Geodezik sʼyomka tarmoqlari (qurilish uchun muhandislik-geodeziya izlanishlarida sath-balandlik geodezik sʼyomka tarmoqlarini tuzish) qoidalar toʻplami (1.02.18-09-son)
01.01.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Instruksiya
Kirish
Qurilish uchun muhandislik — geodezik izlanishlar boʻyicha qoidalar toʻplami SHNQ 1.02.07-09 “Qurilish uchun muhandislik izlanishlari” ni majburiy nizomi va talablarini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqildi.
Ushbu qoidalar toʻplami normativ hujjat boʻlib muhandislik-geodezik izlanishlarni bajarish umumiy texnik talablari va qoidalarini, hududlarni oʻzlashtirish va foydalanishni tegishli bosqichlarida (korxona, bino va inshootlarni loyihalash, qurish, foydalanish va tugatish) bajariladigan izlanish ishlarini alohida turlari tarkibi va hajmini belgilaydi.
1. Qoʻllanilish doirasi
Ushbu qoidalar toʻplami qurilishni loyiha tayyorligini asoslash uchun muhandislik-geodezik izlanishlarni shaharsozlik hujjatlari bilan birga, hamda obyektlarni qurish, foydalanish, qayta qurish va tugatish davomida bajariladigan va barcha shakldagi mulk obyektlarini texnik xatlovi tizimini shakllantirishni taʼminlovchi muhandislik-geodezik izlanishlarni bajarishni umumiy texnik talablari va qoidalarini belgilaydi.
Ushbu qoidalar toʻplami muhandisli-geodezik izlanishlarni bajarish tarkibi, hajmi, metodlari va texnologiyasini belgilaydi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muhandislik izlanish sohasida faoliyat koʻrsatadigan huquqiy shaxslar tomonidan qoʻllanilishi belgilangan.
2. qoʻllanilgan NORMATIV hujjatlar
1. SHNQ 1.02.07-09 “Qurilish uchun muhandislik izlanishlari. Asosiy qoidalar”
2. SHNQ 3.01.03-09 “Qurilishda geodezik ishlar”
3. SHNQ 1.02.07-97 “Qurilish uchun muhandislik izlanishlari”
4. GKKINP 01-110-047 “Pravila zakladki sentrov i reperov na punktax geodezicheskoy i nivelirnoy setey Respubliki Uzbekistan” — Tashkent.; Uzgeodezkadastr, 2004g.
5. SP 11-104-97 “Injenerno-geodezicheskiye iziskaniya dlya stroitelstva” — Moskva.; 2001.
6. “Uslovnie znaki dlya topograficheskix planov masshtabov 1:5000, 1:2000, 1:1000, 1:500” (GUGK SSSR. — Nedra, 1989).
7. “Uslovnie znaki dlya topograficheskix planov masshtaba 1:500. Pravila nachertaniya” (Mosgorgeotrest. — M, 1978).
8. “Klassifikator topograficheskoy informatsii (Informatsiya, otobrajayemaya na kartax i planax masshtabov 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000, 1:10000)” GUGK SSSR. — M.: Nauka, 1986.
9. PR 50.2.002-94 “GSI. Poryadok osushestvleniya gosudarstvennogo metrologicheskogo nadzora za vipuskom, sostoyaniyem i primeneniyem sredstv izmereniy, attestovannimi metodikami vipolneniya izmereniy, etalonami i soblyudeniyem metrologicheskix pravil i norm”.
10. GKKINP 02-067-03 “Instruksiya po topograficheskoy syemke v masshtabax 1:5000, 1:2000, 1:1000 i 1:500”. — Tashkent:, 2003.
11. SHNQ 1.02.17-09 “Qurish uchun muhandislik-geodezik izlanishlarda tayanch geodezik tarmoqlarni qurish qoidalar toʻplami”povtor
12. SHNQ 1.02.18-09 “Qurilishda muhandislik-geodezik izlanishlar uchun planli balandlik geodezik tarmoqlarni qurish. Qoidalar toʻplami”
13. SHNQ 1.02.19-09 “Shaharsozlik faoliyati uchun maxsus yirik masshtabli topografik planlar. Qoidalar toʻplami”.
14. SHNQ 1.02.20-19. Masshtablari 1:5000, 1:2000, 1:1000, 1:500, 1:200 topografik sʼyomkalar. Qoidalar toʻplami”.
15. SHNQ 1.02.21-09. “Masshtablari 1:5000 / 1:200 topografik planlarni tuzish va koʻpaytirish. Qoidalar toʻplami”.
3. Umumiy xolatlar va talablar
3.1. Sʼyomka geodezik tarmogʻi topografik sʼyomkalarni va inshoot loyihalarini joyga koʻchirishda geodezik rejalash ishlarini bajarishni taʼminlaydigan zichlikkacha geodezik planli va balandlik asosni zichlash maqsadida quriladi. Sʼyomka asosi punktlarini zichligi va joylashuvi ushbu Qoidalar toʻplamiga rioya qilgan holda qabul qilingan ishlar texnologiyasidan kelib chiqib texnik loyihada belgilanadi.
3.2. Sʼyomka geodezik asosi geodezik tayanch tarmogʻini rivojlantirish yoki, mustaqil geodezik asos sifatida maydoni 1km2 gacha boʻlgan uchastkada quriladi.
Sʼyomka geodezik asosi planli asos sifatida sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari, teodolit yoʻllari, triangulyatsiya, toʻgʻri, teskari va kombinatsiyalashgan kestirmalar usullarida qurilishi mumkin.
Balandlik sʼyomka tarmogʻi geometrik yoki trigonometrik nivelirlash usullarida quriladi.
3.3. Agar maydoni 1 km2 gacha boʻlgan uchastkada yoki uni atrofidagi 5 km gacha masofada davlat geodezik tarmogʻining punktlari boʻlmasa mustaqil sʼyomka tarmogʻini koʻrishga ruxsat etiladi.
Mustaqil sʼyomka tarmoqlari magnit azimuti boʻyicha oriyentirlanadi.
