Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (239-son)
12.05.2026
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov, ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov va oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 12-may,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarorida:
a) 1-ilovada:
272-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“272. Oʻquvchilarning oʻqishi bir IIV akademik litseyidan boshqa IIV akademik litseyiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining Taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasi bilan kelishilgan holda yozgi taʼtil davrida, oʻquvchi respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtganda yoki ota-onasi xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda esa, oʻquv yili davrida ham koʻchiriladi”;
273-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) bir semestr mobaynida mashgʻulotlarda uzrli sabablarsiz 72 soat va undan koʻp qatnashmaganda (vaqtincha mehnatga layoqatsizligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, yaqin qarindoshining toʻyi, maʼraka va marosimlarini oʻtkazishda ishtirok etishi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno)”;
275 va 31-bandlardagi “Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi” soʻzlari “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
3-band quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari va Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning qaror (bayonnoma)larida belgilangan IIV akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizgacha qoʻshimcha kvota ajratiladi.
IIVning akademik litseylariga oʻqishga qabul qilingan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarning namunali formali kiyim-boshi, oʻquv qurollari va oziq-ovqat taʼminoti bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;
quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
“171. Test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha test sinovlarisiz maksimal ball olish uchun nomzodlar tomonidan qoʻshimcha ravishda quyidagi sertifikatlar taqdim etiladi:
a) ingliz tilidan:
International English Language Testing System (IELTS academic) boʻyicha 5 ball;
Test of English as a Foreign Language (TOEFL) boʻyicha IBT 42 ball;
Cambridge Assessment English PET boʻyicha B1;
Milliy sertifikat B1.
b) nemis tilidan:
Goethe-Zertifikat boʻyicha B1;
TestDaf boʻyicha B1;
Deutsches Sprachdiplom boʻyicha B1.
v) fransuz tilidan:
Diplome dʼEtudes en Langue Francaise (DELF) boʻyicha B1;
Test de Connaissance du Francais (TCF) boʻyicha B1;
g) boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha (ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tili) B1;
d) umumtaʼlim fanlari boʻyicha C”;
18-bandning uchinchi xatboshisi va 24-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining Taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-bandning oltinchi xatboshisi “javob beradigan bitiruvchilari” soʻzlaridan keyin “hamda Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi qarori, Ijtimoiy himoya milliy agentligining yoʻllanmasiga muvofiq ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 391-band bilan toʻldirilsin:
“391. Nizomning 171-bandida belgilangan darajadagi sertifikatlarga ega boʻlgan nomzodlarga test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili va fanlardan test sinovlarisiz maksimal ball beriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyundagi 459-son qarorining 3-bandida:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻqishga har yilgi qabul qilishning umumiy sonidan 5 foizgacha ajratiladigan qoʻshimcha kvotaga Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi qaroriga koʻra, Ijtimoiy himoya milliy agentligining yoʻllanmasiga muvofiq ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar tanlovsiz qabul qilinadi”;
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatida:
a) “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” blokida:
“Chimboy tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 451-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Moʻynoq tumani” boʻlimining “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1081-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Nukus shahri” boʻlimining “Diqqatga sazovor joylar” kichik boʻlimi quyidagi 1431-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
b) “Andijon viloyati” blokida:
“Andijon shahri” boʻlimida:
quyidagi mazmundagi 361, 362, 363, 364-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“Andijon tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 621 — 624-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“Asaka tumani” boʻlimida:
“Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 871-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Arxitektura yodgorliklari” pozitsiyasi quyidagi mazmundagi 921 va 922-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“Buloqboshi tumani” boʻlimi quyidagi mazmundagi kichik boʻlim bilan toʻldirilsin:
“Izboskan tumani” boʻlimida:
“Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2201, 2202, 2203 va 2204-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“Diqqatga sazovor joylar” kichik bandi quyidagi mazmundagi 2321-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Paxtaobod tumani” boʻlimida:
“Diqqatga sazovor joylar” kichik bandi quyidagi mazmundagi 3621-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Shahrixon tumani” boʻlimi “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 4061-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
v) “Buxoro viloyati” bloki “Gʻijduvon tumani” boʻlimining “Diqqatga sazovor joylar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 6021-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
g) “Jizzax viloyati” bloki “Zarbdor tumani” boʻlimining “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2361-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
d) “Qashqadaryo viloyati” bloki “Kasbi tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2781-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
e) “Navoiy viloyati” blokida:
“Navoiy shahar” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 41-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Karmana tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 501-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Qiziltepa tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1981 va 1982-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
j) “Namangan viloyati” blokida:
“Namangan shahar” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 331 va 332-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“Toʻraqoʻrgʻon tumani” boʻlimida:
“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1481-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Diqqatga sazovor joylar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1501-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Uychi tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1731-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Uchqoʻrgʻon tumani” boʻlimining “Diqqatga sazovor joylar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2011-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Chortoq tumani” boʻlimi 274-banddan keyin quyidagi mazmundagi kichik boʻlim bilan toʻldirilsin:
“Davlatobod tumani” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimidagi “2741” pozitsiya raqami “275” pozitsiya raqami bilan almashtirilsin;
z) “Samarqand viloyati” blokida:
