlarni varaqlarga boʻlinishi
1-ilovaning davomi
2-rasm Ramka oʻlchamlari 40x40 sm toʻgʻriburchakli varaqlarga 1:5000 masshtab uchun va 50x50 sm 1:2000, 1:1000 va 1:500 masshtablar uchun boʻlinishi
4-V-II-16.
3-rasm. Masshtabi 1:200 planlarni varaqlarga boʻlinishi
2-ILOVA
TOPOGRAFIK PLAN FORMULYARI
3-ILOVA
TOPOGRAFIK SYEMKANI BAJARISH UCHUN TEXNIK LOYIHA
(DASTUR)
1. Umumiy maʼlumotlar:
ishlarni bajarish uchun asos;
loyihalanayotgan ishlar turi va hajmlari;
koordinatalar va balandliklar sistemalari;
ishlarning smeta bahosi;
ishlarni bajarish uchun normativ — texnik hujjatlar.
2. Topografik — geodezik oʻrganilganligi:
tayanch geodezik asos punktlari roʻyxati;
obyektlar nomi, tashkilot, ishlar bajarilgan yil.
3. Sʼyomka asosini yaratish (qurish):
planli asosni yaratish usuli;
qurish (yaratish) chizmasi;
boshlangʻich punktlar;
planli asosini qurish uchun texnik talablar;
balandlik sʼyomka asosini qurish usuli;
texnik talablar;
planli — balandlik asosni qurishda qoʻllanadigan asboblar;
oʻlchashlar natijalarini ishlab chiqish;
sʼyomka asosi nuqtalari koordinatalari va balandliklarini hisoblash.
4. Topografik sʼyomka:
gorizontal sʼyomka;
vertikal sʼyomka;
joriy oʻzgarishlar sʼyomkasi;
yer osti injenerlik kommunikatsiyalari sʼyomkasi;
planlarni tuzish.
5. Bajarilgan ishlarni topshirish va qabul qilish:
nazorat ishlarni koʻrib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etiladigan materiallar roʻyxati.
Dastur (texnik loyiha) ga ilovada quyidagilar beriladi:
1. Texnik topshiriq (buyurtmachi xati) nusxasi.
2. Topografik — geodezik oʻrganilganligi chizmasi.
3. Boshlangʻich punktlar va reperlar roʻyxati.
4. Smeta.
4-ILOVA
TOPOGRAFIK SYEMKA BOʻYICHA TEXNIK HISOBOT (DASTUR)
Ishlar dasturi buyurtmachi bilan kelishiladi va ishni bajaruvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
1. UMUMIY MAʼLUMOTLAR:
ishlar mazmuni va maqsadi, ishlarni bajarish uchun asos;
ishlarni bajaruvchilar (boʻlim, partiya boshligʻi, ijrochilar) haqida maʼlumotlar. Ishlarni bajarish vaqti (oy, yil);
ishlar uchastkasini maʼmuriy joylashgan oʻrni;
bajarilgan ishlar hajmi;
ishlar dasturidan cheklanish;
ishlarni bajarishda qoʻllanilgan normativ hujjatlar roʻyxati.
2. TOPOGRAFIK-GEODEZIK OʻRGANILGANLIGI. BOSHLANGʻICH MAʼLUMOTLAR:
planli va balandlik geodezik asosni qisqa tavsifi;
koordinatalar va balandliklar sistemalari;
boshlangʻich punktlar va reperlar roʻyxati;
oʻtgan yillarda bajarilgan sʼyomkalar haqida maʼlumotlar. Topografik oʻrganilganlik kartogrammasi;
yer osti injenerlik kommunikatsiyalari materiallarini yigʻish va tahlil qilish haqida maʼlumotlar.
3. SYEMKA ASOSI:
geodezik asos punktlarini tekshirib chiqish maʼlumotlari;
tekshirilgan punktlar va reperlar roʻyxati;
yoʻqotilgan punkt va reperlarga dalolatnoma;
markazlar chizmalari.
