Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisida (588-son)
07.01.1999
Yoʻriqnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan sabablarga (asoslarga) koʻra mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya tashkilot (uning alohida boʻlinmasi) oʻz muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi, texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning oʻzgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot (uning alohida boʻlinmasi), yakka tartibdagi tadbirkor xodimlari sonining yoki shtatining oʻzgarganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin (qonunchilik hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiya tayinlanadi.
3. Muddatidan oldin pensiya sugʻurta qilingan va mazkur Yoʻriqnomaning 2-bandiga muvofiq ishdan ozod etilgan (yoki belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan) xodimlarga: erkaklar — 58 yoshdan 60 yoshgacha boʻlib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam boʻlmagan taqdirda, ayollar — 53 yoshdan 55 yoshgacha boʻlib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam boʻlmagan taqdirda tayinlanadi.
5. Ishsiz deb eʼtirof etilib muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlanmaydi. Agar fuqaroning muddatidan oldin pensiya olish huquqi ishsizlik nafaqasini olib turgan vaqtda vujudga kelsa, ishsizlik nafaqasi toʻlovi toʻxtatiladi.
II. PENSIYA TAYINLASH VA TOʻLASH TARTIBI
6. Ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida oʻzlarining yashash joyidagi tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga ish qidirayotgan shaxs sifatida murojaat qilsalar, ushbu boʻlim xodimlari bunday shaxslarga uch oylik davr ichida, agarda ular oʻttiz kalendar kundan keyin murojaat qilsalar oʻn kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
7. Agar ish qidiruvchi shaxslarga tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb eʼtirof etiladilar.
8. Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi ishsiz deb eʼtirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga 4-shakldagi taqdimnoma (1-ilovaga muvofiq) tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi deb yuritiladi) topshiradi.
9. Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan berilgan (4-shakl boʻyicha) taqdimnoma budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi.
10. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya quyidagi muddatdan tayinlanadi:
ishsiz deb eʼtirof etilgan kundan agar tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kun holatiga yoki undan oldin erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan boʻlsalar;
erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan kundan agarda tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimida ish qidiruvchi shaxs yoki ishsiz shaxs sifatida roʻyxatda turgan davrda shu yoshga toʻlgan boʻlsalar.
11. Muddatidan oldin pensiya miqdori “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartib asosida hisoblab chiqariladi.
12. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
13. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar ishlamaydigan fuqarolarga toʻlanadi. Bunday pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) yetgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya toʻlash toʻxtatiladi.
14. Muddatidan oldin pensiya tayinlangandan soʻng fuqarolar ishga kirib, soʻngra belgilangan umumiy pensiya yoshiga yetgunlariga qadar ishdan boʻshasalar, mehnat shartnomasining bekor qilinish sababiga bogʻliq ravishda quyidagi tartib qoʻllaniladi:
agar mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya mazkur Yoʻriqnomada belgilangan shartlar va tartib asosida qayta tayinlanadi;
agarda mehnat shartnomasi boshqa sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya qayta tayinlanmaydi va avval tayinlangan pensiya toʻlovi ham tiklanmaydi.
III. MUDDATIDAN OLDIN TAYINLANGAN PENSIYALAR BOʻYICHA HISOB VA HISOBOT
15. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda muddatidan oldin pensiya tayinlangan fuqarolar roʻyxatini, tayinlangan pensiyaning bir oylik miqdorini, pensiya toʻlangan davr va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdorini koʻrsatgan holda (2-ilovaga muvofiq), toʻlangan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun keyingi oyning 5 sanasiga qadar tegishli tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga yuboradilar.
16. Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-kunigacha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga mablagʻ oʻtkazadilar.
17. Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqaro umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga yetganda, pensiya toʻlovi belgilangan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
18. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan mablagʻlarni muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning haqiqiy toʻlangan miqdorlari boʻyicha undirib oladilar.
19. Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har bir oy yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini (3-ilovaga muvofiq) tuzadilar.
20. Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini belgilangan muddatlarda qoplamagan hollarda, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydilar.
21. Tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakliga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaxslar soni va toʻlangan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda hududiy Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalariga, ular esa oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga taqdim etadilar.
Mazkur Yoʻriqnoma tasdiqlanishi munosabati bilan quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1992-yil 10-iyulda tasdiqlangan “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qayta tashkil etilishi, tugatilishi yoki xodimlar soni (shtati)ning qisqarishi natijasida pensiya yoshi arafasida ishdan boʻshatilgan xodimlarga pensiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi 05-1209/50-sonli Nizom.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1992-yil 27-iyuldagi 976/16-sonli tushuntirish xati.
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
M.Oʻ. 4-shakl _______________tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi 202___yil “___”______________ __________-son Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ________ tuman (shahar) boʻlimiga TAQDIMNOMA ___________________________________________________________ (Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi nomi) Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 49-moddasiga asosan va Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (roʻyxat raqami 588, 1999-yil 7 yanvar) qoʻllagan holda, ____ yil “____”_____________ da tugʻilgan_____________________________________________ ______________________________________________________________________________________ni (ishsizning F.I.O.) _________________________________________________________________________________________ (pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari) muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdim etadi. __________________________________________ 20___ yil “___” _______da (ishsizning F.I.O.) ______________________________________________________________________________________ (ishdan boʻshatilish sababi koʻrsatiladi) ishdan boʻshatilgan va 20__ yil “___” ________________ dan ishsiz deb eʼtirof etilgan. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi _______________ ___________________ (imzo) (F.I.O.)
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 60-1-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-5, 07.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2023-y., 10/23/588-5/0565-son)
Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning 20___ yil ______ oy yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni TAQQOSLASH DALOLATNOMASI T/r Qaysi oy uchun Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqarolar soni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻ miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga mablagʻ oʻtkazilganligi haqida toʻlov topshiriqnomasi № sana Jami: X X X Dalolatnoma 20___ yil “___” ____________da tuzildi. _________________________tuman (shahar) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ________________tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi Bosh hisobchi _____________ Bosh hisobchi _____________ (imzo) (imzo) M.Oʻ. M.Oʻ.
