Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1941-V-son)
13.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Keyingi yillarda jahondagi bir qator mamlakatlar parlamentlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalari jadal surʼatlarda tatbiq etilmoqda. Parlamentlararo ittifoq tomonidan milliy parlamentlar faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga muvofiq sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish, shuningdek ijtimoiy sohada va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanayotgan dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishiga erishish jarayonini jadallashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu esa oʻz navbatida, yangi texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi milliy parlamentimiz faoliyatining qonun ijodkorligi, nazorat va boshqa yoʻnalishlariga sunʼiy intellektni keng joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda qonunchilik jarayonlarining tezkor va sifatli boʻlishi, parlament nazoratida samaradorlikka erishish hamda fuqarolar murojaatlarini tahlil qilishning ilgʻor usullarini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qonunchilik palatasining 2025-yil 8-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatovning sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “hukumat soati”da deputatlarning savollariga bergan javoblari toʻgʻrisida”gi 1362-V-sonli Qarorining 3-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-22-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi boʻyicha Amaliy tadbirlar rejasining 252-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) tuzilmasida 3 ta shtat birligidan iborat “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi” (bundan buyon matnda Loyiha ofisi deb yuritiladi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 3129-IV-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, № 5, 398-modda, № 9, 787-modda) kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha 2026 — 2029-yillarga moʻljallangan ish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlar 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 va 3-ilovalar berilmaydi.
3. Belgilansinki:
Loyiha ofisi Institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi;
Loyiha ofisining asosiy vazifalari va vakolatlari mazkur Qaror hamda uning nizomi bilan belgilanadi;
Loyiha ofisi boshligʻi Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Loyiha ofisi boshligʻi Loyiha ofisi faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning faoliyatiga oid masalalar yuzasidan shaxsan masʼul va javobgardir.
4. Institut Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda Loyiha ofisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini, uning faoliyatini baholash tartibini hamda u tayyorlaydigan materiallar va xulosalarning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi.
Qonunchilik palatasining faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishga doir chora-tadbirlar amalga oshirishni muvofiqlashtirishga Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi masʼul etib belgilansin.
5. Quyidagilar Loyiha ofisining asosiy vazifalari etib belgilansin:
rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish asosida Qonunchilik palatasi faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha yagona texnik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Qonunchilik palatasi faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishning huquqiy va institutsional asoslarini yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash, bu borada konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Qonunchilik palatasining axborot tizimlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari bilan integratsiyasi qilinishiga joriy etishga tayyorlash, modernizatsiya qilish, zarur infratuzilma va texnologiyalarni tayyorlash, shuningdek qonun loyihalarini hamda boshqa hujjatlarni tahlil qilishga qaratilgan sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish;
Qonunchilik palatasining asosiy faoliyat yoʻnalishlariga shu jumladan qonun ijodkorligi, parlament nazorati va saylovchilar bilan ishlash jarayonlariga sunʼiy intellekt loyihalarini joriy etishni ekspert va uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shu maqsadda tajriba (pilot) loyihalarini amalga oshirish;
Qonunchilik palatasining deputatlari va uning Devoni xodimlari uchun sunʼiy intellekt boʻyicha oʻquv va axborot-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish, kadrlar salohiyatini oshirish, shu jumladan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini oʻtkazish, sohaga oid jahon tendensiyalarini tadqiq etish.
6. Qonunchilik palatasining Devoni sunʼiy intellekt texnologiyalarini Qonunchilik palatasi faoliyatiga joriy etishda masʼul idoralar bilan birgalikda kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlasin.
7. Institut direktoriga, Institutning tasdiqlangan tuzilmasiga va shtat jadvaliga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida zaruriyatga koʻra oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek malakali ekspertlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish huquqi berilsin.
8. Maqomi, mehnatga haq toʻlash va tibbiy taʼminot shartlari boʻyicha Loyiha ofisi boshligʻi — Institut boʻlim boshligʻiga, Loyiha ofisi bosh mutaxassisi — Institut bosh ilmiy xodimiga, Loyiha ofisi yetakchi mutaxassisi — Institut yetakchi ilmiy xodimiga tenglashtirilsin.
Loyiha ofisi xodimlariga Institut xodimlari uchun belgilangan tibbiy taʼminot, moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Qonunchilik palatasining faoliyatiga Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishni amalga oshirish bilan (kompyuterlar, Internet, GPU server, dasturiy taʼminot mahsulotlari, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash hamda ularni ragʻbatlantirish va boshqalar) bogʻliq xarajatlar uchun Institutga 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini;
ushbu qarorning ijrosi bilan bogʻliq xarajatlar 2027-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
10. Qonunchilik palatasining Devoni oʻn kunlik muddatda Qonunchilik palatasining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Furqat koʻchasi, 171-uy manzili boʻyicha joylashgan binosidan Loyiha ofisi uchun zarur xona ajratilishini taʼminlasin.
11. Ushbu Qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi I. Abdullayev belgilansin.
12. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
13. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-aprel,
1941-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 13-aprelda qabul qilingan 1941-V-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish boʻyicha 2026 — 2029-yillarga moʻljallangan
“ISH REJA”
T/rVazifalarAmaliy chora-tadbirlarIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariIjrochilarI. RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLAR AMALIYOTINI OʻRGANISH1.Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish1. Raqamli transformatsiya darajasini baholash uchun IPU tomonidan yuritiladigan “World e-Parliament Report” va boshqa global indeks koʻrsatkichlari asosida rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganish.2. Yevropa Ittifoqining sunʼiy intellekt toʻgʻrisidagi qonunchiligi (EU AI Act) kabi xalqaro standartlarni oʻrganish.3. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha dunyoning ilgʻor parlamentlari (masalan, Yevropa parlamenti, Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi) amaliyotini oʻrganish.4. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganishda sunʼiy intellekt boʻyicha va elektron hukumat (EGDI-E-Government Development Index) xalqaro reytinglarning yuqori yigirmataligiga kiruvchi davlatlar tajribasiga alohida eʼtibor qaratish.2026-yil iyunTalab etilmaydiSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi2.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlarini amalga oshirishda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash imkoniyatlarini oʻrganish1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari roʻyxatini shakllantirish.Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi.2026-yil iyunTalab etilmaydiSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisiII. SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING HUQUQIY VA INSTITUSIONAL ASOSLARINI YARATISH3.Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish1. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi toʻgʻrisida nizom ishlab chiqish.2026-yil iyunTalab etilmaydiSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni4.Loyiha ofisining sunʼiy intellektni rivojlantirish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish maqsadida Oliy sudning “Adolat” axborot tizimlari kompleksidagi ochiq maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini yaratish1. Oliy sudning “Adolat” axborot tizimlari kompleksidagi ochiq maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha integratsiya qilish.2027-yil dekabrDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Oliy sud5.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati va uning tarixi toʻgʻrisida interaktiv shaklda maʼlumot beradigan virtual gid loyihasini ishga tushirish1. Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.2. Axborot tizimining texnik topshirigʻi loyihasini ishlab chiqish.3. Axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha davlat xaridini amalga oshirish.4. Axborot tizimini ishga tushirish.2026-yil iyulDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Qonunchilik palatasi Devoni,Raqamli texnologiyalar vazirligi6.Loyiha ofisiga malakali ekspert va mutaxassislarni tegishli tartibda shartnoma asosida jalb etishMalakali ekspert va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish tartibi yoʻlga qoʻyiladi. Shu bois:“Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisiga malakali ekspert va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish toʻgʻrisida”gi nizom ishlab chiqiladi. Bunda:sunʼiy intellekt sohasidagi muayyan vazifalar uchun zarur mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish;xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish;jalb etilayotgan ekspertlarning malakasi va boshqa texnik mezonlar asosida baholash;malakali ekspert va mutaxassislar bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomani tuzishda sunʼiy intellekt tizimlarining tashqi taʼsirlardan himoyalanganligini taʼminlash maqsadida, ekspert va mutaxassislar bilan maʼlumotlar “suveren baza”dan tashqariga chiqmasligi haqida qatʼiy kelishuvlar tuzish;jalb etilgan ekspert va mutaxassislarning faoliyati samaradorligi ustidan doimiy monitoring olib borish nazarda tutiladi.2026-yil iyulDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Qonunchilik palatasi DevoniIII. INFRATUZILMA VA TEXNOLOGIYALARNI TAYYORLASH7.Infratuzilma va texnologiyalarni tayyorlash boʻyicha texnik topshiriqnoma ishlab chiqish1. Infratuzilma va texnologiyalarni tayyorlash boʻyicha texnik topshiriqnoma ishlab chiqish.2026-yil iyunTalab etilmaydiSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi8.Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etib borish boʻyicha Parlament tadqiqotlari institutida sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish (laboratoriyasi) loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) faoliyatini tashkil qilish.Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash1. Texnik taʼminot (High-Performance Computing)Sunʼiy intellekt modellarini (masalan, oʻzbek tilidagi yuridik LLM) oʻqitish va yuritish uchun laboratoriya quvvati texnik parametrlarni belgilash:2026-yil avgustDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi DevoniRaqamli texnologiyalar vazirligi ekspertlari bilan birgalikda GPU serverlar (masalan, NVIDIA N100 yoki muqobil klasterlar va b.), xotira hajmi va maʼlumotlar oʻtkazish tezligi boʻyicha texnik topshiriq (TT) ishlab chiqish;2026-yil oktabrHisoblash quvvatlarini “On-premise” (palata ichida) joylashtirish uchun maʼlumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM)ning sovitish va elektr taʼminoti tizimlarini audit qilish.Maxsus dasturiy muhitni yaratish (Software Stack):2026-yil noyabrOchiq kodli (Open-source) yuridik til modellarini (Llama, Mistral yoki oʻzbek tiliga moslashtirilgan milliy modellar) mahalliy serverlarga oʻrnatish;Oʻzbek tilidagi yuridik atamalar va Reglament tushunchalarini sunʼiy intellektga toʻgʻri oʻrgatish uchun RAG (Retriyeval-Augmented Generation) arxitekturasini joriy etish.Maʼlumotlar xavfsizligi va lokalizatsiya shlyuzlari ishlari:sunʼiy intellekt Laboratoriyasini ichki “Air-gapped” (tashqi Internetdan uzilgan yoki qatʼiy filtrlangan) tarmoqda shakllantirish;barcha soʻrovlar va sunʼiy intellekt xulosalarini qayd etib boruvchi (Logging) va kiberhujumlardan himoya qiluvchi maxsus xavfsizlik tizimini (Firewall) oʻrnatish.Yuridik-texnik sozlash (Fine-tuning):sunʼiy intellektga rasmiy muloqot va yuridik texnika qoidalarini oʻrgatish (Supervised Fine-tuning);sunʼiy intellekt tomonidan tayyorlangan dastlabki qonun loyihasi tahlillarini ekspertlar tomonidan tekshirish va xatolarini tuzatish orqali modelni “qayta oʻqitish” (Reinforcement Learning from Human Feedback — RLHF).2026-yil dekabr2. Loyiha ofisi uchun Institut binosidan joy ajratish va uni taʼmirlash.2026-yil iyun3. Loyiha ofisining faoliyat yoʻnalishini belgilab beruvchi yoʻriqnoma ishlab chiqish.2026-yil sentabr9.Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyiha ofisini ishga tushirish uchun zarur infratuzilma va texnologiyalarni xarid qilish1. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyiha ofisini ishga tushirish uchun zarur infratuzilma va texnologiyalarni xarid qilish boʻyicha texnik topshiriqnoma ishlab chiqish. Zarur infratuzilma va texnologiyalarni xarid qilishda.Bunda:Hisoblash quvvatlari (Hardware);Maʼlumotlarni saqlash tizimi (Storage);Dasturiy taʼminot va MHT (Software & ML Stack);Tarmoq infratuzilmasi;Kiberxavfsizlik va etikasi boʻyicha infratuzilma va texnologiyalarni smeta hujjatlari asosida xarid qilish.2026-yil iyunDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni10.Axborot tizimining ishlab turishini taʼminlash (bu oʻz ichiga qonun loyihasini shakllantirish, yigʻilishlar bayonlarini yuritish, murojaatlar bilan ishlash va boshqa funksiyalarni oladi).1. Sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimiga texnik xizmat koʻrsatib borish.2. Sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimini maʼlumotlar asosida oʻqitib borish.3. Sunʼiy intellektga asoslangan axborot tizimini tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilib borish.MuntazamDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi DevoniIV. KADRLAR SALOHIYATINI OSHIRISH11.Kadrlar salohiyatini baholash uchun deputatlar va devon xodimlarining sunʼiy intellekt boʻyicha savodxonlik darajasini aniqlash va oʻquv treninglar rejasini tuzish va tashkil etish.1. Sunʼiy intellekt boʻyicha savodxonlik auditini (AI Literacy Assessment) tashkil etishda deputatlar va devon xodimlarining tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun sohaviy soʻrovnomalar oʻtkaziladi:bazaviy bilimlarni tekshirishda sunʼiy intellekt nima va u qanday ishlaydi hamda GPT modellari, maʼlumotlar xavfsizligi va h.k. boʻyicha tekshirish tizimini joriy etish;amaliy koʻnikmalarni aniqlash uchun sunʼiy intellekt vositalaridan kundalik ishda foydalanish tajribasi (prompt-injiniring, qidiruv va h.k.) boʻyicha tekshirish tizimini joriy etish;etik tushunchalarni aniqlash uchun sunʼiy intellektning xato qilish ehtimoli va mualliflik huquqiga boʻlgan munosabati boʻyicha tekshirish tizimini joriy etish.2. Maqsadli guruhlar uchun oʻquv rejasiOʻquv jarayonini lavozim va vazifalardan kelib chiqib 3 ta guruhga ajratgan holda tashkil etish:deputatlar va Kengash aʼzolari guruhi uchun sunʼiy intellektning strategik imkoniyatlari, qaror qabul qilishda sunʼiy intellekt tahlillaridan foydalanish va etika oʻquv yoʻnalishida;qoʻmita referentlari, ekspertlari va yuristlari guruhi uchun Qonunchilik ekspertizasida sunʼiy intellekt vositalari, kolliziyalarni qidirish va LegalTech algoritmlari Oʻquv yoʻnalishida;Devon va ICT xodimlari guruhi uchun tizimni boshqarish, prompt-injiniring, maʼlumotlar xavfsizligi va texnik qoʻllab-quvvatlash Oʻquv yoʻnalishida tashkil etish.bosqich yakunida har bir deputat va xodim uchun Sunʼiy intellektga tayyorlik sertifikati (AI Readiness Certificate) tizimini joriy etish.2026-yil noyabrDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni12.Xalqaro reyting va hamkorlikni mustahkamlash uchun “e-Parliament” reytingida pozitsiyani mustahkamlash va xalqaro parlamentlararo tashkilotlar bilan tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish.1. Raqamli transformatsiya darajasini xalqaro mezonlar asosida baholash uchun “World e-Parliament Report” tavsiyalarini joriy etish:IPU (Inter-Parliamentary Union) tomonidan yuritiladigan “World e-Parliament Report” va boshqa global indeks koʻrsatkichlari boʻyicha parlament faoliyatini monitoring qilish. Unda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish natijalarini tizimlashtirgan holda xalqaro ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.2. Dunyoning ilgʻor parlamentlari (masalan, Yevropa parlamenti, Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi) bilan sunʼiy intellektni qoʻllash boʻyicha hamkorlikni, shuningdek sunʼiy intellekt sohasida parlamentlararo tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish.