Shartnomaviy joriy narxlarda quriladigan obyektlar uchun loyihalash tadqiqot ishlari narxini aniqlash tartibi haqida (1296-son)
08.01.2004
Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
NIZOMI
Mazkur Nizom markazlashgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsion loyihalarning loyiha-tadqiqot ishlarini (bundan buyon matnda LTI) narxini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son farmoni va “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son Nizomini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan. Mazkur Nizom, yuqorida aytib oʻtilgan LTIning chegaraviy qiymatlarini foizlarda, obyektlar qurilishining kelishuv joriy bahosidan kelib chiqqan holda belgilaydi.
1. Nizom, markazlashgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarning investitsion jarayoni qatnashchilari uchun majburiy hisoblanadi.
2. LTI oʻz ichiga loyiha hujjatlarni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va qurilishni nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni oʻz ichiga oladi, jumladan:
a) muhandislik-tadqiqot ishlari;
b) tomonlar oʻzaro kelishgan bosqichlikka muvofiq holda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
v) buyurtmachi va pudratchi tomonlaridan loyiha hujjatlarini ekspertlik kuzatish ishlari;
g) qurilish ustidan mualliflik nazorat ishlari.
3. Loyiha hujjatlarining ishlanishi 1-ilovaga muvofiq holda, turli bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin:
a) uch bosqichli (boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash (BTIA) yoki boshlangʻich texnik-iqtisodiy hisob (BT/.IH), texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) yoki texnik-iqtisodiy hisob (TIH) va ish hujjatlari);
b) ikki bosqichli (loyiha yoki eskizli loyiha va ish hujjatlari);
v) bir bosqichli (ish loyiha).
Loyihalash sxemasini, bosqichlar sonini va ularning loyiha ishlarining umumiy hajmiga nisbatini tanlash, loyihalash topshirigʻi Bilan belgilanadi.
Shu bilan birga, loyihalashning har bir bosqichining solishtirma hajmi 2-ilovada koʻrsatilgandan yuqori boʻlishi mumkin emas.
Tanlov hujjatining texnik qismi, buyurtmachi qaroriga binoan loyihalash bosqichlarining biri asosida amalga oshirilishi mumkin.
Tanlov hujjatining texnik qismini ishlab chiqish bahosi 1-ilovada koʻrsatilgan loyiha hujjatlarining muvofiq bosqichi bahosining 15 foizidan oshmasligi kerak va u loyiha ishlarining umumiy hajmiga kiritiladi.
Loyihalash qarorini tanlov asosida ishlab chiqishda, mukofot fondi qiymati loyihalash ishlarining umumiy qiymatiga kiradi va loyihalashning umumiy qiymatining 15 foizidan oshmaydi.
4. Boshlangʻich bosqichda loyihalash ishlarining qiymatini aniqlash uchun qurilish obyektining bahosi oʻxshash-obyektlardan foydalanilgan holda, yiriklashtirilgan solishtirma qiymat koʻrsatkichlari asosida va taqqoslash shartlarini hisobga olgan holda, tomonlar roziligi bilan bitim tuzish paytidagi joriy narxlarda belgilanadi.
5. Loyihalash ishlarining bahosi loyihalash ishlari bozoridagi joriy holni hisobga olgan holda tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida belgilanadi va tanlov savdosi natijalari bilan aniq belgilanadi. Bunda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
a) obyektlarning murakkablik kategoriyasi, 3-ilovaga binoan;
b) loyihalashni qiyinlashtiruvchi va yengillashtiruvchi omillar, 4-ilovaga binoan;
v) qiziqish bildirgan tashkilotlar bilan loyihani kelishish.
Koʻrsatilgan parametrlar loyihalashtirish topshirigʻida belgilangan boʻlishi va bitim tuzilishiga qadar tomonlar bilan kelishilgan boʻlishilgan kerak.
6. LTI bahsini hisoblashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
a) qurilishi tugallangan oʻxshash obyektning LTI bahosi boʻyicha;
b) resurslarning sarflanishi boʻyicha;
v) oʻxshash-loyihalar boʻyicha.
Bunda, hisoblash usulining tanlanishi va boshqa omillarni hisobga olinishi kelishuv asosida belgilanadi.
