41-modda. Referendumda qabul qilingan qarorlarning majburiyligi
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (265-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Referendumda qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida majburiy kuchga ega boʻladi va Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bilan biron-bir tarzda tasdiq talab qilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjatlari referendum qaroriga muvofiqlashtirilmogʻi lozim.
Referendumda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim normalariga oʻzgartirish kiritishni taqozo etuvchi qaror qabul qilingan taqdirda, bu normalar referendum qaroriga muvofiqlashtiriladi.
Agar referendumda qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat qabul qilish talab etilsa, davlat hokimiyati organi referendumda qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu masala boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatini va ularni tayyorlash muddatini oʻz vakolatlari doirasida belgilashi shart.
