Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3119-6-son)
25.05.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRLIGINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3119-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining 2018-yil 29-dekabrdagi 78-q/q, 13/qq, 32-q/q, 162-son qarori (roʻyxat raqami 3119, 2019-yil 11-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2019-y., 10/19/3119/2469-son) bilan tasdiqlangan Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu qarorga ilovaning 2-bandi “b” kichik bandi 2027-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-may,
26-q/q-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-may,
360-son
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2026-yil 30-aprel,
17-2026-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 6-maydagi 26-q/q-son, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2026-yil 30-apreldagi 17-2026-q/q-son va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 5-maydagi 360-son qaroriga ILOVA
Akademik litsey va texnikumlar boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. I bobning 10-pozitsiyasidagi “Kotiba” degan soʻz “Kotib” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi “dual taʼlim shakllarida” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlarida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Texnikumlarda ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimini kiritishda bir nafar ishlab chiqarish taʼlimi ustasiga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar sonining cheklangan normativi 1:20 nisbatda belgilanadi.”;
d) 26-banddagi “2019-yil 17-apreldagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim tashkilotlarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda” degan soʻzlar “2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