“LegalTech” va “AI in Parliament” mavzularida oʻtkaziladigan xalqaro parlament forumlarida, konferensiyalarda ishtirok etish va “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi” tajribasini taqdimot qilish. Unda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda sunʼiy intellekt tizimining auditini oʻtkazish va zarur hollarda xalqaro muvofiqlik sertifikatlarini olish.3. Xalqaro miqyosda ishlab chiqilayotgan sunʼiy intellekt toʻgʻrisidagi qonunchilik (masalan, EU AI Act) standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish uchun sunʼiy intellekt etikasi va huquqiy standartlarni unifikatsiya qilish loyihalarini tayyorlash.Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda sunʼiy intellektni davlat boshqaruvida qoʻllashning huquqiy va etik normalari boʻyicha qoʻshma tavsiyalar ishlab chiqish. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasini “sunʼiy intellektni parlament faoliyatiga xavfsiz integratsiya qilgan namunaviy parlament” sifatida xalqaro maydondagi oʻrnini mustahkamlash borasida ishlarni amalga oshirish.4. Sunʼiy intellekt tahlillarini ochiq maʼlumotlar sifatida xalqaro bazalarga integratsiya qilish boʻyicha global “Open Data” va shaffoflik standartlarini joriy etish.2027-yil fevralDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi DevoniDastlabki tayyorgarlik va audit oʻtkazish13.Norma ijodkorligini va nazorat-tahlil jarayonlarini xatlovdan oʻtkazish hamda sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha rasmiy yoʻriqnoma (The Artificial Intelligence (AI) Playbook) va etika qoidalarini ishlab chiqish1. Qonun loyihasi matnini solishtirish, imloviy va yuridik texnika jihatdan tekshirish jarayonlarini xatlov qilish.2. Majlis yozuvlarini matnga aylantirishdagi inson omili va sarflanadigan vaqtni oʻrganish.3. Hisobotlarni qabul qilish va ular tahlilining amaldagi algoritmini tasvirlash.4. Qaysi maʼlumotlarni ochiq sunʼiy intellekt (masalan, GPT modellari)ga kiritish mumkin emasligini (xizmat doirasidagi maʼlumotlar, shaxsiy maʼlumotlar) qatʼiy belgilash.2026-yil oktabrDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni5. Sunʼiy intellektning qonun ekspertizasida biron-bir siyosiy fraksiya yoki guruh manfaatlariga yon bosmasligi (Algorithmic Bias)ni taʼminlash.6. Qaysi qonun loyihasi sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilingan boʻlsa, bu haqda maxsus belgi yoki ilova boʻlishi lozim.7. Sunʼiy intellekt tizimining tashqi taʼsirlardan himoyalanganligi va suveren maʼlumotlar bazasidan tashqariga chiqmasligi kafolati.2026-yil dekabrMavjud jarayonlarni sunʼiy intellekt texnologiyalariga moslashtirish14.Sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish uchun parlament arxividagi matnli va audio maʼlumotlarni (stenogrammalar, qonun loyihalari) raqamlashtirish va maʼlumotlarni yagona standartga keltirish uchun tayyorlash (Data Readiness).Arxiv maʼlumotlarini inventarizatsiya qilish va saralash. Bunda:Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni1. Matnli maʼlumotlar. Qonun loyihalari (barcha tahrirlari bilan), qoʻmita xulosalari, deputat soʻrovlari va ularga kelgan javoblar.2027-yil yanvar2. Audio maʼlumotlar. Yalpi majlislar va qoʻmita eshituvlarining ovozli yozuvlarini tayyorlash (bular nutqni tanish modelini oʻqitish uchun asos boʻladi).2027-yil yanvarMaʼlumotlarni tozalash va normallashtirish qilish. Bunda (Data Pre-processing) sunʼiy intellekt xato qilmasligi uchun maʼlumotlar “shovqin”lardan tozalanadi.2027-yil fevral1. OCR (Optik tanish). Skaner qilingan (PDF yoki rasm koʻrinishidagi) eski hujjatlarni tahrir qilish mumkin boʻlgan matn formatiga oʻtkazish.2027-yil mart2. Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka asosan, sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish jarayonida maxfiylikni saqlash uchun ayrim maʼlumotlarni niqoblash orqali anonimlashtirish.muntazam3. Bir xil hujjatning takroriy nusxalarini tozalash uchun dublikatlarni oʻchirish mexanizmini yaratish. Bunda yagona standartga keltirish va markirovkalash (Data Labeling) tizimini yaratiladi hamda maʼlumotlar sunʼiy intellekt uchun “tushunarli” boʻlishi uchun ularga maxsus teglar qoʻyiladi.2027-yil may1. XML/JSON format. Hujjatlarni tuzilmaviy formatga oʻtkazish (masalan, qonunning bobi, moddasi, bandi alohida ajratilgan boʻlishi kerak).2027-yil iyun2. Metamaʼlumotlar qoʻshish. Har bir hujjatga ijrochi, sana, soha (iqtisodiyot, ijtimoiy va h.k.) va Reglamentning qaysi moddasiga taalluqli ekanligi haqida belgilar qoʻyish.2027-yil iyul3. Korpus yaratish. Oʻzbek tilining yuridik terminologiyasini oʻz ichiga olgan maxsus “Parlament lingvistik korpusi”ni shakllantirish.2027-yil avgust15.Xavfsizlik tizimini yaratish. Parlament maʼlumotlarining maxfiyligini taʼminlovchi lokal (on-premise) neyron tarmoqlari va kiberhimoyalangan axborot almashinuvi kanallarini sozlash.Sunʼiy intellekt tizimi maʼlumotlarni qayta ishlashda ularning sizib chiqib ketmasligini (Data Leakage) kafolatlash uchun texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi DevoniLokal (On-premise) neyron tarmoqlarini sozlash, tashqi sunʼiy intellekt serverlariga (masalan, GPT modellari bulutlariga) boʻlgan bogʻliqlikni uzish va maʼlumotlarni palata ichida saqlash.2027-yil yanvarOchiq kodli (Open-source) yirik til modellarini (LLM) Parlamentning oʻz serverlariga oʻrnatish. Modellarning tashqi Internet tarmogʻiga soʻrov yuborishini qatʼiy cheklash.modellarni RAG (Retriyeval-Augmented Generation) arxitekturasi asosida ishlatish.2027-yil fevral2. Kiberhimoyalangan axborot almashinuvi kanallarini sozlash, maʼlumotlarni uzatish va saqlash jarayonida ularni shifrlash:2027-yil martmaʼlumotlar almashinuvi uchun End-to-End Encryption (E2EE) va maxsus VPN-tunnellarni joriy etish. Deputatlar va xodimlarning tizimga kirishini koʻp bosqichli autentifikatsiya (MFA) orqali nazorat qilish;sunʼiy intellekt tizimiga kirish huquqini lavozim va vakolatlarga muvofiq cheklash (Role-Based Access Control). Masalan, faqat muayyan qoʻmita aʼzosi oʻz sohasiga oid yopiq hujjatlarni sunʼiy intellekt tahlilidan oʻtkaza oladi.2027-yil aprel3. “Digital Watermarking” va maʼlumotlar auditi:hujjatning qayerdan va kim tomonidan olinganini aniqlash imkonini beruvchi sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan yoki qayta ishlangan har bir hujjatga yashirin raqamli tamgʻa (Watermark) qoʻyish;har bir sunʼiy intellekt-soʻrov qaysi foydalanuvchi tomonidan yuborilganini va natija qayerga yoʻnaltirilganini arxivlashtiruvchi hamda tizimdagi barcha amallarni qayd etib boruvchi (Log-management) monitoring tizimini joriy etish.4. Eng muhim va maxfiy maʼlumotlar bazasini Internetdan jismoniy uzish orqali “Air-Gapping” texnologiyasini qoʻllash:2027-yil mayParlamentning strategik maʼlumotlar bazalari ishlaydigan serverlarni umumiy Internet tarmogʻi ulanmagan, alohida ichki lokal tarmoqda saqlash;2027-yil iyulsunʼiy intellekt laboratoriyasi uchun alohida xavfsizlik perimetrini yaratish va sinovlarni “Sandbox” (quti) muhitida sinovlarni oʻtkazish;2027-yil avgusthech bir soʻrov yoki hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mustaqil serverlaridan tashqariga chiqmaslikda ustuvor boʻlgan “Suveren parlament sunʼiy intellekt tizimini” shakllantirish.2027-yil sentabr16.Sunʼiy intellekt tizimini Lex.uz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot tizimlari va davlat idoralari tizimlari bilan API orqali bogʻlash uchun maʼlumotlar bazasini integratsiya qilish1. Sunʼiy intellekt tizimining tashqi bazalar bilan aloqasini taʼminlash uchun maxsus texnik koʻpriklar yaratish maqsadida bir tomonlama va ikki tomonlama API shlyuzlarini sozlash. Bunda:sunʼiy intellektning doimo eng soʻnggi qonunchilik tahrirlari bilan ishlashini taʼminlaydigan yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va oʻzgartirishlarni avtomatik ravishda “tortib olish” (Data ingestion) uchun Lex.uz bilan integratsiya qilish;qonun loyihalarining harakatlanish tarixi, deputatlarning tashabbuslari va palata kun tartibini real vaqtda kuzatish uchun , Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;parlament nazoratini amalga oshirish uchun davlat organlarining (masalan, statistika yoki budjet ijrosi) ochiq maʼlumotlar bazalariga ulanish orqali Davlat idoralari tizimlari bilan bogʻlanish.2028-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Turli tizimlarda maʼlumotlar har xil format (PDF, DOCX, JSON, XML) da boʻlishini inobatga olib, sunʼiy intellekt ularni bir xil tushunishi uchun maʼlumotlarni formatlash va sinxronlashtirish (Data Normalization).Bunda turli manbalardan