Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (245-son)
15.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son hamda “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son farmonlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Foydalanish taqiqlangan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi tasdiqlangan kvotalar doirasida “E-auksion” elektron savdo platformasida oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma elektron onlayn-auksion savdolari natijalari boʻyicha auksion gʻoliblariga ularning murojaatisiz “proaktiv” tarzda rasmiylashtirib beriladi hamda bir yil davomida amal qiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi 2026-yil 1-iyundan boshlab:
qizilmiya oʻsimligi populyatsiyasini qayta tiklash hamda uning muhofazasini taʼminlash choralarini koʻrsin;
qizilmiya oʻsimligining davlat oʻrmon xoʻjaliklari hududlaridagi tabiiy areallarini, zaxirasini hamda foydalanish mumkin boʻlgan miqdorini aniqlasin;
qizilmiya oʻsimligi genofondini saqlash va uni koʻpaytirish maqsadida tabiiy areallaridagi zaxirasi yetarli boʻlgan oʻrmon xoʻjaliklari hududlarida kamida 2 gektardan onalik plantatsiyalarini tashkil etsin;
qizilmiya oʻsimligining urugʻlik materiallarini yetishtirish, tayyorlash, koʻpaytirish hamda xomashyosini qayta ishlash boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ikki oy muddatda:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali berishni yoʻlga qoʻysin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka tushuntirilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga hamda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-may,
245-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 245-son qaroriga 1-ILOVA
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom pitomniklar, plantatsiyalar, tomorqa, xususiy bogʻlar va dala hovlilarda yetishtirilgan oʻsimliklarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar — madaniylashtirilmagan daraxtlar, butalar, oʻtsimonlar, qirqquloqsimonlar, yoʻsinsimonlar, suv oʻtlari, lishayniklar va zamburugʻlar;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning dorivor xomashyosi — madaniylashtirilmagan va tabiiy muhitda oʻsadigan yovvvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning tibbiyotda va farmatsevtikada dori-darmon tayyorlash, shuningdek, biologik aktiv moddalar, efir yogʻlarini olish uchun ishlatiladigan qismlari (ildizi, bargi, guli, mevasi, poʻstlogʻi, yelimi, suvi);
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik xomashyosi — madaniylashtirilmagan va tabiiy muhitda oʻsadigan yovvvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning sanoatda efir yogʻi, oshlovchi, boʻyoq moddalari, texnik tolalarni olish uchun ishlatiladigan qismlari (ildizi, bargi, guli, mevasi, poʻstlogʻi, yelimi, suvi);
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi — yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni maxsus foydalanish tartibida yigʻish va tayyorlashning Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) tomonidan tasdiqlangan yillik miqdori;
operator — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron savdo platformasida auksionlarni tashkil etadigan va oʻtkazadigan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
oʻsimlik dunyosi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida tabiiy muhitda oʻsadigan yoki sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan barcha turdagi yovvoyi oʻsimliklar majmui;
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi.
4. Jismoniy va yuridik shaxslar yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar obyektlarining foydalanuvchilari boʻlishi mumkin.
5. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar obyektlarining foydalanuvchilari tomonidan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni umumiy hamda maxsus foydalanish tartibida yigʻishga va tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
6. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni jismoniy shaxslar tomonidan bepul, hayotiy zarur ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun cheklangan hajmlarda yigʻish va tayyorlashga umumiy foydalanish tartibida yoʻl qoʻyiladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish normalari va tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari bilan kelishilgan holda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilanadi.
7. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni ularning foydalanuvchilari tomonidan yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda — ruxsatnoma) asosida haq evaziga yoʻl qoʻyiladi.
8. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosi, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ruxsatnoma beriladi.
