“Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi QL-197-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1994-V-son)
27.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi QL-197-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 19-martda kiritilgan “Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi QL-197-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 27-aprel,
1994-V-son
