A.A. Akbarovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida (2014-V-son)
28.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 23-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A. Akbarovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida”gi 1464-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Akbarov Azizbek Abdusattarovich (8-Andijon viloyati saylov okrugi) deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi lavozimidan ozod etilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-aprel,
2014-V-son