2-bob. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasini shakllantirish tartibi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni maxsus foydalanish tartibida yigʻish va tayyorlashning zaxirasini aniqlaydi. Bunda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar oʻsadigan yer uchastkalarining umumiy maydoni 0,1 gektardan hamda oʻt qoplamasi 10 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi har yili 15-aprelga qadar tuman (shahar) kesimida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni maxsus foydalanish tartibida yigʻish va tayyorlashning zaxirasi toʻgʻrisidagi xulosani (keyingi oʻrinlarda — xulosa) Ekologiya qoʻmitasiga taqdim etadi.
11. Ekologiya qoʻmitasi xulosani bir hafta muddatda koʻrib chiqib, kelishish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari xulosa yuzasidan uch kun muddatda Ekologiya qoʻmitasiga takliflar kiritadi.
13. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi har yili 10-mayga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining takliflari asosida Ekologiya qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
3-bob. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali berish
14. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqi elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar bundan mustasno.
15. Ekologiya qoʻmitasi har yili 20-mayga qadar yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi doirasida hududlar kesimida oʻsimliklarning turlari va hajmlari boʻyicha lotlarni shakllantiradi hamda elektron savdo platformasiga joylashtirish uchun operatorga ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq elektron buyurtmani taqdim etadi.
16. Lotlarda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash hududi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turi va oʻsimlik qismi;
yigʻiladigan va tayyorlanadigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar hajmi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash muddati;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash uchun ruxsat berishga oid talablar va shartlar.
17. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdosiga qoʻyishning boshlangʻich narxlari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
18. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini berish boʻyicha elektron onlayn-auksion savdolari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
19. Auksion gʻolibi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqining qiymatini toʻliq toʻlagandan keyin bir ish kuni ichida auksion natijalari boʻyicha operator tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi hamda auksion gʻolibi va Ekologiya qoʻmitasining elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabinetlariga elektron shaklda yuboriladi.
Bunda ushbu auksion obyekti boʻyicha avval toʻlangan zakalat puli auksion obyektining 100 foiz qiymatiga qoʻshib hisoblanadi.
20. Auksion natijalari boʻyicha bayonnoma auksion gʻolibiga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
21. Ekologiya qoʻmitasi auksion natijalari boʻyicha bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda auksion gʻolibining elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bunda auksion gʻolibidan ruxsatnoma berilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
22. Ekologiya qoʻmitasi auksion gʻolibi va rasmiylashtirilgan ruxsatnoma haqida maʼlumotlarni oʻzining hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.
23. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini auksion orqali berishdan kelib tushgan mablagʻlar operator xizmat haqi chegirilgan holda Ekologiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
24. Ekologiya jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish, tiklash va takror koʻpaytirish;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish hamda oʻsimlik dunyosi monitoringini amalga oshirish;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish.
25. Auksion gʻolibi ruxsatnomada koʻrsatilgan shartlarga rioya etmagan holatlarda, berilgan ruxsatnoma belgilangan tartibda bekor qilinadi.
26. Ruxsatnoma berilgan kundan boshlab bir yil davomida amal qiladi.
27. Auksion gʻolibi ruxsatnomadan qisman foydalangan yoki foydalanmaganidan qatʼi nazar, ushbu ruxsatnoma bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar qaytarilmaydi.
4-bob. Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash
28. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, shuningdek, ularni oziq-ovqat maqsadlari uchun yigʻish va tayyorlash ushbu turdagi oʻsimliklarni saqlash, muhofaza qilish, takror koʻpaytirish va tiklash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida tabiiy muhitdan ajratib olgan holda haq evaziga foydalanish mumkin.
29. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi ushbu Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda tasdiqlanadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda Ekologiya qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga muvofiq ruxsatnoma beriladi.
30. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning ayrim turlari va ularning qismlarini tabiiy muhitdan ajratib olgan holda foydalanish uchun ruxsatnoma berish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi hamda Ekologiya qoʻmitasining taklifi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan muayyan muddatga cheklanishi mumkin.
