Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida (937-son)
23.06.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 23-iyunda 937-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Sanoatning barcha tarmoqlarida xodimlar salomatligini himoya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va texnika xavfsizligini taʼminlashga doir omillarini izlab topish, mehnatni samarali ijodga aylantirish jamiyatimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Xodimlarning salomatligini saqlash kasb kasalliklari va zaharlanishlarning oldini olishda, shuningdek ularni kamaytirishda, ishga qabul qilishdan oldin oʻtkaziladigan tibbiy koʻrik hamda ishlab chiqarishda zararli, noxush mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarni davriy koʻrikdan oʻtkazib turish chora-tadbirlar ichida muhim oʻrin tutadi.
Soʻnggi vaqtlarda sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish va tibbiy kadrlar tayyorlash boʻyicha katta ishlar amalga oshirilayapti, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash, atrof muhitni muhofaza qilish borasida majmuaviy dasturlar amalga oshirilmoqda, yuqumli, umumiy xastaliklar hamda kasb kasalliklarni tashxislash, davolash va profilaktika qilishning eng yangi usullari ishlab chiqilmoqda va hayotga tatbiq etilmoqda.
Biroq, qoʻlga kiritilgan katta yutuqlarga qaramay, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitlarida, kichik korxonalar koʻpayayotgan bir paytda (bu erda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilmaslik hollari roʻy bermoqda) qishloq xoʻjaligi va sanoatda mashgʻul boʻlgan xodimlarga koʻrsatayotgan sogʻliqni saqlash xodimlariga qoʻyilayotgan talablar pasaygani yoʻq. Bu ayniqsa, xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish tizimini takomillashtirish muammosiga taalluqlidir, ularning nechogʻlik sifatli oʻtkazilishi, umumiy va kasb kasalliklarida profilaktika chora-tadbirlarini maqsadga muvofiq yoʻnaltirilgan darajasiga bogʻliq boʻladi.
Umumiy va kasb kasalliklarini, baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlar mehnatini muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida bu koʻriklarning past saviyada oʻtkazilishi kelgusida surunkali kasalliklarning tez-tez uchrab turishining koʻpayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu esa oʻz navbatida ishlash unumdorligining pasayishiga, iqtisodiy kuch-quvvatlarning susayishiga olib boradi, yaʼni salbiy ijtimoiy oqibatlarga sabab boʻladi.
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston sanoatida, qurilishda va qishloq xoʻjaligida 3 mln. dan ortiq odam ishlaydi, ulardan 1 mln. noxush va zararli mehnat sharoitlarida, shu jumladan 200 ming ayol ishlamoqda. Koʻp korxonalarda asosiy kasb guruhlarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari (shovqin, tebranish, kimyoviy birikmalar va hokazolar)ga qoʻyiladigan ruxsat etuvchi gigiyenik qoidalarning buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda. Bu esa kasbdan kasallanishning asosiy negizini koʻp jihatdan ishga vaqtincha qobiliyatsizlikka aloqador kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Shuni ham taʼkidlab oʻtish kerakki, baʼzi bir sanoat korxonalarida mehnat sharoitlari va kasbdan kasallanishning haqiqiy ahvoli sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan koʻriladigan choralarning yetarlicha samarali boʻlmasligidan va xodimlarning kasbdan kasallanishini muhofaza qilish borasida oʻz kasb burchini prinsipial va puxta bajarmasligidan dalolat beradi.
Kasbdan kasallanish dinamikasi koʻrsatishicha, kasb kasalligiga chalingan bemorlarning har yili aniqlanishi oʻz yoʻnalishini oʻzgartirdi. Chunonchi, 1993-yilda birinchi marta 411 nafar 1994-yilda 380, 1995-yilda 325, 1996-yilda 326, 1997-yilda 414, 1998-yilda esa 484 nafar bemor aniqlanib, bularning 95% dan ortigʻi surunkali kasb kasalliklari shakllaridir. 1997-98 yillarda qayd qilingan, kasbdan kasallanish strukturasida fizik omillar taʼsiridan paydo boʻladigan kasalliklar yetakchi oʻrinda turadi (50,7%), shu jumladan 31% shovqindan, 18,9% tebranishdan, 0,4% ionlashtiruvchi nurdan, 0,4% ionlashmagan nurlardan, 9% jismoniy zoʻriqishdan, 16,3% chang sababli, 22,5% zaharlanish va kimyoviy omillar taʼsiridan, 1,5% biologik omillardan yuzaga keladigan xastaliklarni tashkil etadi.
Kasb patologiyasi ilk bosqichlarda yetarlicha aniqlanmasligi, kasb kasalligining ilk alomatlari bor bemorlar oʻz vaqtida ishga oqilona joylashtirilmasligi, umumiy hamda kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish saviyasining pastligi tibbiy koʻriklarni oʻtkazuvchi mehnat gigiyenasi va kasb patologiyasi boʻyicha vrach-terapevtlar va boshqa ixtisosdagi shifokorlarning shu sohani yetarlicha bilmasliklari, davolash-profilaktika muassasalarining, ayniqsa qishloq joylarida, laboratoriya va funksional-diagnostika uskunalari va jihozlari bilan yetarlicha taʼminlanmasligi natijasidir.
1992-yilda ixtisosliklar nomenklaturasi roʻyxatiga vrach-profpatolog mutaxassisligi kiritilgan, biroq ularning soni Respublika viloyat tashkilotlarida zaruriy tashkiliy ishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun juda kam hisoblanadi.
2005-yilga qadar aholi salomatligini muhofaza etishning asosiy yoʻnalishlari va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlashni isloh qilish, sogʻliqni saqlashning asosiy yoʻnalishi hisoblangan profilaktika samaradorligini oshirishdir, u aholi salomatligini muhofaza etishning asosiy negizi boʻlib qoladi.
Umumiy va kasbdan kasallanishni muhofaza qilish va uni kamaytirishga qaratilgan sogʻlomlashtiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va xastaliklarning ilk shakllarini aniqlash, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish, yoʻl-transport hodisalari sonini kamaytirish, yuqumli va parazitar kasalliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, xavfli zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillarga aloqador ishga kirishdan oldin xodimlarni zaruriy dastlabki, shuningdek davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish ishlarini olib borish maqsadida,
BUYuRAMAN:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
1.1. Ishga kirishdan oldin dastlabki va kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida davriy koʻriklar oʻtkazilishi zarur boʻlgan ishlarda zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari, ana shu koʻriklarni va zarur laboratorik hamda funksional tadqiqotlar oʻtkazishda qatnashadiganlar, ish jarayonida muayyan etiologik omillar boʻyicha (vrach-mutaxassislar, eslatmalar) boʻlgan xavfli, zararli va noxush ishlab chiqarish omillariga aloqador mehnat sharoitlarida ishlashga ruxsat etishga tibbiy moneliklar roʻyxati (1-son ilova eslatmasi bilan);
1.2. Kasalliklar, baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnat xavfsizligini, aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli va parazitar kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikni taʼminlash, ana shu tibbiy koʻriklarni ish turlari boʻyicha zaruriy laboratorik va funksional tekshiruvlar oʻtkazishda ishtirok etuvchi vrach-mutaxassislar, kasalliklar, baxtsiz xodisalarga yoʻl quymaslik va eslatmalari bor mehnat xavfsizligini taʼminlash maqsadida mazkur ishlarni bajarish uchun xodimlarni zaruriy dastlabki va davriy koʻriklardan oʻtkaziladigan ishlar roʻyxati (2-son ilova eslatmasi bilan);
1.3. Xavfli, zararli moddalar, noxush omillarga aloqador umumiy tibbiy moneliklar roʻyxati (3-son ilova);
1.4. Ishga kirishdan oldin dastlabki va xodimlarni davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma (4-son ilova);
1.5. Kasb kasalligiga gumon qilingan xodimning ish sharoitlari sanitariya-gigiyena tavsifnomasini tuzish uchun yoʻriqnoma (5-son ilova);
1.6. Korxonada ishlovchilarni davriy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha yakunlovchi dalolatnomaning namunasi (6-son ilova);
1.7. Oʻzgartirilmagan matnidan keyinchalik foydalanish zarur deb topilgan birlamchi tibbiy hujjatlar shakllari (7-son ilova);
1.8. Kasb kasalliklari roʻyxati (8-son ilova);
1.9. Kasb kasalliklariga chalingan bemorlar dispanserizatsiyasini oʻtkazish tartibi haqidagi nizom (9-son ilova);
1.10. Kasb kasalliklarini xabar qilish, tekshirish, qayd qilish va hisobga olish tartibi haqidagi yoʻriqnoma (10-son ilova);
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat va shahar sogʻliqni saqlash boʻlimlari mudirlari quyidagilarni tashkil etish va sifatli oʻtkazishni taʼminlasinlar:
2.1. Kasb kasalliklarini erta aniqlash va infeksion hamda parazitar xastaliklarning oldini olish maqsadida xodimlar dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan bepul oʻtkazilsin (asos: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasi);
2.2. Reys oldi koʻriklari oʻtkazilsin;
2.3. Vaxta oldi koʻriklari oʻtkazilsin;
2.4. Kasb kasalligi bor deb shubha qilingan bemorlar aniqlanganda kelgusi tekshiruv, davolash va ekspert xulosasi uchun sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti va II-Toshkent Davlat tibbiyot instituti klinikalariga yuborilsin.
3. Kasb kasalliklariga tashxis qoʻyish va ekspert xulosasini berish huquqi faqat sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti va II-Toshkent Davlat tibbiyot instituti klinikalariga yuklatilsin.
4. Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika Bosh boshqarmasi boshligʻiga (F. Ilhomov):
4.1. Zararli mehnat sharoitlarida ishlovchi xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish ustidan nazorat kuchaytirilsin;
4.2. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot va II-ToshDavTI klinikasida davolanayotgan bemorlarni sifatli tekshiruvdan oʻtkazish va kasb kasalligi tashxisini aniqlash ishlari ustidan nazorat kuchaytirilsin;
4.3. Kasb kasalliklariga doir masalalar boʻyicha dastlabki va davriy koʻriklarni amalga oshirayotgan barcha ixtisoslikdagi vrachlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish choralarining bajarilishi taʼminlansin.
4.4. Shifokorlar, sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutiga, shifokorlar malaka oshirish institutiga va II-Toshkent Davlat tibbiyot instituti kasb kasalliklari kafedrasiga malaka oshirish kurslariga yuborish yoʻli bilan qayta tayyorlansin;
4.5. Shahar va viloyatlardagi tibbiy muassasalar uchun kasb patologiyasi masalalari boʻyicha tashkiliy va uslubiy yordam koʻrsatish taʼminlansin.
5. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati departamenti boshligʻiga (N. Atabekov): mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha ishlab chiqarish obyektlarida, korxona va muassasalarda, jamoa xoʻjaliklarida va tashkilotlarda mehnat sanitariya-gigiyena sharoitlariga amal qilish va nazorat oʻrnatish masalalarida sanitariya-epidemiologiya xizmatining masʼuliyati va faoliyati kuchaytirilsin, viloyat, shaharlar va tumanlar SES bosh vrachlarning kasb kasalliklari klinikasiga yuboriladigan zararli mehnat sharoitlarida ishlovchi shaxslarning mehnat sharoitlari, sanitariya-gigiyenik tavsifnomalarini tuzish sifatiga va ishonchliligiga shaxsiy masʼuliyati oshirilsin va nazorat qilish kuchaytirilsin.
6. Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining direktoriga (T. Iskandarov), II-Toshkent Davlat tibbiyot instituti rektoriga (X. Karimov):
institutning klinikasida davolanayotgan bemorlarni sifatli tekshirish, tashxis qoʻyish va davolashni tashkil etish taʼminlansin; kasb kasali boʻlgan bemorlarni barvaqt aniqlash; kasb kasalliklariga oid ilmiy-tadqiqot ishlari davom ettirilsin; Respublikada qishloq xoʻjalik sohalaridagi kasb kasalliklari holati tahlil qilinib tegishli tavsiyalar ishlab chiqilsin; vrach-profpatologlarning malaka va kasb mahoratini oshirish kurslari tashkil etilsin.
