“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga 3-son oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash haqida (1204-3-son)
02.04.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-aprelda 1204-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 3-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 22-yanvarda 1204-son bilan Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 3-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-mart,
6/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori bilan “TASDIQLANGAN” 521-3-son
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga
3-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 8-bandda “Komissiya suhbatidan” soʻzlaridan soʻng “va (yoki) test sinovidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. 10-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kichik biznesni kreditlash tartibi;”
3. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Xodimning lavozimiga muvofiqligi Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga koʻra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Mazkur qaror tijorat banklariga hamda Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga yetkaziladi.”
4. 23-bandda “Komissiyaga qayta suhbatga” soʻzlaridan soʻng “va (yoki) test sinoviga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