Shahar, shaharcha va aholi yashash punktlarida topografik sʼyomkalarni bajarishda mustaqil sʼyomka tarmoqlarini qurish man etiladi.
3.4. Sʼyomka tarmoqlarining nuqtalari metall qoziqlar, trubkalar, yogʻoch ustunchalar va qoziqlar, hamda daraxt toʻnkasi yoki ustunlarga qoqilgan mixlar bilan vaqtinchalik mahkamlanadi.
Imoratlar qurilgan hududlarda sʼyomka tarmoqlarini doimiy nuqtalari boʻlib yer osti kommunikatsiyalari nazorat quduqlarining qopqogʻi markazi, kapital binolar burchaklari va boshqa aniq belgilangan predmetlar xizmat qiladi.
3.5. Masshtabi 1:5000 topografik sʼyomkalarni bajarishda har bir sʼyomka planshetida eng kamida uchta sʼyomka asosi punktlari joyda uzoq muddat saqlanadigan belgilar bilan, 1:2000 masshtabdagi topografik sʼyomkada esa ikkita nuqta, bunga davlat geodezik tarmogʻi va zichlash tarmogʻining punktlari ham kiradi, mahkamlanadi.
Sʼyomka nuqtalarini joyda yanada zichroq mahkamlash texnik topshiriq asosida texnik loyihada koʻzda tutiladi. Aholi yashash punktlari va sanoat maydonchalarida sʼyomka tarmoqlarining barcha nuqtalari va planli balandlik opoznaklar uzoq muddatli belgilar bilan mahkamlanadi.
Uzoq muddatli va vaqtinchalik mahkamlash belgilarining tiplari 1-ilovada keltirilgan.
3.6. Binolar qurilmagan hududlarda, qachonki sʼyomka tarmogʻi mustaqil geodezik asos boʻlsa, sʼyomka tarmogʻi nuqtalarining eng kamida beshdan bir qismi 157 yoki 158 tipdagi doimiy belgilar bilan mahkamlanishi kerak.
Doimiy belgi sifatida nazorat quduqlari qopqogʻining markazi, chegara belgilari va boshqa aniq belgilangan joydagi predmetlar foydalanishi mumkin.
3.7. Sʼyomka geodezik tarmogʻi punktlari (nuqtalari)ni tayanch geodezik punktlariga, shu jumladan planli tayanch punktlariga nisbatan planli oʻrnining chekli xatosi ochiq va imoratlar qurilgan hududlarda plan masshtabida 0,2 mm dan, yogʻoch va buta oʻsimliklari bilan qoplangan joylarda esa 0.3mm dan oshmasligi kerak.
3.8. Stereofotogrammetrik sʼyomka usulida geodezik asos nuqtalarining oʻrni tanlangan sʼyomka texnologiyasi, suratga olish balandligi va aerofotosʼyomka masshtabiga bogʻlik holda aniqlanadi.
3.9. Sʼyomka geodezik tarmoqlarini tenglash sodda usullarda bajariladi.
Osiq yoʻllarni hisoblash geodezik tayanch tarmoqlari punktlaridan amalga oshiriladi.
4. Sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari usulida sʼyomka geodezik tarmoqlarini qurish
4.1. Sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari usuli bilan sʼyomka geodezik tarmoqlarini rivojlantirishda 1, 2, 3 va 4 klass davlat geodezik tarmoqlari, sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmoqlari SYGT-0 va SYGT-1 punktlari, 1 va 2 razryad tayanch geodezik tarmoq punktlari, hamda barcha klasslardagi davlat nivelir tarmogʻini reperlari boshlangʻich asos sifatida foydalanadi.
4.2. Sʼyomka geodezik tarmoqlari nuqtalari planli koordinatalarini sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari usulida aniqlash uchun zarur boʻlgan boshlangʻich asos punktlarining soni “Qoidalar toʻplami. Tayanch geodezik tarmoqlar” 8.4 bandi bilan aniqlangan.
4.3. Sunʼiy yoʻldosh sʼyomka tarmoqlari nuqtalarining balandligi punktlar talablari asosida texnik yoki trigonometrik nivelirlashdan aniqlanadi.
4.4. Sʼyomka geodezik tarmoqlari nuqtalarining normal balandligini sunʼiy yoʻldosh geodezik priyomniklaridan foydalanib aniqlashga ruxsat etiladi, agarda ishlar obyektida sunʼiy yoʻldoshlardan signallarni oʻtishiga toʻsiqlar boʻlmasa. Sʼyomka geodezik tarmogʻi nuqtalari balandligini shahar, shaharchalar va qishloq aholi yashash punktlari hududida sunʼiy yoʻldoshlar geodezik priyomniklaridan foydalanib aniqlash man etiladi.
4.5. Sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari natijasida punktlarning geodezik balandligi aniqlanadi. Normal balandliklar esa xohlagan nivelirlash klassidan aniqlanadi.
Geodezik balandliklardan normal balandliklarga oʻtish (kvazigeoidning ellipsoid sirtidan balandligi) quyidagicha amalga oshiriladi:
ish obyekti tayanch geodezik tarmogʻi punktlarining geodezik va normal balandliklari farqlari qiymatlari boʻyicha, ularni aniqlash “Qoidalar toʻplami. Tayanch geodezik tarmoqlar” 8.6. bandining talablari asosida bajariladi;
- yoki har qanday klassdagi boshlangʻich nivelir tarmogʻi yaqin joylashgan reperning geodezik va normal balandliklari farqi qiymati boʻyicha, bunda boshlangʻich nivelir tarmogʻi reperlarining geodezik balandligi sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari usulida aniqlanishi kerak.
4.6. Sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari usulida sʼyomka geodezik tarmoqlari nuktalarining balandligini aniqlash uchun zarur boʻlgan boshlangʻich nivelir asosi punktlarining soni “Qoidalar toʻplami. Tayanch geodezik tarmoqlar” 8.7. bandida belgilangan.
