“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish toʻgʻrisida (1925-V-son)
08.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
2026-yil 27-yanvarda Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash boʻyicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasiga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Ishchi guruh (R. Xakimov) 2026-yil 8-mayga qadar:
qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, manfaatdor vazirliklar va idoralarning, soha mutaxassislarining va huquqshunos olimlarning fikr-mulohazalarini hamda ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish;
oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, qonun loyihasini ishlab chiqish;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga axborot kiritish choralarini koʻrsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 8-aprel,
1925-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 8-apreldagi 1925-V-sonli qaroriga ILOVA
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
Xakimov Raxim Rasuljonovich—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbariShirinov Djaxongir Djabbarovich—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi Shermatov Ulugʻbek Ubaydullaevich —Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining raisiTuxtashev Sherzod Azimovich—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosariAzimov Saydullo Neʼmatillayevich —Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosariKamalova Dildora Gayratovna—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosariAripov Davron Raximovich—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosiArtiqov Dilmurod Raxmatillaevich—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosiSabirov Ruslan Jumanazarovich —Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosiTashpulatov Akrom Ikromovich—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktoriFayzullayev Zohid Oʻralovich—Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boʻlim boshligʻiKim Feliks Valerevich—Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Yuridik boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari
Izoh: Zaruriyatga koʻra ishchi guruh faoliyatiga manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari, soha mutaxassislari hamda huquqshunos olimlar jalb etilishi mumkin.
