«Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining va potensial xavfli obyektlarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (1978-V-son)
21.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining va potensial xavfli obyektlarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
1978-V-son