4.7. Sʼyomka asosini sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari usulida rivojlantirishda topografik sʼyomkani loyihalanayotgan masshtabi va relyef kesimi balandligidan kelib chiqib ikkita usullardan birini tarmoq qurish usuli yoki osiq punktlarni aniqlash usulini qoʻllash kerak boʻladi.
4.8. Sʼyomka asosi nuqtalarini sunʼiy yoʻldosh orqali aniqlash quyidagi usullarda bajariladi:
- statik usul — bu usulda nuqtada koʻchma stansiya bilan davomiyligi 1 soatdan kam boʻlmagan kuzatish bitta qabulda bajariladi;
- tez statik usul — bunda nuqtada koʻchma stansiya bilan turib kuzatiladigan sunʼiy yoʻldoshlar sonidan kelib chiqib quyidagi 1-jadvalda keltirilgan davomiylikda bitta qabulda bajariladi;
- reokkupatsiya — bunda koʻchma stansiya bilan nuqtada turib kuzatishlar 2 ta qabulda bajariladi, har birini davomiyligi 10 minutdan kam emas; qabullar orasidagi vaqt 1 dan 4 soatgacha va qabullar faqat bitta priyomnikda bajarilishi kerak.
4.9. Topografik sʼyomkaning masshtabi va relyef kesimi balandligidan kelib chiqib sʼyomka asosini va sunʼiy yoʻldoshlar orqali rivojlantirish usulini tanlash 2-jadvaldagi talablar asosida bajariladi.
4.10. Sʼyomka asosini tarmoq qurish usulida rivojlantirish chizmasi va obyektdagi dala ishlari dasturi shunday tuzilishi kerakki, unda tarmoqning barcha tomonlari, sh.j. geodezik asos punktlariga tutashgan chiziqlar, bir-biriga bogʻlik boʻlmagan holda aniqlansin. Bunda sʼyomka asosini aniqlanadigan har bir punktidan 3 ta punktlargacha chiziqlar aniqlanishi kerak (3-ilova, 1-rasm).
4.11. Sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlarini 2 tadan ortiq priyomniklardan foydalanib 3 ta va undan ortiq punktlarda bajariladigan har bir seans uchun mustaqil aniqlanadigan chiziqlar sifatida shundaylarni tanlash zarurki, ularni tutash siniq chiziqlari tutash nuqtalarida oʻz-oʻzini kesishmasin va yopilmasin (3-ilova, 2-rasm).
4.12. Sʼyomka asosini osiq punktlar usulida qurishni loyihalash 3-ilova, 3-rasmni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
4.13. Sʼyomka geodezik tarmoqlarini sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari uchun loyihalanayotgan punktlari oʻrnini rekognossirovka bajarib tanlashda “Qoidalar toʻplami. Tayanch geodezik tarmoqlar” 8.12 bandi talablarini bajarish zarur.
4.14. Sʼyomka geodezik tarmogʻini rivojlantirishda sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari aniqligi quyidagi shartlarga rioya qilinganda taʼminlanadi:
a) kuzatiladigan sunʼiy yoʻldoshlar soni 4 tadan kam boʻlmasin;
b) DOP (Dilution of precusion) koordinatalarni topish aniqligini qiymat koʻrsatkichi butun oʻlchashlar davomida 7 dan oshmasin. Bunda “Qoidalar toʻplami. Tayanch geodezik tarmoqlar” 8.16 v), g), d) va e) bandlarida keltirilgan kuzatishlar sharti taʼminlanishi zarur.
4.15. Sʼyomka geodezik tarmoqlarini rivojlantirishga moʻljallangan priyomniklar “Qoidalar toʻplami. Tayanch geodezik tarmoqlar” 8.20 va 8.21 bandlarida koʻrsatilgan texnik talablarga javob berishi kerak.
4.16. Sʼyomka asosi punktlari uchun sunʼiy yoʻldoshlar guruhini bashoratlash “Qoidalar toʻplami. Tayanch geodezik tarmoqlar” 8.24 — 8.26 bandlari talablariga asosan amalga oshiriladi.
4.17. Sunʼiy yoʻldosh geodezik asboblarini ishga tayyorlash , sunʼiy yoʻldosh kuzatishlarini bajarish, yoʻldosh oʻlchashlar natijalarini qabul qilish va saqlash va ularni ishlab chiqish “Qoidalar toʻplami. Tayanch geodezik tarmoqlar” 8.29, 8.35 va 8.38 bandlar talablariga asosan bajariladi.
4.18. Sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlarini bajarish va natijalarni ishlab chiqish boʻyicha quyidagilar taqdim etiladi:
a) sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari chizmasi (aniqlanadigan vektorlar) boshlangʻich punktlar (reperlar) ni koʻrsatgan holda;
b) alohida vektorlarni ishlab chiqilgan natijalari;
v) vektorlarni WGS-84 koordinatalar sistemasidagi qiymatlari, vektorlarni tenglash natijalari aniqligini baholash bilan birga (koordinatalar farqini koʻrsatib ishlab chiqish bayonnomalarini qogʻozda chiqarilgani, hamda sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlarini oʻzaro farqlari boʻyicha hisoblangan chiziqlar uzunligini oʻrta kvadratik xatosi);
g) koordinatalarni WGS-84 koordinatalar sistemasidan talab qilingan koordinatalar sistemasiga oʻtkazib hisoblash parametrlari, uslubi va aniqligini baholash;
d) chiziqlar uzunligini solishtirish vedomostlari, olingan farqlarni baholash, ularni tahlili va baholash;
e) sʼyomka geodezik asosi nuqtalarining davlat va mahalliy sistemalardagi koordinatalari va balandliklari katalogi;
j) tushuntirish matni.
4.19. Tushuntirish matnining mazmuni 8.37 a), b), v) va g) punktlarining talablariga javob berishi kerak.
4.20. Sunʼiy yoʻldosh oʻlchashlari natijalarini ishlab chiqish sunʼiy yoʻldosh komplektiga kiruvchi IBM bilan qoʻshiluvchi EHM maxsus dasturlar paketidan foydalanib bajariladi.
