“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi QL-203-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (1960-V-son)
20.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi QL-203-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2026-yil 2-aprelda kiritilgan “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi QL-203-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 20-aprel,
1960-V-son
