18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (265-II-son) · Sana: 30.08.2001 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi:
hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, uning bir xilda qoʻllanilishini taʼminlaydi;
hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi, referendumni tashkil etish masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi, yoʻriqnomalar chiqaradi, nizomlarni tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyxatidan foydalanishga doir faoliyatga umumiy rahbarlikni va bu faoliyatni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan referendum uchastkalarini tegishli hududga biriktirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi;
hududiy komissiyalarning tarkibi va joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi;
agar hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining qarorlari ushbu Qonunga zid boʻlsa, ushbu qarorlarni mustaqil ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qiladi;
chet davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning referendumdagi kuzatuvchilariga mandatlar beradi;
referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, pul mablagʻlarini hududiy komissiyalar va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalariga taqsimlaydi, referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, referendumni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
siyosiy partiyalarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari uchun mandat namunasini belgilaydi;