5. Planli sʼyomka tarmoqlari
5.1. Sʼyomka asosini teodolit yoʻllarini oʻtkazib barpo etish
5.1.1. Teodolit yoʻllari topografik sʼyomkalarni bajarish uchun boshlangʻich punktlar orasida yakka yoʻl yoki tugun nuqtali yoʻllar tizimi koʻrinishida oʻtkaziladi. Boshlangʻich punktlar sifatida 1, 2, 3 va 4 klass davlat tarmogʻi punktlari, 1 va 2 razryad zichlash triangulyatsiya, poligonometriya va trilateratsiyasining punktlari xizmat qiladi.
5.1.2. Teodolit yoʻllarini chekli uzunligi va chiziqlardagi mutloq xatolar quyidagi 3-jadvalda berilgan qiymatlar boʻyicha qabul qilinadi.
Izoh: 1. Tugun nuktali yoʻllar tarmogʻini qurishda boshlangʻich punktlar va tugun nuqta orasidagi yoki tugun nuqtalar orasidagi yoʻllarni chekli uzunligi 0.7 koeffitsiyent bilan olinadi.
2. Amaldagi temir yoʻl stansiyalarida teodolit yoʻllarini chekli uzunligi stansiyaning plandagi shakliga (park uzunligi) asosida aniqlanadi.
3. Teodolit yoʻllari uzunligidagi chekli nisbiy xato, odatda, 1:2000 dan oshmasligi kerak, daraxt va butalar oʻsgan joyda va qazib tashlangan qurilish maydonchasida 1:1000 dan oshmasligi kerak.
5.1.3. Tomonlari soni 3 tadan oshmaydigan osiq yoʻllarni oʻtkazishga ruxsat etiladi. Bunda ularning uzunligi quyidagilardan oshmasligi kerak:
500 metr — 1:5000 masshtabli sʼyomka uchun;
300 metr — 1:2000 masshtabli sʼyomka uchun;
150 metr — 1:1000 masshtabli sʼyomka uchun.
Sʼyomka geodezik tarmoqlarni qutbiy usulda rivojlantirishda elektron taxeometrlar qoʻllansa qutbiy yoʻnalishlar uzunligini 1000 metrgacha olishga yoʻl qoʻyiladi.
Sʼyomka tarmoqlari nuqtalarini qutbiy usulda aniqlab osma yoʻllarni oʻtkazishda gorizontal qutbiy burchaklarni oʻlchash xatosi 15″ dan oshmasligi kerak.
5.1.4. Chiziqli inshootlarni qidirishda yoʻllardagi xatolarni yoʻl qoʻyarli cheki 4-jadvalga binoan olinadi.
Belgilar : n — yoʻldagi burchaklar soni, L — yoʻl uzunligi,km.
Izoh: Sʼyomka asosini qurish dasturida keyingi rejalash ishlarini taʼminlash maqsadida trassalash aniqligini oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
5.1.5. Teodolit yoʻllari tomonlarining uzunligi quyidagicha boʻlishi kerak:
350 metrdan oshmasligi;
20 metrdan kam boʻlmasligi, qurilgan hududlarda;
40 metrdan kam boʻlmasligi, qurilmagan hududlarda.
Katta uzunlikdagi tomonlar chiziqli inshootlarni izlanishidagi sʼyomka tarmoqlarida ruxsat etiladi. Kichik uzunlikdagi tomonlar texnik loyiha (dastur) ni asoslashda yoʻl qoʻyiladi.
Sʼyomka uchastkasidan tashqarida bogʻlash uchun quriladigan teodolit yoʻllarda tomonlar uzunligi svetodalnomer yoki elektron taxeometrlarda oʻlchansa, ular uzunligi chegaralanmaydi. Bunda yoʻldagi tomonlar soni quyidagilardan oshmasligi kerak:
1:5000 va 1:2000 masshtablardagi sʼyomkalarda ochiq joylarda 50, koʻrinish boʻlmagan joylarda — 100;
1:1000 masshtabdagi sʼyomkada ochiq joylarda — 40, koʻrinish boʻlmagan joylarda — 80;
1:500 masshtabdagi sʼyomkada — 20.
5.1.6. Bekat nuqtalarda burchak va chiziq oʻlchash ishlarini bir vaqtda bajarish tavsiya etiladi.
Kuzatish bekatlarida burchak va chiziqlar uzunligini oʻlchash natijalarini ishlab chiqish va saqlash imkonini beruvchi dastur taʼminotiga ega blok oʻrnatilgan elektron taxeometrlardan foydalanishda, ish kuni davomida bajarilgan oʻlchashlar natijasi yozilgan fayllarni, har kunli ish oxirida elektron taxeometrdan statsionar yoki koʻchma kompyuter qattiq diskiga va CD yoki DVD kafolat diskiga tashab (oʻtkazib) borish zarur.
5.1.7. Teodolit yoʻllari tomonlarida tomonlar uzunligini elektron taxeometr yoki svetodalnomer yordamida oʻlchash ikki qabul (priyom) da bir tomonga qarab bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bitta qabul deganda qaytargichga 2 marotaba qaratib har birida uchtadan aniq sanoqlar olish tushuniladi.
Tomonlar uzunligini optik dalnomer, poʻlat tasma yoki ruletkada oʻlchash toʻgʻri va teskari yoʻnalishlarda bajariladi, bunda toʻgʻri va teskari oʻlchashlar natijalarining farqi 1:2000 dan katta boʻlmasligi kerak.
5.1.8. Chiziq qiyaligiga tuzatma qiyalik burchagi 1.5° dan oshganda hisobga olinishi kerak.
Poʻlat tasma yoki ruletkalar bilan oʻlchangan chiziqlar uzunligiga harorat uchun tuzatma kiritiladi, agarda komporlashda va tomonlarni oʻlchash vaqtida havo haroratining farqi 8° dan oshsa.
Agarda oʻlchash qurolining uzunligi uni meʼyoriy uzunligidan 1:10000 dan ortiqqa farq qilsa, komporlash uchun tuzatma albatta kiritilishi shart.
