Uy-joylarni olish-sotish, almashtirish va hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlaganda davlat bojini undirish tartibi toʻgʻrisida (538-son)
17.11.1998
tushuntirish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 17-noyabrda 538-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Joylardan notarial idoralari tomonidan ayrim notarial harakatlar uchun davlat bojini undirilishi boʻyicha kelib tushayotgan soʻrovlar munosabati bilan Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi davlat bojini toʻlash tartibi toʻgʻrisida quyidagilarni tushuntiradilar:
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan uy-joylarni hadya qilish shartnomalari notarial idoralarda tasdiqlanganda davlat boji BTI idoralari tomonidan aniqlangan inventarizatsiya qiymatidan, olish-sotish, almashtirish shartnomalarini notarial tasdiqlaganda esa tomonlar kelishgan narxdan, ammo BTI idoralari tomonidan aniqlangan inventarizatsiya qiymatidan kam boʻlmagan narxlardan kelib chiqqan holda undiriladi.
Davlat bojining stavkalari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida”gi va 1994-yil 4-apreldagi 180-sonli qaroriga asosan qoʻllaniladi.
Vazir muovini M. JALILOV
Rais muovini Sh. SATTAROV