5-bob. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni saqlab qolish va qayta tiklash shartlari
31. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar obyektlarining foydalanuvchilari oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash ishlari amalga oshirilgan hududlarda ularning oʻsish joylarini saqlab qolish uchun biotexnik hamda qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirishi, shu jumladan, foydalanish jarayoni natijasida buzilgan oʻsimlik va tuproq qoplamini rekultivatsiya qilishi, yongʻin va texnika xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari shart.
32. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar obyektlarining foydalanuvchilari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalarining soʻroviga muvofiq yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash hajmlari va turlari toʻgʻrisida hisobot yili yakuni boʻyicha maʼlumot taqdim etadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
33. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish hamda tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani berish
SXEMASI
BosqichlarSubyektlarTadbirlarBajarish muddatlari1-bosqichFanlar akademiyasi Tuman (shahar) kesimida yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni maxsus foydalanish tartibida yigʻish va tayyorlashning zaxirasi toʻgʻrisidagi xulosani (keyingi oʻrinlarda — xulosa) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) taqdim etadi.Har yili 15-aprelga qadar2-bosqichEkologiya qoʻmitasiXulosani koʻrib chiqib, kelishish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.Bir hafta muddatda3-bosqichQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariXulosa yuzasidan Ekologiya qoʻmitasiga takliflar kiritadi.Uch kun muddatda4-bosqichEkologiya qoʻmitasi1. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasini buyruq bilan tasdiqlaydi.Har yili 10-mayga qadar2. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi doirasida hududlar kesimida oʻsimliklarning turlari va hajmlari boʻyicha lotlarni shakllantiradi hamda “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJga elektron buyurtmani taqdim etadi.Har yili 20-mayga qadar5-bosqich“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJAuksion savdosini tashkil etadi, auksion gʻolibi yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqi qiymatini toʻliq toʻlagandan keyin auksion natijalari boʻyicha bayonnomani rasmiylashtiradi hamda auksion gʻolibi va Ekologiya qoʻmitasining “E-auksion” elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabinetlariga elektron shaklda yuboradi.Bir ish kuni ichida6-bosqichEkologiya qoʻmitasiYovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda auksion gʻolibining “E-auksion” elektron savdo platformasidagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.Auksion natijalari boʻyicha bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali berish boʻyicha
ELEKTRON BUYURTMA