5.1.9. Teodolit yoʻllarida burchaklarni oʻlchash elektron taxeometrlar yoki T5, T15 va T30 tipdagi teodolitlar yoki aniqligi ularga teng andozalari bilan toʻla qabulda, yarim qabullar orasida limbni 90° ga, bir tomonlama sanoq olinadigan teodolitlarda -5° ga yaqin qiymatga oʻzgartirib olib, oʻlchanadi.
Yarim qabullardagi burchak qiymatlari orasidagi farq 45″ dan oshmasligi kerak.
Teodolit yoʻllari yoki poligonlarida burchaklar xatosi quyidagidan oshmasligi kerak
bu yerda n — yoʻl (poligon) dagi burchaklar soni.
5.1.10. Sʼyomka asosi doimiy nuqtalari sifatida kapital binolar (inshootlar) va nazorat quduqlari qopqogʻi markazining koordinatalarini geodezik tayanch punktlar yoki sʼyomka geodezik asosi nuqtalaridan turib qutbiy usulda aniqlanishi kerak. Bunda tutash burchakni yarim qabullarda oʻlchangan qiymatlarining farqi (minut) quyidagidan oshmasligi kerak
Bu yerda L — aniqlanadigan nuqtagacha masofa (m), u oʻlchash qurolining uzunligidan (eng koʻpi bilan 50 metrdan ) oshmasligi kerak.
Sʼyomka geodezik tarmoqlarini qutbiy usulda rivojlantirishda elektron taxeometrlar qoʻllansa qutbiy yoʻnalish uzunligi 1000 metrgacha olinishiga yoʻl qoʻyiladi. Qutbiy burchaklarni oʻlchash aniqligi esa 15″ oshmasligi kerak.
Nazorat uchun aniqlanadigan nuqtalar orasi oʻlchab koʻrilishi kerak yoki geodezik tarmoqlarning boshqa nuqtalari (punktlari) dan qoʻshimcha burchaklar oʻlchanishi kerak.
5.2. Sʼyomka tarmoqlarini triangulyatsiya va kestirmalar usulida rivojlantirish
5.2.1. Sʼyomka tarmoqlari ochiq joylarda teodolit yoʻllari oʻrniga oddiy uchburchaklar tarmogʻi, uchburchaklar zanjiri yoki toʻgʻri, teskari yoki kombinatsiyali kestirmalar orqali aniqlanadigan alohida punktlar koʻrinishida rivojlantirilishi mumkin (2-ilovaga qaralsin).
Ikkitadan ortiq punktlarni oʻz ichiga oluvchi triangulyatsiya qurilmalari, ikkitadan kam boʻlmagan boshlangʻich tomonlarga tayanishi kerak.
Boshlangʻich tomonlar sifatida davlat geodezik tarmoqlarining tomonlari, 1 va 2 razryad triangulyatsiya, poligonometriya va trilateratsiya tomonlari, hamda eng kamida 1:5000 aniqlikda oʻlchangan maxsus bazis tomonlar xizmat qilishi mumkin.
5.2.2. Uchburchaklar zanjirini chekli uzunligi yoki uchburchaklar tizimi tayanadigan boshlangʻich punktlar orasidagi masofa 1:2000 aniqlikdagi teodolit yoʻlining tegishli masshtablar uchun belgilangan uzunligidan oshmasligi kerak (1-jadvalga qaralsin).
Boshlangʻich tomonlar (punktlar) orasida qurilmalar soni quyidagilardan oshmasligi lozim:
a) 1:5000 masshtabdagi sʼyomka uchun 20 ta uchburchak;
b) 1:2000 masshtabdagi sʼyomka uchun 17 ta uchburchak;
v) 1:1000 masshtabdagi sʼyomka uchun 15 ta uchburchak;
g) 1: 500 masshtabdagi sʼyomka uchun 10 ta uchburchak.
5.2.3. Uchburchaklar burchaklari 20°, tomonlari uzunligi 150 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Burchaklarni oʻlchash 4.1.7. bandga asosan aniqligi 30 sekunddan kam boʻlmagan teodolitlar bilan doiraviy qabullar usulida 2 ta qabulda, qabullar orasida limb doirasini 90° ga oʻzgartirib, amalga oshiriladi.
Nolga keltirilgan bir xil yoʻnalishlar qiymatining qabullar orasidagi farki 45″ dan oshmasligi kerak.
Uchburchaklardagi xatolar 1.5″ dan oshmasligi kerak. Punktda oʻlchangan yoʻnalishlarga, agarda chiziqli elementlar uzunligi tomonlar uzunligini 1:10000 hissasidan oʻtsa, markazlash va reduksiya uchun tuzatmalar kiritiladi.
5.2.4. Toʻgʻri kestirma usulida punktlar oʻrnini aniqlash geodezik tarmoqni eng kamida uchta punktidan amalga oshiriladi, bunda aniqlanadigan punktdagi yoʻnalishlar orasidagi burchak 30° kam va 150° dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Punktlarni teskari kestirma usulida aniqlash eng kamida 4 ta geodezik asos punktlari boʻyicha bajariladi, bunda aniqlanadigan punkt geodezik asos punktlarining xohlagan uchtasidan oʻtuvchi doira yonida joylashmasligi kerak. Kombinatsiyalangan kestirmada punkt oʻrni toʻgʻri va teskari kestirmalardan eng kamida 3 ta geodezik asos punktlarini qoʻshib aniqlanadi.
6. Sʼyomkaning balandlik asosi
6.1.Umumiy maʼlumotlar
6.1.1. Sʼyomka asosi punktlarining balandligini aniqlash uchun texnik geometrik nivelirlash tarmogʻi quriladi.
6.1.2. Relyef kesimi balandligi 2 va 5 m boʻlgan topografik sʼyomkalarni (hamda relyef kesimi balandligi 1 m olingan tepalik joylar sʼyomkasi) sʼyomka geodezik tarmogʻi nuqtalari balandligini aniqlash uchun geometrik nivelirlash trigonometrik nivelirlash bilan almashtirilishi mumkin.