7. Sogʻliqni saqlash vazirligining 1999-yil 15-noyabrdagi 660-sonli buyrugʻi bekor qilinsin.
8. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari D. Asadov va vazir muovini, Respublika bosh Davlat sanitariya vrachi B. Niyozmatov zimmasiga yuklatilsin.
Ushbu buyruq kerakli nusxada koʻpaytirilsin.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
2000-yil 6-iyun,
300-son
Oʻz R Sogʻliqni saqlash vazirligi 06.06.2000-y. 300-son buyrugʻining 1, 2 va 3-ilovalariga
ESLATMALAR
1. 1-ilovaning 3-boʻlimida sanab oʻtilmagan ishlarda mashgʻul boʻlgan, lekin xavfli, zararli moddalar, shuningdek xalq xoʻjaligida birinchi bor qoʻllanilgan moddalar, noxush ishlab chiqarish omillariga duch keladigan xodimlarni koʻriklardan oʻtkazish zarurligi haqidagi masala sanitariya-epidemiologik xizmati (sanitariya-epidemiologiya stansiyalari) tomonidan hal qilinadi.
Ishlab chiqarishda xavfli, zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari taʼsiriga duch kelish ehtimoli boʻlgan shaxslar ishga qabul qilinganida dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtishlari zarur. Laboratoriya ishlarini olib borishda davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish zarurligi haqidagi masalani bevosita mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda sanitariya-epidemiologiya stansiyalari hal qiladi.
Tibbiy koʻriklarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari majmui mavjud boʻlganda barcha omillar taʼsirini hisobga olgan holda oʻtkazish kerak.
Zaharli moddalarni ishlab chiqarish va ularning qoʻllanishiga aloqador taʼmirlash-sozlash kabi korxona ishlarida doim mashgʻul boʻlgan barcha xodimlar ana shu moddalar uchun koʻzda tutilgan muddatlarda koʻrikdan oʻtishlari lozim.
Berilliy, kvars changi, kanserogen va radioaktiv kabi boshqa moddalar taʼsir oʻtkazishi munosabati bilan kechikkan yoki zoʻrayib boruvchi kasb kasalliklari yuz berishi ehtimoli boʻlgan korxonalarda va kasblarda ishlovchi shaxslar ana shu moddalar bilan ishlashni tugatganlaridan soʻng ham kamida yiliga bir marta ishxonadagi davolash-profilaktika muassasalarida yoki yashaydigan joylarida davriy tibbiy koʻriklardan oʻtib turishlari kerak.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalari tibbiy koʻriklar 2-3 yilda oʻtkaziladigan ishlab chiqarish turlari bilan mashgʻul boʻlgan shaxslarni qoʻshimcha tibbiy koʻriklardan oʻtkazish masalasini hal qiladi. Bunda taʼkidlab oʻtilgan korxonalarning mavjud sanitariya-gigiyenik va epidemiologik vaziyatlari hisobga olinadi. Maʼmuriyat, Davlat sanitariya nazorati idoralari va davolash-muhofaza muassasalarining qaroriga binoan ogʻir kasalliklarni boshdan kechirganlar (shaxslar) vaqtdan ilgari ham tibbiy koʻriklardan oʻtishlari mumkin.
2. Vrach-terapevt davriy koʻrik oʻtkazuvchi asosiy shaxs hisoblanadi; 1, 2-ilovalardagi 5-6-boʻlimida koʻzda tutilgan vrach-mutaxassislar (nevropatolog, oftalmolog, dermatovenerolog, otolaringolog, jarrohlar) koʻrikda qatnashish-qatnashmasligi vrach-terapevt tomonidan belgilanadi; tibbiy koʻrsatmalarga koʻra boshqa vrach-mutaxassislarni jalb etishni ham vrach-terapevt hal etadi. Dastlabki tibbiy koʻriklarda 1, 2-chi ilovalardagi 5-6-boʻlimida koʻzda tutilgan vrach-mutaxassislar qatnashishi shart. Bunday koʻriklarni oʻtkazishda barcha ayollar akusher-ginekolog (akusherka) tomonidan albatta koʻzdan kechiriladi, shunda tsitologik va bakterioskopik tekshiruvlar ham oʻtkaziladi. Ayollarni ginekologik koʻzdan kechirish muddatlari oʻtkaziladigan davriy tibbiy koʻriklar muddatlariga toʻgʻri kelishi va yiliga kamida 1-martadan kam boʻlmasligi kerak.
Allergenlar hisoblangan moddalar taʼsiriga duch keluvchi shaxslar albatta terapevt, otolaringolog, dermatovenerolog (koʻrsatmalar va shikoyatlar boʻlganda) tomonidan koʻzdan kechiriladi, bunda qonning klinik tahlili ham oʻtkaziladi.
A-allergen (ilovalarda berilgan eslatmalarga karang).
3. Dastlabki tibbiy koʻriklar oʻtkazilganda (birinchi bor mazkur kasb-korda ishlash — kasb tanlash) mehnatining ish boshlashiga moneliklar masalasi 1-ilovaning 7-boʻlimida koʻrsatilgan moneliklarga qatʼiy mos kelishiga muvofiq hal etiladi. Kasb-hunar kollejlariga va mutaxassislar tayyorlovchi kurslarga kirish uchun xohish bildirgan shaxslar oʻqiy boshlashdan avval tibbiy koʻriklardan oʻtadilar;
davriy tibbiy koʻriklarda xodimlarning ishlashiga moneliklar organizmning funksional xususiyatlarini va patologik jarayonning kechishini, kasbiy tayyorlanganligini, ish stajini va mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda hal etiladi;
qulogʻi nihoyatda ogʻir va kar boʻlgan shaxslar uchun roʻyxatda moneliklar boʻlgan ishlar va kasblar OʻzR SSV va Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
4. Qoʻllash deganda sanoatda moddalarni ishlatish va ortish-tushirish ishlari tushuniladi.
5. Dastlabki koʻriklarda dermatovenerolog tomonidan koʻzdan kechirish majburiy boʻlsa, davriy koʻriklarda esa—koʻrsatmalarga qarab amalga oshiriladi.
6. Dastlabki koʻriklarda qonda bilirubin va ALT (alanin transaminaza) miqdori albatta tekshirilsa, davriy koʻriklarda unga koʻrsatma boʻlgandagina aniqlanadi.
7. Tashqi nafas funksiyasini tekshirish va baholashga quyidagilar kiradi: oʻpkaning tiriklik sigʻimi (OʻTS) albatta aniqlanadi, pnevmotaxometr yordamida aniqlanadigan nafas olishning eng katta tezligi (NOEKT) albatta tekshiriladi; bir sekundda nafas chiqarish hajmi (NChOʻ) spirograf yordamida oʻlchanadi, bu tekshiruv oʻz kasbida 5 yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganda kamida 3-4 yilda bir marta, koʻrsatmalar boʻlganda aniqlanadi.
8. Shovqin darajasi 81 dan 85 dBA gacha boʻlganda audiometrik tekshiruv koʻrsatmalar boʻyicha, shovqin darajasi 86 dBA va undan ham ortiq boʻlsa, albatta audiometrik tekshiruv qilinishi kerak.
9. Temir yoʻli transporti harakatiga, shu jumladan yer ostidagi temir yoʻl harakati sostavlariga, aviatsiya transportiga bevosita xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar bilan shugʻullanuvchi xodim va xizmatchilarni dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan, aloqa yoʻllari vazirligi Bosh vrachlik-sanitariya boshqarmasi va Oʻzbekiston havo yoʻllari Milliy aviakompaniya tibbiy sanitariya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish va kasblar roʻyxati boʻyicha OʻzRSSV va OʻzKUFK, tarmoq vazirliklari hamda idoralari bilan kelishilgan holda oʻtkaziladi.
1. Balandlikda bajariladigan ishlar deganda erdan, toʻsiq yoki ishchi qoplamadan 1,5 metr baland joyda qilinadigan barcha ishlar tushuniladi, bunda ishlar sozlash moslamalari yoki bevosita konstruksiya elementlarida, jihoz, mashina va mexanizmlar ustida turib ularni oʻrnatishda, ishlatish, sozlash va taʼminlashda bajariladi.
2. Balandlikka chiqib bajariladigan ishlar deganda ishchining tepadan tushib ketmasligi uchun birdan-bir vosita — ehtiyot qiluvchi kamar taqib bajariladigan hamma ishlar hisoblanadi. Koʻriklar yiliga bir marta oʻtkaziladi.
3. Dastlabki tibbiy koʻriklarda (ishga qabul qilinayotganda) vrach-psixiatr ishtirok etishi shart.
4. Vaxta usulida ishlarni tashkil etishning asosiy nizomlariga binoan (ular tegishli vazirliklar va idoralarning qarori bilan tasdiqlangan boʻlsa) ishga qabul qilinadigan shaxslar turar joylari boʻyicha davolash-muhofaza muassasalarida oʻtadilar, shunda tekshiriluvchiga tibbiy xulosa yozilgan qogʻoz beriladi. Vaxta usulida ishlaydigan yoki obyektga boradigan shaxslarni ular ish boshlanishidan 2-4 kun oldin sex terapevti koʻrishi zarur yoki turar joyidagi poliklinika terapevti tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi. Bu koʻriklardan oʻtishni korxona maʼmuriyati nazorat qiladi. Vaxta usulida ishlovchi xodimlar ular ishlaydigan joylardagi davolash-muhofaza muassasalarida davriy tibbiy koʻriklardan oʻtadilar.
Ishga qabul qilinganda dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar xulosasini, shuningdek bevosita ishga yuborishdan avval oʻtkaziladigan koʻrik xulosalarini, oʻtkazilgan emlashlar haqidagi maʼlumotlar yozish uchun sanitariya daftarchasi tutiladi.
15. Transport vositalarini boshqarishga istisno tariqasida ruxsat berilgan staji bor haydovchilarga, professional nogironlarga ogʻirligi 3500 kg dan oshgan avtobus, avtomobillarni, yongʻinga qarshi mashinalarni, tez tibbiy yordam koʻrsatish mashinalarini, tezkor mashina va avtobuslarni, shuningdek odamlarni tashiydigan avtomobillarni boshqarishga ruxsat berilmaydi.
16. Bitta oyogʻi amputatsiya qilingan haydovchilar (agar boldirning 1/3 qismiga toʻgʻri kelganda va tizza boʻgʻimida harakat qilish saqlangan boʻlsa) kontrol protez koʻrigidan oʻtgani haqidagi ijtimoiy taʼminot boʻlimiga qarashli protez ustaxonasidan olingan maʼlumotnomani topshiradilar.
17. Koʻrish oʻtkirligi 0,1 va undan kam (0,1).
18. Gelmintozlarni yuqtirish xavfi boʻlgan sharoitlarda ishlovchi shaxslar OʻzR SSV ning “Mamlakatda gelmintozlarga qarshi kurashishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 1-ilova
Kasb kasalliklarining oldini olish maqsadida ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar oʻtkazilishi shart boʻlgan zararli moddalar va ishlab chiqarishning noxush omillari, shu tibbiy koʻriklarni oʻtkazishda qatnashishi zarur boʻlgan shifokor-mutaxassislar va mehnat jarayonida etiologik omillarga asoslanib oʻtkazilishi kerak boʻlgan laboratorik va funksional tekshiruvlar; ishlab chiqarishning xavfli, zararli va noxush omillari bilan bogʻliq ish joylariga ishga qoʻyish uchun qarshilik koʻrsatuvchi moneliklar ROʻYXATI
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 2-ilova
Kasalliklar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnat xavfsizligini taʼminlash aholi salomatligini muhofaza qilish va yuqumli, teri va parazitar xastaliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ishga qabul qilinayotganda xodimning dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtishi shart boʻlgan ishlar, ish turiga qarab ishtirok etish zarur boʻlgan shifokor-mutaxassislar va qilinishi zarur boʻlgan laboratorik-funksional tekshirishlar, kasalliklar va baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ishga qoʻyishni man etuvchi tibbiy moneliklar ROʻYXATI
2-chi ilovaning 13.1-chi bandiga doir eslatmalar:
1. 2-chi ilovaning 13.1-chi bandi bilan korxonalarning eng kichik roʻyxati, tibbiy tekshiruvlar hajmi va necha marta oʻtkazilishi belgilangan. Korxonalar va kasblar roʻyxati, shuningdek tibbiy tekshiruvlar necha marta oʻtkazilishi epidemiologik vaziyatlarga asosan hududiy Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari tomonidan, hududiy kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda davriy profilaktik tibbiy koʻriklardan oʻtkazish muddatlariga oʻzgartirishlar kiritish mumkin.