3.1. Planli asos:
planli sʼyomka tarmogʻini qurish usuli. Shakli, qurish, chizmasi tarmoq zichligi. Tarmoq nuqtalarini mahkamlash, markazlar chizmasi. Nuqtalarni oʻrnatish krokisi;
asboblar, tekshirish va sinashlari, asboblar yaroqliligi;
burchaklar va chiziqlarni oʻlchash usullari;
asosiy xatoliklar cheki va ularni taʼminlanishi.
Belgilangan talablar va xatolar belgilangan chekini buzilishi holatlari;
tenglash va koordinatalarni hisoblash;
planli tarmoq sifatining tavsifi;
planli sʼyomka tarmogʻining chizmasi;
sʼyomka asosi nuqtalarining koordinatalari va balandliklar katalogi;
binolar, inshootlar burchaklari va yer osti kommunikatsiyalari chiqish joylari va boshqalar koordinatalarini aniqlash hajmi va texnologiyasi:
asboblar koordinatalarni aniqlash xatosi (aniqligi);
nuqtalar koordinatalari va balandliklari (koordinatlashtirilgan nuqtalar) katalogi (roʻyxati);
koordinatlashtirilgan nuqtalar joylashuvining chizmasi.
3.2. Balandlik asos:
balandlik tarmogʻini qurish usuli. Qurish chizmasi, tarmoq zichligi;
asboblar, ularni tekshirishlari va tadqiqlari, asboblarni dala oʻlchashlariga yaroqliligi;
nuqtalarni mahkamlash, markazlar chizmalari;
ishlarni bajarish uslubi, xatolar asosiy cheklari va ularni taʼminlanishi. Belgilangan talablar va xatolar cheklarini buzish holatlari;
nivelirlash natijalarini tenglash va balandliklarni hisoblash;
balandlik asosni qurish sifatining tavsifi;
balandlik sʼyomka asosini chizmasi;
sʼyomka asosi nuqtalarining koordinatalar va balandliklar katalogi;
koordinatlashtirilgan nuqtalar (binolar sokoli, lyuk va hk) balandliklarini aniqlash;
balandliklarni aniqlash uchun asboblar, ishlar uslubi va aniqligi;
balandliklarni hisoblash, nazorat;
balandliklar katalogi (roʻyxati);
nuqtalar joylashuvi chizmasi.
4. MASSHTABI 1:200 TOPOGRAFIK SYEMKA
4.1. Qurilgan hududni gorizontal sʼyomkasi, gorizontal sʼyomkani usullari va yoʻli:
fasadlar, podyezdlar va kvartal ichi qurilishi sʼyomkasi;
alohida elementlarni koordinatalashtirish haqida maʼlumot, abrislarni olib borish va nazorat oʻlchashlarni bajarish;
asboblar, oʻlchash aniqligi, normativ hujjatlar talabini taʼminlash;
eski planlarda saqlanib qolgan joy elementlarini tasvirlash toʻlaligi va aniqligi haqida maʼlumotlar;
qurilish va boshqa obyektlar tavsifi, tushuntirish yozuvlari;
amaldagi Shartli belgilarda koʻzda tutilmagan joyni tasvirlashni alohida holatlari;
koordinatlarni hisoblash haqida maʼlumotlar (qutbiy, kestirmalar va boshqa usullarda), nazorat oʻlchashlarni farqi;
dala jurnallarini tekshirish va rasmiylashtirish.
4.2. Vertikal sʼyomka:
bajarish texnologiyasi, asboblar, boshlangʻich maʼlumotlar, xatolar cheki va ularni taʼminlash, 1 ga maydonda olinadigan piketlar soni. Piketlar balandligini topish aniqligi, nazorat. Relyef kesimi balandligi piketlar tavsifi;
suv sathi va tubi balandligini aniqlash;
jurnallarni tekshirish va rasmiylashtirish, piketlar balandligini hisoblash.