“Samarqand shahar” boʻlimining “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 141-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 4241-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Bulungʻur tumani” boʻlimining “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 5021-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Samarqand tumani” boʻlimida:
“Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 13561-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 13891-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
i) “Surxondaryo viloyati” blokida:
“Denov tumani” boʻlimi “Diqqatga sazovor joylar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1831-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Termiz shahar” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 5581-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
k) “Sirdaryo viloyati” bloki “Guliston tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 191-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
l) “Toshkent viloyati” bloki “Qibray tumani” boʻlimining “Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi 258-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
m) “Fargʻona viloyati” blokida:
“Margʻilon shahri” boʻlimining “Monumental sanʼat yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 521-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Quvasoy shahri” boʻlimida:
“Arxeologiya yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 661-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 673-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Qoʻqon shahri” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1271, 1272, 1273, 1274, 1275, 1276-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“Qoʻshtepa tumani” boʻlimida:
“Diqqatga sazovor joylar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2241-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
quyidagi mazmundagi kichik boʻlim bilan toʻldirilsin:
“Toshloq tumani” boʻlimining “Diqqatga sazovor joylar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3031-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Uchkoʻprik tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3161-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Fargʻona tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3481-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston tumani” boʻlimining “Diqqatga sazovor joylar” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3701-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
n) “Toshkent shahar” blokida:
“Mirzo Ulugʻbek tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 452-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Shayxontohur tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 1635-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Chilonzor tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 2462 va 2463-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“Yakkasaroy tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3325 va 3326-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“Yashnobod tumani” boʻlimining “Arxitektura yodgorliklari” kichik boʻlimi quyidagi mazmundagi 3522-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
izoh qismi quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Madaniy meros agentligi zaruratga koʻra manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda obyektlarni belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritib borish choralarini koʻradi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 31-martdagi 145-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” soʻzlari ““Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Belgilansinki:
“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga, tibbiy va psixologik yordamga hamda huquqiy yordamga muhtoj toifalarga ajratiladi;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash hamda ularga huquqiy maslahatlar va yordam berish tarzidagi ijtimoiy yordam turlari joriy etiladi;
malakali psixologlar (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixologlari bundan mustasno), huquqshunos va advokatlar koʻmagida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash va ularga huquqiy maslahatlar berish boʻyicha seminarlar tashkil etish, xotin-qizlar va ularning farzandlariga tugʻilganlik haqida guvohnoma, ID-karta (biometrik pasport) olishda toʻlovlarni toʻlab berish, zarur hollarda, sudga daʼvo arizalari kiritilishida koʻmaklashish va davlat bojini toʻlab berish bilan bogʻliq xarajatlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi”;
v) 3-bandda:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga 1-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar toifalarini shakllantirish va ularga ijtimoiy yordamlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Ayollar daftari” tizimi — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tibbiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi boʻlgan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish boʻyicha chora-tadbirlar majmui;
“Ayollar daftari” — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tibbiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji hamda ishtiyoqi boʻlgan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazorat qilib borish boʻyicha maʼlumotlar bazasi;
individual dastur — “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qiz hamda ularga koʻrsatiladigan amaliy yordam turlari, davri (sanasi), miqdori (summasi, foizi va boshqalar) va amaliy yordamlar monitoringi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmui.
3. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish
4. “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi:
1-toifa: ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi taʼminlanmagan, ishlash istagida boʻlgan va daromad manbaiga ega boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlar;
2-toifa: tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida boʻlgan xotin-qizlar. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish istagidagi xotin-qizlar deganda bandligi taʼminlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoki oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlar tushuniladi;
3-toifa: uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi boʻlmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam boʻlgan), biroq oʻzining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joy mavjud boʻlmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan yoxud uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan ehtiyojmand xotin-qizlar;
4-toifa: tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar — ruhiy holatini yaxshilashga muhtoj (nizoli oilalarda yashovchi, profilaktik, narkologik hisobda turgan va migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar, yolgʻiz ayollar va boshqalar) yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi jarrohlik amaliyotisiz davolashga yoxud jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar;
5-toifa: huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan, ajrim, yarashtiruv, sud, aliment va boshqa shu kabi masalalarda maslahat va amaliy yordam olishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar.
Bunda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar yuqorida belgilangan toifalardan faqat biriga kiritilishi mumkin.
5. “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi boʻyicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi boʻyicha doimiy yoki vaqtincha roʻyxatda turmasligi “Ayollar daftari”ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi.
6. Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari quyidagi shakllarda oʻrganiladi:
“mahalla yettiligi” ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq anketa-soʻrovnoma asosida barcha yoʻnalishdagi muammolarni har yili yanvar oyida uyma-uy yurish orqali;
xotin-qizlarning “mahalla yettiligi”ga murojaatlari, shu jumladan, “Ayollar daftari” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali.
7. Anketa-soʻrovnomalar toʻldirilgandan soʻng “mahalla yettiligi” tomonidan uch kun muddatda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi.
8. “Mahalla yettiligi” tomonidan uch kundan oshmagan muddatda “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlari ushbu Nizomga 3-ilovada belgilangan talablar asosida shakllantiriladi va tasdiqlanadi yoki asoslantirilgan holda “Ayollar daftari”ga kiritish rad etiladi.
Mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq individual dastur ishlab chiqiladi va masʼul tashkilotlar bilan kelishilgan holda “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlanadi.
9. Bandligi taʼminlangan, biroq ehtiyojmand boʻlgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga kiritilmaydi.
“Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirishda ustuvorlik ilgari “Ayollar daftari”ga kiritilmagan va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarga beriladi.
10. Ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq tuman (shahar) miqyosidagi roʻyxat shakllantiriladi. Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi hamda ijroga qaratiladi.
11. Tasdiqlangan roʻyxatlar “mahalla yettiligi” tomonidan uch kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.
Oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari hamda “mahalla yettiligi” aʼzolari “Ayollar daftari”ga maʼlumotlarni kiritish va chiqarish, ularning haqqoniyligi boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordam berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar axborot tizimiga kiritiladi va shundan soʻng bajarilgan hisoblanadi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yordam koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan barcha hisobotlar axborot tizimida shakllantiriladi.
12. “Ayollar daftari” ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
3-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari
13. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash ishlari ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tartib asosida amalga oshiriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat (yordam) turlaridan tashqari ularga jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda qoʻshimcha yordam berilishi mumkin.
14. “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarning bandligiga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
a) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari, tijorat banklari bilan hamkorlikda tarmoq va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan yangi ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
b) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan mavjud vakansiya va zaxira (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;
v) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan kooperativlarga jalb etish;
g) tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari, Kasbiy taʼlim agentligi tizimidagi tuman (shahar)da joylashgan kasbiy taʼlim tashkilotlari, Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, “Hunarmand” uyushmasining hududiy boʻlinmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari tomonidan kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqitishni tashkil etish, tadbirkorlikka jalb etish, oʻzini oʻzi mustaqil ravishda band qilishni rivojlantirishga doir faoliyatni tashkil etish orqali bandlikka koʻmaklashish.
Ushbu bandda koʻrsatilgan koʻmaklashish choralari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. “Ayollar daftari”ning 2-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarga quyidagi yoʻnalishlarda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashiladi:
a) Savdo-sanoat palatasi, AT “Xalq banki”, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda hududiy xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari va tegishli nodavlat oʻquv markazlari joylarda oʻquv kurslarini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga koʻmaklashadi;
b) “Mikrokreditbank” ATB, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari orqali xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va tijorat banklari mablagʻlari hisobidan imtiyozli kredit ajratiladi.
Kreditlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan hamda tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan yoki oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan va oʻzini oʻzi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zarur xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 million soʻmgacha miqdorda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasidagi kreditlar naqd pulda berilishi mumkin.
AT “Xalq banki” “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga kredit olishda koʻmaklashish, ushbu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistika hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan soʻng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi.
AT “Xalq banki” Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish ishlari samaradorligini oʻrganadi va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi;
v) “Ayollar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin yoki ularga yakka tartibda amaliy yordam berish, jumladan, kasb-hunarga oʻrgatish va subsidiyalar ajratish, boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish va boshqalar orqali ularning bandligini taʼminlash choralari koʻriladi.
Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi resurslar hisobidan 225 million soʻmdan ortiq, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan taʼminlanadigan har bir xotin-qiz uchun 50 million soʻmgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi.
16. “Ayollar daftari”ning 3-toifasiga kiritilgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga quyidagi yoʻnalishlarda yordamlar koʻrsatiladi:
a) “Ayollar daftari”ning mazkur toifasiga kiritilgan xotin-qizlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) mahalliy budjetlari mablagʻlari yoki homiylik xayriyalari hisobidan uy-joy bilan taʼminlanishi mumkin;
b) “Ayollar daftari”ga kiritilgan, oilasi Ijtimoiy reyestrda turuvchi xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan turar joy uchun ijara kompensatsiyasi toʻlab beriladi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari “xonadonbay” oʻrganiladi hamda oʻrganish natijalari boʻyicha “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida turar joy uchun ijara kompensatsiyasini toʻlab berish boʻyicha talabnomalar shakllantiriladi.
Mazkur talabnomalar hamda “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga turar joy uchun ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda toʻlab beriladi.
Bunda:
turar joy ijarasi toʻgʻrisidagi shartnoma uch tomonlama — ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar boʻlimi oʻrtasida tegishli yilning soʻnggi kunigacha boʻlgan muddatga tuziladi;
turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha boʻlgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 2 baravarigacha, Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida BHMning 3 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi.
Turar joy ijarasi uchun toʻlovlar ijaraga beruvchiga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlanadi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila aʼzolari boshqa dasturlar doirasida, homiylik yoki boshqa mablagʻlar hisobidan turar joy bilan taʼminlangan yoxud turar joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ijtimoiy yordam (koʻmak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan xotin-qizlarga mazkur Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi.
Turar joy ijara kompensatsiyasi toʻlab turilgan davrda turar joy bilan taʼminlangan yoki ijtimoiy turar joyga joylashtirilgan xotin-qizlarga yangi turar joyga koʻchib oʻtgan oydan boshlab keyingi oyning birinchi sanasidan turar joy ijara kompensatsiyasi toʻxtatiladi. Mazkur tartib ajratilgan turar joy yashash uchun sharoiti mavjud boʻlgan holda xotin-qizlar tomonidan koʻchib oʻtish rad etilgan taqdirda ham qoʻllanadi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy turar joylarga ijara huquqi asosida besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan joylashtirilishi yoki homiylar tomonidan mulk huquqi asosida turar joy bilan taʼminlanishi mumkin.
Ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb oʻrganish, mehnat qilish imkoniga ega boʻlsa, mustaqil yoki kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashish boʻyicha ijtimoiy majburiyatlar yuklanadi;
v) tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼul oʻrinbosari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan xotin-qizlarning hamda oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning, xotin-qizlarning uy-joyi holati oʻrganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda taʼmirlash yoki qurilish materiallarini olib berish boʻyicha smeta ishlab chiqilib, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.
Har bir turar joyni taʼmirlash uchun zarur boʻlgan qurilish materiallarini xarid qilish uchun tegishli tovarlar (xizmatlar, ishlar)ni yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan BHMning 50 baravarigacha miqdorda mablagʻ oʻtkazib beriladi.
17. Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼul oʻrinbosari tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari bilan birgalikda mablagʻ ajratilgan vaqtdan boshlab taʼmirlash ishlari sifatli bajarilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.
18. “Ayollar daftari”ning 4-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarga quyidagi yoʻnalishlarda tibbiy va psixologik yordamlar koʻrsatiladi:
a) “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tegishli huquq va ruxsatnoma (litsenziya)ga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning malakali psixologlari tomonidan jamoaviy seanslar shaklida psixologik maslahatlar berib boriladi.
Bunda:
nizoli oilalarda yashovchi, profilaktik, narkologik hisobida turgan va migratsiyadan qaytgan, jarrohlik amaliyotisiz davolash va jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, yolgʻiz ayollar va boshqalar psixologik seminarlarda ishtirok etadi;
10 — 30 nafar xotin-qizlar guruhining 7 kunga moʻljallangan seansda qatnashishi uchun malakali psixologlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning 5 baravarigacha hamda tuman (shahar)larda BHMning 3 baravarigacha toʻlovlar qoplab beriladi;
koʻrsatilgan xizmatlar uchun mablagʻlar psixolog xizmatini koʻrsatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsga tuman (shahar) hokimligi (ishchi organi — Oila va xotin-qizlar boʻlimi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlab beriladi;
b) “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan farzandlariga tibbiy yordam koʻrsatish zarurati “mahalla yettiligi” tomonidan aniqlanganda, ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi;
Oʻrganish natijasiga koʻra tibbiy yordam koʻrsatish zarurati tibbiyot xodimi tomonidan aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasiga yoʻnaltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kirmaydigan, ammo birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi tomonidan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan farzandlarining davolanishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar mahalla yettiligi xulosasiga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplab beriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan, imtiyozli toifaga kiradigan, viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qoʻyilishi taʼminlanadi;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan jarrohlik amaliyotisiz davolanish uchun BHMning 50 baravarigacha hamda jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplanishi belgilangan bazaviy narxlar doirasida xarajatlari qoplab beriladi;
v) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolanish uchun elektron yoʻllanma beriladi.
19. “Ayollar daftari”ning 5-toifasiga kiritilgan xotin-qizlarga quyidagi yoʻnalishlarda huquqiy yordamlar koʻrsatiladi:
a) huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan, ajrim, yarashtiruv, sud, aliment va boshqa shu kabi masalalarda xotin-qizlar uchun malakali huquqshunos yoki advokatlik byurosi advokatlari tomonidan jamoaviy tarzda seminar (oʻquv)lar oʻtkaziladi.
Bunda 10 —30 nafar xotin-qizlar guruhining bir martalik seminar (oʻquv) uchun viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning bir baravarigacha hamda tuman (shahar)larda BHMning 50 foizigacha mablagʻlar “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplab beriladi;
b) tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik ID-kartasi (biometrik pasporti)ni olish uchun belgilangan davlat boji “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻliq miqdorda qoplab beriladi;
v) sudga daʼvo arizalari kiritilishida koʻmaklashiladi va sudga daʼvo arizalari kiritilishida toʻlanadigan davlat boji “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻliq miqdorda qoplab beriladi.
20. Tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik ID-kartasini (biometrik pasporti) olish hamda sudga daʼvo arizalari kiritilishida davlat bojini toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamlar Ijtimoiy reyestrda turgan xotin-qizlar uchun bir marta koʻrsatiladi.
Tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki fuqarolik ID-kartasini (biometrik pasporti) olish hamda sudga daʼvo arizalari kiritilishidagi davlat boji tegishli invoys raqamli hisob rekvizitlariga oʻtkazib beriladi.
21. Seminar (oʻquv)larga xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan tuzilgan roʻyxat asosida jalb etiladi. Har bir xotin-qiz seminarga bir marotaba jalb etiladi.
22. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun mablagʻlar advokatlik tuzilmasiga tuman (shahar) hokimligi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlanadi.
23. Xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali quyidagilar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatiladi:
prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashish;
ichki ishlar organlari — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zoʻravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan oʻtish boʻyicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora koʻrish;
adliya organlari — huquqiy maslahatlar berish.
24. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar boʻlimi, kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, fermer kengashi hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun quyidagi yoʻnalishlarda koʻmaklashiladi:
yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish;
parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish;
dehqonchilik bilan shugʻullanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama koʻmaklashish;
“Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etish.
Mazkur bandda belgilangan maqsadlar uchun subsidiyalar va kreditlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.
25. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar koʻrsatilishi ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi maʼlumot boʻyicha yuritiladi.
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar koʻrsatilishini monitoring qilish maqsadida “Ayollar daftari” tizimi doirasida qoʻshimcha maʼlumotlarni ham jamlab borishi mumkin.
4-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish
26. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari mazkur Nizomga 5-ilovada koʻrsatilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash homiylik, xalqaro moliya institutlari grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.
Tuman (shahar)lar kesimida ajratiladigan mablagʻlar taqsimoti har chorak uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “Mikrokreditbank” ATB, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va AT “Xalq banki” tomonidan har chorakdan oldingi oyning 20-sanasiga qadar tuman (shahar) hokimliklariga yetkaziladi.
27. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga yordamlar koʻrsatilishi ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq maʼlumotnoma boʻyicha yuritiladi.
5-bob. “Ayollar daftari”dan chiqarish tartibi
28. Xotin-qizlar quyidagi hollarda “Ayollar daftari”dan chiqariladi:
har bir toifa boʻyicha belgilangan amaliy yordamlar toʻliq koʻrsatilganda (individual dastur asosida);
toʻliq davlat taʼminotiga olinganda;
oʻz arizasiga koʻra;
“Ayollar daftari”ga noqonuniy kiritilgani aniqlanganda;
boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilganda.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturga kiritilgan masalalari toʻliq hal etilgunga qadar ularni “Ayollar daftari”dan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar doimiy yoki vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib oʻtganda, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmasdan “Ayollar daftari”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berilganda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlab qolinadi. Bunda imtiyoz va preferensiyalarning bir yillik amal qilish muddati dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab hisoblanadi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarmoqlarida ishga joylashgan taqdirda, mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan xotin-qizlar “Ayollar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar uch oy muddatga saqlab qolinadi.
Bunda imtiyoz va preferensiyalarning uch oylik amal qilish muddati xotin-qizlar ishga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.
29. Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi “mahalla yettiligi” bilan kelishilgan holda, mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha “Ayollar daftari”dan chiqarish yuzasidan takliflarni har yili dekabr oyida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi.
30. Xotin-qizlarni “Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarish, “Yoʻl xaritasi” va individual dasturga oʻzgartirishlar kiritish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Individual dasturga oʻzgartirishlar “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi bilan kelishilgan holda kiritiladi.
31. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “mahalla yettiligi” tomonidan uch kundan oshmagan muddatda axborot tizimiga kiritiladi.
“Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar “mahalla yettiligi” tomonidan besh kun ichida bu haqida yozma ravishda xabardor qilinadi.
6-bob. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar bajarilishining monitoringi
32. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar bajarilishi monitoringi ularning individual dasturi orqali amalga oshiriladi.
Individual dastur “mahalla yettiligi” tomonidan yuritiladi.
Anketa-soʻrovnomalar va individual dasturning asl nusxalari Oila va xotin-qizlar boʻlimlarida besh yil muddat davomida saqlanadi.
33. Individual dasturda koʻrsatilgan tegishli chora-tadbirlar bajarilishi belgilangan masʼullar tomonidan taʼminlanadi hamda individual dasturda qayd etib boriladi.
Mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizning aniqlangan muammolari bartaraf etilgani haqidagi hisobotlar har ish kuni soat 18.00 gacha axborot tizimiga kiritib boriladi.
Oila va xotin-qizlar boʻlimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi, tahlil qiladi hamda maʼlumotlarning asosliligini oʻrganish uchun har oʻn kunda tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul boʻlgan oʻrinbosariga taqdim qiladi.
34. Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari har oyning 1-sanasiga qadar taqdim qilingan maʼlumotlarni va amalga oshirilgan ishlarni tegishli tashkilot, idoralar rahbarlari hamda “mahalla yettiligi” bilan tahlil qiladi, muammolarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
35. Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi hamda masʼul tashkilotlar rahbarlari individual dasturida belgilangan chora-tadbirlar bajarilishi va uning haqqoniyligi boʻyicha har chorak yakunida tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga axborot berib boradi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari, idora va tashkilotlar rahbari hisoboti eshitilib, ularga tegishli baho beriladi.
Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul oʻrinbosari har oyda yakuniy maʼlumotlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga taqdim qiladi.
36. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasi har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar maʼlumotlarni tahlil qiladi, qayta ishlaydi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim qiladi.
37. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi har oyda hududiy boshqarmalardan olingan maʼlumotlarni tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda tahlil qiladi.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi “Ayollar daftari”ni yuritish uchun masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarning barcha darajadagi rahbarlarining hisobotlarini har chorak yakuni bilan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati taqdim qilingan axborot xatini tahlil qiladi, respublika darajasida hal qilinadigan masalalarni oʻrganadi.
Vazirlik, idora va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklarga mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining topshiriq xati yuboriladi.
38. Vazirlar Mahkamasi tahliliy maʼlumot va takliflarni koʻrib chiqadi hamda zarur hollarda, “Ayollar daftari”ning yuritilishi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilishga materiallar tayyorlaydi.
39. Individual dasturda qayd etilgan chora-tadbirlar toʻliq bajarilgandan soʻng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va masʼullar tomonidan tasdiqlanib, xotin-qizlar roʻyxati xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga “Ayollar daftari”dan chiqarish uchun kiritiladi.
40. “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi boʻyicha hisobot ushbu Nizomga 7-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Oila va xotin-qizlar boʻlimi axborot tizimida “Ayollar daftari”ni yuritish bilan bogʻliq masalalarni toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi.
42. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
mahalla darajasida — tuman (shahar) hokimligi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, “mahalla yettiligi”;
tuman (shahar) darajasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hududiy kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmalari;
viloyat darajasida — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, tegishli vazirlik va idoralar;
respublika darajasida — Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
ANKETA-SOʻROVNOMA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Izoh. Mahallada ham mazkur namuna asosida roʻyxatlar shakllantiriladi, tuman (shahar) hokimi oʻrniga mahalla raisi hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi oʻrniga “mahalla yettiligi”ning qolgan aʼzolari tomonidan imzolanib, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga topshiriladi.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish tartibi
SXEMASI
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash uchun koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar (yordamlar) turlarining
ROʻYXATI
Izoh.
* Mazkur yordam turlari zaruratga qarab, boshqa toifadagi xotin-qizlarga ham koʻrsatilishi mumkin.
** “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va ularning birga yashaydigan oila aʼzolari boshqa dasturlar doirasida, homiylik yoki boshqa mablagʻlar hisobidan uy-joy bilan taʼminlangan yoxud uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ijtimoiy yordam (koʻmak) olgan yoki imtiyozlardan foydalangan taqdirda, ularga mazkur Nizom asosida turar joy ijara kompensatsiyasi ajratilmaydi (toʻxtatiladi).
*** Xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash qonunchilik hujjatlari bilan joriy etilgan tartiblar asosida boshqa manbalar hamda shakl (subsidiya, ipoteka kreditlari va boshqalar) va shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin.
**** Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlarga imtiyozli kredit berishdan oldin ular tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatiladi.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Respublikada “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi natijasi boʻyicha hisobot berish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qaroriga 2-ILOVA
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi) faoliyatini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash uchun belgilangan tartibda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qaroriga muvofiq “Ayollar daftari” jamgʻarmasi tashkil etiladi.
3. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida ochilgan gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
2-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
4. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) Kengashlari qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmonining 12-bandida belgilangan tushumlarning mazkur Farmonga 3-ilovaga muvofiq miqdordagi qismi;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Mazkur Nizom 4-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan mablagʻlar tuman (shahar)lar kesimida ulardagi aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxatiga muvofiq tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilangan toifasi boʻyicha quyidagi tuzatish koeffitsiyentlari qoʻllanadi:
1-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,88;
2-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 0,95;
3-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,03;
4-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,06;
5-toifadagi tuman (shaharlar) uchun — 1,1.
6. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq taqsimlangan mablagʻlar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan tarkibda tasdiqlangan Vasiylik kengashi tomonidan mahallalardagi aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda mahallalar kesimida qayta taqsimlanadi.
3-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
7. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
ushbu Nizomga 2 — 9-ilovalarga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishga;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq xotin-qizlar uchun madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Bunda ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar Vasiylik kengashi tomonidan quyidagilar hisobidan ajratiladi:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllangan, biroq tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlanmagan mablagʻlar;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobvaraqlarida shakllanib, muqaddam tegishli tuman (shahar)dagi mahallalar kesimida taqsimlangan boʻlsa-da, biroq ushbu mablagʻlar taqsimlangan oyda foydalanilmagan qoldiq mablagʻlar.
8. Jamgʻarma mablagʻlarini ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan maqsadlarga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga — individual reja asosida;
oylik daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalarning 30 yoshdan oshgan xotin-qizlariga — “mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlangan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturlari asosida Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq sarflanadi.
10. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.
Tuman (shahar) hokimining oila va xotin-qizlar masalalariga masʼul boʻlgan oʻrinbosari Vasiylik kengashi raisi, tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimining xodimi Vasiylik kengashi masʼul kotibi hisoblanadi.
Vasiylik kengashi tarkibi tuman (shahar) hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Vasiylik kengashi raisi va aʼzolari “Ayollar daftari” jamgʻarmasini boshqarish faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Vasiylik kengashi raisi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqaruvchi hisoblanadi.
11. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining ishchi organi — Oila va xotin-qizlar boʻlimi hisoblanadi.
12. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
Vasiylik kengashi yigʻilishlari kengash raisi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi ishchi organi tashabbusiga koʻra hamda zaruratga koʻra, ammo bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
13. Vasiylik kengashi raisi Vasiylik kengashi yigʻilishlariga raislik qiladi.
14. Vasiylik kengashlarining qarorlari Vasiylik kengash yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
15. Vasiylik kengashi:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy rahbarlik qiladi va bu boradagi faoliyatni nazorat qiladi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining daromad va xarajatlari yillik parametrlarining mahallalardagi aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar sonidan kelib chiqib, har bir mahalla kesimida taqsimlanishini, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni, shuningdek, “Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishda shaffoflikni taʼminlaydi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasiga homiylik xayriyalari, shuningdek, xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlarini jalb qilishga koʻmaklashadi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasiga yuklangan vazifalarni kengash aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga taalluqli masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi faoliyatiga bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
16. “Ayollar daftari” jamgʻarmasining ishchi organi:
“Ayollar daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasi va dasturlarini ishlab chiqadi;
Vasiylik kengashi yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Vasiylik kengashi aʼzolariga Vasiylik kengashi yigʻilishining vaqti va oʻtkaziladigan joyi toʻgʻrisida xabar beradi;
davlat tomonidan berilgan ijtimoiy koʻmak va moddiy yordam toʻgʻrisida maʼlumotlarni “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning individual dasturida qayd etib boradi;
“Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi murojaatlari bilan ishlaydi va koʻrib chiqish uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida “mahalla yettiligi” orqali murojaatchiga xabar yuboradi;
Vasiylik kengashi qarori bilan ishchi organga qoʻshimcha vazifalar yuklanishi mumkin.
4-bob. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot
17. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar tuman (shahar) hokimliklari hisobot boʻlimlari tomonidan yuritiladi.
18. “Ayollar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 163-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan budjet ijrosi hisobotini shakllantirish davrida “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisoboti ham qabul qilinadi.
20. Vasiylik kengashi raisi har oyda “Ayollar daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.
21. “Ayollar daftari” jamgʻarmasining joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va tuman (shahar) mahalliy budjetiga olib qoʻyilmaydi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi mazkur Nizom doirasida amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan mablagʻlar samarali va maqsadli ishlatilishi boʻyicha nazorat oʻrnatadi.
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashining
TARKIBI
Izoh. * Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Vasiylik kengashi tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
** AT “Xalq banki” filiali mavjud boʻlmagan tuman (shahar)larda Vasiylik kengashi tarkibiga “Mikrokreditbank” ATB yoki “Biznesni rivojlantirish banki” ATB filiali boshqaruvchisi yoxud AT “Xalq banki”ning viloyat filialining masʼul xodimi kiritiladi.
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Xotin-qizlarning bandligi va ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratish
PASPORTI
* Mazkur komissiya tarkibi Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovini oʻtkazish tartibida belgilanadi.
** Ijtimoiy loyihani amalga oshirish natijasida, birinchi navbatda, quyidagi toifaga mansub Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar xotin-qizlari bandiligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirish talab etiladi:
ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlar;
xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan xotin-qizlar;
nogironligi boʻlgan mehnatga layoqatli ishsiz xotin-qizlar (ularning mehnat muhofazasi talablariga mos ravishda bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish);
norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shugʻullanib, daromad topayotgan xotin-qizlar (ularning bandligini taʼminlash boʻyicha ushbu xotin-qizlarni shugʻullanib kelayotgan faoliyat turlarini hamda ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olgan holda, oʻqitish va bandligini taʼminlash);
odam savdosidan hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, ogʻir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
umumiy oʻrta va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tugatgan, oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kira olmagan yoki oliy taʼlimda oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan ishsiz xotin-qizlar (mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblarga va IT texnologiyalariga oʻqitib, ularning bandligini taʼminlash);
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik roʻyxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan xotin-qizlari yoki ularning ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga toʻlov-kontraktini toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Jarrohlik amaliyotisiz davolanish hamda jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Xotin-qizlarga turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlab berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash uchun mablagʻ ajratish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion savdolari orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
PASPORTI
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Xotin-qizlarning ruhiy holatini yaxshilash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
“Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar va yordam berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish
PASPORTI
5. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kengash raisi va tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
b) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu bandga muvofiq sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan sana sifatida mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan sugʻurtalangan shaxsning ishdan ozod etiladigan davr boshlanadigan kun inobatga olinadi”;
b) 7-bandda:
“a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “yettinchi” soʻzi “sakkizinchi” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi “v” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“v) homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan oydan oldingi oxirgi olti oy davomida uzluksiz sugʻurta staji mavjud boʻlsa, ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidagi “ushbu bandning “b” kichik bandida” soʻzlari “ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 11-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “yettinchi” soʻzi “sakkizinchi” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 12-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“sugʻurtalangan shaxslarning mehnat staji, bandligi va taʼtillari, shuningdek, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) orqali;
sugʻurtalangan shaxsning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga toʻlangan majburiy badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — AT “Xalq banki”ning tegishli axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi”;
d) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun, biroq ushbu Nizomning 17-bandi talablarini inobatga olgan holda hisoblanadi va toʻlanadi. Bunda:
davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalangan shaxslarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi mazkur nafaqa tayinlanadigan sanada qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (keyingi oʻrinlarda — MHTEKM)ning besh baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda tayinlanadi va toʻlanadi;
homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan davr tugaguncha ona va (yoki) bola vafot etgan holda toʻlangan homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa qaytarib olinmaydi”;
e) 26-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalangan shaxsning oʻrtacha oylik ish haqining nafaqa tayinlanadigan sanada qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalda boʻlgan MHTEKMning oʻn baravari miqdoridan ortiq boʻlmagan qismi inobatga olinadi”;
j) 28-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “bola parvarishlash taʼtilidan” soʻzlari “bola parvarishlash taʼtili davrida yoki undan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
beshinchi xatboshidagi “Bunda” soʻzi “Takroriy nafaqa tayinlashda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Quyidagilar sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlashda sugʻurta staji sifatida hisobga olinadi:
2005-yil 1-yanvardan 2016-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻlangan taqdirda;
2016-yil 1-yanvardan 2019-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;
2019-yil 1-yanvardan — ish beruvchilar tomonidan soliq organlariga topshirilgan hisobotlarda ish haqi miqdori koʻrsatilgan taqdirda;
2026-yil 1-yanvardan — davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ixtiyoriy asosda sugʻurtalangan shaxslar uchun Jamgʻarmaga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda”;
i) 32-bandning birinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlaridan keyin “hamda Jamgʻarmaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatdagi tashkilotlarning” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
k) 34-bandda:
uchinchi xatboshidagi “20-sanasiga” soʻzlari “25-sanasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “5-sanasiga” soʻzlari “10-sanasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) 36-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“sugʻurtalangan shaxsning ijtimoiy yoki bank kartasi mavjud boʻlmaganda, “Ijtimoiy karta” axborot tizimida sugʻurtalangan shaxsga virtual ijtimoiy karta ochilib, toʻlovlar toʻlanadi”;
m) 44-bandda:
uchinchi xatboshi “texnik xatoliklar” soʻzlaridan keyin “yoxud takroriy maʼlumot almashinuvida sugʻurta staji sifatida inobatga olinadigan oʻn ikki oylik davr oʻzgarganligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi taʼminlangandan soʻng Jamgʻarma tomonidan sugʻurtalangan shaxslarga nafaqa miqdorlari qayta hisob-kitob qilinib, belgilangan tartibda moliyalashtirilishi mumkin”;
n) 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Shaxslar bir vaqtning oʻzida davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan ham majburiy asosda, ham ixtiyoriy asosda sugʻurtalanganda, ular uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda sugʻurtalanganligi boʻyicha amalga oshirilgan sugʻurta badali inobatga olinadi”;
o) 57-banddag i “majburiy asos” soʻzlari “majburiy asosda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining oʻquv va moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-dekabrdagi 980-son qarori.