2. Respublika sogʻliqni saqlash vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (OʻzRKUFK)bilan kelishilgan holda tibbiy tekshiruvlar hajmi, davriyligi va tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasb xodimlari va korxonalar roʻyxatini qayta koʻrib chiqishga ruxsat beriladi.
3. Zaxm bor-yoʻqligiga tekshiruv faqatgina qoʻl barmogʻidan qon olishning ekspress-usuli yordamida oʻtkaziladi, venadan qon olish man etiladi. Soʻzak bor-yoʻqligiga tekshiruv oʻtkazilganda siydik chiqarish kanalidan (erkaklarda tibbiy koʻrsatmalar boʻlganda), bachadon boʻyni, qinning orqa gumbazidan va toʻgʻri ichakdan surtma olinib metilen koʻki yoki briliant yashili bilan boʻyaladi, zarur boʻlganda Gram usuli boʻyicha boʻyaladi, 2 ta surtma bakterioskopiya qilinadi. Qorin tifiga serologik reaksiya quyish uchun qon tibbiy tekshiruv oʻtkazuvchi davolash-muhofaza muassasalarda barmoqdan olinadi.
4. Xirurgik shifoxonalar (boʻlimlar)ning tibbiy xodimlari Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligining amaldagi boʻyrugʻiga muvofiq tibbiy tekshiruvdan oʻtadilar.
5. Yakka tartibdagi mehnat bilan shugʻullanuvchi fuqarolar aholiga sanitariya-gigiyenik xizmat koʻrsatuvchilar: sartaroshlar, pedikyurchilar, manikyurchilar, uqalovchilar, maktabgacha yoshdagi bolalarni parvarish qiluvchilar; nogironlarga, qariyalarga xizmat koʻrsatuvchilar, yolgʻizlarga ovqat tayyorlab beruvchilar, idish-tovogʻini yuvib beruvchilar; bemorlarga qarab turuvchilar; tibbiy faoliyat koʻrsatuvchilar, oziq-ovqatlarni ishlab chiqaruvchilar va ularni sotuvchilar turar joyi boʻyicha 2-chi ilovaning 13.1-bandiga binoan hajmlarda va muddatlarda tibbiy tekshiruvlardan oʻtishlari shartdir.
6. Xamirturush, kraxmal, sabzovat qurituvchi, tuz tayyorlovchi korxonalar, tegirmon, yormalovchi zavodlar, don saqlovchi, elevatorlar, don, un, yormalar va shunga oʻxshash boshqa korxonalar, spirt, spirt-liker, aroq va vino tayyorlochi zavod xodimlari, shu jumladan tayyor mahsulotlar ekspeditorlari, oziq-ovqat mahsulotlariga aloqasi boʻlmagan shaxslar (buxgalter, kassir, farroshlar va hokazo) 2-chi ilovaning 13.1-chi bandiga binoan tibbiy tekshiruvlardan oʻtmaydilar.
7. Oʻpkasida silga oʻxshash sust oʻzgarishlari boʻlgan shaxslar ham chaqaloq-bolalar, ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashga ruxsat berilmaydi.
8. Yuqumsiz teri kasalliklariga uchragan bemorlar ( psoriaz, ekzema, allergik dermatitlar va boshqalar)ning ishlashiga individual, kasallik holatiga va bemorning ish joyiga qarab hal qilinadi. Trixomonozga yoʻliqqan ayollar davolash-muhofaza muassasalarida muntazam ravishda davolanishlar sharoitlarida bolalar muassasalarida ishlashlariga ruxsat beriladi. Patogen stafilokokkning tashuvchilari boʻlib chiqqan shaxslar amaldagi boʻyruqlarga koʻra sanatsiya qilinadilar.
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 3-ilova
Xavfli, zararli moddalar, noxush omillarga aloqador umumiy tibbiy moneliklar
ROʻYXATI
(2-chi ilovaning 13.1-chi bandi bundan mustasno)
1. Funksional faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi tugʻma nuqsonlar.
2. Funksional buzilishlari barqaror ifodalangan markaziy asab tizimining organik kasalliklari.
3. Surunkali ruhiy xastaliklar va ruhiy-nevrologik dispanserlarda albatta majburiy dinamik kuzatuvga muhtoj boʻlgan shu kasalliklarga teng boʻladigan holatlar, epilepsiya. Shunga oʻxshash ruhiy xastaliklar rosmana ifodalangan taqdirda tegishli ishlarga yaroqliligi haqidagi masala ruhiy-nevrologik muassasa komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
4. Funksiyalari rosmana ifodalangan endokrin tizim xastaliklari.
5. Xavfli oʻsmalar (davolash oʻtkazilgach, masala mutlaq moneliklar boʻlmaganda) alohida hal etilishi mumkin.
6. Qon tizimining (barcha bosqichlardagi) hamma kasalliklari (shu jumladan qon hosil qilish tizimining xastaliklari.
7. III bosqichdagi gipertoniya kasalligi.
8. Qon aylanishi yetishmovchiligi boʻlgan yurak xastaliklari.
9. Oʻpka-yurak yetishmovchiligi ifodalangan surunkali oʻpka kasalliklari.
10. Nafas va qon aylanishining funksional buzilishlari boʻlgan ogʻir kechuvchi bronxial astma.
11. Silning har qanday joylashgan faol turlari.
12. Surunkali kechadigan va asoratlashga moyilligi boʻlgan meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligi.
13. Jigar tsirrozlari va faol surunkali gepatitlar.
14. Buyrak yetishmovchiligi bilan asoratlangan surunkali buyrak kasalliklari.
15. Kollagenozlar.
16. Kasb-kori boʻyicha ish bajarishga halaqit beradigan turgʻun buzilishlari boʻlgan boʻgʻim kasalliklari.
17. Homiladorlik va sut ajralishi davri.
18. Farzand koʻrish istagi boʻlgan ayollarda anamnezida odatdagi homila nuqsonlari va homiladorlikning oxirigacha yetmasligi.
19. Bachadondan qon ketishi bilan davom etuvchi hayz koʻrish funksiyasining buzilishlari.
20. Dekompensatsiyalangan glaukoma.
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 4-ilova
Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻriklarni oʻtkazishga doir
YOʻRIQNOMA
Ishga qabul qilishda dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdan maqsad xodimlarning ularga topshiriladigan ishga muvofiqligi (yaroqliligini)ni aniqlash, baxtsiz hodisalar, umumiy va aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli va parazitar xastaliklarni tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikdir.
Davriy tibbiy koʻriklar oʻtkazilishi kasbga aloqador zararli omillar va noxush mehnat sharoitlarida ishlovchilar salomatligini muntazam kuzatib borishni, kasb kasalliklarining ilk belgilarini oʻz vaqtida aniqlash va ularni muhofaza qilish hamda zararli sharoitlarda ishni davom ettirishga halaqit beradigan umumiy xastaliklarni aniqlash, shuningdek baxtsiz hodisalarga yoʻl qoʻymaslik va ishlash xavfsizligini taʼminlash, aholi sogʻligʻini muhofaza qilish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadidagi tadbirlarni aniqlashni taʼminlaydi.
Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻriklarni tashkil etish
1. Bu koʻriklar tibbiy-sanitariya qismlari (idoralarga qarashli poliklinikalar) tomonidan oʻtkaziladi, ular boʻlmagan taqdirda — hududiy davolash-muhofaza muassasalari tomonidan uyushtiriladi. Bu muassasalar faoliyat koʻrsatgan joylarda tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xoʻjaliklari (keyinchalik korxona deb ataladi) boʻladi. Ayni paytda bu birikuv yuqori sogʻliqni saqlash idorasi, asosan bosh korxonaga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Davriy tibbiy koʻriklar yoki tekshiruvlar xodimlarning statsionarda yotgan davrida, ambulatoriya-poliklinika muassasasida (boʻlinmada) ham oʻtkazilishi mumkin, bunda xodimga oʻtkazilgan tekshiruv yoki tibbiy yordam soʻragan davrdagi koʻchirma nusxasi topshiriladi.
Vaxta usulida ishlashga yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishda dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish xodim turar joyidagi davolash-muhofaza muassasalarida amalga oshirilishi mumkin, bunda tekshiriluvchiga albatta xulosa yozilgan hujjat beriladi. U tekshiriluvchi doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻyicha ruhiy-asab dispanseri (boʻlinma, kabinetlardagina) psixiatr tomonidan koʻzdan kechiriladi.
Vaxta usulida ishlovchi xodimlar istisno tariqasida davriy tibbiy koʻriklardan vaxta joylashgan yordam davolash-muhofaza muassasalari tomonidan mahalliy sogʻliqni saqlash idoralari bilan kelishilgan holda oʻtishlari mumkin.
2. 2-chi ilovadagi 13.1-bandga binoan tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari koʻrsatilgan yakka mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar turar joy (roʻyxatga olingan) sanitariya-epidemiologiya stansiyasi tomonidan yoʻllanma oladilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (OʻzR KUFK) bilan kelishilgan holda OʻzR SSV tasdiqlangan roʻyxatda koʻzda tutilgan zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari bilan ishga yangidan kiradigan shaxslar, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalarining xodimlari dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.
Xodimlar muayyan zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari mavjud boʻlgan ishlarga birinchi marta qabul qilinganlarida (oʻtkazilganlarida) dastlabki tibbiy koʻriklardan oʻtkaziladi.
Ixtisoslik (hunar) boʻyicha xuddi shunday ishga oʻtish, ishlash sharoitlari zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari xuddi shunday boʻlganda ish faoliyati uzluksiz hisoblanadi. Bu hollarda davriy tibbiy koʻriklar belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi. Ular tibbiy hujjatlar boʻyicha (ambulatoriya bemorning tibbiy varaqasi) rasmiylashtiriladi.
4. Zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari bilan ishlovchi xodimlar, shuningdek umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat sanoati, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari xodimlari, ilgari dastlabki tibbiy koʻriklardan oʻtganlar davriy tibbiy koʻriklardan oʻtishlari lozim; koʻriklar davriyligi ana shu buyruqqa oid 1, 2-chi ilovalarda 4-boʻlimda belgilangan.
5. Dastlabki va davriy tibbiy koʻriklarni vrach-mutaxassislar oʻtkazadilar, bunda laboratorik va funksional tekshiruvlar, OʻzKUFK bilan kelishilgan holda OʻzR SSV tasdiqlagan roʻyxatlar boʻyicha oʻtkaziladi (ushbu buyruqdagi 1, 2-chi ilovalarning 5-6 boʻlimida).
6. Dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar mehnat jamoasi qarori bilan belgilangan vaqtda oʻtkaziladi; tibbiy-sanitariya qismi (poliklinika)ning ish rejasi ishlovchilar uchun qulay vaqtda tibbiy yordam qulay boʻlishini taʼminlash uchun korxonaning ishlash tartibini hisobga olgan holda tuziladi.
