Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2772-4-son)
26.05.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA vazirining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2772-4]
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-son “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 23-oktabrdagi OʻRQ-1091-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-son “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-son “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2023-yil 26-maydagi PF-79-son “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 5-maydagi PF-77-son “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5203-son “Oliy va professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2772, 2016-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-may,
365-son
Kelishilgan:
Soliq qoʻmitasi raisi F. PULATOV
2026-yil 12-may
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
2026-yil 24-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 13-maydagi 365-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 14-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari iqtisodiyot va moliya boshqarmalari” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “tumanlar va shaharlar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 27-bandda:
uchinchi xatboshidagi “Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari iqtisodiyot va moliya boshqarmalari” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “tumanlar va shaharlar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 40-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan “vaqtinchalik xarajatlar smetalari hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 41-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan “shuningdek vaqtinchalik xarajatlar smetalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 3-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalariga 3-ILOVA
Budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlari oluvchilar va boshqa maqsadli jamgʻarmalar budjetidan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari
TURLARI
