“Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi QL-197-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2009-V-son)
28.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 19-martda kiritilgan “Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi QL-197-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 28-aprel,
2009-V-son