7. Sanitariya-epidemiologiya muassasalari, korxonalar, Davlat avtonazorati va davolash-muhofaza muassasalari xodimlarini vaqtdan oldin ekspertiza tartibda tibbiy koʻrikka yuborishlari mumkin (ogʻir kasalliklar, shikastlanishlar va boshqalarni boshdan kechirganda). Yoʻllanmada vaqtdan oldin koʻrik oʻtkazilishi sababi koʻrsatilishi kerak.
8. Dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtuvchi shaxslarni sanitariya-epidemiologiya stansiyalari korxonaning administratsiyasi va kasaba uyushmasi vakillari bilan birgalikda (sexlar, kasblar noqulay omillar boʻyicha) joriy yilning 1-dekabrdan kechikmasdan aniqlanishi kerak.
Sanitariya-epidemioloiya stansiyalari, shuningdek dastlabki va davriy tibbiy koʻriklarning toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazorat qiladilar.
9. Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, korxona maʼmuriyati ana shu koʻriklarni oʻtkazayotgan davolash-muhofaza muassasasiga yoʻllanmasida tekshiriluvchining ismi-sharifini, tugʻilgan yili, kasbi, ishlash joyidagi zaharli omillar va noxush ishlash sharoitlarini transport vositalarining turlarini (mazkur buyruqning 1, 2-chi ilovalariga muvofiq toʻliq koʻrsatishi lozim).
Maʼmuriyat dastlabki tibbiy koʻriklarga yuborilgan shaxslarni yoʻllanma blankalari bilan taʼminlash masalasini hal etadi. Tekshiriluvchi pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat va harbiy biletni taqdim etadi.
10. Kasb-hunar kolleji, avtomaktab, kasblar boʻyicha tayyorlash kurslari maʼmuriyati ana shu bilim yurtlarini tamomlaganlaridan keyin xodim oʻz ishi boʻyicha zararli va noxush mehnat sharoitlariga duch kelsa, uni oʻqitishdan oldin dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuborishi kerak (9-bandga qarang).
11. Korxona maʼmuriyati bir oy muddat ichida sanitariya-epidemiologiya stansiyasidan olingan hujjatlar asosida tibbiy koʻriklardan oʻtishi lozim boʻlgan shaxslar roʻyxatini nomma-nom tuzib chiqadi, shunda korxona, sex, kasb, noxush ishlab chiqarish omillari, shuningdek ana shu sharoitlarda ishlovchining ish staji ham koʻrsatiladi.
Roʻyxat sex, kasb va ishlab chiqarish omillari toʻgʻri kelish-kelmasligi nuqtai nazaridan sanitariya-epidemiologiya stansiya bilan kelishiladi.
12. Korxona maʼmuriyati tibbiy koʻriklarni oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi, xodimlarning ana shu koʻrik va tekshiruvlarga oʻz vaqtida va uyushgan holda kelishlarini taʼminlaydi va bunga javob beradi, davriy tibbiy koʻriklardan oʻtish muddatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Maʼmuriyat dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtmagan shaxslarning ishlashiga ruxsat bergani, shuningdek, tibbiy koʻrsatmalarga binoan ishga qoʻygani uchun javob beradi.
13. Dastlabki va davriy koʻriklarni oʻtkazayotgan davolash-muhofaza muassasasining bosh vrachi muassasa boʻyicha buyruqqa binoan koʻriklarni oʻtkazish uchun komissiya tuzadi, uni oʻtkazish vaqtini belgilaydi, tibbiy koʻriklarni oʻtkazish uchun ajratilgan vrachlarni tayyorlash boʻyicha (shuningdek bu vrachlarni malaka oshirish kurslariga yuborish yoʻli bilan) chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlaydi va ularni unumli oʻtishga javob beradi, hamma laboratoriya (material toʻplash, tekshiruv natijalarini olish) va funksional tekshiruvlar oʻtkazilishini boshqa davolash-muhofaza muassasalari (dispanser va boshq.) dan zarur axborot olishni tashkil etadi.
14. Hududiy vrachlik uchastkasining vrach terapevti yoki sex vrachlik punkti uchastkasining vrach-terapevti dastlabki va davriy tibbiy koʻriklarni oʻtkazuvchi asosiy shaxs hisoblanadi; dastlabki tibbiy koʻriklarda 1 va 2-ilovalardagi 5-boʻlimda koʻrsatilgan hamma vrach-mutaxassislar (nevropatolog, oftalmolog, otolaringolog, dermatovenerolog, jarroh)ning ishtirok etishi vrach-terapevt tomonidan belgilanadi. Tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha boshqa vrach-mutaxassislarni tibbiy koʻriklarga jalb etish masalasi ham vrach-terapevt tomonidan belgilanadi. Koʻrik oʻtkazayotgan davolash-muhofaza muassasasi tarkibida vrach-mutaxassislar yetishmaganda yoki ular boʻlmaganda ular yuqori sogʻliqni saqlash idorasining koʻrsatmasiga binoan boshqa muassasalardan jalb qilinadi yoki zarur tekshiruvlar boshqa sogʻliqni saqlash muassasalarida oʻtkaziladi.
15. Dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar oʻtkazishda kasb faoliyati taʼrifi, tegishli kasb (mutaxassislik) va ishlash sharoitlari bilan tanishish lozim. Koʻrik oʻtkazayotgan vrachlar ishlab chiqarish sharoitlarini oʻziga xos xususiyatlarini va ishlovchilarda roʻy berishi ehtimoli boʻlgan kasb kasalligini bilishlari zarur.
16. Dastlabki tibbiy koʻriklarda qatnashayotgan vrachlar ishga yaroqlik (moneliklar boʻlmasligi) haqidagi masalani hal etishda OʻzR KUFK bilan kelishilgan holda OʻzR SSV tasdiqlagan roʻyxatlarga muvofiq koʻrsatilgan tibbiy moneliklarga amal qilishadi (ushbu buyruqdagi 1, 2-ilovalarning 7 boʻlimi).
Davriy tibbiy koʻriklar oʻtkazishda xodimning ishga yaroqliligi masalasi har bir alohida holda shaxsiy tarzda, tananing funksional ahvoli, patologik jarayon xarakteri va ifodalangani, yoshi, kasbga tayyorlangani, ish staji, mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda hal qilinadi.
Zarur boʻlgan hollarda tegishli davolash-muhofaza muassasasidan tibbiy hujjatlarni talab qilish zarur.
Bordi-yu, tibbiy moneliklarga ruhiy xastaliklar, alkogolizm, narkomaniya va toksikomaniya kiritilgan boʻlsa, tibbiy koʻrik oʻtkazayotgan davolash-muhofaza muassasasining yozma talabnomasiga binoan psixonevrologik va narkologik dispanserlar (dispanser boʻlinmalari, kabinet) dan tekshiruvchining doimiy turur joyidan uning ishga yaroqliligi haqida maʼlumotnomalar taqdim etiladi.
17. Davriy tibbiy koʻriklar oʻtkazayotgan davolash-muhofaza muassasasi korxona maʼmuriyatidan ana shu koʻrikdan oʻtishi zarur boʻlgan xodimlarning yozma roʻyxatini olishi asosida kalendar rejasini tuzadi. Reja korxona maʼmuriyati bilan muddatlar xususida, SES bilan kontingentlar toʻla hisobga olingani borasida kelishiladi.
Rejada koʻriklar muddatlari, ajratiladigan mutaxassislar roʻyxati, oʻtkazilishi zarur boʻlgan rentgenologik, laboratorik va boshqa tekshirish turlari koʻrsatiladi. Tekshiruvlar hajmi Oʻz KUFK bilan kelishilgan holda OʻzR SSV tasdiqlangan roʻyxatlar (ushbu buyruqning 1, 2-ilovalari)ga binoan belgilanadi.
18. Tibbiy tekshiruvning barcha maʼlumotlari bemorning ambulatoriya tibbiy kartasi (025/sh-87) shakllariga yozib qoʻyiladi, dastlabki tibbiy koʻrik maʼlumotlari 025/sh-87 shaklning qoʻshib beriladigan blankasiga yaroqlik haqida oʻz xulosasini beradi. 025/sh-87 shaklning alohida boshlangʻich varagʻiga ishchining kasb anamnezi (korxona, sex, uchastka, kasbi, ushbu buyruqning 1, 2-ilovalariga muvofiq, zararli moddalar va noxush ishlash omillari) ham yozib qoʻyiladi. Bu maʼlumotlar davriy tibbiy koʻriklardan oʻtayotganda oydinlashtiriladi. Keyinchalik mehnat faoliyati oʻzgarganda oʻsha varaqqa qoʻshimchalar kiritiladi. Bemor ishdan boʻshaganida yoki boshqa korxonaga oʻtganida ambulatoriya kartasi dastlabki va davriy tibbiy koʻrik maʼlumotlari bilan yangi ish joyi boʻyicha davolash-muhofaza muassasasiga yuboriladi.
19. Dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan har bir shaxs tekshirilgandan keyin uning kasbga yaroqliligi yoki yaroqli emasligi haqida xulosa chiqariladi, tibbiy tekshiruv oʻtkazuvchi vrachlar quyidagi davolash-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini rejalashtirishadi:
— aʼzo va tizimlarda ozgina oʻzgarish topilgan (kelib chiqishda kasb omili asosiy oʻrin tutgan) shaxslarni topilgan patologik jarayon tabiatiga qarab tegishli mutaxassislarning dinamik kuzatuvida boʻlishi;
— shifoxonada va sanatoriy-kurortlarda davolanishga, parhez ovqatlar tayinlanishiga, dam olish uylari va sanatoriy-profilaktoriylarga yuborish (aniqlangan kasallik xarakteriga qarab);
— salomatligining ahvoli boʻyicha moneliklar koʻrsatilgan kasb omillarini bartaraf etgan holda vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish, shunda Vrachlik konsultatsiya komissiyasi (VKK) bemorning hisobga olgan holda tavsiya etiladigan ish xarakterini belgilab berish;
— oldingi sharoitlarida ishni davom ettirishga moneligi boʻlgan boshdan kechirilgan kasalliklardan soʻng asoratlar qolganida yengillashtirilgan sharoitlardagi ishga oʻtkazish;
— ish qobiliyatini doim yoʻqotganlikni aniqlash, ishga qobiliyatning qancha foizlarda yoʻqotganlikni aniqlash uchun tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasiga (TMEK) yuborish;
— kasbga yaroqlilik, salomatligiga qarab vaqtincha yoki doimiy boshqa ishga oʻtkazish haqidagi tibbiy xulosa maʼmuriyat tomondan bajarilishi shart deb hisoblanadi.
20. Dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtgan va zararli omillar hamda noxush ishlash sharoitlarida ishga yaroqli deb topilgan shaxslarga qirqib olinadigan yoʻllanma chiptasi beriladi.
Zararli omillar va noxush ish sharoitlarida (dastlabki koʻrik maʼlumotlariga koʻra), ishlashga ruxsat etilmagan shaxslarga xulosalar qoʻliga topshirilmaydi, 3 kun muddat ichida yoʻllanma bergan korxona maʼmuriyatiga yuboriladi.
21. Davolash-muhofaza muassasalari sanitariya-epidemiologiya stansiya, korxona maʼmuriyati, OʻzR KUFK bilan birgalikda har yili ishlovchilarning davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazish natijalarini umumlashtirib, yil mobaynida yakunlovchi dalolatnoma tuzadi, unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatib oʻtiladi:
— davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari zarur boʻlgan shaxslar, shu jumladan ayollar soni;
— koʻzdan kechirilganlar (koʻrikka jalb etilganlik foizi), shu jumladan ayollar soni;
— kasbdan zararlangan va kasb kasalligiga chalingan deb shubha qilinib aniqlangan shaxslar soni (shu jumladan ayollar soni);
— umumiy kasalligi bor shaxslar soni;
— shifoxona yoki sanatoriy-kurortlarda davolanishga yuborish, dam olish uylarida, pansionatlar va sanatoriy-profilaktoriylarda sogʻlomlashtirilishi lozim boʻlgan shaxslar, parhez ovqatlanishga muhtoj boʻlganlar soni (aniqlangan xastaliklar turiga qarab);
— salomatligiga koʻra vaqtincha boshqa ishga oʻtishga muhtoj boʻlgan shaxslar soni, shunda kasb kasalligini boshidan kechirgandan keyin asoratlar qolishi va ular oldingi sharoitlarda ishni davom ettirishlari uchun moneliklar hisobga olinadi (shunda monelik qiluvchi ishlab chiqarish omillarining barchasi bartaraf etilishi kerak);
— yengillashtiruvchi mehnat sharoitlarida ishga oʻtkazishga muhtoj boʻlgan shaxslar soni;
— nogironlik guruhini belgilash uchun TMEK (tibbiy mehnat ekspert komissiyasi) ga yuborilishi zarur boʻlgan shaxslar soni;
— tibbiy koʻrik natijalariga va sanitariya vrachning sanitariya-gigiyena xulosalariga koʻra, korxona sexlarida (uchastkalarida) mehnat sharoitlarini sogʻlomlashtirish boʻyicha tavsiyalar:
— bundan oldingi qaydnomada koʻzda tutilgan chora-tadbirlar bajarilganligi toʻgʻrisida.
