Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (1911-V-son)
07.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. «Harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) va ular oila aʼzolarining davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi QL-199-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
2. «Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi toʻgʻrisida»gi QL-201-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
3. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga texnik jihatdan tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-200-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. «Bozor nazorati toʻgʻrisida»gi QL-202-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-186-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish choralarini kuchaytirishga, shuningdek baʼzi jinoyatlar tergovining sifatini oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-192-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
7. «Qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-170-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida («Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini nazorat qilishda davlat nazorati va boshqaruvining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida») (ikkinchi oʻqish).
8. «Yongʻin xavfsizligi tizimi takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-184-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qoʻmitalari tarkibiga oʻzgarishlar kiritish toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-aprel,
1911-V-son