20___ yil “____” ____________da ________ Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ oʻrtasida tuzilgan ____-son shartnomaga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisining 20___ yil “_____” ____________ dagi buyrugʻiga binoan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdolari orqali berish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:1) ruxsatnoma raqami ___________________;2) yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash joyi ____________________________________________________________________;3) yigʻiladigan va tayyorlanadigan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar hajmi______________________________________________________________;4) yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi (soʻmda) _____________________________;5) yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash muddati _____;6) yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini berishdan tushgan mablagʻlar oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bank rekvizitlari:bank nomi _______, bank MFO _______, bank hisobvaragʻi ______________;7) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar).Buyurtma 20 ___ yil “____” _______________ da taqdim etildi.Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi_________________________________________________________________________________________(F.I.O.)ERI (imzo)
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan maxsus foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion savdosiga qoʻyishning
BOSHLANGʻICH NARXLARI
Foydalanish obyektlariBazaviy hisoblash miqdoriga koeffitsiyentlardaQizil kitobga kiritilmagan oʻsimliklar turlari, dorivor va oziqabop oʻsimliklarning yovvoyi turlari (quruq ogʻirligi 1 kg) hamda tayyorlash uchun moʻljallangan oʻsimliklar texnik xomashyosi (oʻrganish vaqtida piyozboshchadan tashqari, yelim, sharbat, maymunjon mevasi, malina, qoragʻat, chakanda, zamburugʻ — hisob xom holda amalga oshiriladi) Zira (urugʻi)0,035Turli dandanal rodiola (ildiz)0,022Yovvoyi holda oʻsuvchi moychechak (toʻpgul)0,015Oddiy zirk (mevasi), zamburugʻ, yalangʻoch qizilmiya, kovrakning barcha turlari, Samarqand boʻznochi0,008Turkiston Ayugasi (jivuchka)0,007Doʻlana (guli, mevasi), qora andiz, kiyik oʻt, ilonpechak, kadanopsis, ikki uyali qichitqi oʻt, limon oʻt, yirik yaproqli alqor, Osiyo yalpizi, ochambiti, ming yaproqli togʻ dastorboshi, katta bargizub, dala qirqboʻgʻini, dorivor mavrak, tikanli kovul, afsonak, Maksimovich ravochi, naʼmatakning barcha turlari, Anzura piyozi0,005Archa (mevasi), oddiy isiriq, suv qalampiri, qush toron, mayda gulli jambil (togʻ rayhoni), dagʻal qizilpoycha, oq qaldirmoq, ermanning barcha turlari, oddiy ming yaproq, chebrets, uch boʻgʻimli ittikanak, Turkiston arslon quyrugʻi, oddiy qamish (m3), shoʻravor sistanxe va oʻsimliklarning boshqa turlari hamda ularning qismlari0,004Oʻsimlik sharbati (yelim) va kovrak barcha turlarining (Qizil kitobga kiritilgan turlar bundan mustasno) ildizi, urugʻligini olish uchun 1 kg xomashyo miqdori — shu maqomdagi oʻsimlik qiymatining 5 baravari miqdorida
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 245-son qaroriga 2-ILOVA
Foydalanish taqiqlangan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning
ROʻYXATI
T/rDavlat tilidagi nomiRus tilidagi nomiLotin tilidagi nomi1.Qoya gʻoroʻtiListovik obiknovenniyPhyllitis scolopendrium (L.) Newman2.Jungʻor qumsoʻtasi, jungʻor sinomoriysiSinomoriy djungarskiyCynomorium songaricum Rupr3.Oltoy trolliusiKupalnitsa altayskayaTrollius altaicus C.A.Mey4.Knorring isfaragiJivokost KnorringDelphinium knorringianum B.Fedtsch5.Yumaloqbarg parpiAkonit kruglolistniyAconitum rotundifolium Kar. & Kir6.Oq parpi, Talas parpisi Akonit talasskiyAconitum talassicum Popov7.Boysun