Dalolatnomada ilova sifatida boshqa ishga koʻchirilishi tavsiya etilganlar, shifoxonalarda davolanish va parhez ovqatlanish tavsiya etilgan shaxslar roʻyxati beriladi.
Yakunlovchi dalolatnoma 4 nusxada tuzilib, korxona maʼmuriyatiga, kasaba uyushmasiga, sanitariya-epidemiologiya stansiyasiga bajarish uchun topshiriladi, bir nusxasi esa davolash-muhofaza muassasida qoldiriladi.
22. Tibbiy koʻrik oʻtkazilayotganda kasb kasalliklari alomatlari aniqlangudek boʻlsa, xodimlar tashxis va kasallikning kasbga aloqadorligini oydinlashtirish maqsadida maxsus tekshiruvga belgilangan tartibda sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqikot instituti va II-ToshDavTI klinikalariga yuboriladi.
Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi davolash-muhofaza muassasasining talabnomasiga binoan tekshiriluvchi ishlash sharoitlarining sanitariya-gigiyenik tavsifnomasini yoki yoʻriqnomaga muvofiq (5-ilova) axborot maʼlumotnomasini tuzadi, uni sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh vrachi imzolaydi va kasb kasalligi qoʻyiladigan yakunlovchi tashxis (kasallikning kasbga aloqadorligi)ni aniqlash uchun tibbiy hujjatlar bilan sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti va II-ToshDavTI klinikalariga yuboriladi.
Kasb kasalligi klinikasida tekshiruv davri ichida tekshiriluvchiga kasallik varaqasi berilmasdan, balki unga amaldagi joriy qonunchilikka binoan ish haqi saqlanib qolinadi.
II-Toshkent Davlat tibbiyot instituti klinikasiga va sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti zimmasiga, shuningdek dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar oʻtkazilganda yuzaga kelgan tortishuv hollarini hal etish vazifasi ham yuklatiladi.
Yuqumli va parazitar kasalliklarni oydinlashtirish yoki qoʻyilgan tashxisni tasdiqlash ishi yuqumli kasalliklar shifoxonalarida (boʻlim, xonalarda) yuqumli kasalliklar shifokori tomonidan olib boriladi.
Yuqumli yoki parazitar xastalikning kasb faoliyatiga aloqadorligini aniqlash ishi belgilangan tartibda albatta yuqumli kasalliklar shifokori yoki epidemiolog ishtirokida olib boriladi. Epidemiologik tekshiruv kartasi (357/u) yoki parazitar kasallikning kasbga aloqadorligini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Epidkartaning toʻliq va toʻgʻri toʻldirilgani hududiy sanitariya-epidemiologiya stansiyaning bosh vrachi tomonidan, oʻta xavfli yuqumli kasallik yuqqan taqdirda esa tarkibida oʻta xavfli yuqumli kasalliklar boʻlimi boʻlgan sanitariya-epidemiologiya stansiyaning bosh vrachi tomonidan imzolanadi.
23. Kasb kasalliklari aniqlangan barcha shaxslar, shuningdek aʼzo va tizimlarida ozgina oʻzgarishlar topilgan (kelib chiqishida kasb omili asosiy oʻrin tutgan) shaxslar aniqlangan patologik jarayon tabiatiga qarab dispanser kuzatuvida tegishli mutaxassislar (terapevt, nevropatolog, dermatovenerolog, yuqumli kasalliklar shifokori va boshq.) nazorati ostida boʻlishi lozim.
Ish faoliyati tugaganidan keyin kasalliklarga mubtalo boʻlgan xodimlarda tibbiy sanitariya qismi (poliklinikalarda) ilgari ishlagan joyi boʻyicha toʻla hajmida tibbiy yordam huquqi saqlanib qoladi.
24. Kasallikning kasbga aloqadorligini aniqlashning oʻta murakkab ekspert masalalari, shuningdek tortishuv hollari (dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar oʻtkazilganda paydo boʻlgan va davolash-muhofaza muassasasida hamda kasb patologiyasi klinikasida hal boʻlmaganda) OʻzR SSV sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti va 2-ToshDavTI klinikasi qoshidagi vrachlik-konsultativ komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
25. 2-ilovaning 13.1-bandida koʻzda tutilgan xodimlarni dastlabki va davriy tibbiy koʻriklardan oʻtkazganlik maʼlumotlari namunasi Respublikada joriy qilingan shaxsiy tibbiy kitobchaga yozib qoʻyiladi, maʼmuriyat esa ana shu kitobchalar bilan hamma xodimlarni taʼminlashi zarur.
26. Xodimlar salomatligining ahvoli ustidan nazorat qilish tizimiga vaxta usulida ishlovchilar uchun majburiy vaxta oldi koʻriklari kiritiladi. Vaxta oldi tibbiy koʻriklari shahobchalari xodimlarining vaxtaga markazlashgan holda uchib (borayotgan) ketayotgan joylarda korxona maʼmuriyati tomonidan uyushtiriladi.
Vaxta oldi koʻriklarini oʻrta tibbiyot xodimlari (shu jumladan korxonalar va xalq xoʻjaligi tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish asosida) oʻtkazishlari xam mumkin.
Safar (reys), vaxta oldi koʻriklariga quyidagilar kiradi: anamnez toʻplash, tana haroratini oʻlchash (koʻrsatmalar boʻlganda), arterial bosimni oʻlchash, tomir urishini aniqlash, birorta asos boʻlgan usulda chiqarilayotgan nafasda alkogol bor-yoʻqligiga reaksiya oʻtkazish shular jumlasidandir. Koʻrik natijalari koʻriklarni hisobga olish jurnaliga yoki “Ishlashga ruxsat etilgan” shaxsiy tibbiy kitobchaga yozib qoʻyiladi. Quyidagi hollarda yozuvlar qilinmaydi:
a) vaqtincha ishga qobiliyatsizlik belgilari aniqlanganda;
b) chiqarilayotgan nafasda alkogolga sinama musbat boʻlgan taqdirda.
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 5-ilova
Kasb kasalligiga gumon qilingan xodimning ish sharoitlari sanitariya-gigiyena tavsifnomasini tuzish uchun
YOʻRIQNOMA
1. Umumiy qoidalar
1.1. Xodimning ish sharoitlari sanitariya-gigiyenik tavsifnomasi uning kasalligi kasbi bilan bogʻliqligini hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlardan biridir.
1.2. Sanitariya-gigiyenik tavsifnoma faqat sanitariya-epidemiologiya stansiyalari tomonidan beriladi.
1.3. Sanitariya-gigiyenik tavsifnoma berishni talab qilish huquqiga:
— kasallangan shaxs ishlayotgan korxona tibbiy sanitariya qisminining bosh vrachi;
— umumiy yoʻnalishdagi hududiy davolash-muhofaza muassasalarining bosh vrachi, uning tibbiy mehnat ekspertiza boʻyicha muovini;
— maxsus kasb kasalliklari shifoxonasining bosh vrachi yoki uning muovini egadir.
1.4. Sanitariya-gigiyenik tavsifnoma berish talabnomasi kasallangan shaxs ishlayotgan (ishlagan) korxona joylashgan SES bosh vrachi nomiga yuboriladi.
1.5. Sanitariya-gigiyenik tavsifnoma 3 nusxada SES blankasiga SES vrachi tomonidan yozilib, imzolanadi va SES bosh vrachi imzosi hamda SES muhri bilan tasdiqlanadi. Xodim oʻz xohishiga koʻra tavsifnoma bilan tanishib chiqishi mumkin. Tavsifnomaning 3-nusxasi korxonaning xodimlar boʻlimiga yuboriladi.
1.6. Sanitariya-gigiyenik tavsifnomaning birinchi nusxasi uni talab qilgan korxonaga talabnoma olingan kundan boshlab, 15 kun mobaynida topshiriladi; ikkinchi nusxasi sanitariya-epidemiologiya stansiyada talabnoma hujjati bilan kasallanishidan ilgarigi ish joyi boʻyicha saqlanadi, tavsifnomani tuzish muddati SES bosh shifokori bilan kelishilgan holda uzaytirilishi mumkin.
1.7. Zarurat tugʻilganda (maʼlumotlar kamligi, ilgarigi ishdagi hududi shunga oʻxshash zararli omillar bilan muloqotda boʻlganda va hokazo) ishlash sharoitlarining sanitariya-gigiyenik tavsifnoma uchun qoʻshimcha dalillarga ega boʻlgan talabnomani ana shu talabnomani bergan SES yoki oldingi ish joyi boʻyicha tumanga taalluqli SESga yuborish lozim.
1.8. Tavsifnomasi tuzilayotgan ishchiga taalluqli boʻlgan kasb guruhida kasb xastaligi mavjud yoki mavjud emasligini koʻrsatib oʻtish zarur.
1.9. Kasallik ish sharoitidagi zararli omillar bilan muloqot toʻxtatilgandan keyin (kechki silikoz, baʼzi bir oʻsmalar va boshq.) rivojlansa va ish sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berish mumkin boʻlmagan hollarda (korxonalarda zararli omillarning miqdoriy koʻrsatkichlari boʻlmagan holda sex, korxona yopilgan yoki qayta qurilgan boʻlsa) shaxsning zararli ish sharoitlariga mansub kasbda ishlaganligini tasdiqlovchi hujjat (mehnat daftarchasidan koʻchirma va boshq.) lar taqdim etiladi.
1.10. Sex, korxona yopilgan hollarda kasal shaxsning sharoitlarini xuddi shunday ishlab chiqarish va mehnat jarayoni oʻxshash boʻlgan sharoitlaridagi omillarning miqdoriy koʻrsatkichlari yozilgan adabiyot manbalaridan va boshqa maʼlumotlardan foydalanib, tavsifnoma oʻrniga axborot beruvchi maʼlumotnoma tayyorlash mumkin.
2. Sanitariya-gigiyenik tavsifnoma mazmuniga qoʻyiladigan talablar
2.1. Sanitariya-gigiyenik tavsifnomada quyidagi maʼlumotlar beriladi:
— xodimning ismi-sharifi, otasining ismi;
— tugʻilgan yili;
— kasbi, lavozimi;
— korxona, muassasaning nomi;
— sex, ustaxona;
— ish staji: umumiy, ushbu kasbda va sexda;
— mehnat jarayonlari omillarining tavsifi;
— yondosh zararli mehnat omillarining miqdoriy koʻrsatkichlari;
— ishlash jarayonining bayoni;
— ish faoliyati muhiti va mehnatdagi zararli omillarning roʻyxati;
— xodim soʻzlariga, boshqa hujjatlarga asoslanib, oldingi ishlash sharoitlarida qaysi zararli omillar bilan muloqotda boʻlganini koʻrsatish (omillar roʻyxati, qaysi korxonada muloqot turi);
— xronometraj maʼlumotlari (bir smena davomida muloqotning taʼsir oʻtkazish davri);
— shaxsiy himoya vositalari va ularning qoʻllanilishi.
