“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tadbirkorlar va aholining sugʻurta bozoriga boʻlgan ishonchini oshirishga hamda sugʻurta xizmatlarini keng ommalashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-191-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (1938-V-son)
13.04.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 31-martda ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish davomida maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasiga qaytarilgan “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tadbirkorlar va aholining sugʻurta bozoriga boʻlgan ishonchini oshirishga hamda sugʻurta xizmatlarini keng ommalashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-191-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda qayta koʻrib chiqishga doir Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-aprel,
1938-V-son