4.3. Joriy oʻzgarishlar sʼyomkasi:
tayanch geodezik va sʼyomka asosi holatlari haqida maʼlumot;
joriy oʻzgarishlarni sʼyomka qilish uchun boshlangʻich materiallar toʻlaligi va aniqligi haqida maʼlumotlar. Joy eski elementlari holatini tekshirishda nazorat operatsiyalari, eski va yangi oʻlchashlar farqlari qiymatlari. Vertikal sʼyomkani tekshirish. Balandliklarni (yoʻl polotnosi, koʻchalar, kommunikatsiyalar chiqish joylari, irrigatsiya tarmoqlari va h.k.) solishtirish;
asboblar, joriy oʻzgarishlar sʼyomkasini yoʻli, usuli, abrisni olib borish;
qurilish va boshqa obyektlarni tavsifi, tushuntirish yozuvlari;
amaldagi Shartli belgilarda koʻzda tutilmagan joy elementlarini tasvirlashni alohida holatlari;
vertikal sʼyomka, uni bajarishni asoslash;
balandliklarini aniqlash asboblari, usuli va aniqligi. Vertikal sʼyomka uchun boshlangʻich maʼlumotlar;
balandlik piketlari tavsifi;
suv sathi va tubi balandligini aniqlash;
nazorat operatsiyalari;
jurnallarni tekshirish va rasmiylashtirish, piketlar balandligini hisoblash.
4.4. Yer osti kommunikatsiyalari sʼyomkasi:
yer osti inshootlarini (kommunikatsiyalar chiqishi — quduqlar, kameralar, koverlar va boshqa) qidirib topish va tekshirish haqida maʼlumotlar. Yer osti kommunikatsiyalarini yer ustiga chiqish joylarini planli va balandlik sʼyomkasi;
asboblar, sʼyomkasi usuli va aniqligi. Nazorat operatsiyalari. Tekshirib chiqishda aniqlangan yer osti inshootlari maʼlumotlari va tavsifi (yotqizilganlar soni va boshqa);
quduqlar va kameralarda yotqizilganlarni planli va balandlik oʻrnini aniqlash usuli va aniqligi;
yer osti inshootlari eksplikatsiyasini tuzish, ularda mavjud maʼlumotlar toʻplami;
yer sirtiga chiqmagan yer osti inshootlarini qidirish va sʼyomka qilish;
asboblar va qurollar, usullari va aniqligi;
foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishish.
4.5. Topografik planlarni tuzish:
koordinatlar va balandliklar sistemalari haqida maʼlumotlar; planlarni varaqlarga boʻlish (oʻlchamlari, nomenklaturasi, asos tavsifi);
planlarni tuzish uslubi va texnologiyasi. Tuzishni nazorati va aniqligi. Balandlik piketlarini tushirish, relyefni chizish;
ramkalar boʻyicha svodka, plan korrekturasi, formulalarni toʻldirish;
yer osti muhandislik kommunikatsiyalari (EOMK) planlarini tuzish, foydalanuvchi tashkilotlardan arxiv materiallarini yigʻish;
yer osti kommunikatsiyalarini planga tushirish usullari, aniqligi;
kommunikatsiyalarni planlarda ular ahamiyatiga qarab tasvirlash, tushuntirish yozuvlari va ular tavsifi. EOMK yuzaga chiqishlarini tasvirlash (shartli belgilar, №№, balandligi);
ramkalar boʻyicha svodkalar, planlar korrekturasi, formulyarni toʻldirish;
yer usti va yer osti planlarni chizish, buyurtmachi uchun nusxa tayyorlash;
sʼyomka uchastkasini va topografik planlar ramkalarini joylashuvi kartogrammasi.
5. ISHLARNI NAZORAT VA QABUL QILISH:
ishlar turlari boʻyicha dala nazorati bajarilgani haqida maʼlumot (tekshiruvchi familiyasi va i.sh., dalolatnoma nomeri va sana);
kameral ishlarni nazorati haqida maʼlumot-karrektura, svodkalarni tekshirish (tekshiruvchilar familiyasi va i.sh.);
svodkalarni rasmiylashtirish.