kelgan maʼlumotlarni yagona “Parlamentning sunʼiy intellekt-standarti”ga oʻtkazish uchun bir xillashtirish;Avtomatik yangilanish (Webhook) joriy etish. Bunda Lex.uzda yangi qonun eʼlon qilinganda, sunʼiy intellekt bu haqda signal oladi va oʻz bilimlar bazasini (Vector Database) avtomatik yangilaydi.2028-yil fevral3. Integratsiya qilingan maʼlumotlar asosida sunʼiy intellektning qidiruv imkoniyatlarini oshirish orqali “Semantic Search” va bilimlar ombori (RAG)ni boyitish:integratsiya qilingan har bir hujjatni “vektorli koʻrinish”ga oʻtkazish;Qonunchilik palatasi deputati sunʼiy intellektga masalan, “Oxirgi 3 yilda qabul qilingan iqtisodiyotga oid qonunlardagi nomuvofiqliklarni top” deb soʻrov berganida, sunʼiy intellekt soniyalar ichida Lex.uz, , Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot tizimlari bazalarini solishtirib tahlil qilish imkoniyatini yaratish.2028-yil mart4. Integratsiya jarayonida maʼlumotlar almashinuvini xavfsiz qilish maqsadida Xavfsizlik va kirishni boshqarish (OAuth & Tokens) tizimini joriy etish. Bunda:har bir tizim bilan bogʻlanishda maxsus xavfsizlik tokenlari va shifrlangan kanallardan foydalanish;davlat idoralari tizimlaridan faqat Reglamentda belgilangan “Parlament faoliyati” doirasidagi maʼlumotlarni olish huquqini belgilash.2028-yil aprelV. SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDAGI DASTURIY YECHIMLARNI YARATISH17.Virtual konsultant. Fuqarolar murojaatlarini avtomatik toifalash va tegishli okrug deputatlariga yoʻnaltiruvchi chat-bot interfeysini ishga tushirish.1. Fuqarolardan kelib tushayotgan matnli yoki audio murojaatlarni sunʼiy intellekt yordamida mazmunan guruhlarga ajratuvchi murojaatlarni intellektual tahlil qilish va toifalash (Classification) tizimini joriy qilish:tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnologiyasi yordamida murojaatning “mavzusi” (masalan: uy-joy, taʼlim, soliq, sogʻliqni saqlash) va “tonalligini” (shikoyat, taklif, minnatdorchilik) aniqlash tizimini yaratish. Unda sunʼiy intellekt murojaatni avtomatik ravishda palataning tegishli qoʻmitalari yoki tegishli davlat organlari klassifikatori boʻyicha toifalaydi.2. Murojaatni fuqaro yashaydigan hududdan saylangan deputatga avtomatik yetkazish orqali geolokatsiya asosida deputatlarga yoʻnaltirish (Geo-routing) tizimini yaratish. Unda deputatning shaxsiy kabinetida sunʼiy intellekt tomonidan tayyorlangan “murojaatning qisqacha mazmuni” (Summary) aks etadi, bu esa murojaat bilan tezroq tanishib chiqishga yordam beradi.3. Koʻp beriladigan savollarga sunʼiy intellekt yordamida real vaqtda javob berish mexanizmiga ega birinchi darajali huquqiy maslahat (Self-service Knowledge Base) tizimini yaratish:sunʼiy intellektning Lex.uz va palataning “Savol-javoblar” bazasiga tayangan holda, fuqaroga maʼlumotnoma koʻrinishidagi savollar boʻyicha avtomatik javob qaytarish tizimini yaratish. Unda agar savol murakkab boʻlsa, sunʼiy intellekt uni insonga (masʼul xodimga yoki deputat yordamchisiga) yoʻnaltiradi.4. Fuqarolarga qulay boʻlgan aloqa kanallaridan foydalanuvchi platformalararo integratsiya (Omnichannel integration) tizimini yaratish:Chat-bot tizimi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, Telegram, Facebook va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) bilan integratsiya qilinadi. Unda barcha kanallardan kelgan murojaatlar yagona bazada (CRM tizimida) jamlanadi va ijro nazorati (Deadline tracking) taʼminlanadi.2027-yil may — dekabrDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni18.Fuqarolarning deputatlarga murojaat yoʻllashini soddalashtirish maqsadida murojaatni rasmiylashtirish va tegishli okrug deputatiga avtomatik yoʻnaltirishni taʼminlovchi virtual konsultant joriy etish.1. Fuqarolar murojaatlarini avtomatik qabul qilish, toifalash, mazmunan tahlil qilish va ustuvorligini belgilash.2. Murojaatni deputatning okrugiga qarab avtomatik yoʻnaltirish.2028-yil dekabrDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi DevoniSunʼiy intellektni parlamentning faoliyatiga toʻliq tatbiq etish19.Intellektual budjet monitoringi. Vazirlik va idoralarning budjet indikatorlari bajarilishini Big Data tahlili asosida real vaqtda kuzatuvchi panelni (dashboard) ishga tushirish.1. Sunʼiy intellekt tizimini moliyaviy maʼlumotlar bazasi (oqimi)ga ulash yoʻli bilan “Big Data” tahlili uchun maʼlumotlar integratsiyasini taʼminlash:Iqtisodiyot va moliya vazirligining (UzASBO, ISBF), Soliq va Bojxona qoʻmitalarining axborot tizimlari bilan xavfsiz integratsiya oʻrnatish. Unda davlat xaridlari (xarid.uz) va investitsiya dasturlari doirasidagi mablagʻlarning sarflanishini real vaqtda sunʼiy intellekt bazasiga yuklab borish.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasiDevoni,Davlat budjeti boshqarmasi2. Budjet mablagʻlarining nafaqat sarflanishini, balki uning samaradorligini oʻlchash uchun maqsadli indikatorlar (KPI) va chetlanishlarni aniqlash tizimini yaratish. Unda sunʼiy intellekt har bir vazirlik uchun belgilangan maqsadli indikatorlarni (masalan, qurilgan maktablar soni, taʼmirlangan yoʻllar kilometri) moliyaviy xarajatlar bilan solishtiradi.Sunʼiy intellekt “Prognoz tahlil” orqali yil yakunida qaysi sohada mablagʻlar oʻzlashtirilmay qolishi yoki qayerda asossiz xarajatlar xavfi borligini oldindan prognoz qiladi.2029-yil fevral3. Murakkab raqamlarning vizual va tushunarli shaklga keltirilishi taʼminlangan deputatlar uchun maxsus intellektual panel (Dashboard) yaratish.Qonunchilik palatasidagi har bir qoʻmita uchun oʻz sohasiga oid budjet ijrosini koʻrsatuvchi interaktiv dashbord yaratish. Unda sunʼiy intellekt avtomatik ravishda har choraklik hisobotlarni tayyorlaydi va shubhali xarajatlar aniqlangan sohalar boʻyicha “Parlament soʻrovini” yuborish haqida tavsiyalar beradi.2029-yil mart4. Budjet mablagʻlarini talon-toroj qilish xavfini minimallashtirish uchun risklarni baholash va korrupsiyaga qarshi filtr tizimini yaratish.Sunʼiy intellekt “Anomalies detection” anomaliyalarni aniqlash algoritmi yordamida bozor narxidan yuqori xaridlarni yoki bir xil pudratchilar bilan tuzilgan shubhali shartnomalarni aniqlash tizimini joriy etish. Unda sunʼiy intellekt aniqlangan shubhali holatlar boʻyicha masʼul qoʻmita ekspertlariga avtomatik ravishda xabarnoma yuboradi.2029-yil dekabr20.Parlament aʼzolari va fuqarolarga real vaqtda oʻz tillarida nutqni tinglash va tushunish imkonini beruvchi sunʼiy intellekt platformasini (AI Digital Sound) joriy etish.1. Parlament aʼzolari va fuqarolarga real vaqtda oʻz tillarida nutqni tinglash va tushunish imkonini beruvchi sunʼiy intellekt platformasini joriy etish.2. Nutqni avtomatik aniqlash va transkripsiya qilish tizimini ishlab chiqish va integratsiya qilish, shuningdek nutqni bir necha tilga tarjima qilish imkoniyatini yaratish.3. Parlament binolarining xavfsizligini taʼminlash uchun sunʼiy intellekt asosida biometrik skanerlash va yuzni tanib olish texnologiyalarini joriy etish.4. Deputatlar va xodimlarning shaxsini aniqlash va kirish huquqini avtomatik ravishda tekshirish, nazorat kirish punktlaridan maxsus guvohnoma nishonlar yoki kartalarsiz ochishni taʼminlash.5. Kirish nazorati tizimi orqali taqiqlangan hududlarga kirishni cheklash.6. Sunʼiy intellekt tizimi orqali tinglash, transkripsiya va tarjima jarayonini hamda xavfsizlik nazoratini birlashtirilgan platformada boshqarish.2028-yil dekabrDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi21.Qonun loyihalarining barcha tahrirlarini avtomatik ravishda taqqoslash va oʻzgarishlarni tahlil qilish Comparative Print Suite (CPS) tizimini joriy etish.1. Qonun loyihasi birinchi oʻqishdan oʻtgandan keyin kiritiladigan oʻzgartirishlarni avtomatik boshqarish uchun CPS tizimida koʻp versiyali matnlarni sinxron tahlil qilish (Version Control) imkoniyatini yaratish. Bunda:tizim qonun loyihasining “Konsepsiyasi” (1-oʻqish), “Masʼul qoʻmita tahriri” va “Deputatlar takliflari”ni alohida qatlamlarda (layers) saqlaydi;tizim qonun loyihasining “Konsepsiya” (1-oʻqish), “Masʼul qoʻmita tahriri” va “Deputatlar takliflari” variantlarini alohida qatlamlarda (layers) saqlash orqali ularni oʻzaro sinxron tahlil qilish va versiyalarni avtomatik boshqarish imkoniyatini yaratadi. Unda sunʼiy intellekt har bir modda boʻyicha kiritilgan oʻzgartirishlarni vaqt va muallif uygʻunligida bogʻlaydi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Reglament talablariga muvofiq, chap ustunda “Amaldagi matn”, oʻng ustunda “Taklif etilayotgan tahrir”ni tezkorlik bilan avtomatik taqqoslama jadvallarni shakllantirish mexanizmini yaratish.Matni taqqoslash (Diff algorithm) algoritmi asosida soʻzlarning almashishi, tushirib qoldirilishi yoki yangi qoʻshilishini ranglar bilan