poʻfanagiVetrenitsa baysunskayaAnemone baissunensis Juz8.Buxoro poʻfanagiVetrenitsa buxarskayaAnemone bucharica (Regel) Finet & Gagnep9.Tillarang sugʻuroʻt, tillarang adonisAdonis, Goritsvet zolotistiyAdonis chrysocyathus Hook.f. & Thomson10.Tuksiz sugʻuroʻt, tuksiz adonisAdonis bezvolosiyAdonanthe leiosepala (Butkov) Chrtek et Slaviková11.Yovvoyi sallagul, duragay qizilsallagul, gulisalimPion stepnoyPaeonia hybrida Pall12.Kachimsimon yetmak, yetmak, bexKolyuchelistnik kachimovidniyAllochrusa gypsophiloides (Regel) Schischk13.Tojikiston yetmagi, tojik boʻritikoniKolyuchelistnik tadjikskiyAcanthophyllum tadshikistanicum Schischk14.Xiva shoʻragiSolyanka xivinskayaSalsola chiwensis Popov15.Drobov shoʻragiSolyanka DrobovaSalsola drobovii Botsch16.Titov shoʻragi Solyanka TitovaSalsola titovii Botsch17.Toʻmtoq gulyonbargchali baliqkoʻzKlimakoptera tupopritsvetnichkovayaClimacoptera amblyostegia Botsch18.Ohaktosh qandimiKandim izvestkoviyCalligonum calcareum Pavlov19.Nozik qandimKandim izyashniyCalligonum elegans Drobow20.Mattey qandimiKandim MatteyaCalligonum matteianum Drobow21.Mayin tukli qandim, muloyim qandimKandim myagkiyCalligonum molle Litv22.Paletskiy qandimiKandim PaletskogoCalligonum paletzkianum Litv23.Qorameva sirttanPerestupen dvudomniyBryonia melanocarpa Nabiev24.Yovvoyi anjirInjir obiknovenniyFicus carica L25.Qoʻngʻiroqgulli soxtasemizakLojnoochitok kolokolchikotsvetniyPseudosedum campanuliflorum Boriss26.Hisor bergeniyasiBadan gissarskiyBergenia hissarica Boriss27.Ugom bergeniyasiBadan ugamskiyBergenia ugamica V.N.Pavlov28.Olga sorbariyasiRyabinnik OlgiSorbaria olgae Zinserl29.Oʻrta Osiyo noki, nashvatiGrusha sredneaziatskayaPyrus asia-mediae (Popov) Maleev30.Yovvoyi anor, Qirmizi anorGranat obiknovenniyPunica granatum L31.Binafsha gulli argʻuvon, Griffit argʻuvoni Bagryannik GriffitaCercis griffithii Boiss32.Osiluvchan kulonquyruqEremosparton bezlistniyEremosparton flaccidum Litv33.Tizma tangaoʻtKopeyechnik velikolepniyHedysarum magnificum Kudrjasch34.Yirik noʻxatNut bolshoyCicer grande (Popov) Korotkova35.Moʻgʻultogʻ noʻxatiMogolskiy goroxCicer mogoltavicum (Popov) A.S.Korol36.Buxoro toshbaqa oʻtiSelnolistnik buxarskiyHaplophyllum bucharicum Litv37.Oshlovchi totimSumax dubilniyRhus coriaria L38.Qoʻngʻir qumuzumMyagkoplodnik kritmolistniyMalacocarpus crithmifolius (Retz) Fisch. & C.A.Mey39.Minkvits marjon oʻtiLenets MinkvitsaThesium minkvitzianum B. Fedtsch40.Yovvoyi chilonjiydaUnabi obiknovenniyZiziphus jujuba Mill.41.Yovvoyi tok, uzumVinograd vinniyVitis vinifera L42.Chandir lipskiyaLipskiya zamechatelnayaLipskya insignis (Lipsky) Nevski43.Ingichka bargli sfenolobiumKlinolopastnik kojistiySphaenolobium tenuisectum (Korovin) Pimenov44.Fedchenko kovragiFerula FedchenkovskayaFerula fedtschenkoana Koso-Pol45.Korjinskiy kovragiFerula KorjinskogoFerula korshinskyi Korovin46.Qizilqum kovragiFerula KizilkumskayaFerula kyzylkumica Korovin47.Sumbul kovrakFerula sumbulFerula sumbul (Kauffm.) Hook.f48.Tuganakli kovrakFerula klubnenosnayaFerula tuberifera Korovin49.Oʻrinbosar kovrakFerula zameshayushayaFerula vicaria Korovin50.Yelena kovragiFerula YeleniFerula helenae Rakhm et Melibaev51.Pratov kovragiFerula PratovaFerula pratovii F.O.Khass. et I.I.Malzev52.Tojik kovragiFerula tadjikovFerula tadshikorum Pimenov53.Sassiq kovrakFerula vonyuchayaFerula foetida (Bunge) Regel54.Mayda mevali