2.2. Xodim ishlash jarayonining bayoni mehnat gigiyenasi boʻyicha shifokor tomonidan ishchining xizmat vazifalari va mehnat xususiyatlari bilan bevosita ish joyida tanishishi va mehnat daftarchasi asosida yoziladi hamda korxona maʼmuriyati va xodimning bergan maʼlumotlari ham hisobga olinadi.
2.3. Joriy sanitariya nazoratiga binoan SES, ilmiy-tekshirish instituti va tibbiyot instituti maʼlumotlari, laboratoriya asboblarida tekshiruv natijalariga asoslangan holda maʼlumotlar zararli mehnat omillarining roʻyxati va ularning miqdoriy koʻrsatkichlari beriladi. Zarur boʻlgan hollarda korxonaning sanitariya-gigiyena laboratoriyalari va boshqa maxsus tashkilotlarning tekshiruv natijalaridan foydalanish mumkin. Tekshiruv natijalari tekshiruv oʻtkazgan muassasadagi zararli omil darajasi, tekshiruv muddati koʻrsatilgan holda berilishi lozim. Qoʻshimcha ravishda boshqa materiallar, yaʼni ana shu tekshirilayotgan muhitda kasb kasalligining kelib chiqish hollarini taftish qilish qaydnomasi va kasallangan shaxs tomonidan berilgan maʼlumotlardan maʼmuriyat yoki shu joyda ishlovchilar tomonidan tasdiqlangan holda foydalanish mumkin.
2.4. Shu kasbda eng koʻp davr ichida dinamik ravishda zararli mehnat omilining miqdoriy taʼsiri koʻrsatilishi kerak. Xodimga mehnat sharoiti, ayniqsa katta xavf tugʻdiruvchi omil yetakchi zararli omil deb sanaladi. Uning taʼrifi toʻla hajmda berilishi kerak. Yondosh omillar koʻrsatib oʻtiladi, mumkin boʻlsa, miqdoriy ravishda baholanadi.
2.5. Laboratoriya asboblarida tekshiruvlar natijalari boʻlmaganda yoki toʻliq boʻlmaganda joylardagi SESlar xodimning ish joyida qoʻshimcha oʻlchovlar oʻtkaziladi.
2.6. Xronometraj maʼlumotlari smena davomida zararli omilning taʼsir oʻtkazish vaqti koʻrinishida yoki oy, yil davomida koʻrsatilishi zarur.
2.7. Shaxsiy muhofaza vositalari sanab oʻtiladi va uni ishlatish xavfsizligini buzish hollari albatta koʻrsatiladi.
2.8. Amaldagi sanitariya qonunchiligiga asosan “mehnatning gigiyenik tavsifnomasi”ni hisobga olgan holda xodimning mehnat sharoiti toʻgʻrisida va ishlash muhitining mazkur kasb kasalligi (zaharlanishi) bilan bogʻliq boʻlish mumkinligi haqida xulosa qilinadi.
3. Ayrim mehnat sharoiti va jarayonidagi zararli omillar tavsifnomasiga qoʻyiladigan talablar
3.1. Shovqin, lokal va umumiy tebranish, ultra va infratovush.
3.1.1. Manbalar.
3.1.2. Omilning sifat tavsifi:
— shovqin, doimiy, impulsiv;
— lokal tebranish;
— impulsli, uzlukli, yuqori, past chastotali;
— umumiy tebranish (ish joyining tebranishi), transportdagi, transport-texnologik, ultratovush havodagi, muloqotli, doimiy, impulsli;
— infratovush.
3.1.3. Miqdoriy taʼrifi:
Eslatma:
— shovqin uchun — shovqinning ekvivalent darajasi (dB da), doimiy boʻlmagan shovqin uchun qoʻshimcha taʼrifga shovqinning eng katta darajasi (dB da);
— tebranish uchun (mahalliy va umumiy) — tebranish tezligini yoki tezlanishining korreksiya (tuzatilgan) qilingan dB dagi logarifmik darajasi;
— infratovush uchun— tovush bosimining ekvivalent darajasi yoki meʼyordan oshgan miqdori (DB koʻrsatkichida), eng koʻp miqdorning oktava chastotasini koʻrsatgan xolda;
— ultratovush uchun — moslamaning ish chastotasi va normadan oshgan miqdori (dBA da).
3.1.4. Patologik jarayonning kechishini ogʻirlashtiruvchi omillarning mavjudligi:
— shovqin uchun — mehnatning ogʻir-yengilligi;
— patologik jarayon kechishini ogʻirlashtiruvchi omillarning borligi: mahalliy tebranish uchun — sovuq taʼsirotlar, qoʻlni hoʻllash (suv, eritma harorati, taʼsirotning davomiyligi)ni koʻrsatgan holda; umumiy tebranish uchun — yuqori namlikdagi isituvchi mikroiqlim.
3.2. Chang.
3.2.1. Chang taʼrifi:
— chang tarkibi va xususiyatlari — tabiiy yoki sunʼiy, mineral yoki organik, bir xildagi yoki aralash tolali va hokazo, chang tarkibida gaz va kimyoviy moddalarning bugʻ holida mavjudligi;
— dispers tarkibi: aerozol, kondensatsiya yoki dezintegratsiya holida;
— changning mineral, kimyoviy tarkibi va turi hamda boshqa kimyoviy-fizikaviy xususiyatlari.
3.2.2. Ish sohasidagi havoning changlanganligi miqdoriy koʻrsatkichlari:
3.3. Kimyoviy moddalar, biologik omillar.
3.3.1. Ish zonasidagi havo ifloslanganligining sifat jihatidan taʼrifi:
— xodimning vaqtincha va doimiy boʻlgan ish joyida mavjud zararli moddalarning roʻyxati; ishlatilayotgan xomashyoni hisobga olgan holda reaksiyaga kiruvchi oʻrtacha va oxirgi moddalar va ularning oʻzgaruvchanlik (oksidlanish, destruksiya, gidroliz va boshq.) xususiyatlari.
3.3.2. Ajralayotgan kimyoviy moddalarning miqdoriy xususiyatlari:
ChRM—chegaralangan ruxsat etilgan miqdori
Oʻrtacha smena davomidagi miqdorni oʻrtacha smena davomida ChRMsi bor moddalar uchun oʻlchanadi.
3.3.3. Teri orqali oʻtish xavfi bor moddalar uchun (SSV ning zararli moddalarning ChRM siga asoslangan holda) teri orqali organizmga kirish ehtimoli mavjudligini baholash kerak. Masalan, zararlangan asbob uskunalar va hokazo, moddaning toʻkilib ketishi ehtimoli borligi va boshqalar.
3.3.4. Qoʻl terisi ifloslanishining chegaralangan ruxsat etilgan darajasi (yoki taxminiy ChRD) mavjud moddalar uchun miqdoriy taʼrif berish kerak.
3.3.5. Terining kasb xastaligi gumon qilingan hollarda xodim muloqot qiluvchi barcha omillarning toʻliq roʻyxati (eritma, yelim, smola, birikma va boshq.) koʻrsatilishi zarur.
3.4. Ionlashmagan nurlanish.
3.5. Mikroiqlim, harorat, nisbiy namlik, havoning harakat tezligi, issiqlik nurlanishning jadalligi.
3.5.1. Sifat taʼrifi:
— uzluksiz yoki uzlukli taʼsirot;
— issiqlik nurlanishning manbalari.
3.5.2. Miqdor taʼrifi:
— mikroiqlim oʻlchamlarining sanitariya meʼyorlariga muvofiqligi;
— chegara roʻyxatiga olingan darajalardan oshgan koʻrsatkichlar roʻyxati, ularning taʼsir qilish davri.
3.5.3. Ochiq maydonlarda ish olib borilganda oʻrtacha oylik haroratining ehtimoli minimal va maksimal koʻrsatkichlari, nisbiy namlik, shamol tezligi, shu hududda qishki (dekabr-fevral) va yozgi (iyun-avgust) mavsumlaridagi toʻgʻri quyosh radiatsiyasining jadalligi koʻrsatiladi.
3.6. Mehnat jarayonining omillari.
3.6.1. Ish joyidagi ish yuritish omillarining taʼrifi:
— ish holati (erkin, majburiy);
— majburiy ish holatida boʻlish davri (smena vaqtidan, foiz hisobida);
— tana egilishlari (majburiy, yoʻq);
— tananing egilish burchagi (graduslarda);
— egilishlar soni (1 operatsiya, 1 smena davomida).
3.6.2. Jismoniy zoʻriqishlar taʼrifi:
— qoʻlda koʻtariladigan yuk vazni (kg);
— yuk qayerdan qayerga olib qoʻyiladi (poldan, ishlash sathidan);
— yukni koʻtarish, qoʻyish masofalari (har biri uchun alohida);
— 1 operatsiya, 1 smena davomida yuk koʻtarish chastotasi;
— smena davomidagi yuk aylanishi;
— asosiy boshqaruv organlariga tushayotgan ogʻirlik.
3.6.3. Koʻzga tushayotgan taʼsirot omillari:
— optik moslamalar va ularsiz ishlash;
— farqlanishi zarur boʻlgan eng kichik obyekt (mm);
— farqlanishi zarur boʻlgan obyektning kontrastligi;
— fon taʼrifi.
3.6.4. Mehnat va dam olish tartibi taʼrifi:
— ishning smenaliligi;
— tushlikka tanaffus (daqiqalarda);
— chegaralangan tanaffusning mavjudligi, 1 smena davomidagi tanaffus vaqti.
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 6-ilova
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 7-ilova
Kasb kasalliklari va kasbdan zaharlanishlarni hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha sogʻliqni saqlash muassasalari dastlabki tibbiy hujjatlari shakllarining
ROʻYXATI
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 8-ilova
Kasb kasalliklari
ROʻYXATI
Kasb kasalliklarini roʻyxatini qoʻllashga doir YOʻRIQNOMA
1. Kasb kasalligiga tashxis qoʻyishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga aloqadorligida, ishga qobiliyatlik ekspertizasida, tibbiy va mehnat salomatlikni tiklash masalalarini hal etishda, shuningdek xodimlar sogʻligiga yetkazilgan zararni korxonalar va tashkilotlar tomonidan qoplashga aloqador masalalarni koʻrib chiqishda kasb kasalliklar roʻyxati asosiy hujjat hisoblanadi.
2. Roʻyxatga faqatgina noxush ishlab chiqarish omillari (pnevmokoniozlar, tebranish kasalligi, zaharlanish va boshq.) taʼsir koʻrsatishi tufayli kelib chiqadigan kasb kasalliklari, shuningdek muayyan noxush ishlab chiqarish omili — kasb omili taʼsir koʻrsatishiga aloqador ekanligi va organizmda xuddi shunday oʻzgarishlar (bronxit, allergik kasalliklar, katarakta va boshqalar)ning rosmana taʼsiri keltirib chiqargan boshqa xastaliklar kiritilgan.
3. Mazkur xastalik kasbga aloqador ekanligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik klinik kechishi shaklining tavsifini, etiologik omil va bajariladigan ishlar turini, staj, muayyan ishlab chiqarishdagi konkret mehnat sanitariya-gigiyena sharoitlarini hisobga olish zarur.
Ish joylari kimyoviy moddalardan ifloslanmaganligi maxsus tekshiruv usullar va yetarli miqdorda oʻtkazilgan sinovlar bilan isbotlangan boʻlishi lozim. Agar ishlab chiqarish muhiti va noxush ishlab chiqarish omillari darajasi mutlaqo tekshirilmagan boʻlsa, bu hol kasb kasalligi tashxisini aniqlash uchun toʻsqinlik qilmaydi. Bunday hollarda kasb kasalligining klinik belgilari yaqqol ifodalangan boʻlsa, dinamikada kasallikning zoʻrayishi kuzatilsa va uzoq ish staji boʻlganda kasb kasalligining tashxisini qoʻyish mumkin.
