Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1144-son)
07.05.2026
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 23-sentabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2025-yil 18-dekabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyatini yanada oshirishga, sohada ixcham boshqaruv tizimini shakllantirishga, davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini pulli asosda taʼminlash jarayonini takomillashtirishga doir keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bunda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyatini oshirish, intellektual mulk obyektlarining hamda ularning tovar belgisiga boʻlgan huquqlarining muhofazasini kuchaytirish, shuningdek davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda raqobat muhitini taʼminlash ishlarini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga ularni oʻzaro muvofiqlashtirish, havolaki normalarni tizimlashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish mexanizmlarini hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan davlat xaridlarini amalga oshirish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazmagan mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimida davlat boshqaruvi, shuningdek intellektual mulk sohasidagi qonunchilikning buzilishi hollarini aniqlash tizimini, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish mexanizmlarini takomillashtirishga, intellektual faoliyat natijalarini samarali himoya qilishga, huquqni qoʻllashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga kelishining oldini olishga xamda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazmaslik hollarining oldini olish orqali davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 108-modda, № 9, 960-modda; 2025-yil, № 8, 968-modda) 331-moddasining ikkinchi qismidagi “vakil bilan kelishuvga koʻra” degan soʻzlar “vakilni xabardor qilgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486,488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar) 1758-moddasi uchinchi qismining dispozitsiyasi “qaror qabul qilish” degan soʻzlardan keyin “shuningdek kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan davlat xaridlarini amalga oshirish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarning kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlamaganlik” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 2, 111, 114-moddalar, № 6, 530-modda, № 9, 960-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 3, 370-modda, № 4, 519, 520, 522-moddalar, № 6, 730-modda, № 8, 968-modda) 1104-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 108-modda, № 9, 960-modda; 2025-yil, № 8, 968-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 25-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi huquq egasi boʻlgan yuridik shaxs tugatilganda, huquq egasi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etib, uning vasiyatnoma yoki qonun boʻyicha merosxoʻrlari mavjud boʻlmaganda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan sud qarori asosida muddatidan oldin tugatilishi mumkin”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
2) 29-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar belgisining egasi tovar belgisi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisi ekanligini bildiruvchi lotin alifbosidagi “R” yoki aylana ichiga olingan “R” harfi tarzidagi ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi tovar kelib chiqqan joy nomi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻaning shaklini tasdiqlaydi”;
3) 371-moddaning ikkinchi qismidagi “vakil bilan kelishuvga koʻra” degan soʻzlar “vakilni xabardor qilgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan 323-II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-368-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 4, 87-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 27-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
birinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida (bundan buyon matnda Yuristlar malakasini oshirish markazi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismdagi “Yuristlar malakasini oshirish markazida” degan soʻzlar “Akademiyada” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismdagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” degan soʻzlar “Akademiya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismdagi “Yuristlar malakasini oshirish markaziga” degan soʻzlar “Akademiyaga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi qismdagi “Yuristlar malakasini oshirish markazi” degan soʻzlar “Akademiya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrda qabul qilingan “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-51-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 493-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 9, 960-modda) 121-moddasining ikkinchi qismidagi “vakil bilan kelishuvga koʻra” degan soʻzlar “vakilni xabardor qilgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-378-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-445-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 509-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 3, 199-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 9, 964-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ishonch telefoni — jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun moʻljallangan maxsus telefon aloqa tizimi”;
2) 9-modda:
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
“Bunda ishonch telefoni orqali kelib tushadigan murojaatlarni markazlashtirilgan holda qabul qilish hamda ularni ishlovdan oʻtkazish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida kerakli texnik resurslarga ega boʻlgan boʻlinmalar (koll-markazlar) faoliyati yoʻlga qoʻyilishi mumkin”;
oʻninchi qismi oʻn birinchi qism deb hisoblansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819, 823, 831-moddalar, № 9, 958-modda, № 10, 1076, 1079-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1279, 1280, 1285-moddalar; 2025-yil, № 1, 4, 6-moddalar, № 2, 188, 189, 195, 197-moddalar, № 4, 519, 520-moddalar, № 5, 648-modda, № 7, 828-modda, № 8, 968, 971-moddalar) ilovaga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 10-bandning “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 11-band “d” kichik bandining:
oʻn birinchi xatboshisidagi “15” raqami “7,5” raqami bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “30” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
3) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) 15-bandning “v” va “g” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyulda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-626-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 446-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2024-yil, № 10, 1073-modda) 38-moddasining oltinchi qismidagi “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-647-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 7, 537-modda, № 11, 923, 924-moddalar; 2024-yil, № 9, 958, 964, № 12, 1291-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 2-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir”;
2) 5-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 9-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarining” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 15-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 17-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Milliy gvardiya xodimlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi Milliy gvardiya organlarida xizmatni oʻtash masalalarini belgilovchi qonunchilikda va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi”;
7) 19-moddaning:
ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8) 22-modda:
birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 23-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 24-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 25-moddaning:
birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12) 26-modda:
birinchi qismining:
toʻrtinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn sakkizinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 32-moddaning ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
15) 33-moddaning toʻrtinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
16) 34-moddaning ikkinchi qismidagi “Qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “Qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 35-moddaning:
ikkinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
18) 36-moddaning birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
19) 37-moddaning:
uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 39-moddaning matnidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
21) 40-moddaning matnidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
22) 41-moddaning uchinchi qismidagi “Qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “Qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
23) 44-moddaning beshinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
24) 46-moddaning:
birinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilik hujjatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 50-moddaning:
nomidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
matnidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
26) 53-moddaning nomidagi “Qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “Qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martda qabul qilingan “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-757-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda; 2025-yil, № 8, 968-modda) 27-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Guvohnoma egasi geografik koʻrsatkich bilan bir qatorda tovarda yoki uning oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkich ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tovarda yoki uning oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkich ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻaning shaklini tasdiqlaydi”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyulda qabul qilingan “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-784-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 7, 665-modda) 45-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
beshinchi qismdagi “monopoliyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar “iqtisodiyot” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi qismdagi “monopoliyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar “iqtisodiyot” degan soʻz bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy gvardiyasi, Hisob palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ushbu Qonun 4-moddasi 2-bandining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan, tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻaning shaklini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan, tovarda yoki uning oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan geografik koʻrsatkich ekanligini bildiradigan ogohlantiruvchi tamgʻaning shaklini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
15-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 3-moddasi, 4-moddasi 1 va 2-bandlari, 8 va 11-moddalari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 7-may,
OʻRQ-1144-son
