Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramini keng nishonlash va munosib oʻtkazish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1943-V-son)
13.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PQ-120-sonli Qarori milliy davlatchiligimiz tarixi, hozirgi va kelajak hayotimiz uchun beqiyos boʻlgan istiqlolimizning 35 yillik bayramini yuqori saviyada oʻtkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlashning gʻoyaviy-badiiy konsepsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, xususan, mamlakatimizni har jihatdan rivojlantirish, inson qadr-qimmatini yuksaltirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini oshirish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda parlamentning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega.
Tadbirlarda milliy parlamentimizning davlat mustaqilligi asoslarini mustahkamlashdagi ishtiroki jarayonlarini va parlament faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ochib berish, mustaqillik mamlakatimizda parlamentarizmning shakllanishi va rivojlanishi uchun tom maʼnoda siyosiy-huquqiy asos yaratganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan parlament nazoratini keng koʻlamda amalga oshirish uchun parlamentga barcha zarur vakolatlar berilganligi, qonun ijodkorligi faoliyatiga yangi institutlar joriy etilganligi, deputatlarning saylovchilar bilan tizimli muloqoti yoʻlga qoʻyilganligi kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratish zarur.
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda hamda targʻibot-tashviqot ishlarida deputatlar korpusining faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga saylov okruglarida mustaqillik yillarida har bir sohada olib borilgan keng qamrovli islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”ga oid davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonunlar va ularning jamiyat farovonligini taʼminlashda hamda odamlar hayotini yaxshilashda tutgan oʻrni, ahamiyati va mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib borish tavsiya etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali tashkil etilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati (Gʻ. Samadov) hamda Parlament axborot-tahlil markazi (S. Xamidullayev) Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-aprel,
1943-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 13-apreldagi 1943-V-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
DASTURI
T/rUstuvor yoʻnalishlarAmalga oshirish mexanizmiOʻtkazish muddatiMasʼul ijrochilarI. “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoya asosida parlament miqyosida oʻtkaziladigan konferensiyalar1.Davlat mustaqilligini mustahkamlashda va zamonaviy davlatchilik tizimining huquqiy asoslarini yaratishda milliy parlamentning rolini ochib berishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish“Mustaqil Oʻzbekiston — 35 yillik taraqqiyot yoʻli: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.AvgustXalqaro ishlar,mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi,Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi,Parlament tadqiqotlari instituti“Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlashda milliy parlamentarizmning roli” mavzusida yoshlar konferensiyasi oʻtkazish.AvgustQonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi,Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiII. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy parlamentarizmni shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining kengaytirilgan yigʻilishlarini oʻtkazish2.Mustaqillik yillarida sud tizimidagi islohotlar, odil sudlovga erishish borasida qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:soʻnggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlarining sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashda tutgan oʻrniga;sud-huquq sohasiga oid, shu jumladan, sud tizimi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qonun hujjatlarining qabul qilinishidagi parlamentning roliga;fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, sud tizimiga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, sud tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilgan ishlarga;maʼmuriy sud ish yurituvini takomillashtirish, maʼmuriy organlar bilan fuqarolar va tadbirkorlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish boʻyicha yangi tizim yaratilganiga va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, sud-huquq sohasi xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.AprelKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi3.Mustaqillik yillarida qonun ijodkorligi sohasidagi islohotlar: ustuvor yoʻnalishlar va erishilgan natijalar1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: soʻnggi toʻqqiz yil ichida qonun ijodkorligida joriy etilgan yangiliklar va oʻzgarishlar; yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishida parlamentning oʻrni va roli; Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanganligi; 2025 — 2029-yillarga moʻljallangan qonun ijodkorligi dasturi qabul qilinganligi; qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining masʼuliyati oshganligi, xususan, qonun