Bolalar sportini targʻib qilish va bolalar uchun sport tovarlari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (318-son)
18.07.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bolalar sportini yanada targʻib qilish, bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan sport tovarlari turlarini koʻpaytirish hamda mintaqalar, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy oʻquv yurtlari va “Mahalla” hududiy jamgʻarmalarining sport tovarlariga ehtiyojini oʻrganish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining respublika hududlarida sport kiyimlari va anjomlarini namoyish qilish va sotish boʻyicha doimiy ishlaydigan koʻrgazmalar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn kun muddatda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga ijara haqi toʻlovidan ozod qilgan holda sport kiyimlari, poyabzallari va anjomlarining ixticoslashtirilgan koʻrgazmalarini tashkil etish uchun ilovaga muvofiq binolar ajratsinlar.
3. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar uchun ajratilayotgan binolarda taʼmirlash ishlarini, shu jumladan sotiladigan tovarlar namunalari namoyish qilish uchun vitrinalarni jihozlashni amalga oshirsin;
ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalar negizida sport tovarlarini har oyda namoyish qilishni (koʻrsatishni), ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng reklama qilgan holda tashkil etsin;
ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalarda buyurtmalarni hisobga olishni, aholining sport kiyimlari, poyabzallari va anjomlariga talabini oʻrganishni amalga oshirsinlar, tegishli tavsiyanomalarni mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazsin.
4. “Oʻzbekcharmpoyabzali” (Xolmurodov), “Oʻzbek ipagi” (Ahmadaliyev), uyushmalari, “Fayz” xolding kompaniyasi (Azimova), “Sovplastital” (Melkumov) qoʻshma korxonasi, “Stekloplastik” (Saidmurodov) aksiyadorlik jamiyati, “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati (Kucherov), “Oʻzbekneftgaz” (Majidov), kompaniyasi, korxonalarida sport kiyimlari va anjomlari ishlab chiqaradigan boshqa vazirliklar va idoralar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan miqdorda va turlarda, sport tovarlari turlarining vaqti-vaqti bilan yangilanib turilishini hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan koʻrgazmalarga yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
5. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Hazratqulov), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (Shogʻulomov) televideniye, radio orqali va matbuotda sport tovarlari koʻrgazmalarining keng yoritilishini, reklama qilinishini tashkil etsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 18-iyul,
318-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-iyuldagi 318-son qaroriga ILOVA
Sport kiyimlari va anjomlarini namoyish qilish va sotish boʻyicha doimiy ishlaydigan koʻrgazmalarning
JOYLAShIShI
