261-modda. Chet davlatlarda turgan fuqarolarni ovoz beruvchi fuqarolarning roʻyxatlariga kiritish
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (265-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Chet davlatlarda turgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalariga ularni ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida referendumdan oʻn besh kun oldin yozma shaklda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatida koʻrsatilgan shaxsga doir maʼlumotlarini uch kun ichida tekshiradi va fuqaroni ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni darhol Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni darhol Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi.