doremaDorema melkoplodnayaDorema microcarpum Korovin55.Gʻalati uchqatJimolost strannayaLonicera paradoxa Pojark56.Ulugʻvor koʻzagulOstrovskiya velikolepnayaOstrovskia magnifica Regel57.Nurota oʻlmas oʻtiBessmertnik nuratavskiyHelichrysum nuratavicum Krasch.58.Samarqand oʻlmas oʻtiBessmertnik samarkandskiyHelichrysum maracandicum Popov59.Oloy xiyoliPuzirnitsa alayskayaPhysochlaina alaica Korotkova60.Yirik sherolginMitnik bolshoyPedicularis grandis Popov61.Olga inkarvilleyasiInkarvilleya OlgiIncarvillea olgae Regel62.Ajoyib boʻzboshZmeyegolovnik krasiviyDracocephalum formosum Gontsch63.Komarov boʻzboshiZmeyegolovnik KomarovaDracocephalum komarovii Lipsky 64.Gipsli flomoidesFlomoides gipsoviyPhlomoides gypsacea (Popov) Adylov, Kamelin & Makhm65.Silliq kosachali flomoidesFlomoides gladkochashechniyPhlomoides leiocalyx (Pazij & Vved.) Adylov, Kamelin & Makhm66.Koʻrimsiz qoʻziquloqZopnik tuskliyPhlomis nubilans Zakirov67.Sarxush bozulbangZaysegub opyanyayushiyLagochilus inebrians Bunge68.Proskoryakov bozulbangiZaysegub ProskoryakovaLagochilus proskorjakovii Ikramov69.Oltin tomirRodiola raznozubchatayaRhodiola heterodonta (Hook.f. & Thomson) Boriss70.Zebo marmarakShalfey zamechatelniySalvia insignis Kudrjasch71.Korolkov marmaragiShalfey KorolkovaSalvia korolkovii Regel & Schmalh72.Havorang marmarakShalfey lilovogoluboySalvia lilacinocaerulea Nevski73.Margarita marmaragiShalfey MargaritiSalvia margaritae Botsch74.Toʻmtoq marmarakShalfey tupovatiySalvia submutica Botsch. & Vved75.Tiyon-Shon marmaragiShalfey tyanshanskiySalvia tianschanica Makhm76.Kesselring savrinjoniBezvremennik KesselringaColchicum kesselringii Regel77.Lyudmila boychechagiGusiniy luk LyudmiliGagea ludmilae Levichev78.Qardosh lola, Nurota lolasiTyulpan rodstvenniyTulipa affinis Botschantz79.Pushtakli lola Tyulpan kilevatiyTulipa carinata Vved80.Sargʻish lola, Changisitukli lola Tyulpan volosistotichinochniyTulipa dasystemon Regel81.Shubhali lola, Chipor lola Tyulpan somnitelniyTulipa dubia Vved82.Fargʻona lolasi, Javgʻaza lolaTyulpan ferganskiyTulipa ferganica Vved83.Foster lolasi Tyulpan FosteraTulipa fosteriana Irving84.Qizil lola, Greyg lolasiTyulpan GreygaTulipa greigii Regel 85.Ulugʻvor lola Tyulpan velikiyTulipa ingens Hoog86.Kaufman lolasi, Targʻil lolaTyulpan KaufmanaTulipa kaufmanniana Regel87.Chimyon lolasiTyulpan chimganskiyTulipa kaufmanniana Regel subsp tschimganica (Botschantz) Tojibaev88.Korolkov lolasiTyulpan KorolkovaTulipa korolkowii Regel89.Sertuk lola, Surxon lolasi Tyulpan sherstistiyTulipa lanata Regel90.Leman lolasi, Jovqosin lolaTyulpan LemanaTulipa lehmanniana Merckl ex Bunge91.Mixel lolasi, dilband lolaTyulpan MixeliTulipa micheliana Th.M.Hoog92.Oq lola, Oritiya lola, oritiyasimon lolaTyulpan oritiyevidniyTulipa orithyioides Vved93.Sharipov lolasi, gulbarraTyulpan SharipovaTulipa scharipovii Tojibaev94.Tubergen lolasiTyulpan TubergenaTulipa tubergeniana T.M.Hoog95.Oʻzbekiston lolasiTyulpan UzbekistanskiyTulipa uzbekistanica Botschantz & Scharipov96.Vvedenskiy lolasiTyulpan VvedenskogoTulipa vvedenskyi Botschantz.97.Xolmon isirgʻaguli, Eduard petiliumiRyabchik EduardaFritillaria eduardii Regel98.Olatogʻ zafaroniShafran alatavskiyCrocus alatavicus Regel & Sem99.Ippolit gulsafsariIris solelyubiviyIris hippolyti (Vved) Kamelin ex Takht100.Antiqa gulsafsarIris velikolepniyIris magnifica (Vved) F.O.Khass & Rakhimova 101.Orxideyanamo gulsafsarIris orxidniyIris orchioides Carrière102.Svetlana gulsafsariIris SvetlaniIris svetlanae (Vvel ex Tscherneva) F.O.Khass103.Vinkler gulsafsariIris VinkleraIris winklerii Regel104.Viktor gulsafsariIris ViktoraIris victoris F.O.Khass, Khuzhan & Rakhimova105.Italiya gladiolusi, yekma ilongulShpajnik italyanskiyGladiolus italicus Mill106.Aflotun piyoziLuk aflatunskiyAllium aflatunense B.Fedtsch107.Oloy piyoziLuk alayskiyAllium alaicum Vved108.Bakxouz piyoziLuk BakxauzaAllium backhousianum Regel109.Bochansov piyoziLuk BochansevaAllium botschantzevii Kamelin110.Pushtigulli piyozLuk rozovotsvetniyAllium rhodanthum Vved111.Yirik piyozLuk gigantskiyAllium giganteum Regel112.Isoqul piyoziLuk IsakulaAllium isakulii R.M. Fritsch & F.O. Khass113.Katta piyozLuk krupniyAllium majus Vved114.Aralash piyozLuk smeshanniyAllium praemixtum Vved115.Piskom piyoziLuk pskemskiyAllium pskemense B. Fedtsch116.Anzur piyozLuk stebelchatiyAllium stipitatum Regel117.Fisher shternbergiyasiShternbergiya FisheraSternbergia fischeriana (Herb.) M. Roem118.Sariq shternbergiyaShternbergiya jeltayaSternbergia lutea (L) Spreng119.Echison shirachiEremurus EchisonaEremurus aitchisonii Baker120.Albert shirachiEremurus AlbertaEremurus alberti Regel121.Boysun shirachiEremurus baysunskiyEremurus baissunensis O. Fedtsch122.Yashilgulli shirachEremurus zelenotsvetniyEremurus chloranthus Popov123.Iya shirachi, beshtomir shirachEremurus IiEremurus iae Vved124.Korolkov shirachiEremurus KorolkovaEremurus korolkowii Regel125.Korovin shirachiEremurus KorovinaEremurus korovinii B. Fedtsch126.Oqgulli shirachEremurus molochnotsvetkoviyEremurus lactiflorus O. Fedtsch127.Sariq shirachEremurus jeltiyEremurus luteus Baker128.Nurota shirachiEremurus nuratavskiyEremurus nuratavicus A.P. Khohkr129.Momik shirachEremurus pushistiyEremurus pubescens Vved130.Nor shirachEremurus moshniyEremurus robustus (Regel) Regel131.Suvorov shirachiEremurus SuvorovaEremurus suworowii Regel132.Martius qilichoʻtiMech-trava MartiusaCladium martii (Roem & Schult) K. Richt133.Oqtogʻ chaloviKovil aktavskiyStipa aktauensis Roshev134.Gnezdillo chaloviKovil GnezdilloStipa gnezdilloi Pazij135.Qoratogʻ chaloviKovil karatavskiyStipa karataviensis Roshev
Izoh. Ushbu Roʻyxat pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 245-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish
14-ilovaning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12.Izoh:1. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan tasdiqlangan kvotalar doirasida maxsus foydalaniladi.Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga kvotalar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.2. Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlashga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqi tasdiqlangan kvotalar doirasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali beriladi. Bunda:auksion natijalari boʻyicha bayonnoma auksion gʻolibiga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi; mazkur pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish auksion gʻolibidan talab etilmaydi;mazkur pasportning 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan yigʻimlar auksion gʻolibidan undirilmaydi.3. Pitomniklar va plantatsiyalarda yetishtirilgan oʻsimliklarni yigʻish (tayyorlash) uchun ruxsatnomani olish talab etilmaydi.”.