belgilab ajratib koʻrsatuvchi mexanizm yaratish. Unda sunʼiy intellekt nafaqat matnni solishtiradi, balki oʻzgarishning mazmun jihatdan taʼsirini ham izohlaydi (masalan: “Ushbu oʻzgartirish bilan davlat organining vakolati kengaymoqda”).2029-yil fevral3. Turli qoʻmita deputatlari tomonidan berilgan, lekin mazmuni bir xil boʻlgan takliflarni sunʼiy intellekt yordamida birlashtiruvchi maʼnodosh oʻzgarishlarni guruhlash (Semantic Grouping) mexanizmini yaratish. Unda sunʼiy intellekt tabiiy tilni tushunish (NLU) orqali oʻxshash mazmundagi 10 ta taklifni bitta “konseptual oʻzgarish” sifatida guruhlaydi.2029-yil mart4. Yangi tahrir qabul qilinsa, boshqa qonunlardagi havolalar (reference) eskirib qolmasligini tekshiruvchi yuridik texnika va havolalar nazorati tizimini yaratish. Unda sunʼiy intellekt ekspertga ogohlantirish beradi. Masalan “Agar ushbu 7-modda oʻzgarsa, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunning 12-moddasiga ham tuzatish kiritish kerak”.2029-yil dekabr22.Majlislar zalida sinxron tarjima va deputatlarni yuzidan tanish (Face-ID) asosida roʻyxatga olish “Digital Sound & Bio-identification” tizimlarini joriy etish.1. Deputatlarni majlislar zalida roʻyxatga olish va kvorumni aniqlash jarayonini avtomatlashtirish uchun Biometrik identifikatsiya va Face-ID tizimini joriy etish. Bunda:Majlislar zaliga oʻrnatilgan yuqori aniqlikdagi kameralar sunʼiy intellekt algoritmlari yordamida deputatlarning yuz tuzilishini (Face-ID) tanib olish tizimini joriy etish. Unda deputat oʻz joyiga oʻtirishi bilan tizim uni avtomatik roʻyxatga oladi. Bu kvorumni soniyalar ichida aniqlash va ovoz berish jarayonida shaxsni tasdiqlash (begona shaxs ovoz berishining oldini olish) imkonini beradi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Xalqaro delegatsiyalar tashrifi yoki chet tilidagi maʼruzalarni real vaqtda tarjima qilish uchun sunʼiy intellekt asosidagi koʻp tilli sinxron tarjima (AI Interpretation) tizimini yaratish. Bunda:Neyron mashina tarjima (Neural Machine Translation) modellari yordamida soʻzlovchining nutqini eshitib, uni darhol oʻzbek tiliga (va aksincha) yuqori aniqlikda tarjima qilish tizimini yaratish. Unda deputatlar oʻz eshitish qurilmalari orqali sunʼiy intellekt tomonidan soniyalar ichida sintez qilingan tabiiy ovozli tarjimani eshitadilar. Bu tarjimonlarga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi va jarayonni tezlashtiradi.2029-yil fevral3. Zaldagi ovoz sifatini oshirish va majlis bayonnomasini sifatli yozish uchun aqlli mikrofon va ovozni yoʻnaltirish (Smart Beamforming) tizimini joriy etish.Mikrofonni aynan gapirayotgan shaxsga avtomatik yoʻnaltiruvchi va atrofdagi shovqinlarni (masalan, zaldagi shivir-shivirlarni) sunʼiy intellekt yordamida filtrlovchi “Beamforming” texnologiyasini joriy etish. Unda sunʼiy intellekt har bir soʻzlovchining ovozini alohida ajratib oladi, bu esa avvalgi bosqichdagi nutqni matnga aylantirish (Speech-to-Text) tizimining aniqligini 100% ga yetkazadi.2029-yil mart4. Majlisning umumiy kayfiyati va auditoriya diqqatini tahlil qilish uchun psixoakustik tahlil va diqqat nazorati (Emotional AI — tajriba tariqasida) mexanizmini yaratish. Unda sunʼiy intellekt zaldagi umumiy shovqin darajasi va deputatlarning reaksiyasini tahlil qilib, majlis raisiga (Spikerga) auditoriyaning charchoq darajasi yoki muhokamaning qizgʻin nuqtasi haqida signal berishi mumkin.2029-yil dekabrMonitoring va baholash tizimlarini yoʻlga qoʻyishNatijadorlikni tahlil qilish va tizimni takomillashtirish23.KPI monitoringini amalga oshirish uchun sunʼiy intellekt joriy etilishi natijasida qonun loyihalarini koʻrib chiqish tezligi va parlament nazorati samaradorligini statistik baholash mexanizmini joriy etish1. Sunʼiy intellekt joriy etilganidan keyin qonun ijodkorligi jarayonidagi vaqt tejalishini tahlil qilish uchun vaqt va tezkorlik koʻrsatkichlarini oʻlchash (Time-to-Value) tizimini yaratish.Bunda:Vaqt va tezkorlik koʻrsatkichlarini oʻlchash (Time-to-Value) mexanizmini yaratish. Unda avtomatik stenogramma va bayonnoma tayyorlash vaqtining qisqarishini (masalan, 24 soatdan 1 soatgacha) hisobga oluvchi raqamli monitoring tizimi joriy etiladi.2. Sunʼiy intellekt bergan xulosalarning qanchalik toʻgʻri va foydali ekanligini aniqlash uchun sifat va aniqlik indikatorlarini baholash (Quality Assurance) tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt tomonidan aniqlangan nomuvofiqliklarning necha foizi ekspertlar tomonidan toʻgʻri (haqiqat) deb tan olinganini (Precision/Recall) hisoblash mexanizmini yaratish. Unda “Xatolar koeffitsiyenti”ni kuzatish. Agar sunʼiy intellekt aniqlagan kamchilik deputatlar tomonidan qabul qilinsa, bu tizimning yuridik aniqligi (Legal Accuracy) yuqori ekanligini anglatadi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni3. Budjet monitoringi va murojaatlar bilan ishlashda sunʼiy intellektning rolini tahlil qilish maqsadida Parlament nazoratining samaradorligini baholash tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt tahlillari asosida yuborilgan “Parlament soʻrovlari” soni va ularning natijadorligini (masalan, budjet mablagʻlarining maqsadsiz sarfi toʻxtatilgani) hisobga olish boʻyicha tizim yaratish. Fuqarolar murojaatlariga javob berish vaqti va sifati boʻyicha “Qoniqish indeksi”ni (Citizen Satisfaction Index) shakllantirish.2029-yil fevral4. Monitoring natijalari asosida sunʼiy intellekt modellarini yangilab borish uchun “Feedback Loop” — tizimini qayta aloqa asosida takomillashtirish. Bunda:Har bir qoʻmita deputatlari va mutaxassislaridan sunʼiy intellekt ishi boʻyicha har oylik avtomatik onlayn soʻrovnomalar olish va monitoring natijalari asosida sunʼiy intellekt modellarini yangilab borish. Aniqlangan kamchiliklar asosida sunʼiy intellekt laboratoriyasi tomonidan algoritmlarga tuzatish kiritish va “Fine-tuning” jarayonini qaytadan oʻtkazish.2029-yil mart24.Sunʼiy intellekt tizimidagi xatoliklarni bartaraf etish va yangi qabul qilingan qonun hujjatlari asosida algoritmlarni muntazam ravishda yangilab borish uchun sunʼiy intellekt modellarini qayta oʻqitish (Retraining)Sunʼiy intellekt tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolarni ekspertlar yordamida tuzatish va tizimni qayta sozlashning inson nazoratida oʻqitish (Human-in-the-loop) tizimini yaratish. Bunda:Deputat yoki xodim sunʼiy intellekt javobida xato topsa, “Xato” tugmasini bosadi va toʻgʻri variantni kiritadi. Ushbu maʼlumotlar toʻplanib, RLHF (Reinforcement Learning from Human Feedback) usulida modelni qayta oʻqitish uchun ishlatiladi. Unda sunʼiy intellekt laboratoriyasi har oyda ekspertlar tomonidan tuzatilgan maʼlumotlar bazasini modelga “inyeksiya” qiladi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Sunʼiy intellektning oʻz xayolidan maʼlumot toʻqishini cheklash uchun RAG (Retrieval-Augmented Generation) arxitekturasi yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt javob berishdan oldin birinchi navbatda Lex.uz yoki parlamentning ichki bazasidan tegishli hujjatni qidiradi. Agar bazada maʼlumot boʻlmasa, sunʼiy intellekt “javobni bilmayman” deyishga dasturlanadi. Unda sunʼiy intellektga faqat tasdiqlangan manbalarga tayanib gapirish boʻyicha “qatʼiy koʻrsatma” (System Prompt) beriladi.2029-yil fevral3. Yangi qabul qilingan qonun hujjatlari asosida algoritmlarni yangilash uchun Dinamik maʼlumotlar sinxronizatsiyasi (Continuous Learning) tizimini yaratish. Bunda:Yangi qonun qabul qilinishi bilan tizim uning matnini vektorli maʼlumotlar bazasiga (Vector DB) joylaydi. Sunʼiy intellekt modeli butunlay qayta oʻqitilmasa ham uning “xotirasi” (Context window) yangi qonun bilan boyitiladi. Unda har bir yangi normativ hujjat sunʼiy intellekt uchun “yangi bilim” sifatida indeks qilinadi va eskirgan normalar tizimda “oʻz kuchini yoʻqotgan” deb belgilanadi.2029-yil mart4. Modelning yuridik savodxonligini muntazam baholab borish uchun “Benchmark” testlari va sifat nazorati tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt uchun maxsus “yuridik baholash testlari toʻplami” yaratiladi. Har bir yangilanishdan soʻng Sunʼiy intellekt ushbu testlardan oʻtkaziladi. Unda agar yangilangan modelning aniqlik darajasi (Accuracy) avvalgisidan past boʻlsa, tizim avtomatik ravishda oldingi barqaror versiyaga (Rollback) qaytariladi.2029-yil dekabrQonun loyihalarini tahlil qilish va tayyorlash (Smart Lawmaking)25.Qonun loyihalarining amaldagi qonunchilikka zid emasligini (nomuvofiqliklarni) avtomatik tarzda tekshiruvchi sunʼiy intellekt-lingvist tizimini yaratish1. Qonun loyihalarining amaldagi qonunchilikka zid emasligini (nomuvofiqliklarni) avtomatik tarzda tekshiruvchi sunʼiy intellekt-lingvist tizimini yaratish. Bunda:oʻzaro