6.2. Texnik nivelirlash
6.2.1. Texnik nivelirlash yoʻllari ikkita boshlangʻich reperlar orasida yakka yoʻl yoki bitta yoki bir nechta tugun nuqtali yoʻllar tarmogʻi koʻrinishida oʻtkaziladi.
Bitta reperga ikkala uchlari bilan bogʻlangan yopiq poligon shaklidagi yoʻllar juda kam holatlarda ruxsat etiladi .
Texnik nivelirlash tarmogʻiga IV sinf nivelirlash tarmogʻiga qoʻshilmagan zichlash planli tarmoqlarning (triangulyatsiya va poligonometriya ) punktlari qoʻshilishi zarur.
6.2.2. Texnik nivelirlash yoʻllarining uzunligi topografik sʼyomkani relyef kesimi balandligidan kelib chiqib aniqlanadi. Yoʻllarning chekli uzunligi 5-jadvalda beriladi.
6.2.3. Texnik nivelirlashni bajarish uchun trubasining kattalashtirishi 20x dan kichik va adilak boʻlak qiymati 2 mm ga 45″ katta boʻlmagan nivelirlar ishlatiladi.
6.2.4. Nivelirlash bir tomonga qarab bajariladi. Sanoqlar bashmoq, temir qoziq yoki yerga qoqilgan qoziqda tik oʻrnatilgan nivelir reykasidan oʻrta ip boʻyicha olinadi. Nivelirlashda bekatda bajariladigan ishlar tartibi quyidagicha:
1) orqadagi reykani qora va qizil tomonlari boʻyicha sanoqlar;
2) oldingi reykani qora va qizil tomonlari boʻyicha sanoqlar. Reykalarni qora va qizil tomonlari boʻyicha nisbiy balandliklarni bekatdagi farqi 5mm dan oshmasligi kerak.
6.2.5. Nivelirdan orqadagi va oldingi reykalargacha masofalar trubani dalnomer iplari boʻyicha aniqlanadi. Vizirlash nurining normadagi uzunligi 120 m. Koʻrish uchun yaxshi sharoitda va tasvirni ustuvor boʻlganida vizirlash nurini 200 m gacha olish mumkin.
6.2.6.
6.2.7. Texnik nivelirlash jarayonida birdaniga joyni ayrim xarakterli nuqtalari, balandlik boʻyicha turgʻun obyektlari: quduqlar qopqogʻi, oʻtish joylarida temir yoʻl relsi usti, yoʻllar yoqalab piketaj stolblari, katta xarsang toshlar va boshqalar nivelirlab boriladi. Koʻrsatilgan nuqtalarning balandligi, ularni yoʻlga qoʻyib olinganda, oraliq nuqtalari balandligiga oʻxshash hisoblanadi. Har bir bunday oraliq nukta joyda belgilab qoʻyiladi yoki yaqin oriyentirlardan oʻlchangan masofalar boʻyicha abrisi tuziladi. Ayniqsa suvlar sathini aniqlashga katta eʼtibor berish kerak.
6.3. Trigonometrik nivelirlash
6.3.1. Trigonometrik nivelirlash uchun boshlangʻich boʻlib balandliklari geometrik nivelirlashdan aniqlangan barcha sinf va razryadlardagi triangulyatsiya va poligonometriya punktlari xizmat qiladi. Boshlangʻich punktlar koʻpi bilan har 5 ta tomon oralab joylashishi kerak.
Koʻrinish yaxshi sharoitida va oʻlchash uchun elektron taxeometrlar yoki T1 va T2 tipdagi teodolitlar ishlatilganda togʻli hududlarda boshlangʻich punktlar orasidagi tomonlar soni 1,5 marotaba oshirilishi mumkin.
Togʻli hududlarda boshlangʻich punktlar boʻlib balandliklari trigonometrik nivelirlashdan aniqlangan triangulyatsiya va poligonometriya punktlari xizmat qilishi mumkin.
6.3.2. Trigonometrik nivelirlashda balandligi geometrik nivelirlashdan aniqlanmaydigan hamma punktlarga qarab vertikal burchaklar birdaniga gorizontal burchaklarni oʻlchashdagi asboblar bilan toʻgʻri va teskari yoʻnalishlarda oʻlchanadi.
Oʻlchashlar vertikal doirani ikki holatida uchta qabulda oʻlchanadi.
Oʻlchashlar uchun vizirlash moʻljallarining tasviri aniq va ustuvor boʻlgan vaqtlar, bundan quyosh chiqishi va botishiga yaqin vaqt (2 soat chegarasida) mustasno, foydalanadi.
6.3.3. Vertikal burchaklar va nol oʻrnini alohida qabullarda aniqlangan qiymatlari farqi 15″ dan oshmasligi kerak.
6.3.4. Bitta tomonni toʻgʻri va teskari yoʻnalishlardagi nisbiy balandligi qiymatlari orasidagi farqi har 100 m masofa uchun 4 sm dan oshmasligi kerak.
6.3.5.
n — yoʻl (poligon) tomonlarining soni.
Alohida holatlarda trigonometrik nivelirlash aniqligiga yuqoriroq talablar qoʻyilishi mumkin; bunda ishlar uslubi alohida hisoblash asosida aniqlanadi.
6.3.6. Vizirlash nishonining uchi balandligi va punkt belgisidan asbob gorizontal oʻqigacha balandlik 1 sm aniqlikda oʻlchanadi.