loyihasi boʻyicha birinchi oʻqishda tashabbuskor subyektning vakili maʼruza bilan chiqishi amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi; qonun ijodkorligida jamoatchilik ishtirokining yanada kengaytirilganligi (fuqarolarga qonunchilik takliflarini kiritish huquqi berilganligi, qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilayotgani, qoʻmitalar huzurida jamoatchilik kengashlari tuzilganligi, qoʻmitalar tomonidan tematik uchrashuvlar oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi);qonun loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va jamoatchilik muhokamasi natijalarini hamda xalqaro shartnoma matnining huquqiy ekspertizalari natijalari taqdim etish talabi belgilanganligi va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, ilmiy tadqiqot institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.MayKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi4.Davlat budjetini shakllantirishda va ijrosini taʼminlashda parlamentning roli1. Tadbirda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida qabul qilingan muhim qonunlar va parlamentga berilgan vakolatlar mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirishda hal qiluvchi oʻrin tutganligi; Davlat budjetini qonun shaklida qabul qilishga oʻtilganligi; yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolati etib belgilanganligi; Davlat budjeti ijrosini koʻrib chiqish tizimi takomillashganligi (yillik va yarim yillik hisobotlar Qonunchilik palatasida, choraklik hisobotlar qoʻmitalar va fraksiyalarda koʻrib chiqilayotgani); hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, mahallalarni obod qilish boʻyicha investitsiya dasturlarini shakllantirishda parlamentning ishtiroki yoʻlga qoʻyilganligi; maqsadli indikatorlarning, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari samaradorlik koʻrsatkichlarining (KPI) bajarilishiga doir hisobotlar qoʻmitalarda har chorakda eshitib borilayotganligi;hukumatning davlat budjetiga doir hisobotlari audit xulosasi bilan birga kiritilishi amaliyoti joriy etilganligi va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.MayBudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi5.Mustaqillik yillarida mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarning hal etilishi hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratining amalga oshirilishi masalalari1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida parlamentga berilgan vakolatlarning soha rivojida alohida oʻrin tutganligi; parlament nazoratini amalga oshirishning yangi shakllari, jumladan hukumatning davlat dasturlari ijrosi boʻyicha hisoboti eshitilayotganligi, “hukumat soati” institutining joriy etilganligi, hukumat aʼzoligiga nomzodlar tasdiqlanayotganligi;parlament va hukumat hamkorligining yangicha tizimi yoʻlga qoʻyilganligi (vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar, inspeksiyalar quyi palata qoʻmitalariga biriktirilganligi, Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisidagi vakolatli vakili instituti joriy etilganligi va hokazo);Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish tizimi joriy etilgani;parlament va deputat soʻrovini yuborish tartib-taomillari takomillashganligi;Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzani eshitish amaliyotining joriy qilinganligi va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyunKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi6.Parlament faoliyatining raqamlashtirilishi: qonun ijodkorligi, parlament nazorati va xalq bilan ochiq muloqot qilishning yangi bosqichi masalalari1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: “Elektron parlament” tizimining ishga tushirilganligi; Oliy Majlis palatalarida qonun loyihalarini koʻrib chiqishning barcha bosqichlari raqamlashtirilganligi (e-qonun.uz);Qonunchilik palatasi majlislari va “Hukumat soati” tadbirlari rasmiy veb-saytda toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilayotganligi; mustaqillik yillarida qabul qilingan muhim qonunlarning soha rivojida alohida oʻrin tutganligi; saylovchilarning deputatlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishi, onlayn murojaat etishi hamda deputatlar qabuliga yozilishi, murojaatlarni elektron tarzda yuborish imkoniyati yaratilganligi;parlament soʻrovi va deputat soʻrovini yuborish hamda ularga javoblarni qabul qilishning barcha jarayonlari raqamlashtirilganligi; “Mening fikrim” maxsus veb-portali ishga tushirilganligi va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, “aql markazlari”, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyunInnovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi7.Mamlakatimizning xavfsizligini va mudofaa salohiyatini kuchaytirish borasidagi islohotlarni yanada kuchaytirishda parlamentning oʻrni1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: Oʻzbekistonning milliy xavfsizligini taʼminlash tizimining hamda mamlakatimiz mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini oshirishning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanganligi; Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilinganligi; deputatlar tomonidan mudofaa va xavfsizlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar; sohadagi islohotlarning izchilligi va samaradorligini taʼminlashda parlament nazoratining ahamiyati va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyunXalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi8.Parlament aʼzolarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonidagi ishtiroki 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan qonunlar va bunda parlamentning roli; mamlakatimizda qulay ekologik holatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda deputatlar korpusining faol ishtirok etayotganligi; ekologik xavfsizlik hamda barqarorlikni taʼminlash borasida joylarda taʼsirchan parlament va deputat nazorati olib borilayotganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyunEkologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi9.Yangi Oʻzbekistonda vakillik organlari tizimi: parlament va xalq deputatlari mahalliy kengashlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: soʻnggi yillarda jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining roli tobora oshib borayotganligi; xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha vakolatlari izchil takomillashtirib borilayotganligi; parlamentning xalq deputatlari mahalliy Kengashlar bilan hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligi.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyulDemokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi10.Yangi Oʻzbekistonning faol parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mamlakatimiz tashqi siyosatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlangani; Oʻzbekiston Respublikasining parlament diplomatiyasi konsepsiyasining qabul qilinganligi;parlament samarali tashqi siyosatni amalga oshirib, koʻplab nufuzli parlamentlararo birlashmalarning (Parlamentlararo Ittifoq, YXHT Parlament Assambleyasi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi va boshqa xalqaro parlamentlararo tashkilotlar) faol ishtirokchisiga aylanganligi;parlamentlararo hamkorlik guruhlarining soni keskin oshgani, ularning vazifa va vakolatlari yanada kengayib, maqomi oshirilganligi (Parlamentlararo hamkorlik kengashi, parlamentlararo komissiyalar tuzilgani);soʻnggi yillarda “5+1” formatida tashkil etib kelinayotgan Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa xorijiy parlamentlar rahbarlari, vakillari bilan uchrashuvlar yanada koʻpayib, ularning yigʻilishlarida dolzarb masalalar muhokama qilinayotganligi va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyulXalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi11.Ijtimoiy sohaga doir islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda parlamentning roli1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida qabul qilingan muhim qonunlarning soha rivojida alohida oʻrin tutganligi; ijtimoiy sohani rivojlantirishda parlamentning oʻrni; deputatlar tomonidan ijtimoiy sohadagi qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar; ijtimoiy sohadagi islohotlarning izchilligi va samaradorligini taʼminlashda parlament nazoratining ahamiyati va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyulMehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi12.Fan-taʼlim, sport va madaniyat sohalarini tartibga soluvchi huquqiy asoslarning takomillashuvi va bunda parlamentning oʻrni1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida taʼlim, sport, madaniyat sohalarida muhim qonunlarning qabul qilinganligi; soʻnggi yillarda mamlakatimizda mazkur sohalarda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani va ushbu jarayonda parlamentning roli ortib borayotganligi; deputatlarning taʼlim sohasidagi qonunchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasidagi tashabbuskorligi; ushbu sohalarda taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatilganligi va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyulFan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi13.Istiqlol yillarida tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash borasidagi islohotlar jarayonida parlamentning oʻrni va roli1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida tadbirkorlik sohasini rivojlantirish borasida qabul qilingan qonunlarning ahamiyati beqiyos ekanligi; ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar; tadbirkorlikni ravnaq toptirish, biznes muhitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazorati olib borilayotganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tadbirkorlar, tegishli vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyulTadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi14.Mustaqillik davrida agrar sohadagi islohotlar huquqiy asoslarining yaratilishi: natijalar va istiqboldagi rejalar1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqil Oʻzbekistonda agrar sohadagi islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishda parlamentning roli; soʻnggi yillarda sohani rivojlantirish borasida qabul qilingan qonunlarning ahamiyati; deputatlar tomonidan agrar tarmoqni rivojlantirish maqsadida soha vakillariga qulaylik va yengilliklar yaratish, imtiyoz va preferensiyalar berishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslari; agrar tarmoqni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi sohasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazorati olib borilayotganligi va hokazo. 