Shuni hisobga olish kerakki, mazkur hujjatda bajariladigan ishlar va korxonalar, shuningdek kasallikni keltirib chiqaruvchi etiologik omillarning faqatgina taxminiy roʻyxati keltirilgan xolos.
4. Klinik-ekspertlik xulosa chiqarishga, shuningdek kasb kasalliklarining erta va ancha vaqt oʻtgandan keyin roʻy beradigan asoratlar (masalan, uglerod oksiddan zaharlangandan keyin yuz beradigan markaziy asab tizimining barqaror organik oʻzgarishlari) ham kasb kasalliklari qatoriga kiradi, zararli omil (masalan: kechki silikoz, siydik pufagi papillomasi va boshqalar) bilan muloqot toʻxtatilgach, ancha vaqt oʻtgandan soʻng kasb kasalligi rivojlanish ehtimoli borligini ham hisobga olish zarur, kasb kasalligi roʻy bergan sharoitda (masalan, pnevmokonioz va chang tufayli rivojlangan oʻpka raki) paydo boʻlgan xastaliklar ham kasb kasalliklari jumlasidandir, bu esa bronxlar shilligʻida bir xil gistologik oʻzgarishlar (odatda, yassi hujayrali rak rivojlanishi bilan yuz beradigan displaziya elementlari boʻlgan tarqoq metaplaziya) borligi bilan tasdiqlanadi.
Kasb kasalligining regressiyasi kuzatilsa ham (masalan, oʻtkir va surunkali zaharlanishlar, vibratsion kasalligi, teri kasalliklari, allergik xastaliklar va boshqalar) ishchini avvalgi oʻz ishiga qaytarish mumkin emas va uni boshqa kasbga oʻrgatish tavsiya qilish zarur.
5. Agar roʻyxatda koʻrsatib oʻtilgan kasb kasalligi kasbga daxli boʻlmagan xastalikni kuchaytirib turgʻun mehnat qobiliyatini yoʻqotishga olib kelsa, ishga qobiliyatsizlik sababi, kasbga aloqador deb hisoblanishi lozim.
6. Oʻtkir kasb kasalligi tashxisi (zaharlanishlar) tegishli SESdagi profpatologiya boʻyicha mutaxassis va mehnat gigiyenasi boʻyicha vrach bilan albatta maslahatlashgandan keyin, har qanday davolash-muhofaza muassasasining vrachi tomonidan qoʻyilishi mumkin. Oʻtkir kasb kasalligi (zaharlanish) toʻsatdan paydo boʻladi, u kimyoviy moddalardan ish maydonidagi havoda nisbatan yuqori konsentratsiyasi va boshqa noxush omillar bir marta (koʻp deganda bir ish smenasida) taʼsir oʻtkazgandan soʻng yuzaga keladi. Yuqumli kasalliklar sababli paydo boʻlgan (virusli gepatit, brutsellez, kuydirgi, oziq-ovqat ensefaliti va boshqalar) kasallikning bemor kasbiga aloqadorligini aniqlash zararlanish oʻchogʻida yuqumli xastalik hodisasining epidemiologiyasini tekshiruvini oʻtkazayotgan hududiy SES vrach epidemiologi tomonidan amalga oshiradi.
7. Surunkali kasb kasalligi (zaharlanish) tashxisini 2-ToshDavTI kasb kasalliklari kafedrasi va Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari Ilmiy tekshirish instituti qoshidagi vrachlik konsultativ komissiyasi qoʻyishga haqli hisoblanadi. Zararli ishlab chiqarish-kasb omillarining uzoq muddat taʼsir oʻtkazishi natijasida paydo boʻlgan xastaliklar surunkali kasb kasalliklari qatoriga kiradi. Kasb kasalligini belgilashda tashxisdan keyin (qavs ichida) zararlanishning asosiy belgilarni va zararlangan aʼzolar funksional faoliyatining buzilish darajasini koʻrsatish kerak.
8. Tibbiy-mehnat ekspertiza amaliyotida shuni hisobga olish kerakki, kasallik kasb kasalligi ekanligini tan olinishida hamma vaqtda ham, mehnat qobiliyati buzilishi shart emas. Kasb kasalliklari va zaharlanishlarning boshlangʻich shakllarida ishlash qobiliyati haqidagi xulosa faqat ayni muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida ishni toʻxtatish haqida tavsiya berish va malaka hamda ish haqini kamaytirmasdan oqilona zararsiz sharoitli ishga joylashtirishdan iborat boʻlishi mumkin.
Kasb kasalligi boʻyicha nogironlik guruhini belgilash huquqi va ishlash qobiliyatining necha foiz yoʻqotilganligini aniqlash tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari zimmasiga yuklatilgan.
9. Kasb kasalligi borligini aniqlash va kasb kasalliklari roʻyxatidan toʻgʻri foydalanishni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti va 2-ToshDavTI klinikasi qoshidagi vrachlik-konsultativ komissiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklatiladi.
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 9-ilova
Kasb kasalliklariga chalingan bemorlar dispanserizatsiyasini oʻtkazish tartibi haqida
NIZOM
Kasb kasalliklariga chalingan bemorlarning dispanserizatsiyasini oʻtkazish haqidagi Nizom bemorlarni amaliy sogʻlom va kasallanishga moyil nuqsonlarni ambulatoriya-poliklinika muassasalarida dispanserizatsiya oʻtkazishning bir qismi hisoblanadi.
Dispanser hisobiga kasb kasalliklari bilan, jumladan, kasallikning boshlangʻich va klinik belgilari kam ifodalangan shakllari bilan kasallangan bemorlarning dispanserizatsiyasi tizimida ularni mehnatga toʻgʻri joylashtirish muhim ahamiyatga ega va bemorlarning sogʻligʻini qayta tiklashning asosiy shartlaridan biridir.
Kasb kasalliklarining zoʻrayishi va asoratlarining oldini olish maqsadida kasb kasalliklarining ifodalangan turlari bilan kasallangan barcha bemorlar kasb kasalliklar klinikalarida har yili davolanishlari zarur. Kasb kasalliklari bilan kasallangan bemorlar butun umri davomida dispanser nazoratida boʻlishlari kerak.
Ushbu Nizomda koʻrsatilgan mutaxassislarning nazoratida boʻlishi kerak boʻlgan bemorlar amaldagi koʻrsatmalarga muvofiq holda kuzatuvda boʻladilar.
OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligining 06.06.2000-y. 300-sonli buyrugʻiga 10-ilova
Kasb kasalliklarini xabar qilish, tekshirish, qayd qilish va hisobga olish tartibi haqida
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma barcha davolash-profilaktika muassasalari uchun zaruriydir (barcha turdagi ambulator-poliklinika va shifoxona muassasalari, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot institutlari, sanitariya-epidemiologiya stansiyalari), yoʻriqnomani qoʻllash muddati uni tasdiqlagan kundan hisoblanadi.
Eslatma: matbuotda koʻpaytirishga va tarqatishga ruxsat berilgan.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Oʻzbekiston Respublikasida kasb kasalliklarini hisobga olish tizimi quyidagilar uchun moʻljallangan:
—kasb kasalliklarini nazorat qiluvchi sanepidstansiyalariga zudlik bilan xabar qilish;
— kasb kasalliklari hodisalarini maxsus tekshiruvini oʻtkazish;
— zararli ishlab chiqarish omillarining odam salomatligiga taʼsir etishini bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar oʻtkazish;
— Oʻzbekiston Respublikasida kasb kasalligiga chalinish holatini tahlil etish va kasb kasalliklarini profilaktika qilishning mukammal dasturlarini va nazorat etish usullarini amaliyotga joriy etish;
— aholi salomatligi haqidagi maʼlumotlarning umumiy tizimida ayrim xastaliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
1.2. Mazkur Yoʻriqnoma xodimlar va aholi kontingentlari orasida kasb kasalliklarini tekshirish, qayd qilish va hisobga olish tartibini belgilab beradi.
1.3. Butun Oʻzbekiston hududida kasb kasalliklari hodisalari maxsus hisobga olinadi va tekshiriladi, bu xastaliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli buyrugʻi bilan belgilanadi.
1.4. Kasb kasalliklari dastlabki va yakunlovchi diagnozlar asosida hisobga olinadi va quyidagi hollarda belgilanadi:
1.4.1. “Oʻtkir kasb kasalliklari”:
— barcha turdagi ambulator-poliklinika muassasalarida (muassasaga murojaat qilinganda yoki bemorni uyiga borib koʻrganda);
— turli profildagi shifoxona muassasalarida (kasb kasalliklari klinikasida tasdiqlangandan soʻng).
1.4.2. Surunkali kasb kasalliklari — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish institutining kasb kasalliklari klinikasi va 2-ToshDavTI klinikasida aniqlanadi va hisobga olinadi.
1.5. Kasb kasalligi diagnozini aniqlash, hisobga olish va kasallik hodisalarini tekshirish masʼuliyati quyidagilarni zimmasiga yuklatadi:
1.5.1. Kasb kasalligini toʻgʻri aniqlash, hisobga olish, hamda:
— yangidan aniqlangan kasb kasalliklari toʻgʻrisida;
— diagnoz oʻzgarganligi (oydinlashtirilganligi) toʻgʻrisida;
— oʻtkazilgan davolash-profilaktika choralari, kasb kasalliklarining oqibatlarini va nima bilan tugallangani maʼlumotlarni sanitariya-epidemiologiya stansiyasiga oʻz vaqtida xabar qilish. OʻzR SSV sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tekshirish institutining kasb kasalliklar klinikasi va 2-Toshkent Davlat tibbiyot instituti klinikasi rahbarlari va 1.4.1-bandda eslatib oʻtilgan davolash profilaktik muassasalarining boshliqlari zimmasiga yuklatiladi.
1.5.2. Sanepidstansiya (tuman, shahar) bosh vrachlari zimmasiga — kasb kasalliklarini qayd qilish, hisobga olish va tekshirish masʼuliyati yuklatiladi.
1.6. Kasb kasalligini maxsus hisobga olish tizimida Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududi boʻyicha quyidagi yagona atamalar taʼriflari qoʻllanilishi lozim.
1.6.1. Kasb kasalligi — zararli mehnat sharoitlari taʼsiridan paydo boʻladi va kasb kasalliklari roʻyxatiga kiritilgan xastalik.
1.6.2. Oʻtkir kasb kasalligi — zararli ishlab chiqarish omillarining bir martalik (koʻp deganda bir ish smenasida) taʼsir koʻrsatishidan kelib chiqadigan xastalik.
1.6.3. Surunkali kasb kasalligi zararli ishlab chiqarish omillarining koʻp marta va uzoq vaqt taʼsir etilishidan kelib chiqadigan surunkali xastalik.
1.6.4. Oʻtkir va surunkali kasbiy zaharlanish — ayrim (alohida) hollarda uchraydigan Oʻtkir va surunkali kasallik turi.
1.6.5. Ishlovchi kontingent orasida uchraydigan kasbdan kasallanish. Kasbdan kasallanish deganda xodimlarga tegishli joriy aniqlangan xastalangan shaxslar soni tushuniladi (muayyan korxona, tarmoq, vazirlik va hokazo).
1.6.6. Maxsus tekshiruv — davolash-profilaktika muassasasining vrachi, korxona (muassasa) va kasaba uyushmasi tashkiloti ishtirokidagi sanepidstansiya vrachlari oʻtkazadigan kasb kasalligining paydo boʻlish sabablari va shart-sharoitlarini tekshirish.
1.6.7. Guruhiy kasb kasalligi — bir vaqtning oʻzida 2 va bundan ortiq kishi ogʻrigan (zararlangan) hol tushuniladi.
2. Kasb kasalliklari haqida xabar qilish tartibi
2.1. Oʻtkir kasb kasalliklari (zaharlanishlar) haqida shoshilinch xabar qilish va uni yuborish hujjatini toʻldirish tartibi.
2.1.1. Har bir kasb kasalligi (zaharlanish) roʻy berganda ana shu xastalikni aniqlagan yoki shubha qilgan shifokor tomonidan shoshilinch xabarnoma (58-sonli shakl) toʻldiriladi.
