Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida (247-son)
12.06.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1998-yil 9-iyundagi PF-2009-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1998-yil 1-iyuldan boshlab boshlangʻich razryadning oyiga 1100 soʻm miqdoridagi tarif stavkasi mehnatga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-maydagi 233-son qarori 1998-yil 1-iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 12-iyun,
247-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-iyundagi 247-son qaroriga ILOVA
Mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi
