Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (1974-V-son)
21.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
2. Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Tomdi tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida.
3. «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining va potensial xavfli obyektlarning sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida»gi QL-189-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida»gi QL-203-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. «Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-205-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. «Oʻzbekiston Respublikasining Yangi taraqqiyot banki toʻgʻrisidagi Bitimga (Fortaleza, 2014-yil 15-iyul) qoʻshilishi haqida»gi QL-208-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
7. «Kelib chiqish joy nomlari va geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi Lissabon bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 2015-yil 20-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi QL-209-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
8. «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish kiritish haqida»gi QT-9-sonli qonunchilik taklifi toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 21-aprel,
1974-V-son