2.1.2. Belgilangan shakldagi shoshilinch xabarnoma quyidagi idoralarda toʻldiriladi:
— vrachlik sogʻliqni saqlash shohobchalarida, ambulatoriyalar, poliklinikalar va dispanserlarda;
— barcha xildagi statsionarlarlarda, kasb kasalliklari klinikasida.
2.1.3. Xabarnoma 12 soat mobaynida kasb kasal ishlaydigan obyekt ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi sanitariya-epidemiologiya stansiyasiga yuboriladi.
2.1.4. Shoshilinch xabarnomada Oʻtkir kasb kasalligining dastlabki (yakuniy diagnozi), tavsiya etiluvchi zararli ishlab chiqarish omillari va kasallikni keltirib chiqargan sabablar nomlari koʻrsatiladi.
2.1.5. Diagnozni oydinlashtirgan yoki uni oʻzgartirgan davolash-profilaktika muassasasi shoshilinch xabarnoma tuzadi va 24 soat mobaynida uni xodimning ishlash joyi sanepidstansiyasiga yuboradi, ayni paytda oʻzgartirilgan (oydinlashtirilgan) diagnoz, uni aniqlagan kuni, dastlabki diagnoz koʻrsatiladi.
2.1.6. Davolash-profilaktika muassasalari xabarnomani yuborishdan tashqari sanepidstansiyaga telefon yoki telegraf orqali quyidagi har bir kasallik haqida shoshilinch xabar qiladi:
— 2 va bundan koʻra koʻproq odam kasal boʻlgan (jabrlangan), ishlash qobiliyati yoʻqolgan kishining Oʻtkir kasb kasalligi, brutsellyoz, qoqshol, quturish bilan kasallanishda va bemorning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlganida.
2.2. Surunkali kasb kasalliklari (zaharlanish hollari) haqida xabar qilish va axborot topshirish tartibi.
2.2.1. Surunkali kasb kasalligi (zaharlanish) toʻgʻrisida xabarnomalar 151-sonli shakl quyidagi idoralarda toʻldiriladi:
— Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar va 2-ToshDavTI klinikasida.
2.2.2. Xabarnoma surunkali kasb (kasalligi)ga oxirgi diagnoz qoʻyilgandan keyin 3 kun mobaynida bemor ishlovchi obyekt ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan sanepidstansiyasiga va kerak boʻlgan davolash — profilaktika muassasasiga yuboriladi.
2.2.3. Yuz bergan kasb kasalligi (zaharlanish) hodisasi toʻgʻrisidagi navbatdan tashqari xabarnoma sanitariya-epidemiologiya stansiyasi tomonidan tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
3. Kasb kasalliklari hodisalarini tekshirish tartibi
3.1. Har bir kasb kasalligi (zaharlanish) maxsus tekshirilishi lozim.
3.1.1. Oʻtkir kasb kasalligi (zaharlanish)ning maxsus tekshiruvi sanepidstansiyaning mehnat gigiyenasi boʻyicha vrachi yoki boshqa mutaxassisi tomonidan korxona (tashkilot, muassasa)ning profiliga qarab, shoshilinch xabarnoma olingandan keyin, 2, 1, 7-bandlarga binoan oʻtkaziladi.
Eslatma: istisno hollarda tekshiruv sanepidstansiya bosh vrachining topshirigʻiga binoan sanitariya vrachining yordamchisi tomonidan oʻtkaziladi.
3.1.2. Oʻtkir kasb kasalligi (zaharlanish) bir vaqtning oʻzida korxonada yuz bergan baxtsiz hodisa hisoblanib sanitariya vrachi ishtirokida mazkur baxtsiz hodisani tekshirish bilan bir paytda oʻtkaziladi. Sanitariya vrachi, agar u ana shu baxtsiz hodisani tekshirishda qatnashmagan boʻlsa, Oʻtkir kasb kasalligi (zaharlanish)ni maxsus (alohida) tekshiriladi
3.1.3. Maxsus tekshiruv oʻtkazishda quyidagi tarkibdagi komissiya tuziladi:
— korxona maʼmuriyati, mehnatni muhofaza qilish boʻlimi, kasaba uyushmasi vakili, korxona sogʻliqni saqlash shahobchasining sex terapevti va tibbiyot xodimi.
3.1.4. Maxsus tekshiruv jarayonida:
— Oʻtkir kasb kasalligi (zaharlanish) paydo boʻlgan sabablari va sharoitlari tekshiriladi;
— kasallik yuz bergan ish joyi (ish zonasi, ishlab chiqarish uchastkasi, sex) tekshiriladi;
— zarur boʻlganda zararli ishlab chiqarish omillarining laborator va asbob-uskunalar bilan tekshiruvi oʻtkaziladi;
— kasb kasalligi (zaharlanish) yuz berganda ishlovchilarning sanitariya-gigiyenik mehnat sharoitlari baholanadi;
— tekshiruv natijalari asosida kasallik (zaharlanish) hodisalarini bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha sanitariya-profilaktika, tashkiliy va texnik choralari ishlab chiqiladi.
3.1.5. Kasallik (zaharlanish) hodisasini maxsus tekshirish natijalari boʻyicha belgilangan shakl (362-sonli shakl) boʻyicha 4 nusxada tekshiruv dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi korxona maʼmuriyatida qoladi, ikkinchisi sanepidstansiyaga, uchinchisi — korxonaga xizmat koʻrsatayotgan davolash-profilaktika muassasasiga, toʻrtinchisi — kasaba uyushmasiga topshiriladi.
3.1.6. Tekshiruv natijalari boʻyicha sanepidstansiya tomonidan kasallik (zaharlanish) yuz berishiga sabab boʻlgan sanitariya-gigiyena meʼyorlari buzilishiga masʼul shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo choralari koʻriladi. Tegishli hollarda hujjatlar tergov organlariga taqdim etiladi.
3.2. Surunkali kasb kasalliklari hodisalarini tekshirish tartibi.
3.2.1. Surunkali kasb kasalligi (zaharlanish)ning har bir hodisasi alohida (maxsus) tekshiriladi, u kasallik haqidagi xabarnoma olingan paytdan boshlab 7 kun mobaynida sanepidstansiyaning mehnat gigiyenasi sanitariya vrachi yoki boshqa vrachi (3.1.3-bandi boʻyicha komissiya tomonidan oʻtkaziladi).
3.2.2. Tekshirish chogʻida 3.1.4-bandga muvofiq asosiy masalalar koʻrib chiqiladi, natijalari 3.1.5-bandga binoan tartibga rasmiylashtiriladi.
3.2.3. Surunkali kasb kasalligi yuz bergan hollari va sabablari tekshirilganda sanepidstansiya mutaxassislari korxonani sanitariya jihatidan tekshirish aktlari va laboratoriya tekshiruvi natijalaridan, sexlarning sanitari-texnologik pasportlaridan, ish joylari attestatsiyalari, dastlabki va davriy tibbiy koʻriklar materiallari, mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash va sanitariya-sogʻlomlashtirish choralari boʻyicha yillik reja majmuining bajarilishi haqidagi maʼlumotlardan foydalanishadi.
3.3. Doimiy ish joyi (oʻqish)dan tashqari ish bajarish yuboriladigan shaxslarda kasb kasalligini tekshirish, hisobga olish va qayd qilish tartibi.
3.3.1. Doimiy ish (oʻqish) joyidan tashqari ish bajarish uchun yuboriladigan shaxslarda kasb kasalliklari hodisalarini tekshirish ishi kasb kasalligi (zaharlanish) yuz bergan obyekt ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan sanitariya-epidemiologiya stansiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
3.3.2. Kasb kasalligi hodisasini tekshirgan sanitariya-epidemiologiya stansiyasi tekshiruv materiallarini, ishlarni bajarish uchun ushbu shaxsni yuborgan korxona joylashgan joy boʻyicha sanepidstansiyasiga yuboradi.
3.3.3. Mazkur kasb kasalligi hodisasini qayd qilish va hisobga olish, shuningdek bemorni dispanserda kuzatish ishini quyidagilar olib boradi: shaxs yashaydigan turar joy boʻyicha (jabrlangan) shaxsning asosiy ishi boʻyicha sanepidstansiyasi va davolash-profilaktika muassasasi.
3.3.4. Kasb kasalligi (zaharlanish) hodisalarini tekshirishga (bu haqdagi axborot 2.3-bandga binoan navbatdan tashqari xabarnomalar tartibida beriladi) respublika, viloyat, shahar sanepidstansiyalari, zarur boʻlgan hollarda ilmiy-tekshirish institutlari jalb qilinishi zarur.
4. Ish joyini oʻzgartirgan shaxslarda kasb kasalliklarini tekshirish, qayd qilish va hisobga olish tartibi
4.1. Ish joyini oʻzgartirgan shaxslarda surunkali kasb kasalliklarini kasb kasalligi aniqlangan joy boʻyicha sanitariya epidemiologiya stansiyasi tekshiradi.
Tekshiruv ushbu xastalikni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan hozirgi ish joyida zararli ishlab chiqarish omillari taʼsir etishi istisno etilgan hollarda ham oʻtkaziladi.
4.2. Mazkur kasb kasalligini aniqlagan joyidagi sanepidstansiya va davolash-profilaktika muassasasi shu xastalikni oydinlashtirish maqsadida bemorning oldingi ish joyidagi tegishli sogʻliqni saqlash organlaridan quyidagilarni soʻrab olishlari zarur.
4.2.1. Oldingi ish joyi boʻyicha mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyenik tavsifnomalarini;
4.2.2. Birlamchi hujjatlar shakllari (ambulatoriya kartalari, kasallik tarixlari va boshqalar)dan koʻchirma nusxalarni;
Eslatma: talabnoma har bir yuz bergan hodisada bemorning kasb yoʻnalishini hisobga olgan holda soʻraladi.
4.3. Talabnoma soʻralgan muassasalar bir oy muddat ichida talab qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini taqdim etishlari lozim.
4.4. Ish (oʻqish) joyini oʻzgartirgan shaxslarda tasdiqlangan kasb kasalliklari hodisalari kasal odam ishlaydigan ishxona ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan huquqiy sanepidstansiya tomonidan qayd qilinishi va hisobga olinishi kerak.
5. Sanitariya-epidemiologiya stansiyalarida va davolash- profilaktika muassasalarida kasb kasalliklari hodisalarini qayd qilish va hisobga olish tartibi
5.1. Kasb kasalliklariga chalingan bemorlarni qayd qilish va ularning salomatligi va ishlash qobiliyatini kuzatib borish uchun 1.5.2-bandda koʻrsatilgan sanitariya-epidemiologiya stansiyalarda, kasb kasalliklari klinikasida “Kasb kasalliklarini hisobga olish jurnallari” tutiladi (363-sonli shakl).
5.1.1. Jurnal sanepidstansiya yoki davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi buyrugʻi bilan tayinlanadigan masʼul shaxs tomonidan toʻldirib boriladi.
5.1.2. Jurnal quyidagi idoralarda toʻldiriladi:
5.1.2.1. Kasb kasalliklari klinikasida - statsionar bemorning “Tibbiy kartasi” (003-U-sonli shakl) maʼlumotlari va bemorning mehnat sharoitlarini sanitariya-gigiyena tavsiyanomalari asosida.
5.2. Boshqa davolash-profilaktika muassasalarida har bir tasdiqlangan kasb kasalligi (zaharlanish) hodisasi ambulator bemorning tibbiy kartasi (25-sonli shakl)ga yozib qoʻyiladi.
5.3. Sanepidstansiyalar kasb kasalliklarini tekshirish aktlari, kasb kasalliklari jurnallari asosida EVMni ishlatgan holda kasbdan kasallanishni keyinchalik hisobga olish va bir qadar chuqur tahlil qilish uchun “Kasb kasalligi zaharlanishni hisobga olish (152-sonli shakl) kartalari”ni toʻldiradi.
