2026-2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (275-son)
25.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasiga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini hamda atrof-muhitning ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mazkur qaror hamda Dasturda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi):
vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish boʻyicha faoliyati muvofiqlashtirilishini;
atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar umumlashtirilishi va chuqur tahlil qilinishini, shuningdek, har yili atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisida byulleten va har uch yilda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza nashr etilishini;
atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda atrof-muhit monitoringini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan oʻzaro hamkorlik rivojlanishini;
har yili Dastur doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning natijalari toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumot aholiga yetkazilishini va jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilishini;
Dastur tadbirlari ijrosi haqida yarim yillik va yil yakunlari boʻyicha umumlashtirilgan hisobot Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini taʼminlasin.
4. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari atrof tabiiy muhit davlat monitoringi natijalarini avtomatik uzatish uchun 2026-yil 1-iyulga qadar idoraviy elektron axborot maʼlumotlar bazasini Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining axborot tizimlariga integratsiya qilish ishlarini yakunlasin.
5. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tumanlarda (shaharlarda) oʻrnatiladigan avtomatlashgan kichik stansiyalar Ekologiya qoʻmitasining axborot tizimlariga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 25-may,
275-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-maydagi 275-son qaroriga 1-ILOVA
2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi
DASTURI
2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturiga 1-ILOVA
Suv sifati monitoringini yuritish uchun oqova suvlarni qabul qiluvchi suv havzalarining
ROʻYXATI
2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturiga 2-ILOVA
Quyqa toʻplagichlar joylashgan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi obyektlarining
ROʻYXATI
2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturiga 3-ILOVA
Xomashyo chiqindixonalari joylashgan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi obyektlari
ROʻYXATI
2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturiga 4-ILOVA
Sanoat chiqindilari joylashgan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi obyektlari
ROʻYXATI
2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturiga 5-ILOVA
Zaharli moddalarni koʻmish qabristonlari joylashgan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi obyektlari
ROʻYXATI
2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturiga 6-ILOVA
Qattiq maishiy chiqindilar toʻplanadigan hududlarda tuproqni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi obyektlarining
ROʻYXATI
2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturiga 7-ILOVA
Suvning gidrokimyoviy koʻrsatkichlari monitoringini yuritish uchun koʻllar tizimi va suv omborlari
ROʻYXATI
2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturiga 8-ILOVA
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi monitoringi yuritiladigan davlat oʻrmon xoʻjaliklari va oʻrmon-ov xoʻjaliklari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 25-maydagi 275-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 343-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 25-iyuldagi 404-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Zarafshon” milliy tabiat bogʻini Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2022-yil 10-avgustdagi 442-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2024-yil 13-yanvardagi 26-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