Ilovalar 1-ILOVA
Sʼyomka tarmoqlarini uzoq muddatga va vaqtincha mahkamlash belgilari tiplari
Sʼyomka tarmoqlarini uzoq muddatga mahkamlash belgilari tiplari
Oʻlchamlar sm da berilgan
Sʼyomka tarmoqlarini vaqtincha mahkamlash belgilari tiplari (planli va balandlik)
Oʻlchamlar sm da berilgan
2-ILOVA (tavsiya etiladigan)
Sʼyomka tarmogʻi nuqtalarini aniqlashning namunaviy chizmalari
Qutbiy usul
14-rasm
Kestirmalar
a — toʻgʻri; b — teskari; v — kombinatsiyalashgan
20-rasm
Ikkita punktlar orasidagi uchburchaklar zanjiri
Shartli belgilar:
3-ILOVA
Sʼyomka asosini rivojlantirish chizmalari misoli
1-rasm. Tarmoq qurish usulida sʼyomka asosini rivojlantirish chizmasi
2-rasm. 4-ta punktlarda bajariladigan seanslardan 1-2, 2-3, 3-4 chiziqlarni erkin aniqlash chizmasi
Izoh:
1. 1-2, 2-3, 3-4 chiziqlardan tashkil topgan siniq chiziq tutashgan nuqtalarida oʻz-oʻzini kesishmaydi va yopilmaydi.
1-3, 1-4, 2-4 chiziqlarni erkin aniqlash uchun shu punktlarda yana bitta seans bajarish kerak. Bu holda ushbu chiziqlarni tutashib hosil qilgan siniq chizigʻi tutash nuqtalarida oʻz-oʻzini kesib oʻtmaydi va yopilmaydi.
3-rasm. Osiq punktlarni aniqlash usulida sʼyomka asosini rivojlantirish chizmasi
4-ILOVA
Osmon sferasida sunʼiy yoʻldoshlarni koʻrinadigan oʻrinlari va harakatlanish trayektoriyasining diagrammasi misollari
(№№ 7, 8, 12, 16 yoʻldoshlar uchun)
21-rasm
5-ILOVA (tavsiya etiladigan)
Sʼyomka asosini rivojlantirish boʻyicha dala ishlarining ishchi dasturini rasmiylashtirish misoli.
Relyef kesimi balandligi 0,5 metr 1:500 masshtabdagi sʼyomka uchun planli geodezik asosni rivojlantirish boʻyicha dala ishlarining
ishchi dasturi
Obyekt: Toshkent shahar, Hamza tumani.
Apparatura: “Zemlemer L1” priyomniklari
№ 1 priyomnik — kontroller CR-33 №46875. datchik SR-61№ 055;
№ 1 priyomnik — kontroller CR-33 №36945. datchik SR-61№ 034;
№ 1 priyomnik — kontroller CR-33 №54874. datchik SR-61№ 037;
EHM uchun dastur taʼminoti: “Zemlemer L1” priyomnigi komplektiga kiruvchi BL — LI dastur paketi.
Qabul davomiyligi va roʻyxatga tushirish intervali
Obyekt punktlarida ishlarni bajarish tartibi, usullari, vaqti
6-ILOVA (tavsiya etiladigan)
Masshtabi 1:200 topografik sʼyomkani, sʼyomka geodezik asosini qurish xususiyatlari
1. Umumiy talablar
1.1. Masshtabi 1:200 sʼyomkani bajarish uchun sʼyomka geodezik asosi tayanch geodezik tarmoqni rivojlantiruvchi yoki mustaqil geodezik asos sifatida quriladi, u teodolit yoʻllari va texnik nivelirlash yoʻllaridan tashkil topadi.
1.2. Sʼyomka asosi nuqtalari odatda vaqtinchalik belgilar: metall qoziqlar, kostillar va trubalar, yogʻoch qoziqlar bilan mahkamlanadi. Qurilgan hududlarda sʼyomka tarmogʻini doimiy nuqtalari sifatida yer osti kommunikatsiyalari nazorat quduqlarining qopqogʻi markazi, kapital bino yoki inshootlar burchaklari va boshqa aniq belgilangan joy predmetlari foydalanadi.
1.3. Sʼyomka tarmogʻi mustaqil geodezik asos boʻlgan hollarda sʼyomka tarmogʻi nuqtalarining beshdan bir qismidan kam boʻlmagan nuqtalari doimiy belgilar (6 gr, 143, 145) imkoni boricha devoriy belgilar bilan mahkamlanadi. Ayniqsa planli tayanch geodezik tarmoqlar punktlaridan koordinatalar yoki direksion burchaklar uzatilgan nuqtalar doimiy mahkamlanishi shart.
1.4. Qurilgan hududlarda 1:200 masshtabda topografik sʼyomkani bajarish uchun sʼyomka asosi nuqtalarining soni rekognossirovkadan aniqlanadi.
2. Teodolit yoʻllarini oʻtkazib 1:200 masshtabdagi topografik sʼyomkani planli sʼyomka asosini qurish
2.1. Teodolit yoʻllari tayanch geodezik tarmoq punktlari orasida yakka yoʻllar yoki tugun nuqtali yoʻllar tizimi koʻrinishida oʻtkaziladi.
2.2. Teodolit yoʻlining chekli uzunligi 1:200 masshtabdagi topografik sʼyomka uchun sʼyomka asosini qurishda 0,5 km dan oshmasligi, mutloq xatosi esa 10 sm dan oshmasligi kerak.
Boshlangʻich punkt va tugun nukta orasidagi teodolit yoʻlining uzunligi 0,3 km, tugun nuktalar orasida esa 0,2 km dan oshmasligi kerak.
2.3. Elektron dalnomerlar, ular yoʻqligida — svetodalnomerlar teodolit yoʻli tomonlari uzunligini oʻlchashda foydalansa, yoʻllar uzunligini 1,3 marotaba oshirishga ruxsat etiladi.
2.4. Qurilgan hududlarda uzunligi 100 m gacha tomonlar soni 4 tadan oshmaydigan va qurilmagan hududlarda uzunligi 150 m gacha tomonlar soni 3 tadan ortiq boʻlmagan osiq teodolit yoʻllarini oʻtkazishga ruxsat etiladi. Bunda tomonlar uzunligi toʻgʻri va teskari yoʻnalishlarda oʻlchanadi.
2.5. Teodolit yoʻllarida chiziqlar uzunligi qurilgan hududlarda 350 m dan oshmasligi va 20m dan kam boʻlmasligi va qurilmagan (ochiq) joylarda 40 m dan kam boʻlmasligi kerak. Teodolit yoʻllarida tomonlar uzunligini oshirish yoki kamaytirish ishlar dasturida asoslanishi kerak.