7. Muhandislik-tadqiqot ishlarining va qurilish ustidan mualliflik nazoratining bahosi, tomonlarning kelishuviga binoan joriy narxlardagi loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bahosidan foiz hisobida belgilanadi.
Shu bilan birga, mazkur Nizomning 3-punktida keltirilgan ishlarning murakkablik darajasini hisobga olingandagi umumiy qiymati 5-ilovada keltirilgan LTI bahosining chegaraviy koʻrsatkichlaridan oshmasligi kerak.
Chegaraviy koʻrsatkichlar nazorat-eslatma sifatida boʻlib, ulardan hisoblashda asos sifatida foydalanish man etiladi.
8. 5-ilovada keltirilgan LTI bahosining chegaraviy qiymatlarini nazorat qilish javobgarligi buyurtmachiga yuklanadi.
9. LTI bahosi ular yakunlangandan soʻng, ularning natijadagi qiymat koʻrsatkichlari boʻyicha qayta hisoblanmaydi.
Shartnomaviy joriy narxlarda quriladigan obyektlar uchun loyihalash tadqiqot ishlari narxini aniqlash tartibi haqidagi Nizomiga 1-ILOVA
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishning bosqichlar boʻyicha
SXEMASI
Izoh:
1. Loyihaviy ishlarning umumiy hajmi bosqichlar sonidan qatʼiy nazar 100 foiz hisobida olinadi.
2. Sxemada quyidagi belgilardan foydalanilgan:
BTIA — boshlangʻich texnik-iqtisodiy asoslash;
BTIH — boshlangʻich texnik-iqtisodiy hisob;
TIA — texnik-iqtisodiy asoslash;
TIH — texnik-iqtisodiy hisob;
L — loyiha;
EL — eskiz loyiha;
IL — ish loyiha;
IH — ish hujjatlari.
3. *belgisi bilan loyiha hujjatining tavsiya qilinadigan bosqichi tender hujjatlari texnik qismining asosi sifatida belgilangan.
Shartnomaviy joriy narxlarda quriladigan obyektlar uchun loyihalash tadqiqot ishlari narxini aniqlash tartibi haqidagi Nizomiga 2-ILOVA
Loyiha ishlari bahosining loyihalash bosqichlari boʻyicha chegaraviy qiymatlari
Izoh: Loyihalash ishlarini bosqichlarga ajratish amalda 4-ilovaga muvofiq belgilanadi. Loyihalash uchun texnik topshiriqdagi boʻlimlar umumiy yigʻindisi 100 foizni tashkil qilishi kerak.
Shartnomaviy joriy narxlarda quriladigan obyektlar uchun loyihalash tadqiqot ishlari narxini aniqlash tartibi haqidagi Nizomiga 3-ILOVA
Fuqarolar turar joylari va ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirishning murakkablik darajasi
Izoh:
1. Roʻyxatda boʻlmagan obyektlarning kategoriyasi muvofiq vazifani bajaruvchi obyektlar kategoriyasi sifatida olinadi.
2. Obyektning kategoriyasini aniqlash uchun 3 ustunda koʻrsatilgan belgilarning faqat bittasining mavjudligi yetarli.
3. Obyektlarning murakkablik kategoriyasi I dan V gacha oʻsib boradi.
Shartnomaviy joriy narxlarda quriladigan obyektlar uchun loyihalash tadqiqot ishlari narxini aniqlash tartibi haqidagi Nizomiga 4-ILOVA
Loyihalashni murakkablashtiruvchi va yengillashtiruvchi omillar va tuzatuvchi koeffitsiyentlar qiymatlari
Izoh: Ikki yoki undan koʻp omillar mavjud boʻlganda, muvofiq koeffitsiyentlar koʻpayadi.
Shartnomaviy joriy narxlarda quriladigan obyektlar uchun loyihalash tadqiqot ishlari narxini aniqlash tartibi haqidagi Nizomiga 5-ILOVA
Loyihalash ishlari bahosining chegaraviy qiymatlari
Izoh: Obyektlarning murakkablik kategoriyasi I dan V gacha oʻsib boradi.