2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, tegishli soha xodimlari, vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.IyulAgrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi15.Mustaqillik yillarida mamlakatni innovatsion rivojlantirish, sohalar va tarmoqlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasidagi islohotlarda parlamentning ishtiroki masalalari1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillik yillarida qabul qilingan muhim qonunlarning sohalar rivojida alohida oʻrin tutganligi;istiqlol yillarida Oʻzbekistonni innovatsion rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va bunda parlamentning ishtiroki; barcha sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish borasidagi islohotlarni amalga oshirishda deputatlar korpusi tomonidan olib borilgan ishlar va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, “aql markazlari”, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.AvgustInnovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi16.Yangi Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning demokratik-institutsional tizimini yaratish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi rolini yanada kuchaytirish borasidagi islohotlarda parlamentning oʻrni 1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: soʻnggi yillarda qabul qilingan muhim qonunlarning soha rivojida alohida oʻrin tutganligi; davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish borasidagi islohotlar va bunda parlamentning ishtiroki; fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimining yanada takomillashtirilayotganligi;Oliy Majlis huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda mazkur fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi faoliyat yuritayotganligi va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.AvgustDemokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi17.Deputatlar korpusining ijtimoiy masalalarni hal etishdagi tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlashning yangicha tizimi1. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashabbusli budjet boʻyicha deputatlarga berilgan vakolat saylovchilar va aholining oʻz vakillariga boʻlgan ishonchini yanada oshirganligi; deputatlarning saylovchilar oldidagi masʼuliyati yanada ortganligi; saylov okruglarida ijtimoiy masalalarni hal etish uchun deputatlarni zarur resurslar bilan taʼminlash amaliyotining yoʻlga qoʻyilganligi; tashabbusli budjet loyihalarini moliyalashtirishda oliy davlat vakillik organi tomonidan nazoratning kuchaytirilganligi (Qonunchilik palatasining Tashabbusli budjet jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha komissiyasi tuzilganligi); deputatlarning “Mening bogʻim” loyihasini amalga oshirishdagi ishtirok etish amaliyoti yoʻlga qoʻyilganligi va hokazo.2. Tadbirda deputatlar, ekspertlar, fuqarolik jamiyati institutlari, tegishli vazirlik va idoralar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtiroki nazarda tutiladi.AvgustBudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasiIII. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy tadbirlari18.Siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan partiyalar saylovoldi dasturlaridan kelib chiqib, milliy davlatchilikni rivojlantirishda hamda Yangi Oʻzbekistonda barcha sohalardagi islohotlarning izchilligini taʼminlashda mustaqillikning oʻrniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazish“Tadbirkorlikni rivojlantirish va biznes faoliyati uchun yaratilayotgan imkoniyatlar: huquqiy asoslar va amaliy natijalar” mavzusida davra suhbati tashkil etish. MayOʻzLiDeP fraksiyasi“Taʼlim tizimini takomillashtirish, oʻqitish sifatini oshirish, ilm-fan taraqqiyotini taʼminlash — mustaqillikni mustahkamlashning bosh mezoni” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. Iyun“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi“Ijtimoiy davlat — mustaqillikning bosh maqsadi va Yangi Oʻzbekistonning strategik tanlovi” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.IyulOʻzXDP fraksiyasi“Yangi Oʻzbekiston — insonparvar demokratik davlat: insonning oliy qadriyatlari, ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli taʼminlash masalalari sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etish.Iyul“Adolat” SDP fraksiyasi“Mamlakatimizning ekologik barqarorlikni taʼminlashda parlamentning roli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etish.AvgustEkologik partiya fraksiyasiIV. Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglarida amalga oshiriladigan ishlar19.Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholi bilan uchrashuvlar va muloqotlar tashkil etish, shuningdek hududlarda oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishSaylov okruglarida saylovchilar, keksa avlod kishilari, nogironlar, urush va mehnat faxriylari, atoqli arboblar, yoshlar ishtirokida mustaqillik bayramiga bagʻishlangan uchrashuvlar, tadbirlar, suhbatlar va ochiq muloqotlar tashkil etish.Bunda quyidagilarni keng jamoatchilikka yetkazishga alohida eʼtibor qaratiladi: mustaqillikning mustahkamlanishida milliy parlamentarizmning oʻrni, parlament tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga taʼsiri, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning roli; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha parlamentga zarur vakolatlar berilgani; milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng asosiy sharti va garovi ekanligini; jahondagi tinchlik inqirozi sharoitida mustaqillik — milliy oʻzlik va davlatchilik asosi ekanligini.Iyul-avgustSiyosiy partiyalar fraksiyalari1. Hududlarda oʻtkaziladigan bayram tadbirlarida, “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Mustaqillik toʻyi” (festivali) tadbirlarida, istirohat bogʻlaridagi umummilliy xalq sayillarida qatnashish.2. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining, keksa avlod vakillarining, ijtimoiy koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkaziladigan “Ezgulik karvoni” xayriya aksiyalarida ishtirok etish.3. “Saxovat”, “Muruvvat” uylarida yashovchilarni, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilarini, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarni yoʻqlash, shuningdek boquvchisi yoʻq keksalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga, kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarga maʼnaviy yordam koʻrsatish.4. Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladigan ijtimoiy-madaniy obyektlar, yirik sanoat, madaniyat, taʼlim va sport muassasalarining tantanali ochilish marosimlarida ishtirok etish.AvgustSiyosiy partiyalar fraksiyalariV. Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish20.Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish“Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo”, “Yangi Oʻzbekiston”, “Pravda Vostoka” kabi markaziy gazetalarda hamda internet nashrlarida Qonunchilik palatasi deputatlarining milliy istiqlolimizning davlatchiligimiz tarixi, hozirgi va kelajak hayotimiz uchun beqiyos ahamiyatini ochib berishga qaratilgan tahliliy maqolalarini eʼlon qilib borish.Maqolalarda quyidagi mavzularni yoritishga alohida eʼtibor qaratish: milliy parlamentarizmning taraqqiyot odimlari, qabul qilingan qonunlarning ahamiyati, davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlis rolining oshirilishi, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarining yanada kengaytirilganligi; mustaqillik yillarida amalga oshirilgan zalvorli islohotlar hamda ularning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida parlament tomonidan olib borilgan ishlar katta ahamiyatga ega ekanligi; Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yuzaga kelgan ulkan imkoniyat va yutuqlar; yangi tahrirdagi Konstitutsiya hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi asosida inson qadr-qimmatini yuksaltirish, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish, ijtimoiy sohalarni va iqtisodiyotni barqaror surʼatlarda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ular berayotgan natijalar.May — avgustQonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmatisiyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar bilan birgalikdaQonunchilik palatasining qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan kengaytirilgan yigʻilishlar yakunlaridan kelib chiqib, qoʻmitalar raislarining “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo”, “Yangi Oʻzbekiston”, “Pravda Vostoka” kabi markaziy gazetalarda tahliliy maqolalarini tayyorlash va chop etish reja-jadvalini ishlab chiqish.MayQonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmatiDavlat va nodavlat teleradiokanallarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan telekoʻrsatuvlar hamda radioeshittiruvlarda Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtirokini taʼminlash hamda ularning intervyulari va suhbatlarini tashkil etish.May — avgustQonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan birgalikdaQonunchilik palatasi deputatlarining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida bayram tabriklari bilan chiqishlarini tashkil etish.May — avgustQonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati,Qonunchilik palatasi deputatlari#Mustaqillik35, #Uzb35 xeshteglari, shuningdek “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” hamda “Vatan manfaati — xalq manfaati!” ruknlari ostida deputatlar ishtirokida bayram tabrigiga bagʻishlangan qisqa roliklarni tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.Iyun — avgustQonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati,Qonunchilik palatasi deputatlariMustaqillik bayrami arafasida Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglariga chiqishlari tasvirlangan jonli, qisqa videolavhalar tayyorlash.Qisqa lavhada hududlarda mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar, xususan, vakillik organlari faoliyatini yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda xalq vakillarining faoliyati xususida saylovchilarning qisqa intervyularini joylashtirish.Iyun — avgustQonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan birgalikda
