«Kelib chiqish joy nomlari va geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi Lissabon bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 2015-yil 20-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi QL-209-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (1984-V-son)
21.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 9-aprelda kiritilgan «Kelib chiqish joy nomlari va geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi Lissabon bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 2015-yil 20-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi QL-209-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
1984-V-son