havolalar (Cross-referencing) texnologiyasi yordamida yangi qabul qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan huquqiy normani boshqa qonun va normativ-huquqiy hujjatlardagi normalar bilan solishtirib tekshirish tizimini yaratish. Unda agar yangi loyihada belgilangan jazo turi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga zid boʻlsa, sunʼiy intellekt ekspertga darhol ogohlantirish beradi va ziddiyatni bartaraf etish uchun tahrir taklif qiladi.2028-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Davoni2. Qonun tilining aniqligi va bir xilligini taʼminlash uchun lingvistik va yuridik texnika ekspertizasi tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt yuridik atamalarning barcha qonun hujjatlarida bir xil maʼnoda ishlatilishini nazorat qiladi. Unda tizim “korrupsiyaga yoʻl qoʻyuvchi” noaniq iboralarni (masalan: “tegishli hollarda”, “koʻrib chiqishi mumkin”, “asosli sabablarga koʻra”) topadi va ularni aniq mezonlar bilan almashtirishni tavsiya qiladi.2029-yil fevral3. Qonun loyihasini birinchi oʻqishdan ikkinchi oʻqishgacha boʻlgan oʻzgarishlarini tizimlashtirish uchun avtomatik “Taqqoslama jadval” tayyorlash tizimini yaratish. Bunda:loyihaning dastlabki matni va kiritilgan oʻzgartirishlarni avtomatik tarzda “amaldagi tahrir” va “taklif etilayotgan tahrir” shakliga keltiruvchi mexanizmni yaratish. Unda sunʼiy intellekt har bir oʻzgartirishning asoslantiruvchi qismini (deputat taklifi yoki qoʻmita xulosasini) matnga avtomatik ravishda bogʻlaydi.2029-yil mart4. Loyihani ishlab chiqishda xalqaro standartlar va xorijiy davlatlar qonunchiligi bilan solishtirish (qiyoslash) uchun xorijiy tajriba bilan qiyosiy tahlil (Comparative Law AI) tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt tizimi boshqa davlatlar (masalan, Janubiy Koreya, Estoniya, Germaniya) parlamentlarining ochiq bazalaridan oʻxshash normalarni qidirib topadi. Tizim deputatlarga “Ushbu norma Germaniya qonunchiligida quyidagicha ishlaydi va samaradorligi yuqori” qabilidagi qiyosiy maʼlumotnomalarni tayyorlab beradi;qiyosiy tahlil (Comparative Law AI) tizimning samaradorligini oshirishi uchun uni “Raqamli deputat” (Smart Assistant) interfeysiga integratsiya qilish kerak.2029-yil dekabr26.Qonun loyihalarini inson omili taʼsir qila olmaydigan matematik va lingvistik algoritmlar orqali “skaner” qiluvchi korrupsiyaga qarshi sunʼiy intellekt-filtr tizimini yaratish1. Qonun loyihalarini inson omili taʼsir qila olmaydigan matematik va lingvistik algoritmlar orqali “skaner” qiluvchi Korrupsiyaga qarshi sunʼiy intellekt-filtr tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt tizimiga Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va xalqaro ekspertlar (masalan, Transparency International) tomonidan belgilangan korrupsiyaviy omillarni tanitish uchun Korrupsiyaviy omillar klassifikatorini yaratish;Neyron tarmogʻini korrupsiyaga yoʻl qoʻyuvchi 20 dan ortiq indikatorlar (noaniq vakolatlar, muddatlarning belgilanmaganligi, maʼmuriy toʻsiqlar) asosida oʻqitish tizimini yaratish. Unda sunʼiy intellekt matndagi “asosli sabablar boʻlganda”, “istisno hollarda”, “kechiktirib boʻlmaydigan choralar” kabi mansabdorga keng ixtiyoriylik (diskretsion) vakolatini beruvchi iboralarni avtomatik ravishda aniqlaydi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Sunʼiy intellektning qonundagi davlat organi, tadbirkor yoki fuqaro oʻrtasidagi munosabatlarni tahlil qilishi uchun vakolatlar zanjirini tahlil qilish (Power Mapping) tizimini yaratish. Bunda:agar qonunda davlat organiga haddan ortiq nazorat funksiyasi berilgan boʻlsa-yu, lekin uning masʼuliyati va javobgarligi aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, Sunʼiy intellekt buni yuqori xavf deb belgilovchi mexanizmni yaratish. Unda tizim mazkur vakolatning korrupsiyaga moyillik darajasini 0 dan 100 gacha boʻlgan shkalada baholaydi.2029-yil fevral3. Sunʼiy intellekt yangi normaning muayyan biznes guruhlari yoki sohalar uchun imtiyoz yaratayotganligini tekshiruvchi manfaatlar toʻqnashuvini qidirish (Conflict of Interest AI) tizimini yaratish. Bunda:“Semantic Analysis” orqali yangi normaning faqat cheklangan doiradagi subyektlarga (lobbizm alomatlari) xizmat qilish ehtimolini tahlil qilish tizimini yaratish. Unda Sunʼiy intellekt ekspertga (masalan, “Ushbu norma bozorda raqobatni cheklashi va muayyan guruhlar uchun monopol imkoniyat yaratishi mumkin”) hisobot beradi.2029-yil mart4. Qonun loyihasi boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi ekspertlari uchun dastlabki hisobotni shakllantirish maqsadida avtomatik tarzda “korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xulosa”tayyorlash tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt aniqlagan har bir korrupsiyaviy omil boʻyicha uni bartaraf etish tavsiyasini ham ilova qiladi. Unda ekspert vaqtini nomuvofiqlikni qidirishga emas, balki sunʼiy intellekt topgan “qizil yorliq”ni baholash va tuzatishga sarflaydi. Sunʼiy intellekt-filtrni “Smart Lawmaking” tizimining ajralmas qismi sifatida barcha qonun loyihalari uchun majburiy qilib belgilash lozim.2029-yil dekabr27.Yangi qonun qabul qilinsa, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga taʼsirini prognoz qilish (matematik modellashtirish) uchun Regulatory Impact Assessment (RIA) sunʼiy intellekt-modelini yaratish.1. Yangi qabul qilingan qonunning, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaga taʼsirini prognoz qilish (matematik modellashtirish) uchun Regulatory Impact Assessment (RIA) sunʼiy intellekt-modelini hamda sunʼiy intellekt tizimi prognoz qilishdan oldin mamlakatdagi joriy holatni tahlil qilish uchun makroiqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni toʻplash (Data Feeding) tizimini yaratish. Bunda:Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Markaziy bank hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining ochiq maʼlumotlar bazalari (Big Data) bilan integratsiya qilish tizimini yaratish. Unda sunʼiy intellekt aholi soni, yalpi hududiy mahsulot, inflyatsiya darajasi, bandlik va boshqa zarur koʻrsatkichlarni modelga yuklaydi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Yangi norma kiritilganda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni matematik modellashtirish uchun “Nima boʻladi, agar...?” (What-if Analysis) ssenariylarini yaratish. Bunda:Masalan, tadbirkorlikka oid yangi cheklov kiritilsa, sunʼiy intellekt uning iqtisodiy xarajatlari (ish oʻrinlarining qisqarishi, soliq tushumlarining kamayishi yoki narx-navoning koʻtarilishi) ni hisoblash tizimi yaratiladi. Unda sunʼiy intellekt uch xil ssenariy (optimistik, pessimistik va eng ehtimolli (Most likely)ni taqdim etadi.2029-yil fevral3. Qonun loyihasi biznes subyektlari uchun qancha xarajatga tushishini aniqlash uchun tadbirkorlik faoliyatiga taʼsir va xarajatlar tahlili (Cost-Benefit Analysis) tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt yangi hisobot turlari, litsenziyalar yoki texnik talablar tadbirkorlardan talab qiladigan qoʻshimcha moliyaviy xarajatlarni avtomatik hisoblaydi. Unda sunʼiy intellekt ekspertlarga hisobot beradi. Masalan, Ushbu qonun qabul qilinsa, kichik biznes uchun yillik xarajatlar oʻrtacha 12% ga oshadi, lekin sohadagi shaffoflik 30% ga yaxshilanadi.2029-yil mart4. Qonunning kutilmagan salbiy oqibatlarini prognoz qilish uchun ijtimoiy taʼsir va “rikoshet” effektlarini aniqlash tizimini yaratish. Bunda:Neyron tarmogʻi orqali arxiv maʼlumotlar asosida oʻxshash qonunlar ilgari qanday natija berganini tahlil qilish tizimini yaratish. Unda masalan, sunʼiy intellekt “Import bojining oshirilishi mahalliy ishlab chiqaruvchini himoya qilsa-da, ichki bozorda defitsit va 15% inflyatsiyaga sabab boʻladi” kabi ogohlantirish berishi mumkin. Deputatlar qonun loyihasini ovozga qoʻyishdan oldin uning ijtimoiy-iqtisodiy “rentgen” tasvirini koʻradilar. Bu “koʻr-koʻrona” qonun qabul qilish xavfini minimallashtiradi va Reglamentdagi “asoslantiruvchi hujjatlar” sifatini tubdan yaxshilaydi.2029-yil dekabrParlament nazorati va monitoring (Digital Oversight)28.Davlat budjeti mablagʻlarining sarflanishini va maqsadli indikatorlar ijrosini real vaqt rejimida tahlil qilish uchun “Budjet sunʼiy intellekt-monitoring” tizimini joriy etish.1. Sunʼiy intellekt tizimini davlatning barcha moliyaviy oqimlariga (G2B, G2C) real vaqtda ulash uchun moliyaviy maʼlumotlarning “raqamli egizak” (Data Stream Integration) tizimini yaratish. Bunda:Iqtisodiyot va moliya vazirligining “UzASBO” va boshqa tizimlari, davlat xaridlari portali hamda markaziy bankning toʻlov shlyuzlari bilan API integratsiya oʻrnatish. Unda sunʼiy intellekt budjet mablagʻlarining ajratilishidan tortib, yakuniy ijrochigacha boʻlgan