QL-187 va QL-191-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida (1948-V-son)
14.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-187-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tadbirkorlar va aholining sugʻurta bozoriga boʻlgan ishonchini oshirishga hamda sugʻurta xizmatlarini keng ommalashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-191-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-aprel,
1948-V-son
