Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “hukumat soati”ni oʻtkazish toʻgʻrisida (2001-V-son)
27.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2026-yil 13-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida oʻtkaziladigan “hukumat soati”da “Maktablarda taʼlim berish sifati va samaradorligini yanada oshirish, inklyuziv taʼlim muhitini yaratish hamda pedagoglarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi hamda “Mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish, veterinariya xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish va yaylov yerlaridan samarali foydalanish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi toʻgʻrisida”gi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javoblarni eshitish haqidagi taklif maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi hamda Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi “hukumat soati”ga tayyorgarlik koʻrilishini hamda uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-aprel,
2001-V-son