2.6. Chiziqlar uzunligini elektron taxeometr yoki svetodalnomerda oʻlchashni bir tomonga qarab bajarilishiga (osiq yoʻllar bundan mustasno) ruxsat etiladi.
2.7. Chiziq qiyaligiga tuzatmalar ogʻish burchagi 10 dan ortiq boʻlganda kiritilishi kerak.
2.8. Teodolit yoʻllarida gorizontal burchaklarni oʻlchash elektron taxeometrlarda, ular boʻlmasa — T5, T15 va T30 tipdagi teodolitlarda bitta qabulda, yarim qabullar orasida ikki tomonlama sanoq olish sistemali teodolitlarda limbni 900 ga yaqin qiymatga oʻzgartirib, bir tomonlama sanoq olish sistemali teodolitlarda esa — 50 ga oʻzgartirib, amalga oshiriladi. Yarim qabullardagi burchak qiymatlari orasidagi farq 45″ dan oshmasligi kerak.
2.9. Teodolit yoʻllari va poligonlaridagi burchaklar xatolari quyidagidan oshmasligi kerak
Bu yerda n — yoʻl yoki poligondagi burchaklar soni.
2.10. Sʼyomka asosini doimiy nuqtalari sifatida kapital binolar (inshootlar) va nazorat quduqlari qopqogʻi markazining koordinatalarini aniqlash geodezik tayanch punktlar yoki sʼyomka geodezik asosi nuqtalaridan turib qutbiy usulda aniqlanishi kerak. Bunda tutash burchakni yarim qabullarda oʻlchangan qiymatlarining farqi (minutda) quyidagidan oshmasligi kerak
bu yerda L — aniqlanadigan nuqtagacha masofa, u oʻlchash asbobi uzunligidan ortiq boʻlmasligi kerak (50 metr)
2.11. Elektron taxeometr yoki svetodalnomer bilan oʻlchanadigan qutbiy yoʻnalishlar uzunligining chekli qiymati ishlar dasturida belgilanishi kerak.
Nazorat uchun aniqlanadigan nuqtalar orasidagi masofalar yoki geodezik asos boshqa punktlari (nuqtalari)dan qoʻshimcha burchaklar oʻlchanishi kerak.
2.12. Sʼyomka asosi nuktalarining balandligi texnik nivelirlashdan aniqlanadi.
3. Texnik nivelirlash yordamida 1:200 masshtabdagi topografik sʼyomkani balandlik sʼyomka asosini qurish.
3.1. Masshtabi 1:200 topografik sʼyomkani bajarishda texnik nivelirlash yoʻllari I-IV sinf nivelirlash markazlari orasida yakka yoʻl yoki yoʻllar tizimi (poligonlar) koʻrinishida oʻtkaziladi.
Kam holatlarda toʻgʻri va teskari yoʻnalishlarda nivelirlanadigan “osma” yoʻllar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
3.2. Relyef kesimi balandligi 0,25 m boʻlgan 1:200 masshtabdagi topografik sʼyomkalarni bajarishda texnik nivelirlash yoʻllarini chekli uzunligi quyidagilarcha boʻlishi mumkin:
- boshlangʻich punktlar orasida — 2km;
- boshlangʻich punkt va tugun nuqta orasida — 1,5 km;
- tugun nuqtalar orasida — 1,0 km.
3.3. Masshtabi 1:200 topografik sʼyomka balandlik sʼyomka asosini qurishda texnik nivelirlash silindrik adilagi truba yonida joylashgan texnik nivelirlar, kompensatorli yoki raqamli nivelirlar yordamida bajariladi. Bunda santimetr boʻlakli ikki tomonlama 3 metrli shashkali reykalar qoʻllanadi. Raqamli nivelirlar foydalanganda kodli reykalar ishlatiladi.
3.4. Texnik nivelirlashni bajarishda quyidagi talablar va cheklovlarga rioya qilinishi kerak:
- nivelirdan reykalargacha masofalar mumkin qadar teng boʻlishi va 150 metrdan oshmasligi kerak;
- nivelirlash bekatida reykalarni qora va qizil tomonlari boʻyicha olingan nisbiy balandlik qiymatlarining farqi 5 mm dan oshmasligi kerak;
- yoʻl yoki poligondagi nivelirlash xatosi
4. Masshtabi 1:200 topografik sʼyomkani bajarishda sʼyomka asosini tenglash haqida maʼlumot
4.1. Masshtabi 1:200 topografik sʼyomkada, sʼyomka tarmoqlarini tenglash sodda usullarda yaʼni 2-bosqichli yoʻllardan tashkil topgan tarmoqni tenglash usulida bajariladi.
Osma yoʻllarni tayanch geodezik tarmoq yoki teodolit yoʻli punktlaridan hisoblashga ruxsat etiladi.
4.2. Teodolit yoʻllarida burchaklar qiymatini 0,1', koordinatalarni esa — 0,01 m gacha hisoblash zarur. Texnik nivelirlash yoʻllaridagi nuqtalar balandligi 0,001m gacha hisoblanadi.
4.3. Sʼyomka tarmogʻini qurish bilan bogʻliq ishlar yakunlangandan keyin quyidagi materiallar taqdim etilishi kerak:
- boshlangʻich geodezik punktlarni tekshirib chiqish vedomosti;
- sʼyomka tarmoqlari chizmasi, doimiy belgi bilan mahkamlangan nuqtalar, hamda sʼyomka asosini doimiy nuqtalarining abrislari;
- burchaklar va tomonlarni oʻlchash jurnallari, hamda texnik nivelirlash jurnallari;
- oʻlchash asboblarini komporlash materiallari;
- sʼyomka asosini tenglash va nuqtalar koordinatalari va balandliklarini hisoblash vedomostlari;
- doimiy mahkamlangan sʼyomka asosi nuqtalari saqlanishini nazorat qilish uchun topshirilgani haqida dalolatnoma.