zanjirni (Money Tracking) avtomatik kuzatib boradi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni,Davlat budjeti boshqarmasi2. Sunʼiy intellekt mablagʻ sarflanishi va uning natijadorligini oʻlchashi uchun maqsadli indikatorlar va KPI nazorati (Performance-Based Oversight) tizimini yaratish. Bunda:har bir davlat dasturi yoki loyihasi uchun belgilangan maqsadli indikatorlarni (masalan, qurilgan shifoxonalar soni, taʼmirlangan yoʻllar km) haqiqiy ijro bilan solishtirish tizimini yaratish. Unda agar budjet mablagʻlari 100% oʻzlashtirilgan boʻlsa-yu, lekin obyektning qurilish darajasi (kosmosdan olingan suratlar yoki fotohisobotlar tahlili asosida) 50% ni tashkil etsa, sunʼiy intellekt darhol “Tafovut xavfi” (Variance Risk) haqida signal beradi.2029-yil fevral3. Shubhali tranzaksiyalarni sunʼiy intellekt yordamida “filtrlash” uchun anomaliyalarni aniqlash va korrupsiyaviy xatarlarni (Anomaly Detection) aniqlash tizimini yaratish. Bunda:Mashinaviy oʻqitish (ML) algoritmlari bozor narxidan ancha qimmat xaridlarni, sunʼiy raqobat yaratilgan tenderlarni yoki bir-biriga bogʻliq boʻlgan “firmalar” ishtirokini aniqlaydi. Unda sunʼiy intellekt avtomatik ravishda “Risklar xaritasi”ni shakllantiradi va deputatlarga qaysi vazirlik yoki hududda budjet intizomi buzilish xavfi yuqoriligini koʻrsatadi.2029-yil mart4. Murakkab hisobotlarni oddiy vizual shaklga keltiruvchi deputatlar uchun Intellektual dashbord (Strategic Dashboard) tizimini yaratish. Bunda:Qonunchilik palatasidagi har bir qoʻmita uchun oʻz sohasiga (masalan, sogʻliqni saqlash yoki taʼlim) oid budjet ijrosini koʻrsatuvchi interfeys yaratish. Unda deputat bitta tugmani bosish orqali maʼlum bir tuman yoki loyiha kesimida budjet mablagʻlari qayerda “toʻxtab qolganini” yoki maqsadsiz sarflanganini koʻra oladi. Bunda:Ushbu tizim parlament nazoratini “post-faktum” (voqea boʻlib oʻtgandan keyin) nazorat qilishdan, “preventiv” (oldini oluvchi) nazoratga oʻtkazadi. Bu davlat budjetining har bir soʻmi xalq manfaatlari uchun ishlashini kafolatlaydi.2029-yil dekabr29.Qabul qilingan qonunlar ijrosi boʻyicha ijtimoiy tarmoqlar va OAVdan kelayotgan katta hajmdagi maʼlumotlarni (Big Data) “Sentiment Analysis” orqali qayta ishlash1. Sunʼiy intellekt tizimi orqali qabul qilingan qonun yoki islohot boʻyicha raqamli makondagi barcha muhokamalarni jamlaydigan ijtimoiy fikrni yigʻish (Data Crawling & Scraping) tizimini yaratish. Bunda:OAV saytlari, Telegram-kanallar, Facebook, Instagram va boshqa ijtimoiy platformalardan kalit soʻzlar (masalan: “yangi soliq”, “maktab islohoti”, “qonun ijrosi”) asosida maʼlumotlarni avtomatik tarzda toʻplash mexanizmini yaratish. Unda sunʼiy intellekt kuniga millionlab izohlar, postlar va maqolalarni “inson aralashuvisiz” saralaydi va tizimlashtiradi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Toʻplangan maʼlumotlarning mazmuni boʻyicha uchta (pozitiv, negativ va neytral) asosiy toifaga ajratuvchi tonallikni tahlil qilish (Sentiment Analysis) tizimini yaratish.2029-yil fevral3. Negativ fikrlar aynan nima bilan bogʻliqligini aniqlash uchun muammolarni klasterlash (Topic Modeling) tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt “klasterlash” algoritmi orqali shikoyatlarni guruhlaydi (masalan: “ijro mexanizmi yoʻq”, “korrupsiya holati”, “maʼlumot yetishmovchiligi”). Unda deputatlar uchun hisobot shakllanadi. (Masalan, “Qonunning 5-moddasi ijrosi boʻyicha Toshkent viloyatida eng koʻp shikoyat tushmoqda”.2029-yil mart4. Tahlil natijalari asosida qonunga oʻzgartirish kiritish yoki parlament soʻrovi yuborish uchun “Feedback Loop” — Qonunchilikni takomillashtirish tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt tahlili natijasida olingan “Big Data” xulosalarini tegishli qoʻmitaning majlisiga kiritish tizimini yaratish. Unda Parlament nazorati doirasida masʼul vazirlikka “Xalq noroziligiga sabab boʻlayotgan omillarni bartaraf etish” boʻyicha soʻrov yuboriladi. Bunda:Bu tizim orqali parlament “xalq ovozini eshituvchi” jonli organ sifatida ishlaydi. Deputatlar vazirliklar bergan qogʻozdagi hisobotlarga emas, balki sunʼiy intellekt tomonidan tahlil qilingan real hayotiy vaziyatga tayanib qaror qabul qiladi.2029-yil dekabrMajlislarni tashkil etish va raqamlashtirish (E-Parliament)30.Majlisdagi nutqlarni oʻzbek tilida matnga aylantirish va elektron bayonnoma shakllantirish uchun avtomatik stenogramma (Speech-to-Text) tizimi joriy etishMajlislar zalidagi audio oqimni individual maʼruzachilar kesimida ajratish uchun ovozni qayta ishlash va “sunʼiy intellekt-diarizatsiya” (Diarization AI) tizimini yaratish. Bunda:“Speaker Diarization” texnologiyasi yordamida tizim zaldagi ovozlarni tahlil qiladi va har bir jumla qaysi deputat yoki ekspertga tegishli ekanligini aniqlaydi. Unda sunʼiy intellekt deputatning ovozini uning biometrik profili yoki majlislar zalidagi oʻrindiqqa biriktirilgan mikrofon raqami bilan moslashtiradi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Parlament terminologiyasi va oʻzbek tili spetsifikasini hisobga olgan holda nutqni tanish uchun Oʻzbek tilidagi yuridik nutqni matnga aylantirish (ASR — Automatic Speech Recognition) tizimini yaratish. Bunda:Mahalliy serverlarda (On-premise) ishlovchi neyron tarmogʻi (masalan, Whisper yoki maxsus oʻqitilgan LLM) ovozni real vaqtda matnga oʻgiradi. Unda tizim oʻzbek tilidagi rasmiy muomala, yuridik atamalar va reglament boʻyicha soʻzlarni xatosiz tanish uchun maxsus “Yuridik lugʻat” (Legal Lexicon) bilan boyitiladi. Bunda:2029-yil fevral3. Tayyor matnni Reglament standarti asosida tizimlashtirish uchun elektron bayonnomani avtomatik tarzda shakllantirish va tahrirlash tizimini yaratish. Bunda:sunʼiy intellekt matn ichidan asosiy kalit soʻzlarni (“taklif qilaman”, “qarshiman”, “qonun loyihasi”, “ovoz berish”) ajratib oladi va bayonnomaning tegishli qismlariga (kun tartibi, maʼruzalar, qarorlar) joylaydi. Unda majlis yakunlanishi bilan tizim avtomatik ravishda “bayonnoma loyihasi”ni (Draft Minutes) yaratadi. Bu matn kotibiyat tomonidan tekshirilib, elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanadi.2029-yil mart4. Koʻp soatlik bahs-munozaralarni 1-2 sahifalik konspektga aylantirish uchun “Smart Summary” — Majlisning qisqacha mazmunli matnini yaratish. Bunda:Katta til modellari (LLM) yordamida sunʼiy intellekt majlisdagi har bir chiqishning mazmunini aniqlaydi va asosiy xulosalarni shakllantiradi. Unda deputatlar va OAV vakillari uchun majlisning eng muhim nuqtalari aks etgan “Press-reliz” yoki “Infografika uchun maʼlumotlar” avtomatik tarzda tayyorlanadi. Bunda:Maʼlumot uchun: Ushbu tizimning joriy etilishi parlament kotibiyati va devoni ishini 90% ga yengillashtiradi. Eng muhimi, majlisda aytilgan har bir fikr xatosiz, oʻzgartirishlarsiz va tezkorlik bilan rasmiy hujjatga aylanadi, bu esa shaffoflikni taʼminlaydi.2029-yil dekabr31.Deputatlar uchun arxiv hujjatlari va xalqaro tajriba boʻyicha tezkor maʼlumot beruvchi Sunʼiy intellekt yordamchi (ChatBot) intellektual qidiruv tizimini joriy etish1. Intellektual qidiruv tizimni hujjat ichidagi soʻzlar ketma-ketligini emas, balki muallifning maqsadini tushunishga oʻrgatish uchun maʼnoli qidiruv (Semantic Search) texnologiyasini joriy etish. Bunda:barcha arxiv hujjatlarini, qonun loyihalarini va stenogrammalarni “Vektorli embeddinglar” (Vector Embeddings) koʻrinishiga oʻtkazish. Unda deputat “Qishloq xoʻjaligida yer berish tartibi” deb soʻraganda, tizim faqat shu soʻzlar bor hujjatlarni emas, balki yer ijarasi, dehqon xoʻjaliklari va auksionlarga oid barcha maʼnodosh qonunchilik normalarini topib beradi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Xorijiy davlatlarning qonunchilik bazalari bilan integratsiya qilish uchun xalqaro tajribani tahlil qilish (Comparative Law AI) tizimini integratsiya qilish. Bunda:Yevropa Ittifoqi, MDH va rivojlangan Osiyo davlatlarining ochiq qonunchilik bazalarini (masalan, EUR-Lex,) Sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilinadi. Unda Sunʼiy intellekt-yordamchi deputatga xorij tajribasi boʻyicha qiyosiy maʼlumotnoma tayyorlaydi. (Masalan, “Siz koʻrayotgan masala Janubiy Koreyada 2022-yilda quyidagicha hal etilgan...”.2029-yil fevral3. Sunʼiy intellekt-yordamchining faqat rasmiy va tasdiqlangan hujjatlarga tayanib javob berishini taʼminlash uchun qidiruv imkoniyatlari bilan kengaytirilgan generatsiya (RAG — Retriyeval-Augmented Generation) arxitekturasini qoʻllash. Bunda:Sunʼiy intellekt javobni shakllantirishdan oldin birinchi arxiv bazasidan tegishli hujjatlarni topadi va faqat shu hujjatlarga havola bergan holda javob yozadi. Unda deputat Sunʼiy intellekt-yordamchidan maʼlumot olganda, javobning ostida asos boʻlgan qonunning aniq moddasi va bandiga giper-havolani koʻradi.2029-yil mart4. Qonunchilik palatasi deputatiga qulay muloqot muhitini yaratish uchun “ChatBot” interfeysi va shaxsiy tahlilchi yordamchi tizimini integratsiya qilish. Bunda:Tizimni Qonunchilik palatasining ichki portali yoki maxsus xavfsiz mobil ilovasiga integratsiya qilinadi. Unda Deputat tizimga ovozli yoki matnli soʻrov yuboradi. (Masalan, “Menga keyingi hafta muhokama qilinadigan soliq imtiyozlari boʻyicha oxirgi 5 yildagi barcha arxiv maʼlumotlarini jamlab ber”.) Tizim soniyalar ichida tahliliy qisqartirilgan material (Brief) tayyorlaydi.Maʼlumot uchun: Bu tizim deputatlarni texnik va axborot qidirish ishlaridan ozod qilib, ularning vaqtini faqat qaror qabul qilish va ekspertlik tahliliga yoʻnaltirish imkonini beradi. Shuningdek, Parlamentning “intellektual arxiv maʼlumotlari” bir joyga jamlanadi.2029-yil dekabr32.Majlislarda deputatlar kvorumini aniqlash va ovoz berish xavfsizligini taʼminlash uchun Face-ID va biometriya tizimini joriy etish.1. Face-ID va biometriya tizimini ishlashi uchun har bir deputatning yuqori aniqlikdagi biometrik maʼlumotlar bazasini shakllantirish orqali deputatlarning biometrik raqamli profilini yaratish. Bunda:yuzning 3D xaritasi va barmoq izi (zarurat boʻlsa) maʼlumotlarini shifrlangan holda “yuridik shaxslar biometriyasi” milliy standarti asosida saqlash. Unda deputatlik vakolati boshlanganda uning biometrik maʼlumotlari tizimga bir marta kiritiladi va xavfsiz serverlarda (On-premise) saqlanadi.2029-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Majlislar zaliga oʻrnatilgan sunʼiy intellekt-kameralar yordamida zaldagi deputatlar sonini avtomatik tarzda hisoblash orqali real vaqt rejimida kvorumni aniqlash tizimini yaratish. Bunda:“Face Detection” va “Recognition” algoritmlari majlis boshlanishidan oldin zaldagi har bir shaxsni aniqlaydi va uni deputatlar roʻyxati bilan solishtiradi. Unda Spiker monitorida kvorum mavjudligi (Masalan, “Zalda 140 nafar deputat hozir boʻldi”) real vaqtda aks etadi. Bu roʻyxatga olish uchun sarf boʻladigan 5 — 10 daqiqa vaqtni tejaydi;2029-yil fevral3. Ovoz berish jarayonida shaxsni qayta tasdiqlash mexanizmi uchun biometrik tasdiqlangan ovoz berish (Secure Voting) tizimini yaratish. Bunda:deputat ovoz berish tugmasini bosgan vaqtda, planshet yoki mikrofon paneliga oʻrnatilgan kichik kamera (yoki barmoq izi skaneri) shaxsni soniyaning mingga bir ulushida taniydi. Unda agar tugmani bosayotgan shaxs tizimdagi deputatga mos kelmasa (masalan, yordamchisi yoki boshqa deputat), ovoz qabul qilinmaydi va tizim “ogohlantirish” signalini beradi.2029-yil dekabr4. Sunʼiy intellekt deputatning videotasvirini tahlil qilib, uning “shaxsan oʻzi” ekanligini (fotosurat yoki sunʼiy-niqob emasligini) “Liveness Check” algoritmi yordamida aniqlaydi. Unda masofaviy ovoz berishda deputatning shaxsi Face-ID orqali tasdiqlangandan soʻnggina u ovoz berish huquqiga ega boʻladi.2029-yil dekabr33.Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi imijini shakllantirish boʻyicha zarur tashkiliy choralarni koʻrish, jumladan Loyiha ofisi ramzlarini tasdiqlash va brendbukini yaratish.1. Loyiha ofisining imiji ikkita asosiy ustun davlatchilik anʼanalari (ishonch, qonun ustuvorligi) va futuristik texnologiyalar (innovatsiya, tezkorlik) ga asoslangan brending strategiyasini ishlab chiqish.2026-yil iyunDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi DevoniVI. TAJRIBA (PILOT) LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHEng muhim yoʻnalishlarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini tajriba sinovdan oʻtkazish34.Palata majlislar va qoʻmita majlislaridagi nutqlarni real vaqt rejimida avtomatik tarzda transkripsiya qilish va bayonnoma loyihasini tayyorlash uchun Speech-to-Text tizimiga asoslangan tajriba (pilot) loyihalarini amalga oshirish.1. Parlamentda rasmiy va yuridik terminologiyaga boy nutqni tanish modelini parlament tiliga moslashtirish (Acoustic & Language Modeling) mexanizmini joriy etish. Bunda:oʻzbek tilining parlament nutqi spetsifikasini hisobga olgan holda, tizimni (qayta oʻqitish) “fine-tuning” qilish;Sunʼiy intellekt Loyiha ofisidagi arxiv audio fayllar va ularga mos keluvchi matnlar asosida modelga deputatlarning nutq surʼati, talaffuzi (shevasi) va sohaviy atamalarini oʻrgatish.2. Sunʼiy intellekt tizimini majlislar zalidagi mavjud mikrofonlar va ovoz kuchaytirish tizimiga ulash orqali Majlislar zali audio-infratuzilmasi bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlash:har bir mikrofondan kelayotgan ovozni alohida kanal orqali sunʼiy intellekt serveriga uzatish (Multi-channel recording) mexanizmini joriy qilish;Diarizatsiya (Diarization) texnologiyasini qoʻllash orqali tizim avtomatik ravishda qaysi ovoz qaysi deputatga tegishli ekanligini aniqlaydi va matnda maʼruzachining ism-sharifini koʻrsatish tizimini joriy etish.2026-yil dekabrDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni3. Majlis davomida matnni soniyalar ichida ekranlarda va bayonnoma loyihasida aks ettirish orqali Real vaqt rejimida transkripsiya va tahrirlash (Real-time Transcription) ni joriy etish. Bunda:sunʼiy intellekt nutqni matnga aylantirish bilan birga, matndagi imloviy xatolarni tuzatish va tinish belgilarini qoʻyish mexanizmini joriy etish;Tahririyat guruhi uchun maxsus interfeys yaratish. Unda sunʼiy intellekt tomonidan tayyorlangan matnni real vaqtda koʻrib, zarurat boʻlsa tuzatish kiritish mumkin boʻladi (Human-in-the-loop).2027-yil mart4. Avtomatik bayonnoma va qisqartma (Summarization) tayyorlash. Bunda:Katta til modellari (LLM) yordamida koʻp soatlik majlis matnidan asosiy fikrlar, takliflar va qabul qilingan qarorlarni ajratib olishni joriy etish;tizimda avtomatik ravishda “Bayonnoma loyihasi”ni shakllantirish. Unda kun tartibi, maʼruzachilar va ovoz berish natijalari tizimli ravishda aks etadi.2029-yil aprel35.Qonun loyihalaridagi nomuvofiqlikni va imloviy xatolarni aniqlovchi Sunʼiy intellekt-yordamchini kichik ekspert guruhlari doirasida sinab koʻrish uchun AI-LEX Ekspertiza modulini ishga tushirish1. Sunʼiy intellekt tizimi yangi taklif etilayotgan qonun loyihasini amaldagi qonunchilik bazasi (Lex.uz) bilan avtomatik ravishda taqqoslashi orqali huquqiy nomuvofiqliklarni aniqlash algoritmlarini yaratish. Bunda:Semantik tahlil yordamida yangi normaning amaldagi moddalarga zidligini, takrorini yoki mantiqiy nomutanosibligini aniqlash mexanizmini joriy etish. Bunda sunʼiy intellekt ekspertga “Qizil bayroqcha” (Red flag) usulida xabar beradi. Masalan: “Loyihaning 5-moddasi Fuqarolik kodeksining 124-moddasiga zid kelishi mumkin”.2028-yil yanvarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi ofisi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni2. Qonunchilik tili aniq va tushunarli boʻlishini taʼminlovchi yuridik texnika va lingvistik ekspertiza qoidalarini ishlab chiqish. Bunda:oʻzbek tilining yuridik terminologiyasi lugʻati asosida matnni “skaner” qilish mexanizmini joriy etish. Unda jumlalarning mantiqiy qurilishini tekshirish, noaniq iboralarni (masalan, “qoida tariqasida”, “zarurat boʻlganda” kabi suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻyadigan soʻzlarni) aniqlash va ularni aniqlashtirishni taklif qilish mumkin.2028-yil fevral3. Sunʼiy intellekt moduli loyiha tarkibidagi korrupsiyaga yoʻl ochadigan omillarni qidiruvchi korrupsiyaga qarshi ekspertiza va gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazishni joriy etish. Bunda:Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan metodika asosida sunʼiy intellektni oʻqitish. Unda davlat organining haddan tashqari keng vakolatlarini, maʼmuriy toʻsiqlarni yoki ayollar va erkaklar huquqlari oʻrtasidagi nomutanosibliklarni sunʼiy intellekt avtomatik ravishda aniqlab, ekspert guruhiga hisobot taqdim etadi.2028-yil mart4. Tizimni darhol keng ommaga emas, balki cheklangan doirada sinash. Bunda kichik ekspert guruhlarida sinovdan oʻtkazish (Sandbox)ni joriy etish. Bunda:Masʼul qoʻmita (masalan, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi) huzuridagi ekspert guruhiga AI-LEX moduliga kirish imkonini berish. Unda ekspertlar sunʼiy intellekt topgan xatolarni baholaydi (Feedback loop). Agar sunʼiy intellekt xato topsa, ekspert uni tuzatadi (Reinforcement Learning).2028-yil aprel
Izoh: Ish rejada nazarda tutilgan vazifa va tadbirlarga, shuningdek moliyalashtirish manbalari, muddatlari va ijrochilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ish rejadagi tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi, shuningdek bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oxirgi bajarish muddati qoʻshma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi.
