Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Budjeti qaramogʻidagi muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari va ularning hisobini yuritish (784-son)
30.07.1999
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 30-iyulda 784-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ushbu Yoʻriqnoma “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, Davlat budjeti qaramogʻidagi muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
UMUMIY QOIDALAR
1. Budjet qaramogʻidagi muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari tarkibiga yetkazib berilgan tovar, koʻrsatilgan xizmatlar va boshqa ruxsat berilgan tushumlar kirim qilinadi. Respublika budjeti hamda mahalliy budjet hisobidan ajratilgan mablagʻlar budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga qoʻshilmaydi.
2. Budjet qaramogʻidagi muassasalarning rahbarlari budjetdan tashqari mablagʻlarni tasarruf etuvchilar boʻlib hisoblanadilar va ular mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi boʻyicha javobgardirlar.
3. Budjetdan tashqari mablagʻlarning hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1996-yil 13-noyabrdagi 289-son va Tijorat banklarining Adliya vazirligida 1999-yil 13-iyulda Davlat roʻyxatiga 773-son Buxgalteriya hisobvaraqlari rejasiga muvofiq alohida balans hisobvaraqlarida, budjet hisobraqamlari ochilgan banklarda yuritiladi.
4. Budjet qaramogʻidagi muassasalar budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha alohida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun belgilangan shakldagi arizani va yuqori tashkilot tomonidan berilgan ruxsatnomani xizmat koʻrsatuvchi bankiga taqdim etishi lozim. (Ruxsatnomaning shakli 1-ilovada keltirilgan).
5. Budjet qaramogʻidagi muassasalarga budjetdan tashqari mablagʻlarning ishlatilishi boʻyicha ruxsatnoma moliya organlari tomonidan beriladi va u joriy yilning 1-martigacha banklarga taqdim etiladi. Ruxsatnoma joriy yilning 1-martigacha taqdim etilmasa, xarajatlar boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilmaydi, daromadlarni kirim qilish bundan mustasno. (Ruxsatnomaning shakli 2-ilovada keltirilgan).
6. Budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha alohida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan xarajatlar qoldiq miqdorida, belgilangan tartibda va faqat ruxsatnomada koʻzda tutilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
7. Budjet qaramogʻidagi muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha alohida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridagi mavjud foydalanilmagan mablagʻlari yangi yil hisobiga qoldiq boʻlib oʻtkaziladi.
Markaziy bank raisi oʻrinbosari M. JUMAGALDIYEV
Moliya vaziri oʻrinbosari E.F. GADOYEV
1-ILOVA
2-ILOVA