6. XULOSA.
bajarilgan barcha ishlar sifati turlari va normativ hujjatlar talablariga javob berishi haqida xulosa;
ishlar natijalari boʻyicha tayyorlangan hujjatlar talablari boʻyicha tayyorlangan hujjatlar roʻyxati;
buyurtmachiga beriladigan hujjatlar.
Texnik hisobotga ilovalarda quyidagilar beriladi:
1. Bajarilgan ishlar hajmi.
2. Boshlangʻich punkt va reperlar roʻyxati.
3. Topografik oʻrganilganligi kartogrammasi.
4. Tekshirilgan punkt va reperlar roʻyxati.
5. Punktlar va reperlarni yoʻqolgani dalolatnomalari.
6. Oʻrnatilgan nuqtalar krokisi.
7. Planli tarmoq sifati tavsifi.
8. Planli sʼyomka tarmogʻi chizmasi.
9. Sʼyomka asosi nuqtalarining koordinatalari va balandliklari katalogi.
10. Koordinatalashtirilgan nuktalar koordinatalari va balandliklari roʻyxati.
11. Koordinatalashtirilgan nuqtalar joylashishi chizmasi.
12. Sʼyomka asosini sifat tavsifi.
13. Sʼyomka uchastkasini joylashishi va topografik planlar ramkalarining kartogrammasi.
5-ILOVA
KORXONA, BINO VA INSHOOTLARNI LOYIHALASH VA QURISH UCHUN MUHANDISLIK-TOPOGRAFIK PLANLAR MAZMUNIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Belgilar:
“-” muhandislik — topografik planlarda tasvirlanmaydigan maʼlumotlar;
“+” muhandislik — topografik planlarda tasvirlanishi zarur maʼlumotlar;
“*” buyurtmachini qoʻshimcha topshirigʻiga asosan muhandislik-topografik planlarda koʻrsatiladigan maʼlumotlar;
Izohlar:
1. Relyef kesimi balandligi 1 m va undan ortiq boʻlganda piket nuqtalar balandligi 0,01 m aniqlikda hisoblanib planda ham 0,01 m aniqlikda yozilishi kerak. Relyef kesimi balandligi 1 m dan kam boʻlganda piket nuqtalari balandligi 0,01 m aniqlikda hisoblanib planda ham shunday yozilishi kerak.
2. Masshtablari 1:5000-1:500 planlarni har bir detsimetr kvadrat maydonda joy xarakterli nuqtalardan eng kamida beshtasini balandligi yozilishi kerak.
3. ekologik xarakterga ega maxsus maʼlumotlar oʻz ichiga quyidagilarni oladi: azot dioksidi, azot oksidi va changlarni oʻziga oluvchi gazlangan chegaralar; yongʻin va portlash xavflari chegaralari; yemirilish, shoʻrlanish, shoʻrxoklanish va botqoqlanish uchastkalari; shamollar yoʻnalishi va yaqin aholi punktlari va temir yoʻl stansiyalarigacha masofalar; kimyoviy moddalar bilan zaharlangan uchastkalar chegaralari (neft, mazut, benzin, ogʻir metallar va boshqalar), hamda zaharli ximikatlar va ozuqalar tarqalgan chegaralar; ifloslovchi moddalar konsentratsiyasi koeffitsiyenti izoliniyalari; ifloslovchi moddalarni koʻchib oʻtish yoʻli va yigʻilishi ehtimoli; favqulodda ekologik holatlar va halokat zonalari; yer osti boyliklarini ishlab chiqishda va qurilishda shikastlangan oʻrmonlar va yerlar; tuproqlarni qurib ketish zonalari (tuproqlar degradatsiyasi), qishloq xoʻjalik ekinlarini shikastlanish chegaralari.
